cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Quyosh taraflarda

Quyosh tafti ila yozamiz. Quyosh dunyoni yoritar ekan, kitob qalblarimizga nur taratsin☀️📚

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 906
Obunachilar
+624 soatlar
+287 kunlar
+19530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Aytgancha, o‘tkan kun bira qiz, kanaldan, sarmoyga kelib, yo'q desam fotoapparatda rosa rasmga olib ketgandi. Tashlab berolasizmi o‘zimga?
Hammasini ko'rsatish...
9❤‍🔥 4💔 2
1 minuta o‘qib, reaksiya bosyapsizmiya?
Hammasini ko'rsatish...
😁 14❤‍🔥 2
​​Tomoq yonar, qordir unga tasalli, Endi Iblis jonim olsa ham mayli. Hermen Hesse "Cho‘l bo‘risi" Insonda ma‘lum xarakter bo‘ladi. Xarakter esa temperamentdan farqli. Temperament bu miya tomozlanishiga bog‘liq bo‘lib, tug‘ma hisoblanadi. Xarakter esa vaqt o'tishi bilan yoki tashqi omillar ta'sirida o‘zgarib boradi. O‘zgaruvchanlik unga xos bo‘ladigan bo‘lsa, ana shu o‘zgaruvchanlikda ham turfaliklar yig'iladi. Xushchaqchaq odam kechga borib asabiyga yoki jahldor kishi muloyimga aylanishi aslida hayratlanarli hodisa bo‘lmasligi kerak. Ruhimizda minglab jonlar, ichimizda esa har xil niqoblar yashirinadi. Hayot davomida ulardan biri yoki ikkisi ustunlik qiladi. Biz atrofdagilarga bir tomonimizni, bir qismimizni ko‘rsatamiz. Boshqalar shulardan kelib chiqib xulosa chiqaradi, ma‘lum fikrga keladi. "Anna Frank kundaligini eslasam, Anna botinidagi ta‘sirchan qizni yashirish uchun yaramas va rahmsiz qiz rolini o'ynaydi. Boshqalar uni bilib qolmasin deb katta yurakli va mehribon Annani doim panada tutadi, unga asosiy qahramonlikni bermaydi. Boshqa kino yoki kitoblarni, oddiy o‘zingizni ham olib qarasangiz ikkita shaxs almashinib turishini ko‘rasiz. Gap esa, qaysi birining ustunligini. Asar bosh qahramoni - Harri Haller vujudida esa ikkita jon: bo‘ri va odam yashardi. U o‘zizni doim "Cho‘l bo‘risi" deb his qilar, odam bo‘lib yurgan chog‘laridagi yaxshi munosabatlari, bo‘riga aylanishi bilan yo‘q bo‘lardi. Bo‘ri bilan odam esa hech qachon bir-biri bilan kelisha olishmas, qaysi biri ustunligi halm to‘la hal qilinmasdi. Oddiy suhbatlarning birda Harri og‘zi qonga to‘la bo‘riga aylanar, va hammani g‘ajigisi kelardi. Ko‘pincha hayotdan ko‘ngli aynir, o‘limni qumsab, unga yo‘l axtarardi. U san‘at shaydosi, adabiyot muxlisi, ko‘plab olimlarni, rassomlarni, musiqachilarni bilardi. Mutafakkirlardan iqtiboslar keltira olar, kechalari kitob mutolaasi bilan shug‘ullanardi. Ammo xato nimadaligini bilolmasdi. "Ko‘plab san'atkorlar ham ayna shu toifaga mansubdirlar. Bu odamlarda ikki dil, ikki tabiat mavjuddirki, ulardagi ilohiylik va shaytoniylar, ona va ota qoni, baxt-omad, azob va iztirobga qodirlik Harridagi bo‘ri va inson bir-biriga qanday bog'langan bo‘lsa, bir-birlari bilan shunday chigal tumtaroq bog'lanib ketgan." Yana bir o‘rinda: -Men, g'ayrati jo‘sh urgan yosh yigit, shoirtabiat, ilhom parisining do‘sti, jahongashata, otashin xayolparast bo‘lsam-u, qanday qilib bu ahvolga tushib qoldim? Uning xatosi o‘zini bo‘ri bilan insonman deb o‘ylashida edi. Inson tabiatida minglab xislatlar bo‘la turib, bittasini tanlash, bitta xarakterda yashash mumkin emasdi. Inson yuz qobiqdan iborat piyoz, ko‘p ipdan tashkil topgan matodir. Bir yerda, odamlar orasida ekanmiz, o‘zimizga berilgan rolni o‘ynaymiz. Bir kunda har xil tovlanamiz. Agar aslimdek bo‘laman desangiz, ancha qiyin va imkonsiz ham. Bu bilan ikkiyuzlamachilikni yoqlamayman, doim samimiy bo‘lish mumkin. Ammo hayot siz xohlamagan tomonlarga boshlab ketadi, qarshingizdan, "mahluqlar" chiqqanida o‘zingizni himoya qila olishingiz kerak bo‘ladi. "Turmushda hech narsani oldindan aytib bo‘lmaydi. Lahzalar... masalani hal qiladi." Hech qachon bunday bo‘lmaydi demang. O‘qiyotgan paytim tarjima haqida so‘rashgandi. Kitob yoqqani uchunmi, boshida e‘tibor bermagan ekanman. Kamchiliklar keyin ko‘zga tashlandi. Oxiridagi "Xotima" qismi qayta-o‘qib tushunolmagandim, imlo ham haminqadar. Asar salmog‘i kamchiliklarni bilintirmaydi. O‘qib chiqishni qattiq tavsiya qilaman. Menga ikki kishi maslahat bergan, rahmat aytmasam bo‘lmas. Tashakkurlarim. Hessedan ko‘p narsa oldim, osonlikcha biron nima yozolmadim, arzimas postim ham birinchi marotabasida o‘chib ketdi. Hozir sezyapmanki, "Cho‘l bo‘risi" qayta va qayta o‘qiladigan asar. Bir martada mag‘zini chaqolmaysiz. @quyoshtaraflarda
Hammasini ko'rsatish...

21🔥 9❤‍🔥 7 2🌚 2🆒 1
Hammasini tashlab, bitta taqriz yozyapman. Yozmasam bo‘lmasdi.
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 6🍾 3 2🌚 1
Hammasini ko'rsatish...
If_I_Could_Fly_I_Would_Give_You_the_Sky_Mustafa_Avşaroğlu_320.mp36.38 MB
💔 1
Hammasini ko'rsatish...
If_I_Could_Fly_I_Would_Give_You_the_Sky_Mustafa_Avşaroğlu_320.mp36.38 MB
Ba‘zida, o‘ylab qolaman. Aynan hayotda "muxlisa"lar kerak. Kanaling o‘chib ketsa, ham ekran suratlari va uzatilgan xabarlar ularda qoladi.
Hammasini ko'rsatish...
Axlat
Hammasini ko'rsatish...
Bir gap aytaymi? Rosti yozgim kelmagandi. Kanalni bitta tupoyni deb o'chirib yuborgim keladi. Chunki u kasal, judayam kasal. Ruhiy kasal. Bo‘lmasa... Shunchalik ham "musor" bo‘ladimi odam? p/s gap o‘g‘il bola haqida emas)
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 1
Kanalni qo‘llab-quvvatlash uchun donate qilishingiz mumkin: 8600060928552588 p/s pul reklama uchun sarflanadi. Auditoriyani yanada kengaytirmoqchiman. 2k ga chiqib olishimiz zarur.
Hammasini ko'rsatish...
7🔥 2🌚 2❤‍🔥 1 1