SOTSIOLOGIYA (18+)
Bu yerda Sotsiologiya, Ijtimoiy/ Antropologiya, Etnografiya, Tarix, Ijtimoiy/ Psixologiya, Iqtisodiyot, Xalqaro munosabatlar boʻyicha eng kerakli maʼlumotlarni topishingiz mumkin.
Ko'proq ko'rsatish- Kanalning o'sishi
- Post qamrovi
- ER - jalb qilish nisbati
Ma'lumot yuklanmoqda...
Ma'lumot yuklanmoqda...
Odamlar bu boylik. Podkastimizning ushbu epizodida aholi o'sishi, fertillik darajasi va iqtisodiy farovonlik haqida suhbatlashdik va aholi va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi dinamikalarni tushunishga harakat qildik. Biz turli iqtisodiy nazariyalarni va O'zbekiston hamda boshqa mamlakatlardagi kuzatishlarni tahlil qilib, qanday qilib aholi sonining ko'payishi yoki kamayishi bir mamlakatning iqtisodiy farovonligiga ta'sir etishi mumkinligini muhokama qildik. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda fertillik darajasining nima uchun pasayib borayotganini va buning sabablari haqida taxminlar yuritdik va ularning ortida yotgan iqtisodiy, va ijtimoiy omillarni ko'rib chiqdik. Podkastning ushbu epizodi rasmiy hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank". http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/mobile-appPodkast yozilgan sana: 28 - Mart 2024. #botirkobilov #behzodhoshimov Mualliflar: Botir Kobilov:
https://t.me/uzbekonomicsBehzod Hoshimov:
https://t.me/iqtisodchi_kundaligiAudio podkastni tinglash va obuna bo'lish uchun ilovalar: Spotify:
https://open.spotify.com/show/1ZJ1l4K...Apple Podcast:
https://podcasts.apple.com/us/podcast...Yandex Music:
https://music.yandex.ru/album/1356059...Podbean:
https://botir.podbean.com/Stitcher:
https://www.stitcher.com/show/uzbekon... •
“Buncha tez oʻrganding mavzuni. Juda aqllisan!”
•
“Uni chizgan rasmiga qaranglar. Ikkinchi Pikasso emasmi?”
•
“Tayyorlanmay turib 5 baho olding. Aqlingga qoyil”
Bunday jumlalarni eshitish yoqimli, lekin keyinchalik odamni chegaralay boshlashi mumkin. Mavzuni tez oʻzlashtirolmasa yoki koʻp tayyorlanishiga toʻgʻri kelsa, oʻzini aqlli emas deb hisoblash, murakkab suratlar chizsa — Pikasso emasligi oshkor boʻlishidan qoʻrqishga moyil boʻladi.
Yuqoridagilarning oʻrniga, quyidagicha maqtash afzal ekan:
•
“Masalaning hamma yechimlarini sinab koʻrganing va eng toʻgʻrisini topganing menga juda yoqdi”
•
“Shunday qiyin loyihani zimmangga olganing xursand qildi. Koʻp narsa oʻrganishing tayin”
•
“Testga juda yaxshi tayyorlanganing koʻrinib turibdi”
•
“Bu topshiriq juda qiyin edi. Oxirigacha yetkazganingdan xursandman”
•
“Suratda ranglardan qanday foydalanganing yoqdi. Nimaga koʻra tanlov qilganing haqida gapirib bergin”
Bunday variantlarni oʻylab topish oson emas. Natijani maqtashga shoshilishimiz ehtimoli katta. Lekin uzoq muddatli foyda uchun shunday maqtashni oʻrganganimiz maqul.
Oʻzimizga ham natijalar orqali baho bergandan koʻra, mehnatimiz, intilishimiz, kreativ yoʻllardan foydalanganimiz, yangi narsalarni sinab koʻrganimiz uchun maqtasak — nimalar boʻlishini, oʻzimizni qanday his qilishimizni oʻylab koʻring…