cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

"The Best" oʻquv markazi

Kel, o'qi, talaba bo'l!!! Professionallar kanali Murojaat uchun: +99899 955 3256 +99893 420 1326

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
389
Obunachilar
-224 soatlar
-17 kunlar
-1430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Тестдан сўнг абитуриентга йўналиш танлашга 10-15 кун вақт берилади Аввал тест, кейин йўналиш танлаш тартибининг технологик низоми ишлаб чиқиляпти, тез орада эълон қилинади. Тайёр бўлгач, тартиб тушунарли роликлар тарзида абитуриентларга тақдим этилади. Йўналиш танлаш учун абитуриентга 10-15 кун вақт берилиши мумкин. Kun.uz расмий канали
Hammasini ko'rsatish...
Талабаларга грант қандай тақсимланади? – Вазирлик расмийси тушунтириб берди Энг юқори балл билан ўқув йилини якунлаган талабалар 100 фоизлик грантни қўлга киритади. Лекин талабаларнинг грант-контрактда ўқишига қараб қай тарзда ва қанча стипендия олиши ҳозирча аниқ эмас. Стипендияга оид тартиб ҳам қайта кўриб чиқилади. 👉 https://kun.uz/kr/76665141 Kun.uz расмий канали
Hammasini ko'rsatish...
Сиртқи таълим босқичма-босқич тугатилади Сиртқи таълим шаклининг ўрнига масофавий таълим шакли кенгайтирилади ва узайтирилган таълим шакли жорий этилади. Таълимни хорижий тилда якунлаган талабалар учун магистратурага киришда хорижий тил сертификати бўйича талаб бекор қилинади. Қатор йўналишларда сертификат талаби B1 даражасига туширилади. 👉 https://kun.uz/kr/72744001 Kun.uz расмий канали
Hammasini ko'rsatish...
Абитуриентлар аввал тест топшириб, кейин қаерда ўқишни танлайди Ўзбекистонда олийгоҳлар, коллежлар ва техникумларга қабул имтиҳонлари “аввал тест, сўнг танлов” тамойилига ўтказилиши режалаштирилмоқда. Бунда, абитуриент аввал ўзи танлаган фанлар бўйича тест топшириб, имтиҳон натижалари эълон қилинганидан кейин тўплаган баллига қараб таълим йўналиши ва таълим шаклини танлайди. 👉 https://kun.uz/kr/55800272 Kun.uz расмий канали
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Xushnudbek.uz
Endilikda ta’lim granti talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi Bunda: 1-kursda grantlar o‘qishga kirishdagi imtihon natijalari bo‘yicha taqsimlanadi, 2-kursdan boshlab esa reyting ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi. ➖ lekin ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga esa davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Xushnudbek.uz
⚡O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko’tariladi #abituriyent O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish bali 2 bosqichda oshiriladi, deya xabar bermoqda O’zA. Bunda: sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball; boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi. Amalda barcha yo‘nalishlar uchun – 56,7 ball edi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Xushnudbek.uz
⚡Magistratura va doktoranturaga ayrim yo’nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati B1 darajaga pasaytirildi Bunda quyidagi tartib o’rnatiladi:ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar uchun sertifikat talabi bekor qilinadi; ⬇️ soha xususiyatidan kelib chiqib madaniyat, san’at, sport, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish, muhandislik ishi, qishloq xo‘jaligi, veterinariya, arxitektura va qurilish, fizika va tabiiy fanlar, transport xizmatlari yo‘nalishlari bo‘yicha sertifikat talabi bir pog‘ona – B1 darajasiga tushiriladi. ✅ Quyidagilar saqlanib qoladi: Xorijiy tillar yo‘nalishlarida esa C1 daraja; aniq fanlar, biologiya, matematika, huquq, jurnalistika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va iqtisodiyot yo‘nalishlarida B2 daraja saqlanadi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Xushnudbek.uz
‼️Ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tugatgandan so‘ng 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi. 🏫 Manba: O’zA 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Xushnudbek.uz
‼️Zo‘r xabar: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi. Bu haqda bugun Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytildi. Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Шавкат Мирзиёев - Ўзбекистон Республикаси Президенти

Шавкат Мирзиёев Ўзбекистон Республикаси Президенти – Президентнинг расмий сайти. Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев ҳақида маълумот

Repost from Xushnudbek.uz
TTU talabalari endi nima qiladi? Toshkent texnologiyalar universitetining litsenziyasi uzil-kesil bekor qilingani, bu haqda OTM ma’muriyatining o‘zi talabalariga ma’lum qilgani haqida xabarlar kelmoqda. Bu mavzuda biroz avval kanalimizda alohida ovozli chat tashkil qilgan edik va unda barcha savollarga rasmiylar tomonidan javob berilgandi. Ovozli chatda aytilgan gaplar haliyam o‘z kuchida turibdi, biror o‘zgarish bo‘lgani yo‘q. TTU talabalarida “endi nima qilamiz?” degan savol tug‘ilsa, unda eng avvalo ushbu ovozli chatni eshitib ko‘rishlari kerak. Ovozli chatda aytilgan gaplar haqida qisqacha ma’lumot beraman: 1. Ayni hozir, ya’ni may oyida davlat OTMlariga ko‘chirish imkoni yo‘q. Nodavlat OTMdan davlatga faqat avgust oyida bo‘ladigan testlar orqaligina ko‘chirish mumkin. TTU talabalari uchun biror istisno qilinmaydi; 2. Davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirishda o‘tish bali, katta ehtimol bilan, joriy yilda ham o‘zgarmasa kerak. O‘tgan yilgidek qolishi kutilmoqda. TTU talabalari uchun istisno tarzda ballni kamaytirish rejalashtirilmayapti, bundan umid qilmasa ham bo‘ladi; 3. Hozirgi vaziyatda TTU talabalari o‘qishini boshqa nodavlat OTMlardan biriga ko‘chirish mumkin, bunda eng avvalo talabaning roziligi, bundan tashqari narigi nodavlat OTM roziligi kerak bo‘ladi; 4. Yurisprudensiya yo‘nalishidagilar o‘qishini xuddi shunday yo‘nalishi bor yagona nodavlat OTM — O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Mehnat va ijtimoiy munosabatlar Akademiyasiga ko‘chirishlari mumkin, bunda yuqoridagi 3-bandda aytilgan shartlar bajarilishi kerak; 5. Agar yurisprudensiya yo‘nalishidagi talabalar uchun joy yetarli emasligi uchun Akademiya tomonidan talabalarni qabul qilish rad etilsa, unda vaziyatdan kelib chiqib, qaror qabul qilinadi. Hozir bu qanday qaror bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi; 6. Har qanday vaziyatda ham Oliy ta’lim vazirligi bironta talaba ko‘chada qolmasligini ta’kidlagan. Hozircha shular, qolganini vaqt ko‘rsatadi. Shu mavzuda yangilik bo‘lsa, xabar berishga harakat qilamiz. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Xushnudbek.uz

Litsenziyasi bekor qilingan nodavlat universitet talabalarining oʻqishini koʻchirish tartibi haqida ovozli chatning to'liq audiosi. 👉 @xushnudbek 👈