Birga kitob o‘qiymiz
☝️ Kanal maqsadi: Insonlarni kitob o‘qishga, yaxshilik qilishga va mustaqil fikrlashga undash Kanal muallifi: @izzatxoja_asomiddinov 🤝 Reklama uchun: @hamkoradmin
Ko'proq ko'rsatish📈 Telegram kanali Birga kitob o‘qiymiz analitikasi
Birga kitob o‘qiymiz (@kitobxonyoshlar) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 83 062 obunachidan iborat bo'lib, Kitoblar toifasida 224-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 786-o'rinni egallagan.
📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika
невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 83 062 obunachiga ega bo‘ldi.
01 Avgust, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -15 797 ga, so‘nggi 24 soatda esa -345 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.
- Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
- Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 8.47% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 4.17% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
- Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 7 040 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 3 462 ta ko‘rish yig‘iladi.
- Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 49 ta reaksiya keladi.
📝 Tavsif va kontent siyosati
Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
“☝️ Kanal maqsadi: Insonlarni kitob o‘qishga, yaxshilik qilishga va mustaqil fikrlashga undash
Kanal muallifi: @izzatxoja_asomiddinov
🤝 Reklama uchun: @hamkoradmin”
Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 02 Avgust, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Kitoblar toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.
🔹Xotinlar chol buyrug‘ini bajardilar. Yosh xotin katta bir toshni, o‘rta yoshli xotin esa bir xalta to‘la mayda toshlarni keltirdi. Chol har ikki xotinning keltirgan toshlarini ko‘zdan o‘tkazgandan so‘ng ularga: ↪️Endi keltirgan toshlaringizni o‘z joylariga eltib qo‘yib, keyin mening yonimga qaytib keling, – dedi va mayda toshlar keltirgan o‘rta yoshli xotinga: – Sen har qaysi mayda toshni qaerdan olgan bo‘lsang, uni o‘z joyiga qo‘y,— deb alohida ta’kidladi. ➡️Xotinlar toshlarini olib ketdilar. Katta tosh keltirgan yosh xotin toshini yanglishmasdan joyiga eltib qo‘yib, darrov chol yoniga qaytib keldi. O’rta yoshli xotin esa har bir toshni qaerdan olganini bila olmay garang bo‘ldi. ↪️Chol har ikki xotinga qarata: – Gunohlar ham shu toshlar kabi katta yoki kichik, mayda bo‘ladi. Mayda gunohlarga e’tibor bermasak, keyinchalik katta gunohlar qilishga o‘tamiz. Shuning uchun mayda gunohlarni unutmaylik, – dedi va yosh xotinga: ↪️Sen og‘ir toshni qayerdan olganingni esingdan chiqarmay, yana o‘z joyiga eltib qo‘yding, Shunga o‘xshash qilgan aybing, gunohingni ham unutmay qayg‘urding, vijdonan azoblanding, tavba qilding, shu bilan gunoh shumligidan qutulding, – deb qo‘shimcha qildi-da, xudojo‘y xotinga: – Sen mayda toshlar o‘rinlarini unutganing kabi mayda gunohlaringni ham unutgansan, asta-sekin gunohlar loyiga botganingni ham sezmay qolgansan, tavba qilmay shu kungacha gunohli umr kechirgansan, ko‘rdingmi, yosh xotin qilgan gunohiga iqror bo‘lib yig‘lab tavba qildi. Xudojo‘ylik amalsiz bo‘lsa, unga e’tibor berilmaydi. Kel, katta-kichik hamma gunohlaringga tavba qil, bundan keyin hech gunoh etmaslikka ahd qil, – dedi. ↪️Nuroniy cholning so‘zlari bu xudojo‘y xotinga qattiq ta’sir etdi. Yig‘lab hamma gunohlaridan tavba qildi. Shundan keyin har ikki xotin cholning odob, ahloq haqidagi pand-nasihatlarini tinglab, u bilan xayrlashib uylariga qaytdilar.🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling
Shunday ekan:↪️Kelmagan muammolarni oldindan his qilib qiynalmang. ↪️Hali bo‘lmagan voqealardan qo‘rqib o‘zingizni yeb qo‘ymang. ↪️Hayotni o‘zingiz uchun og‘irlashtirmang. 📌Haqiqatda hayot – biz o‘ylaganimizdan yengilroq. 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling
🌟 Endilikda universitetga kirish uchun yapon tilidan imtihon topshirish shart emas! 🌟 UZBMB (DTM) imtihon natijalari bilan hujjat topshirishingiz mumkin.📄 Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda! ➡️HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN ⚡️ Universitetga qabul jarayonlari haqida ma'lumot olish uchun onlayn seminarda qatnashing! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web site
🔹Ishdan soʻng Yamamota meni uyiga taklif qildi. Uning uyi maktabdan uzoqroq boʻlgani uchun metroda ketishga qaror qildik. Kechki vaqt, hamma ishdan qaytyapti, metroda odam juda koʻp. Men zoʻrgʻa tik turardim. Yonimdagi oʻrindiqda oʻtirgan keksaroq kishi menga oʻz oʻrnini boʻshatib berdi. Men esa bu xatti-harakatni tushunmadim va u kishiga xijolat qilayapsiz deya tushuntirdim. Ammo baribir oʻrindiqqa oʻtirishga majbur boʻldim. Metrodan chiqqach, Yamamotadan nega bunday boʻlganini soʻradim. ↪️U esa tabassum bilan koʻksimdagi oʻqituvchilik nishoniga ishora qilib: – U kishi sendagi oʻqituvchilik nishonini koʻrdi va sening darajang hurmati uchun oʻrnidan turib, joy berdi.Men Yamomotalarning uyiga birinchi bor tashrif buyurayotganim sababli, u yerga quruq borgim kelmadi. Biror sovgʻa olishga qaror qildim. Yamomotaga bu haqida aytgandim, u sal oldinroqda doʻkon borligini, u yerda oʻqituvchilar uchun chegirma narxlar qoʻyilganini aytdi. ➡️Men yana hayron qoldim va soʻradim: – Faqat oʻqituvchilar uchun chegirma bormi? ↪️Yamomota esa: – Yaponiyada oʻqituvchilik eng hurmatga sazovor kasb va oʻqituvchi eng eʼzozli inson hisoblanadi. Yaponiyalik sotuvchilar agarda doʻkonlariga oʻqituvchilar kirib qolsa, bundan juda xursand boʻlishadi va bu ular uchun sharaf ekanligini bildirishadi, – dedi. 🇯🇵Yaponiyaga yana bir necha marotaba sayohatim davomida ularning oʻqituvchilarni juda hurmat qilishiga guvoh boʻldim. Ular uchun metroda joy beriladi, doʻkonlarda chegirma narxlar bor, hech qayerda navbatga turishmaydi. Shunday ekan, yaponiyaliklarga alohida bayram nega kerak? Axir, ularning har kuni bayramdek emasmi? 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling
