fa
Feedback
Birga kitob o‘qiymiz

Birga kitob o‘qiymiz

رفتن به کانال در Telegram

☝️ Kanal maqsadi: Insonlarni kitob o‘qishga, yaxshilik qilishga va mustaqil fikrlashga undash Kanal muallifi: @izzatxoja_asomiddinov 🤝 Reklama uchun: @hamkoradmin

نمایش بیشتر

📈 تحلیل کانال تلگرام Birga kitob o‘qiymiz

کانال Birga kitob o‘qiymiz (@kitobxonyoshlar) در بخش زبانی ازبکی بازیگری فعال است. در حال حاضر جامعه شامل 83 062 مشترک است و جایگاه 224 را در دسته کتب و رتبه 786 را در منطقه أوزبكستان دارد.

📊 شاخص‌های مخاطب و پویایی

از زمان ایجاد در невідомо، پروژه رشد سریعی داشته و 83 062 مشترک جذب کرده است.

بر اساس آخرین داده‌ها در تاریخ 01 اوت, 2026، کانال فعالیت پایداری دارد. در ۳۰ روز گذشته تغییر اعضا برابر -15 797 و در ۲۴ ساعت گذشته برابر -345 بوده و همچنان دسترسی گسترده‌ای حفظ شده است.

  • وضعیت تأیید: تأیید نشده
  • نرخ تعامل (ER): میانگین تعامل مخاطب 8.47% است و در ۲۴ ساعت نخست پس از انتشار، محتوا معمولاً 4.17% واکنش نسبت به کل مشترکان کسب می‌کند.
  • دسترسی پست‌ها: هر پست به طور میانگین 7 040 بازدید دریافت می‌کند. در اولین روز معمولاً 3 462 بازدید جمع‌آوری می‌شود.
  • واکنش‌ها و تعامل: مخاطبان به‌طور فعال حمایت می‌کنند؛ میانگین واکنش به هر پست 49 است.

📝 توضیح و سیاست محتوایی

نویسنده این فضا را محل بیان دیدگاه‌های شخصی توصیف می‌کند:
☝️ Kanal maqsadi: Insonlarni kitob o‘qishga, yaxshilik qilishga va mustaqil fikrlashga undash Kanal muallifi: @izzatxoja_asomiddinov 🤝 Reklama uchun: @hamkoradmin

به لطف به‌روزرسانی‌های پرتکرار (آخرین داده در تاریخ 02 اوت, 2026)، کانال همواره به‌روز و دارای دسترسی بالاست. تحلیل‌ها نشان می‌دهد مخاطبان به‌طور فعال با محتوا تعامل دارند و آن را به نقطه اثرگذاری مهم در دسته کتب تبدیل کرده‌اند.

83 062
مشترکین
-34524 ساعت
-2 6357 روز
-15 79730 روز
آرشیو پست ها
🗣Toshlar Qilgan gunohlarini arz etib tavba-tazarru qilish uchun ikki xotin nuroniy bir chol huzuriga keldilar. Bulardan biri
🗣Toshlar Qilgan gunohlarini arz etib tavba-tazarru qilish uchun ikki xotin nuroniy bir chol huzuriga keldilar. Bulardan biri hali yosh, ikkinchisi esa qirq-qirq beshlarga kirgan o‘rta yoshli xotin edi. Yosh xotin o‘zining zo‘r gunohli ekanini bilib, shu qilgan gunohi uchun qayg‘urardi. O’rta yoshli xotin esa o‘zini xudojo‘y xotin hisoblab ba’zi mayda-chuyda gunohlardan bo‘lak zo‘r gunoh qilmaganiga ishonardi va buning uchun o‘z holidan mamnun edi. Chol ikki xotinning har biridan qanday umr kechirganini so‘radi. ➡️Yosh xotin ko‘zlaridan yosh to‘kib: – Men juda zo‘r gunoh qildim, erim bilan urishdim, qattiq-qattiq so‘zlar aytib, uning ko‘nglini vayron qildim, – dedi. ↪️O’rta yoshli xotin: – Men xudojo‘y xotinman, ehtimol ba’zi mayda-chuyda gunoh qilgan bo‘lsam kerak, bularni eslay olmayman, ammo zo‘r gunoh qilmaganimga ishonaman, mayda gunohlarimga tavba qilsam bas, – dedi. ↪️Chol bularning so‘zlarini diqqat bilan tinglab, yosh xotinga: – Mana shu bog‘chaning chetida anchagina katta-katta toshlar yotibdi. Shulardan o‘zing ko‘tara oladigan bir toshni olib kel, – dedi. ↪️Xudojo‘y o‘rta yoshli xotinga: – Sen har qaerdan mayda toshlarni terib olib bir xaltaga solaver, xaltang to‘lgandan keyin olib kel, – deb buyurdi.
🔹Xotinlar chol buyrug‘ini bajardilar. Yosh xotin katta bir toshni, o‘rta yoshli xotin esa bir xalta to‘la mayda toshlarni keltirdi. Chol har ikki xotinning keltirgan toshlarini ko‘zdan o‘tkazgandan so‘ng ularga: ↪️Endi keltirgan toshlaringizni o‘z joylariga eltib qo‘yib, keyin mening yonimga qaytib keling, – dedi va mayda toshlar keltirgan o‘rta yoshli xotinga: – Sen har qaysi mayda toshni qaerdan olgan bo‘lsang, uni o‘z joyiga qo‘y,— deb alohida ta’kidladi. ➡️Xotinlar toshlarini olib ketdilar. Katta tosh keltirgan yosh xotin toshini yanglishmasdan joyiga eltib qo‘yib, darrov chol yoniga qaytib keldi. O’rta yoshli xotin esa har bir toshni qaerdan olganini bila olmay garang bo‘ldi. ↪️Chol har ikki xotinga qarata: – Gunohlar ham shu toshlar kabi katta yoki kichik, mayda bo‘ladi. Mayda gunohlarga e’tibor bermasak, keyinchalik katta gunohlar qilishga o‘tamiz. Shuning uchun mayda gunohlarni unutmaylik, – dedi va yosh xotinga: ↪️Sen og‘ir toshni qayerdan olganingni esingdan chiqarmay, yana o‘z joyiga eltib qo‘yding, Shunga o‘xshash qilgan aybing, gunohingni ham unutmay qayg‘urding, vijdonan azoblanding, tavba qilding, shu bilan gunoh shumligidan qutulding, – deb qo‘shimcha qildi-da, xudojo‘y xotinga: – Sen mayda toshlar o‘rinlarini unutganing kabi mayda gunohlaringni ham unutgansan, asta-sekin gunohlar loyiga botganingni ham sezmay qolgansan, tavba qilmay shu kungacha gunohli umr kechirgansan, ko‘rdingmi, yosh xotin qilgan gunohiga iqror bo‘lib yig‘lab tavba qildi. Xudojo‘ylik amalsiz bo‘lsa, unga e’tibor berilmaydi. Kel, katta-kichik hamma gunohlaringga tavba qil, bundan keyin hech gunoh etmaslikka ahd qil, – dedi. ↪️Nuroniy cholning so‘zlari bu xudojo‘y xotinga qattiq ta’sir etdi. Yig‘lab hamma gunohlaridan tavba qildi. Shundan keyin har ikki xotin cholning odob, ahloq haqidagi pand-nasihatlarini tinglab, u bilan xayrlashib uylariga qaytdilar.
🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

Formula 1 Qatar Airways Azerbaijan Grand Prix 2026 Sting xarid qiling, chekdagi QR-kodni orqali ro‘yxatdan o‘tkazing va Formu
Formula 1 Qatar Airways Azerbaijan Grand Prix 2026 Sting xarid qiling, chekdagi QR-kodni orqali ro‘yxatdan o‘tkazing va Formula 1 Qatar Airways Azerbaijan Grand Prix 2026 poygasiga yo‘llanma o‘yinida ishtirok eting!⚡ Batafsil #reklama 16+ qr.stingpromo.com

🧠Bizning eng katta dushmanimiz – hayot emas, balki o‘z tasavvurimizdir. Haqiqiy hayotda muammo kichkina bo‘lishi mumkin, lek
🧠Bizning eng katta dushmanimiz – hayot emas, balki o‘z tasavvurimizdir. Haqiqiy hayotda muammo kichkina bo‘lishi mumkin, lekin biz uni hayolda kattalashtiramiz, yuz marta o‘ylab, yuz marta azob chekib qo‘yamiz. Aslida esa ko‘pincha o‘sha voqea kelib ham ulgurmadi. Seneca aytganidek: “Biz ko‘proq azobni tasavvurimizda tortamiz, hayotning o‘zida emas.”
Shunday ekan:
↪️Kelmagan muammolarni oldindan his qilib qiynalmang. ↪️Hali bo‘lmagan voqealardan qo‘rqib o‘zingizni yeb qo‘ymang. ↪️Hayotni o‘zingiz uchun og‘irlashtirmang. 📌Haqiqatda hayot – biz o‘ylaganimizdan yengilroq. 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

Woman Card bilan yangi imkoniyatlar Endi Woman Card kartalari orqali har bir xaridingizdan 0,5% keshbekni pul ko‘rinishida to
Woman Card bilan yangi imkoniyatlar Endi Woman Card kartalari orqali har bir xaridingizdan 0,5% keshbekni pul ko‘rinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kartangizga olasiz. Kartalarni Ipak Yuli Bank bo‘limlarida yoki Ipak Yuli Mobile ilovasi orqali rasmiylashtirish mumkin. Sinab koʻrish #reklama 16+ ru.ipakyulibank.uz

🗣Baxtlilik darajasi 😊 ʼʼWorld Happiness Reportʼʼ har yili mamlakatlardagi baxtlilik va stress darajalari haqida ma’lumot be
🗣Baxtlilik darajasi 😊 ʼʼWorld Happiness Reportʼʼ har yili mamlakatlardagi baxtlilik va stress darajalari haqida ma’lumot beradi. Qiziqib, bir asr oldinga qaytib ko‘rdim. Bir asr oldin urushlar, hech qanday texnologiya, imkoniyatlar yo‘q. Hozir bilan solishtirganda ancha og‘ir holatdagi odamlarni, hozirgi barcha narsa muhayyo bo‘lgan davr insonlaridan stress darajasi past bo‘lgan ekan... Nega? Axir oldingidan ko‘ra yashash osonlashdiku? ‼️Asosiy sababchi – ekranlar • o‘zini boshqalar bilan solishtirish • maqsadsizlik va shunga o‘xshash oddiy narsalar sabab bo‘lyapti ekan To‘g‘rida, oldin insonlar faqat atrofidagi odamlarni ko‘rishgan, yaqinlar bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishgan. Hozir esa o‘zini hayoti bir yerda qolib, boshqalarniki bilan yashab yuribdi. Oddiy narsalardan ham xursand bo‘lishni unutib qo‘ymadikmi? (osmondagi yulduzlar, tabiat, suhbatlar...) 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

1500+ aʼzoga ega Telegram kanal bilan daromad Yandex Reklama tarmogʻida monetizatsiyani yoqsangiz, Telegram kanalingiz daroma
1500+ aʼzoga ega Telegram kanal bilan daromad Yandex Reklama tarmogʻida monetizatsiyani yoqsangiz, Telegram kanalingiz daromad keltira boshlaydi Batafsil #reklama 16+ partner.yandex.com

📚Ayni vaqtda nima qilishga bosh qotib, zerikishdan nolibgina turgan bo‘lsangiz – KITOB o‘qing. 📚Uyqu yo‘qligidan shikoyatin
📚Ayni vaqtda nima qilishga bosh qotib, zerikishdan nolibgina turgan bo‘lsangiz – KITOB o‘qing. 📚Uyqu yo‘qligidan shikoyatingiz bo‘lsa, uyquni keltirish uchun ham – KITOB o‘qing. 📚Qorningiz taomdan juda to‘yib ketib, sizni bezovta qilayotgan bo‘lsa biroz toza havoga chiqib – KITOB o‘qing. Qarang, ko‘p narsaga davoni kitoblardan ham topishimiz mumkin. O‘qilmagan kitoblar, amalga oshishi kerak bo‘lgan maqsadlarimiz esa talaygina... Yana uyalmasdan ertaga Kitob o‘qishga vaqt yo‘q-da deb qo‘yamiz, mana o'tiribmizku internetga vaqt topib... 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

⚡️ Bunaqa yangilikni kutmaganingiz aniq! 🌏 Japan Digital University o'z talabalariga eksklyuziv imkoniyatlar taqdim etmoqda!
+7
⚡️ Bunaqa yangilikni kutmaganingiz aniq! 🌏 Japan Digital University o'z talabalariga eksklyuziv imkoniyatlar taqdim etmoqda! Zamonaviy va eng talabgir yo'nalishlardan o'zingizga mosini tanlang: 🛡 Kiberxavfsizlik; 💻 Muhandis-dasturchi; 🤖 Sun'iy intellekt; 🎨 Grafik dizayn va qo'shimchasiga hech bir oliygoh taklif etmagan imkoniyatlarga ega bo'ling!
🌟 Endilikda universitetga kirish uchun yapon tilidan imtihon topshirish shart emas! 🌟 UZBMB (DTM) imtihon natijalari bilan hujjat topshirishingiz mumkin.
📄 Universitetga kirish uchun qabul davom etmoqda! ➡️HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN ⚡️ Universitetga qabul jarayonlari haqida ma'lumot olish uchun onlayn seminarda qatnashing! Telegram | Instagram | FacebookYouTube | Web site

📚Toshkentdagi yirik savdo markazlarida kitob do‘konlari ochish majburiy bo‘ladi Prezident qarori bilan ushbu tartib 2031 yil
📚Toshkentdagi yirik savdo markazlarida kitob do‘konlari ochish majburiy bo‘ladi Prezident qarori bilan ushbu tartib 2031 yilgacha tajriba tariqasida joriy etilib, 5 ming kvadrat metrdan katta savdo markazlariga tatbiq qilinadi. Shuningdek, kitob sotuvchilarga bozorlar, savdo markazlari va markaziy ko‘chalarda yengil konstruksiyali do‘konlar, “Book cafe” hamda sayilgohlarda “kitob ko‘chasi” ochishga ruxsat beriladi. 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

Olim bo‘lish oson ekanu, Odam bo‘lish qiyin ekan. ​☝️Hayotda shunday asarlar bo‘ladiki, ularni o‘qib bo‘lgach, uzoq vaqt hayo
Olim bo‘lish oson ekanu, Odam bo‘lish qiyin ekan. ​☝️Hayotda shunday asarlar bo‘ladiki, ularni o‘qib bo‘lgach, uzoq vaqt hayolan qahramonlar bilan tortishib, o‘zimizga savol bera boshlaymiz. O‘lmas Umarbekovning Odam bo‘lish qiyin romani aynan shunday kitob. ↪️Asar qahramoni Abdulla – yomon yigit emas edi. U aqlli, o‘qimishli, istiqbolli edi. Lekin hayotning kichik bir sinovida – nafs va mansab ilinjida o‘z sevgisidan, Gulchehrasidan voz kechdi. Oson yo‘lni, boylikni tanladi. Xo‘sh, yakunda u baxtli bo‘ldimi? Yo‘q. U nafaqat sevgisini, balki eng asosiysi – Odamligini yo‘qotdi. ​Bizga xulosa: Hayot har qadamda bizni sinaydi. Gohida birgina noto‘g‘ri qaror, shoshqaloqlik yoki xudbinlik butun bir umrni barbod qilishi mumkin. Bu kitob har birimizga ogohlantirishdir: Qanchalik balandga ko‘tarilmaylik, qanday qiyinchilikka uchramaylik, eng muhimi – ichimizdagi Odamni o‘ldirmaslik ekan. ​❓Siz bu asarni o‘qiganmisiz? Abdullaning xatosini kechirish mumkinmi? Fikringizni izohlarda qoldiring... 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

Keshbek va arzon yo'l haqi Xaridlar, o'tkazmalar va transport uchun yagona karta. Sinab koʻrish #reklama ru.ipakyulibank.uz
Keshbek va arzon yo'l haqi Xaridlar, o'tkazmalar va transport uchun yagona karta. Sinab koʻrish #reklama ru.ipakyulibank.uz

☝️Hayot dastlabki yigirma yilda yashaladi, keyin esa faqat hikoya qilib beriladi... Bu jumlada chuqur haqiqat yashiringan. Bo
☝️Hayot dastlabki yigirma yilda yashaladi, keyin esa faqat hikoya qilib beriladi... Bu jumlada chuqur haqiqat yashiringan. Bolalik va yoshlik – hayotning eng sermazmun, eng rang-barang va eng ta'sirchan davrlaridir. Inson aynan shu yillarda orzu qiladi, xato qiladi, o‘rganadi, sevadi, yiqiladi va yana turadi. Keyingi yillar esa ko‘pincha o‘sha damlarning mevasini yig‘ish bilan o‘tadi. Bugun qilayotgan ishlaringiz ertaga hikoyangizga aylanadi. 📚 O‘qigan kitoblaringiz, uchrashgan insonlaringiz, qilgan mehnatingiz va qabul qilgan qarorlaringiz – bularning barchasi kelajakda farzandlaringizga, do‘stlaringizga yoki nabiralaringizga aytib beradigan hikoyalaringizni yaratmoqda. Shuning uchun yoshlikni shunchaki o‘tkazib yubormang. Uni mazmun bilan to‘ldiring. Bir kun kelib: – Yoshligingiz qanday o‘tgan? degan savolga, faqat vaqt o‘tganini emas, balki yashaganingizni ham hikoya qila oladigan bo‘ling. Chunki umrning qadrini yillar emas, xotiralar belgilaydi. 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

50 mln edi. Endi 100 mln bo'ldi Ipak Yuli Bank'ning yanada kuchaytirilgan «Imkoniyatlar kartasi» kredit kartasini qarshi olin
50 mln edi. Endi 100 mln bo'ldi Ipak Yuli Bank'ning yanada kuchaytirilgan «Imkoniyatlar kartasi» kredit kartasini qarshi oling.⚡ Xaridlarda ko'proq erkinlik. Har qanday vaziyatda ko'proq ishonch. Kartangizga o'z pulingizni qo'yib oddiy karta kabi ishlating. Agar yetarli bo'lmasa — kredit limitidan foydalaning. Kreditdan foydalanmasangiz — hech narsa to'lamaysiz. Agar sarflagan summani 55 kun ichida qaytarsangiz — ortiqcha to'lovlar ham bo'lmaydi. Har bir to'lovdan 0,5% keshbek olasiz — O'zbekistonda ham, chet elda ham. Ipak Yuli Mobile ilovasida bepul rasmiylashtiring va kerak bo'lganda foydalaning. Hammasi oddiy Batafsil #reklama 16+ ru.ipakyulibank.uz

O'tgan kunlarimni ko'rsam varaqlab...

Mikroqarz — 30 kungacha 0%, ilovani yuklab oling Istalgan maqsadlar uchun 100 mlngacha. 30 kungacha 0%, AVO bank ilovasida ol
Mikroqarz — 30 kungacha 0%, ilovani yuklab oling Istalgan maqsadlar uchun 100 mlngacha. 30 kungacha 0%, AVO bank ilovasida oling Oʻrnatish #reklama 16+ avo.uz

🗣Kichik rag‘batlar 🧠Inson miyasi uzoqdagi muvaffaqiyatdan ko‘ra yaqindagi kichik mukofotlarni afzal ko‘radi. Mukofotlar tiz
🗣Kichik rag‘batlar 🧠Inson miyasi uzoqdagi muvaffaqiyatdan ko‘ra yaqindagi kichik mukofotlarni afzal ko‘radi. Mukofotlar tizimi orqali miya odat shakllantirishi, maqsadlariga erishishi mumkin. Bizga oddiygina ko‘ringan bu tizimdan kompaniyalar ancha unumli foydalanishadi. Masalan: ↪️Maktab yoki universitetdagi baholash tizimi; ↪️Insonni o‘ziga qaram qilib qo‘yadigan video o‘yinlardagi mukofotlar (oson muvaffaqiyat); ↪️Hammaga mashhur Duolingodagi rag‘bat tizimi (Shu tizimni tashkil qilishgandan keyin, ilovani yuklab olishlar soni sezilarli darajada oshgan. Eʼtibor berganmisiz ilova sizga har qadamda qandaydir mukofotlar beradi); ↪️Bajarishingiz kerak bo‘lgan vazifalarni yozib, bajargandan keyin ✅ qo‘yish ham miyaga dofamin beradi. Bu tizimdan foydalanish uchun mana sizga shuncha sabab! Lekin... Faqat rag‘batga suyanib qolish ham, sizni faqat mukofot bo‘lsagini harakatlantiradigan qilib qo‘yadi ‼️Xulosalaydigan bo‘lsak: Bir ishni mashina deb olaylik. Mukofotlar uning kaliti, yoqilg‘i esa maʼno, intizom, shaxsiy qadriyatlar... Bir-birisiz mashinani yurgiza olmaysiz 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

Dollarlarni yostiq ostida saqlayapsizmi? Katta xato! Yillik 6% gacha daromad beruvchi 2 yil muddatga valyutada omonat Ipak Yuli Bank’ning 17 ta filialidan istalganida oching. Batafsil ipakyulibank.uz saytida ✅Omonatlar qaytarilishi kafolatlangan Omonatlarni Kafolatlash Agentligi bank tizimi barqarorligini ta’minlash bilan birga, aholining 200 million so‘mgacha bo‘lgan omonatlarini qaytarish kafolati hisoblanadi. Saytga kirish #reklama ipakyulibank.uz

Yaponiyada oʻqituvchilar kuni yoʻq ➡️Bir kuni yaponiyalik hamkasbim, oʻqituvchi Yamamotadan soʻradim: – Yaponiyada oʻqituvchi
Yaponiyada oʻqituvchilar kuni yoʻq ➡️Bir kuni yaponiyalik hamkasbim, oʻqituvchi Yamamotadan soʻradim: – Yaponiyada oʻqituvchilar kuni qachon nishonlanadi? ↪️U mening savolimdan hayratlandi va javob berdi: – Bizda oʻqituvchilar kuni yoʻq. ➡️Uning gapiga ishonishni ham, ishonmaslikni ham bilmay qoldim. Hayolimda bir savol aylanardi: "Iqtisod, ilm-fan va texnika rivojlangan mamlakatda nahotki oʻqituvchining mehnati qadrlanmasa?..."
🔹Ishdan soʻng Yamamota meni uyiga taklif qildi. Uning uyi maktabdan uzoqroq boʻlgani uchun metroda ketishga qaror qildik. Kechki vaqt, hamma ishdan qaytyapti, metroda odam juda koʻp. Men zoʻrgʻa tik turardim. Yonimdagi oʻrindiqda oʻtirgan keksaroq kishi menga oʻz oʻrnini boʻshatib berdi. Men esa bu xatti-harakatni tushunmadim va u kishiga xijolat qilayapsiz deya tushuntirdim. Ammo baribir oʻrindiqqa oʻtirishga majbur boʻldim. Metrodan chiqqach, Yamamotadan nega bunday boʻlganini soʻradim. ↪️U esa tabassum bilan koʻksimdagi oʻqituvchilik nishoniga ishora qilib: – U kishi sendagi oʻqituvchilik nishonini koʻrdi va sening darajang hurmati uchun oʻrnidan turib, joy berdi.
Men Yamomotalarning uyiga birinchi bor tashrif buyurayotganim sababli, u yerga quruq borgim kelmadi. Biror sovgʻa olishga qaror qildim. Yamomotaga bu haqida aytgandim, u sal oldinroqda doʻkon borligini, u yerda oʻqituvchilar uchun chegirma narxlar qoʻyilganini aytdi. ➡️Men yana hayron qoldim va soʻradim: – Faqat oʻqituvchilar uchun chegirma bormi? ↪️Yamomota esa: – Yaponiyada oʻqituvchilik eng hurmatga sazovor kasb va oʻqituvchi eng eʼzozli inson hisoblanadi. Yaponiyalik sotuvchilar agarda doʻkonlariga oʻqituvchilar kirib qolsa, bundan juda xursand boʻlishadi va bu ular uchun sharaf ekanligini bildirishadi, – dedi. 🇯🇵Yaponiyaga yana bir necha marotaba sayohatim davomida ularning oʻqituvchilarni juda hurmat qilishiga guvoh boʻldim. Ular uchun metroda joy beriladi, doʻkonlarda chegirma narxlar bor, hech qayerda navbatga turishmaydi. Shunday ekan, yaponiyaliklarga alohida bayram nega kerak? Axir, ularning har kuni bayramdek emasmi? 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling

Beeline bilan yangi smartfon olish juda oson 📱Oila tariflariga ulaning va smartfonga ega boling Batafsil #reklama beeline.uz
Beeline bilan yangi smartfon olish juda oson 📱Oila tariflariga ulaning va smartfonga ega boling Batafsil #reklama beeline.uz

❓Raqamlashtirish davrida kitob o‘qish nima uchun kerak? 📚Kitoblar diqqatni jamlash qobiliyatini rivojlantiradi, miya va ruhn
Raqamlashtirish davrida kitob o‘qish nima uchun kerak? 📚Kitoblar diqqatni jamlash qobiliyatini rivojlantiradi, miya va ruhni qayta tiklaydi, tanqidiy fikrlashni rivojlantiradi. 📚Kitoblar boshqalarni tushunish va ularga hamdard bo‘lishni o‘rgatadi, ijodkorlikni oshiradi, o‘zingizni topishingiz uchun imkon yaratadi. 👨‍💻Raqamli dunyo bizga eng so‘nggi yangiliklar va ma’lumotlarni tezkor yetkazib bersa-da, kitoblar chuqurroq o‘ylash, yaxshiroq tushunish va kengroq fikrlash imkonini beradi. Shunday ekan, raqamli dunyo bizni tezlikka undayotgan bo‘lsa ham, kitoblar bizni tinchlantiradi, mushohada qilishga chorlaydi va yangi olamlarni kashf etish imkonini beradi. 🕊Kitobxonyoshlar ◀️obuna bo‘ling