cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Piskent tumani hokimligi Axborot xizmati

Piskent tumani hokimligi - mahalliy boshqaruv organi Manzil: Piskent tumani, А.Temur-138-uy. 👉@Hokimiyatga_murojaat_bot 👉https://piskent.uz/ 👉www.facebook.com/Piskentpressa 👉www.twitter.com 👉www.instagram.com/

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 976
Obunachilar
-824 soatlar
-277 kunlar
-5130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Президентимиз бандлик ва аҳоли даромади масаласи биринчи даражали аҳамиятга эга эканини яна бир бор таъкидлаб, бу борада оқсоқликка йўл қўйиб бўлмаслиги ҳақида барча даражадаги раҳбарларни огоҳлантирди. Яна бир муҳим масала – тартибли ва хавфсиз меҳнат миграцияси. Жорий йилнинг январь-март ойларида меҳнат миграциясидан 58 минг нафар, апрелда 57 минг нафар фуқаромиз қайтиб келгнан. Йил охиригача яна 250-300 минг нафари қайтиши прогноз қилинмоқда. Уларни ишга жойлаштириш, ижтимоий масалаларига кўмаклашиш муҳимлиги таъкидланди. Мутасаддиларга миграция бўйича ягона ахборот платформасини яратиб, “маҳалла еттилиги” тизими билан интеграция қилиш, хорижда меҳнат қилаётган ва қийин вазиятга тушиб қолган юртдошларимизга кўмаклашиш, қайтган фуқароларни ишга жойлаштириш юзасидан топшириқлар берилди. Муҳокама қилинган вазифалар юзасидан тармоқ ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботи тингланди. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
🔥 1
#Уруш_хотиралари "Снаряд"да картошка пиширганмиз 1942 йилнинг кеч куз эди. Қуюқ ўрмонда адашиб қолдик. Биз оддий ишчилар батальонида хизмат қилардик. Ҳаммамиз оч- наҳор эдик. Яқин атрофдаги даладан картошка териб келдик. Содда бўлмасак, иккита снарядни ерга ўрнатиб," кастрюлка"даги картошкага олов ёқдик. Кейин кучли портлаш овозидан "немис келяпти,немис келяпти" дея тум-тарақай қочганмиз...
◽️Анорқул ота Ҳатамов 103 ёш. У Белоруссия, Украина, Болтиқ бўйи республикалари, Польша ва Чехословакиядаги жангларда қатнашган. 🎖Анорқул Ҳатамов урушдаги жасорати туфайли 2-даражали “Улуғ Ватан уруши” ордени, “Берлинни забт этганлиги учун”, “Германия устидан қозонилган ғалаба учун”, “Жасорати учун”, “Жанговар хизматлари учун” каби ўнлаб медаллар билан тақдирланган. ‼️Рафиқаси билан 7 ўғил, 2 қизни вояга етказган отахон бугун 33 набира, 66 чевара ва 2 нафар эваранинг бобоси.
Пискент тумани "Чимқўрғон" маҳалласи. Yoshlar kundaligi
Hammasini ko'rsatish...
👍 8🔥 1
Hammasini ko'rsatish...
👏 6👍 1🔥 1
Hammasini ko'rsatish...
Piskent tuman hokimligi

Murojaat uchun👉@Hokimiyatga_murojaatlarbot

Hammasini ko'rsatish...
Piskent tuman hokimligi

Murojaat uchun👉@Hokimiyatga_murojaatlarbot

👍 4🔥 2👏 1😱 1😢 1
Piskent tumani hokimligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari o‘zgarmoqda. Endilikda hokimlik axborot xizmati facebook, telegram, instagram, Youtube da faol ravishda axborot tarqatishni boshlaydi. Shuningdek, jarayonga mos holatda axborot tarqatish shakli va formati ham tubdan o‘zgaradi, yangilanadi. Piskent tumani hokimligining tarmoqlardagi yangi rasmiy sahifalariga ulaning va bizni kuzatishda davom eting. 😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube Shu o‘rinda muhim yangilik! Endi Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripovning rasmiy sahifalari ham ochildi. Unda siz tuman hokimining faoliyatiga oid eng so‘nggi yangiliklarni kuzatib borishingiz mumkin. 🗂Кириллда ўқишFacebook  🌐Instagram   ✅Telegram
Hammasini ko'rsatish...
👍 18👏 2🙏 2 1🔥 1🤩 1
#Seminar Maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalash ustuvor vazifalardan biri Piskent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari ishtirokida "Umumtaʼlim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar" mavzusidagi oʻquv-seminari tashkil etildi. Seminarda yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarning oʻrni va ahamiyatiga oid bir nechta mavzularda maʼruzalar tinglandi. Shuningdek, "Oʻzbek jadid ziyolilari: maktab islohi va matbuoti" mavzusida oʻzaro fikr almashindi. Oʻquv-seminar davomida umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, maktab psixologlari va sinf rahbarlarga ish faoliyatida tarbiyaviy ishlarni tizimli olib borishlari uchun uslubiy qoʻllanmalar tavsiya etildi. 😀Telegram | 😀Instagram | 📹 You tub
Hammasini ko'rsatish...
👍 12🔥 2 1🎉 1
#Yigʻilish Yoshlarga eʼtibor – kelajakka poydevordir! Tuman hokimi Muzaffar Aripov raisligida Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini  muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman Komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hokim oʻrinbosarlari, huquq-tartibot organi vakillari, Mudofaa bo‘limi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Yigʻilishda tuman hokimi alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni vazirlik, idora, korxona va tashkilot rahbarlariga biriktirish orqali ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish va bu borada belgilangan ustuvor vazifalar xususida taʼkidladi. Maʼlumot oʻrnida, mahallalardagi yoshlar yetakchilari tomonidan olib borilgan xatlov jarayonlarida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 20 400 nafar yoshlar balansi shakllantirilib, 3 toifaga ajratildi. Shundan 14 727 nafar yashil, 4 800 nafar sariq va 365 nafar qizil toifadagi yoshlarni tashkil qilmoqda. Komissiya yigʻilishida ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan tuman hokimi tegishli mutasaddilarga koʻrsatmalar berdi. 😀Telegram | 😀Instagram | 📹 You tub
Hammasini ko'rsatish...
👍 15 2🔥 1👏 1😱 1🤩 1👌 1
#Mavsum_yumushlari DEHQONLAR UCHUN SINOVLI DAVR BOSHLANDI Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Ilmiy tadqiqot markazining yetakchi ilmiy xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi. «Oxunboboyev» hududidagi «Abdunabiyev Iskandar» fermer xo‘jaligi dala maydonlarida o‘tgan seminarda «zang»ga qarshi kurashishning zamonaviy ilg‘or usullari mirishkorlarga tushuntirildi, ko‘rsatib berildi. Bahoriy seryog‘in kunlar, ob-havoning o‘zgarib turishi bug‘doy poyasida «zang» kasalligi paydo bo‘lish ehtimolini oshiradi. Agar shu paytda muhim agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmasa, hosil nobud bo‘lishi xavfi mavjud.  Ilmiy tadqiqot instituti xodimlari kasallikni oldini olish, zararlangan maydonlarda unga qarshi kurashish borasida amaliy tavsiyalar berdilar. Seminarda Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov ishtirok etdi. Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 1🔥 1👏 1😱 1🎉 1🤩 1👌 1🤝 1
Президент Шавкат Мирзиёев: Ҳукумат ҳамда инвесторлар ўртасида очиқ ва самарали мулоқотнинг йўлга қўйилгани барқарор иқтисодий тараққиётнинг асосий калитидир Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🔥 1👏 1🤝 1