cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

YAQIN

Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz Iroda Ahmed Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot Youtube kanalimiz: https://youtu.be/H6hvFNLLWZo

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
15 228
Obunachilar
+724 soatlar
-867 kunlar
-22630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Mubaşşir Ahmad
Қурбонлик қилган одам ундан ўзи ҳам ейиши ва ўзга бой ёки фақирларга ҳам едириши жоиз. Масалан, молингиз нисобга етган ва қурбон ҳайитида вожибликка кўра жонлиқ сўйдингиз. Мазкур жонлиқдан ўзингиз, аҳли оилангиз ва бошқалар ҳам ейиши мумкин бой ёки камбағаллигидан қатъи назар. Қурбонликни тақсимлашда афзал ва суннатга мувофиқ бўлган йўл эса, уни уч қисмга бўлиш: бир қисмини ўзгаларга эҳсон ёки ҳадия қилиш, бир қисмини ёру дўст, қариндош-уруғдан иборат меҳмонларига пишириб бериш, бир қисмини эса ўз оиласи учун бошқа кунларга ғамлаб қўйиш. Садақа ва эҳсон сифатида тарқатиладиган қисми учдан бирдан кам бўлмаслиги мақсадга мувофиқ ва мандуб (тарғиб қилинган) ишдир. Агар қурбонликдан ҳеч нарсани тарқатмасдан ўзида олиб қолса ҳам жоиз. Бироқ, юқоридаги тартибда тарқатиб, меҳмонларга ҳам едириши афзал ва савобли ишдир. Бола-чақаси кўп ва ўзи ҳам сердавлат бўлмаган, қўли юпқа инсон оиласига кенглик яратиш мақсадида унинг гўштидан садақа қилмаслиги мандубдир. Қурбонликка сўйилган жонлиқнинг териси садақа қилиб юборилади ёки ўз уйида узоқ вақт ишлатиладиган шаклда масалан, кўрпача, меш ва ҳоказоларга айлантириб ишлатса бўлади. Аммо, сотиб пулини ўзига ишлатмайди. Бордию сотса ҳам унинг пулини садақа қилади. Иълоус Сунан соҳибининг айтишича, қурбонлик қилинган жонлиқнинг терисини юқоридаги каби узоқ вақт фойдаланиш мумкин бўлган нарсаларга айирбошлаб улардан фойдаланиш истеҳсон йўлига кўра жоиз. Аммо узоқ вақт фойдаланилмайдиган ва тезда йўқ бўлиб кетадиган пул ва таом каби нарсаларга айирбошлаб улардан фойдаланиш мумкин эмас. Бу ҳолатда айирбошланган нарса яъни пул ва ҳоказолар садақа қилиниши керак. Қурбонлик гўштидан ёки терисини уни сўйган қассобга иш ҳақи сифатида бериш жоиз эмас, балки, кўнгилли равишда эҳсон ва ҳадия қилиш мумкин. Аммо, бу иш мазмунан унинг хизмат ҳақи каби тусга кирмаслиги лозим. Айрим қассобларнинг ҳар сўйган жонлиқдан маълум миқдорини ўзига хизмат ҳақи сифатида хослаб олиши ножоиз ва ҳаромдир. Балки, қассоб сўйиб беришим мана бунча пул бўлади, деб айтиши керак. Фақир киши (яъни моли нисобга етмаган инсон) ўз мулкидаги қўйлардан бирини (яъни қурбонлик ниятида сотиб олмаган ҳолда) назр қилмаган ҳолда қурбонлик қилса, унинг гўштидан ейиши жоиз бўлади. Бордию, қурбонлик ниятида сотиб олса, демак ўзига қурбонликни вожиб қилган бўлади ва бу иш назр кўринишини олади. Шу боис, унинг гўштидан ея олмайди. Лекин, бу масалада мазҳабда икки хил қавл мавжуд бўлиб, иккинчисига кўра назр қилинган жонлиқ гўштидан ейиш жоиз. Косоний (раҳимаҳуллоҳ) Бадоиъус Саноиъдан жонлиқ нафл ёки вожиб, назр қилинган ёки қилинмаган ҳолда сўйилишидан қатъи назар ейиш жоизлиги ҳанафий уламолар ижмо қилганини келтиради. Ушбу қавлга кўра моли нисобга етмаган одам қурбонлик ниятида жонлиқ сотиб олса ҳам унинг гўштидан ўзи ҳам ейиши жоиз бўлади. Қурбонлик гўштидан ўзга дин вакилларига ҳам бериш ёки едириш жоиз. © Алишер Султонходжаев @MubashshirAhmad
Hammasini ko'rsatish...
👍 21 8
Photo unavailableShow in Telegram
#tanlov Anchadan beri rasmga ta'rif tanlovimiz to'xtab qolgan edi. Hozir shu tanlovni ochiq deb e'lon qilamiz. Bu rasm G'azodan. Rasmga qarab nimani his qildingiz? Bolaga qanday ta'rif bergan bo'lar edingiz? ✍️Marhamat izohlarda yozib qoldiramiz. 🎉Eng yaxshi izoh egasi Ona Madrasadir kursining yangi guruhiga bepul qabul qilinadi. Bugun kech 23:00ga qadar rasmga ta'rif yozib qoldirishingiz mumkin. G'oliblarni ertaga e'lon qilamiz insha'Allah @YaqinOzbek
Hammasini ko'rsatish...
🔥 111👍 45😢 33 31🎉 29🥰 27😁 27👏 23
🎓Yana bir faol o'quvchimiz hadiyyalarini qabul qilib olibdi, mashallah. 👆🏻 💻Bolalar uchun tashkil qilingan onlayn darslarimiz bu hafta dushanba va seshanba kunlari bo'lib o'tadi. Keyin tanaffus e'lon qilamiz. Qurbon hayitidan keyin yana boshlamoqchimiz, insha'Allah. ✍️Darslar sizga yoqyaptimi? Farzandlaringiz darsga jonli qatnashyaptimi?Fikr-mulohazalaringizni, takliflarni izohlarda yozib qoldiring 👇🏻 https://t.me/YaqinOzbek
Hammasini ko'rsatish...
YAQIN

Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz Iroda Ahmed Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot Youtube kanalimiz:

https://youtu.be/H6hvFNLLWZo

🥰 7 2
Photo unavailableShow in Telegram
Rahmat kitoblar yetib keldi Allohim hayrli qilsin
Hammasini ko'rsatish...
8
Photo unavailableShow in Telegram
Rahmat kitoblar yetib keldi xursand boʻldim Allohim hayrli qilsin
Hammasini ko'rsatish...
12👍 3
✨KO’P ILTIMOSLARGA BINOAN “FARZANDIM-JIGARBANDIM” kursining 12-tinglovchilar guruxida darslar 10 iyundan boshlanadi! ❓Kursda nimalarni o‘rganasiz: ✅ISLOMDA TARBIYACHIGA TALABLAR» – farzand omonat ekanligi va Islom ta’lim faoliyatida asosiy 4 ta tamoyil haqida ✅Ona-bola hissiy bog’lanishning muhimligi va bunday munosabatning 6ta tamoyili – Kanadalik mashxur tibbiy shifokor, halqaro darajadagi spiker va bir necha bestseller kitoblar muallifi Dr Gabor Mate va Kanadalik mashxur psixolog, bolalar rivojlanishi (child development) bo’yicha halqaro mutaxassis Dr Gordon Neufeldning birgalikda yozgan kitobi HOLD ON TO YOUR KIDS: WHY PARENTS SHOULD MATTER MORE THAN PEERS ning qisqacha sharhi. Kitobdagi bola rivojlanishi to’g’risidagi ilmiy tadqiqotlar, nazariy va amaliy tavsiyalar bilan tanishamiz ✅ISLOMDA JISMONIY TARBIYANING AHAMIYATI» – jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari hamda islomiy sport turlari haqida bilib olasiz ✅Farzandlarni Iymonli qilib tarbiyalash sirlari– Amerikalik mashxur psixolog va olima Laureen Marie Utz Islomni qabul qilganidan keyin ismini Aisha Hamdan Utz deb o’zgartiradi va ilmiy tadqiqotlarini Islomiy yo’nalishlarda olib boradi. Aisha Hamdan Psixologiyaga Islomiy yondoshuv (Psychology from an Islamic Perspective) va Bolalarda Iymonni Shakllantirish (How To Nurture Emaan in Children) kitoblari muallifi. Bu darsimizda Bolalarda Iymonni Shakllantirish kitobidagi ilmiy va diniy tavsiyalar va tamoyillar bilan tanishamiz 📝Kursda nazariy bilimlar bilan birga amaliy tavsiyalar, test-so’rovnomalarni farzandingizda qo’llash texnikalariga ham ega bo’lasiz! 📢Kurs haqidagi e'lonni yaqinlaringiz bilan ulashishni unutmang zero bu kurs barcha onajonlar uchun manfaatli bo'ladi, inshaAllah! 📆Darslar haftada ikki marta, yozib olingan darslarning audio, video va pdf materiallari sizga yopiq guruhda beriladi 📍Kurs 14 ta darsdan iborat + ustozlar bilan 6 ta jonli savol-javoblar ❗️ Kurs narxi: Tinglochilar guruhi uchun 400000( to’rt yuz ming) soʻm. Undan tashqari, 200 ming so’m to’lab kanalga qo’shilib, darslarni mustaqil o’zlashtirishingiz mumkin. 📱 Kurs haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish uchun linkka bosing  👇🏻 🔗https://raising-scholars.com/courses/parenting/farzandim-jigarbandim-islomda-farzand-tarbiyasi/  💭Kurs haqida bitiruvchilarimizning fikr-mulohazalarini bilish uchun ushbu linkka bosing 🔗 https://t.me/+UoNVevcoT0JlYmUy 👉 Kursga yozilish va toʻlov qilish uchun @Hidaya_academy_administrator bilan bogʻlaning Kanalimiz https://t.me/YaqinOzbek https://t.me/DrGavharDarvish
Hammasini ko'rsatish...
Farzandim-jigarbandim: Islomda Farzand Tarbiyasi - Raising Young Scholars

Bugungi kunda farzand tarbiyalashning “eng yaxshi” usulini izlayotgan har bir muslima ona ishni avvalo ilm olish va o‘zini qayta tarbiyalamoqdan boshlashi kerak. Nega deysizmi? Keling, quyidagi savollarimizga javob bering: Siz ota-ona, qarindosh urug‘lar va boshqa yaqinlaringizdan yiroqda farzand o‘stirayapsizmi? Balki boshqa shaharda, balki boshqa yurtda – musofirchilikda farzand tarbiya qilishning…

👍 17 1
Ona - Madrasadir! Assalomu alaykum wa rohmatullohu wa barokatuh! Ushbu kursda o'qishni nasib qilgan Allohga shukur. Iroda Ustoza bilan tanishganimdan juda hursandman va bergan bilimlari uchun esa Alloh savoblar bilan siylagan bo‘lsin. 1. Kurs menga juda yoqdi. Kursni tavsiya qilgan jiyanim va duganamga katta rahmat deyman Alloh ulardan rozi bo'lsin. Oliy ta'lim tizimida dars bersam ham bu kursda olgan bilim va ko'nikmalar oldin o'rganmaganman. 2. Bu kursda milliy farzand tarbiyasi bo'yicha balki ta'lim falsafasi, ta'lim metodlari va maxsus offline va online maktablar haqida bilim va ko'nikmalar egalladik. 3. Boshida kurs davomiyligini ko‘rib buncha uzoq vaqt degan fikrda edim. Kurs oxiridagi darslarida esa yana ham davom qilsa tez tugab qolayapti degan fikrga keldim. Kursdoshlarim ham mehribon va bilimga chanqoq qizlar ular bilan doim qiziqarli darslar bo‘ldi. 4. Men hoqlagan talablarga javob berdi. Dars vaqti to‘g’ri vaqtga qo‘yilgan, darsni o‘tish metodikasi, darsni nazorat qilish uchun test va nazorat qilish. Onlayn dars o'tish tizimli yo'lga qo'yilgan hech kim qiynalmadi darsga qatnashishga. 5. Hamma ayollar uchun bu kursni tavsiya qilaman oila qurgan va qurmagan, buvilarimiz uchun ham foydali. 6. Men ushbu kursni yanada ko’p tarqalishini hoqlagan bo’lar edim ya’ni Ustozaning shogirdlari ko’payib bunday kurs sonini ko’paytirish. Hurmat bilan Zulfiya Kannazarova
Hammasini ko'rsatish...
👍 23 2
Zul Hijjaning ilk o'n kunligida aytiladigan takbir. Ikki soat davom etadi, telefoningizning zaryadini ham olmaydi, telefon o'chib qolsa ham o'chmaydi, orqa fonda takbirni yoqib qo'yib bir paytni o'zida boshqa ilovalarni ham ishlatishingiz mumkin. Har kuni ertalab linkka bosib yoqib qo'ying 👇🏻 https://ia800909.us.archive.org/35/items/takberat___al3eed-------mp3/takbiratEidAl-adha.mp3 https://t.me/YaqinOzbek
Hammasini ko'rsatish...
YAQIN

Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz Iroda Ahmed Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot Youtube kanalimiz:

https://youtu.be/H6hvFNLLWZo

10👍 8😢 1
Photo unavailableShow in Telegram
🔜Ona Madrasadir kursining yangi tinglovchilar guruxiga qabul ochilishiga 🚩 kun qoldi. 📚Kurs haqida batafsil ma’lumot olish uchun 🔗https://raising-scholars.com/courses/homeschooling/ona-madrasadir/ 🎓Kurs haqida bitiruvchilarimizning fikr-mulohazalarini o'qish uchun
Hammasini ko'rsatish...
👍 20 5
Ona - madrasadir! Assalomu alaykum va rohmatullohu va barokaatuh! Bu kursda o'qishni nasib qilganiga shukur. Ustozamizga esa cheksiz minnatdorchiliklar bildiraman. Yaqin kanaliga qo'shilmay turib bir qancha farzand tarbiyasiga oid kanallarni kuzatardim. Ajablanarlisi ularni yurityotganlarning barchasi aynan shu kursning bitiruvchilari edi. Shundan so'ng bu kursga juda qiziqib qoldim. O'qish davomida tushundimki, shuncha onani ilhomlantirgan bu kursda har bir ayol, kerak bo'lsa, otalar ham o'qisa arzigulik ma'lumotlar jamlangan ekan. Bu kurs, nafaqat, onalik ta'limi, balki bandalik burchlarimiz va insoniy xulqimizni-da tarbiyalovchi, yuzlab kitoblarda bitilganlarni tushunarli va amaliy asoslari bilan yoritilgan manbaalar yig'indisi. Ustozamiz keng fikrli, oqila va bilimli ayol, eng muhimi, kursda beryotgan har bir ma'lumotlarini o'zlari farzandlari bilan tajribadan o'tkazgan. Shuncha bilimga ega bo'lishlariga qaramay, o'ta samimiy, kamtar talabalariga eng yaqin insonidek muomala qilib har qanday savol yo muammolarga go'zal yechim aytadigan oqila ayol ekanlar. Shu fazilatlari bilan kursdagi barchaning ko'nglidan joy oldilar. Kurs davomida farzand tarbiyalash mashaqqatli, faqat stresslardan iborat jarayon emas, beg'ubor va sof fitratli bolalarimiz bilan maroqli o'tkazib olishimiz kerak bo'lgan o'ta qisqa davr ekanligini tushundim. Farzand tarbiyalash aslida inson o'zini qayta tarbiyalash ekan. Chunki farzandlarimiz shunchaki bizning xatti-harakatlarimizni akslantiruvchi ko'zgumiz. Kurs haqida qancha yozsak kam. So'zimni ustozamiz doim takrorlaydigan, hayotiy shior qilishga arzigulik jumlalar bilan yakunlayman: " Barchamizga ikki dunyomiz uchun manfaatli ilmlar o'rganishligimizni nasib qilsin va o'rganganlarimizga amal qilishimizga O'zi tavfiq bersin! " " Ona-madrasadir " tinglovchilar, 2024. Dilfuza Yusufjon qizi
Hammasini ko'rsatish...
👍 17🔥 5