TANQIDCHI OTA-ONAMISIZ YOKI QO’LLAYDIGAN?
Farzand tarbiyasida qo'llaniladigan muhim psixoterapevtik metodikalardan biri "Transakt analiz” hisoblanadi . “Tranzaksiya” so'zi "insonlarni bir-biri bilan bo‘lgan aloqasi" degan ma‘noni bildiradi. Transakt analiz esa insonlarning aloqalarini tahlil qila olishdir.
Farzand tarbiyasida biz bu metodni o‘zlashtirish orqali munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olamiz. Farzandimizni to‘g‘ri tarbiyalay olishimiz, munosabatlarni qiyinchiliksiz o‘rnata olishimiz uchun, shaxs sifatida, musulmon sifatida salohiyatli bo‘lishimiz uchun ham biz bu psixoterapevtik metodikalarni o‘rganishimiz kerak.
Transakt analiz bo‘yicha har bir insonda 3xil ego holatlari bo‘ladi. Ya‘ni yoningizdagi turmush o‘rtog‘ingiz, farzandlaringiz, jamoangiz yoki rahbaringiz yoshidan qat‘iy nazar unda 3ta ego holati bo‘ladi. Ular: ota-ona ego holati; voyaga yetgan shaxs ego holati; bola ego holati. Ya‘ni har qanday insonda ushbu ego holatlari bo‘ladi, bizning vazifamiz esa mana shu atrofdagi insonlarning ya‘ni suhbatdoshimizni qaysi ego holatida ekanligini bilishimizdan iborat.
Ota-ona ego holati-bu xuddi ota-onaning holatidek ya'ni cheklaydi, inkor qiladi, tanqid qiladi, buruq beradi ,g‘amxo‘rlik qiladi va o‘zi istagan qolipda bo‘lishini Farzand tarbiyasida qo'llaniladigan muhim psixoterapevtik metodikalardan biri "Transakt analiz "hisoblanadi . Tranzaksiya so'zi "insonlarni bir-biri bilan bo‘lgan aloqasi" degan ma‘noni bildiradi.Transakt analiz esa insonlarning aloqalarini tahlil qila olish.
Farzand tarbiyasida biz bu metodni o‘zlashtirish orqali munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olamiz. Farzandimizni to‘g‘ri tarbiyalay olishimiz, munosabatlarni qiyinchiliksiz o‘rnata olishimiz uchun, shaxs sifatida, musulmon sifatida salohiyatli bo‘lishimiz uchun ham biz bu psixoterapevtik metodikalarni o‘rganishimiz kerak.
Transakt analiz bo‘yicha har bir insonda 3xil ego holatlari bo‘ladi. Ya‘ni yoningizdagi turmush o‘rtog‘ingiz, farzandlaringiz, jamoangiz yoki rahbaringiz yoshidan qat‘iy nazar unda 3ta ego holati bo‘ladi. Ular: ota-ona ego holati; voyaga yetgan shaxs ego holati; bola ego holati. Ya‘ni har qanday insonda ushbu ego holatlari bo‘ladi, bizning vazifamiz esa mana shu atrofdagi insonlarning ya‘ni suhbatdoshimizni qaysi ego holatida ekanligini bilishimizdan iborat.
Ota-ona ego holati-bu xuddi ota-onaning holatidek ya'ni cheklaydi, inkor qiladi, tanqid qiladi, buruq beradi ,g‘amxo‘rlik qiladi va o‘zi istagan qolipda bo‘lishini xohlaydi. Islomiy e‘tiqod jihatida qarasak ,bu nafsul lavvomaning holatiga ,vijdon uyg‘ongan holatga to‘g‘ri keladi. Bu ota-ona egosi ham o‘z navbatida 2ga bo‘linadi: qo‘llab-quvvatlovchi ota-ona va tanqid qiluvchi ota-ona.Qo‘llab quvvatlovchi ota-ona bolasiga g‘amxo‘rlik qiladi, qayg‘uradi unga maslahat beradi. Tanqid qiluvchi ota-ona esa bolani jazolaydi, undan talab qiladi, unga bosim o‘tkazadi, tanqid qiladi.
Voyaga yetgan shaxs ego holat esa "Hozir va shu yerda"prinsipi bo‘yicha ish tutadi. O‘sha yerning o‘zida muammoga yechim topishga harakat qiladi, vaziyatni obyektiv baholaydi, o‘z manfaati bilan birga boshqalarning manfaatini ham birdek ko‘radi, aniq faktlarga asoslanib xulosa qiladi. Voyaga yetgan shaxs bizni o‘tmishimiz bilan bog‘liq emas, u bizni hozir va shu yerda mustaqil qaror qabul qilishimizni o‘rgatadi.
Bola ego holati hamma istaklar qondirishni xohlaydi, impulsivlik, erkinlik,hissiyotlarning ochiq namoyon bo‘lishi, yoki adaptirovannik, bo‘ysunuvchan, erkin bo‘lmagan holda bo‘ladi.
Farzand tarbiyasiga uzviy bog‘liq bo‘lgan ota-ona ego holatining farqini ko'rib chiqishimiz kerak. Tanqid qiluvchi ota-ona:"Nega doim kech qolasan, doim aytaman senga kech qolma deb". Qo‘llab-quvvatlovchi ota-ona esa:"Bolam, bugun ertaroq kelsang juda yaxshi bo‘lardi, seni juda sog‘inib qolyapman". Bu ikki misolni ko‘rib tahlil qiladigan bo‘lsak, tanqid qiluvchi ota-onaning farzandi o‘ziga nisbatan ishonchsiz, irodasiz va aybdorlik hissi bilan ulg‘ayadi. Bizning jamiyatida aksar insonlar tanqid qiluvchi ota-ona ego holatida.