cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ilxomjon Tuxtasinov | Rektor

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
921
Obunachilar
+124 soatlar
-77 kunlar
-2130 kunlar
Postlar arxiv
📺📺 12-iyul kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich boshchiligidagi oliygoh rahbariyati vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻi bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga grant asosida qabul qilingan Madina Soliyevani taqdirlash marosimidan fotoreportaj. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
02:14
Video unavailableShow in Telegram
0️⃣0️⃣0️⃣
Kuni kecha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg'ona viloyatiga tashrif buyurib, hudud sanoati va infratuzilmasining rivojlanishi, mahallalarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Yurtboshimiz viloyatdagi Eco shaharni ko'zdan kechirayotgan chog'da O'zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o'qishga kirish istagida bo'lgan abituriyent bilan suhbatlashib, kelajakdagi maqsadlari va rejalarini tingladi. Prezident maqsadlari yuksak bu abituriyentga oʻzini O'zbekiston davlat jahon tillari universitetiga o'qishga grant asosida qabul qilingan deb hisoblayverishini aytib, harakatdan, o'qish-izlanishdan hech qachon to'xtamaslikka da'vat qildi. 12-iyul kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich boshchiligidagi oliygoh rahbariyati vakillari Farg'ona viloyatiga borib, universitetning yangi talabasiga maxsus sertifikat va esdalik sovg'alarini topshirdi. Rektor Madinaxon Soliyevaga kelgusidagi o'qish va ishlarida omadlar tilab, baland marralarni zabt etishdan tolmaslikni, faqat ilm olib, izlanib, yurtimiz nomini butun dunyoga tanitishdek yuksak sharafga musharraf bo'lishini tiladi. 0️⃣0️⃣0️⃣ Подробнее… 0️⃣0️⃣0️⃣ More… 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
Fargona.mov729.44 MB
0️⃣0️⃣0️⃣ 💻💻💻 11-iyul kuni Ozbekiston davlat jahon tillari universitetida Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yonalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ijodiy imtihon boʻlib oʻtdi. Ijodiy imtihon 2 bosqichda: suhbat va esse bosqichlaridan iborat boʻldi. Imtihonni OʻzDJTU rektori I.M.Tuxtasinov ochib berib, hujjat topshirgan abituriyentlarga muvaffaqiyatlar tiladi. Abituriyentlar ota-onalari bevosita farzandlari ishtirokida oʻtayotgan imtihon jarayonlarini monitorlarda kuzatib bordi va bu kabi sharoitlarni yaratib bergan universitet rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
📺📺 11-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida boʻlib oʻtgan kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonidan fotoreportaj 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🔵 REKTOR VA YOSHLAR Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston-2030“ strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida" 2024-yil 21-fevraldagi 37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan. Shunga koʻra, OʻzDJTU rahbariga ham “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj boʻlgan, eʼtibor talab etuvchi 25 nafar yoshlar biriktirilgan. 10-iyul kuni O’zDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich unga biriktirilgan Uchtepa tumanidagi “Davlatobod”, “Katta choʻponota”, “Birlik”, “Hamdoʻst” mahallalarida istiqomat qilayotgan ogʻir toifadagi yoshlar bilan uchrashdi. Rektor ko’makka muhtoj yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari bilan suhbatlashdi, shuningdek, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordamlar taqdim qildi. Yakunda yoshlar, ularning ota-onalari va mahalla vakillari taqdim etilgan mazkur yordam uchun rahbariyatga samimiy minnatdorchilik bildirdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
0️⃣0️⃣0️⃣ 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 9-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Madaminovich xorijga ilmiy stajirovkaga yuboriladigan doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda doktorantlar ilmiy-tadqiqot mavzulari yuzasidan izlanishlar olib borish, hamkor xorijiy universitetlar kutubxonalari va ilmiy ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, xorijiy hammualliflar bilan hamkorlikda maqolalar chop etish hamda xorijiy tajriba bilan yaqindan tanishish masalalari muhokama qilindi. ℹ️ Ma’lumot uchun: OʻzDJTU doktorantlaridan A.Shaymardanov Buyuk Britaniyaning Norvich tillar o‘qitish instituti hamda I.Bagautdinova va H.Abduraxmonova Fransiyaning Bordo shahrida tashkil etiladigan BELC-2024 yozgi maktabida stajirovka o‘tash uchun xorijiy safarga yuborilmoqda. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
🟩🟩🟩🟩 9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti yillik hisobot topshirdi. Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Dastur davomida Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani B.Kulmatov tomonidan fakultetda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, talabalar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, shuningdek, oʻquv va oʻquv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoʻlga qoʻyilgan xalqaro hamkorliklar haqidagi hisobot taqdimot qilindi.
Xususan, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilinib, muammo va takliflar bildirildi. Rektor Ilhomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va fakultet faoliyati haqida oʻz fikrlarini aytib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.