cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ilxomjon Tuxtasinov | Rektor

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
920
Obunachilar
+124 soatlar
-77 kunlar
-2130 kunlar
Postlar arxiv
🟩🟩🟩🟩 9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetidagi barcha boʻlimlar yillik hisobot topshirdi.
Yigʻilishda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi, Raqamli ta’lim texnologiyalari bo‘limi, Ta’limning kredit tizimini boshqarish bo‘limi, “Registr office” bo‘limi, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi, Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi, Xalqaro aloqalar bo‘limi, Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi, Inson resurslarini boshqarish bo‘limi, Talabalar bilan ishlash bo‘limi, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi, Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazorat bo‘limi, Reja-moliya bo‘limi, Buxgalteriya bo‘limi, Respublika til o‘qitish markazi va Axborot-resurs markazi 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobot berdi.
Dastur davomida mas’ullar tomonidan boʻlim faoliyati, belgilangan vazifalar va ularning bajarilish koʻrsatkichlari, shuningdek, yangi oʻquv yili uchun rejalashtirilgan ishlar, maqsadlar haqida ma’lumot taqdim etildi. Muammolar aytilib, ularni hal qilish takliflari kiritildi. Yakunda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Tuxtasinov har bir boʻlim faoliyatini baholadi, kamchiliklarni toʻgʻirlash uchun koʻrsatma va tavsiyalar berdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
🟩🟩🟩🟩 9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti yillik hisobot topshirdi. Dasturda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, OʻzDJTU prorektorlari, Ingliz tili birinchi fakulteti dekani, dekan muovinlari, kafedra mudirlari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi. Yigʻilishda 2023-2024 oʻquv yilida fakultetda amalga oshirilgan ishlar, taklif va muammolar tinglandi. Fakultet dekani tomonidan xorijlik ilmiy darajaga ega professor o'qituvchilarni ko'proq jalb etish va masofadan onlayn dars o'tishga ruxsat berish, xorijlik talabalarga gibrid usulida ta'lim berishni tashkil etish borasida ham takliflar berib o'tildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
🟩🟩🟩🟩 9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi yillik hisobot topshirdi.
Dasturda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi vakillari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Zokir Bazarov boʻlimning bir yil davomida amalga oshirgan ishlari boʻyicha hisobotni taqdimot qildi. Dastur davomida ta’lim jarayonini toʻliq raqamlashtirishni yakuniga yetkazish, universitetda ta’lim sifatini ta’minlashning shaffof tizimini joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi. Xususan, bu borada rektor Ilhomjon Madaminovich ham oʻz taklif va tavsiyalarini berdi. Shuningdek, boʻlimning yangi oʻquv yili uchun belgilab olgan reja va maqsadlari aytib oʻtildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
🟩🟩🟩🟩 9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Raqamli ta’lim texnalogiyalarini joriy etish bo’limi yillik hisobot topshirdi. Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi vakillari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi. Dastur davomida Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshligʻi Sobir Tuychiyev tomonidan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish boʻyicha 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hisobot taqdimot qilindi. Shuningdek, taklif va muammolar bildirilib, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar muhokama qilindi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
🟩🟩🟩🟩 9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi yillik hisobot topshirdi.
Dasturda OʻzDJTU rektori Ilhomjon Madaminovich, universitet prorektorlari, boʻlim boshliqlari, jumladan, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Yigʻilish davomida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi boshligʻi Doniyor Xamdamov tomonidan 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar, tashkiliy masalalar, shuningdek, boʻlim oldiga qoʻyilgan talabalar ma’naviyati bilan bogʻliq muhim vazifalar haqida ma’lumot taqdim etildi. Xususan, yangi oʻquv yili uchun rejalar, mavjud takliflar muhokama qilinib, yakunda rektor Ilhomjon Madaminovich tomonidan boʻlim mas’ullariga kerakli tavsiya va koʻrsatmalar berildi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
🟩🟩🟩🟩 OʻzDJTUda yillik hisobot taqdimotlari davom etmoqda. Shuningdek, 9-iyul kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Devonxonasi ham 2023-2024 oʻquv yilida amalga oshirilgan ishlar va vazifalar boʻyicha yillik hisobot topshirdi. Dastur davomida edo.ijro.uz va uzgumya1@exatuz tizimi orqali kelib tushgan va nazoratga olingan hujjatlar toʻgʻrisida ma’lumot berildi. Yakunda rektor Ilhomjon Madaminovich Devonxona faoliyati haqida toʻxtalib, yangi oʻquv yilida inobatga olinishi kerak boʻlgan jihatlar haqida oʻz fikrlarini bildirdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
🟩🟩🟩🟩 9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Oʻquv uslubiy boshqarmasi yillik hisobot topshirdi.
Dasturda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, Oʻquv uslubiy boshqarma vakillari va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Oʻquv uslubiy boshqarma boshligʻi Alisher Matyakubov tomonidan universitetda bir yil davomida amalga oshirilgan oʻquv va oʻquv uslubiy ishlar hisoboti taqdim etildi va yangi 2024-2025 oʻquv yilida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar, takliflar muhokama qilindi. Yakunda rektor Ilhomjon Madaminovich boʻlim faoliyati va kelgusidagi rejalar boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib, tavsiyalar berdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
🟩🟩🟩🟩 8-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Magistratura boʻlimi yillik hisobot topshirdi.
Yig‘ilishda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Madaminovich, oliygoh prorektorlari, bo‘lim boshliqlari, jumladan, Magistratura boʻlimi boshligʻi, boʻlim mas’ullari va boshqa vakillar ishtirok etdi.
Dastur davomida Magistratura boʻlimi boshligʻi N.Djusupov tomonidan boʻlimda bir yil davomida amalga oshirilgan ishlar, magistrantlar kontingenti, professor-oʻqituvchilar va ishchi-xodimlar faoliyati, yangi oʻquv yilida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, shuningdek, mavjud muammolar va takliflar haqida hisobot taqdimot qilindi. Rektor Ilxomjon Madaminovich bajarilgan ishlar va boʻlim faoliyati haqida oʻz fikrlarini bildirib, 2024-2025 oʻquv yilida e’tibor qaratilishi zarur boʻlgan jihatlar boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi. 🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.