uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Kanalga Telegram’da o‘tish

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Ko'proq ko'rsatish
5 162
Obunachilar
-124 soatlar
+397 kun
-4330 kun
Postlar arxiv
"Credit house" kompaniyasi Dasturlash kanalimda bu mavzu ochilishi biroz noo'rindir, ammo o'zimda bo'lgan voqea bilan ulashmoqchiman. 2 yilcha oldin bo'lib to'lashga, nasiyaga, uy olganmiz investor kompaniya orqali. Shu kompaniya nomi "Credit house". Shuncha muddat o'tsada, asosiy quruvchi kompaniya aybi sabab uy bitmadi. Biz esa pulimizni qaytarib olishga qaror qildik. Qonuniy ravishda ariza yozdik va pul qaytarish kunini belgiladik. Salkam 3 oy. Arizani Avgust oyida yozgan bo'lsak, mana Yanvarda to'liq qaytarib oldik pulimizni. Ya'ni kelishilgan muddatdan deyarli 2 oy vaqt bizni sudrab yurishdi. Telefon qilsak ko'tarishmay, ko'tarishsa ham, "bugun tushadi", "ertaga tushadi" deb shuncha muddat asab-miyyamizni yeyishdi. O'zimizni pulimizni ola olmasak a? Bu post esa bu kompaniya bilan ishlashdan oldin sizlarga eslatma qilish uchun yozildi. Kompaniya firibgarmi? Umuman olganda yo'q, pulimizni berishdi. Ammo, uy ham yo'q, ustiga ustak o'z pulimizni shuncha qiynalib, yugurtirib berishdi. Demak, 100% ishonchli va shaffof ham emas. Orada inflyatsiyani hisobga olsak, biz minusga kirdik. Narxlari ham juda qimmat bularni. Postni yaqinlaringizga ulashing, shu bilan hech yo'q bizni ketkazgan asablarimiz o'rni to'lsa🙂 #eslatma @JoshDeveloper

Ta'ziya Yaqindan tanish bo'lmasamda, dasturlashga va ayniqsa Linux dunyosiga kirishimda o'z guruhlarida ko'p yordami tekkan bir kuchli dasturchi akamiz vafot etibdilar (Shukurulloh aka, kanallari: @vodiylik) Alloh u insonni rahm qilsin, kechirsin. Oxiratlari obod bo'lsin. #taziya @JoshDeveloper

"Adobe" kompaniyasi "Figma"ni sotib oldi deb yuribman. Unday emasmi? Lekin dasturi ishlashidan sotib olganga o'xshayapti-da. #qiziq @JoshDeveloper

Sizlarda ham Figma juda sekin ishlayaptimi shu oxirgi 6-8 oylikda ? "Adobe" sotib olib ish buzdi-da... #figma @JoshDeveloper

Qancha muddatdan beri dasturlash sohasidasiz?
Anonymous voting

JavaScript 0 dan o'rganayotganlar bo'lsa, bir shogird ukamiz kanalcha ochibdilar. O'rganayotgan narsalarini ulashib boryaptilar. Marhamat: https://t.me/samariddin_dev #js @JoshDeveloper

Intervyu o'z nihoyasiga yetdi. Qatnashuvchilarga katta rahmat aytamiz. Ko'ra olmaganlar bo'lsa link mana: https://www.youtube.com/live/BoKytqQUdjU?si=RHYg7xz2QqpuRLFR #interview @JoshDeveloper

Bir necha daqiqalarda boshlaymiz…

Bugungi intervyuni o'tkazib yubormanglar. Juda ajoyib bo'ladi. Bizga Ravshan aka Samandarov ham qo'shilyaptilar, Xudo xohlasa. #interview @JoshDeveloper

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 Yakshanba kuni, 22-dekabr soat 14:00 da, "Pinterest" kompaniyasida Senior Software Engineer Diyorbek Sadullayev bilan intervyu uyushtiramiz. Intervyuni o’zim(@JoshDeveloper) va Shahzod aka Tursunov olamiz. Intervyu Umumiy Frontend’dan bo’lib o’tadi. Imkon qadar chuqurlashamiz 😉 Jonli efirga LINK. O’tkazib yubormang, ulashishni esa unutmang ✔️ #interview @JoshDeveloper

Uzunquloq gaplarga qaraganda, Github Copilot tekin bo'lgan emush. VsCode'chilarni davri kelgan ko'rinadi 😉 #copilot @JoshDeveloper

Startup olamida "perfectionism" ko'pincha zararga ishlaydi. Zo'r mahsulot chiqarish ko'p vaqtni oladi. Eng to'g'risi esa - mahsulot chiqarish. Keyin zo'r qilishga navbat sekin kelaveradi. #startup @JoshDeveloper

tarteeb.uz Elbek aka oxirgi paytda ishlayotgan loyihalarini reklamasini ko'rib qoldim. Ajoyib chiqibdi, shunday emasmi? #tarteeb @JoshDeveloper

ChatGPT'ga ajoyib xususiyat qo'shilibdi. Pastda turgan ko'k tugma orqali ma'lumotlarni internetdan qidirish imkoni mavjud bo'
ChatGPT'ga ajoyib xususiyat qo'shilibdi. Pastda turgan ko'k tugma orqali ma'lumotlarni internetdan qidirish imkoni mavjud bo'lar ekan. Rasmda o'zim haqimda internetdagi ma'lumotlar asosida javob berdi. Bu Google qilish kamayishini anglatadimi? 🤔 #chatgpt @JoshDeveloper

U inson Pinterest'da ishlaydi. #hint @JoshDeveloper

Kelayotgan Yakshanba bir inson bilan texnik intervyu o'tkazamiz, inshaaAlloh. Topingchi kim? 🙂 #interview @JoshDeveloper

Narx qo'yishni biling 🤝 Ishchi e'lonlarini ko'rgan edim. Dasturchi, SMM'chi, Kopirayter va hkz. Tajribasiga nisbatan o’ziga juda kam oylik talab qiladiganlar to’lib ketibdi. Avvalo o’z xohishlari, lekin bozorni narxini “sun’iy” ravishda tushuradigandek seziladi shunday insonlar. Ishchi olish jarayonlari bilan kompaniyalarda ko’p shug’ullanib ko’rganim sabab ham buni aytyapman. Qadri va qiymatini bilmagan insonni qadrlovchilar topilmaydi. Xulosa o’zingizdan :) Ha aytgancha, Kopirayter deganiga, ayolim qisqa tanaffusdan so’ng yana Kopirayterlik xizmatini ko’rsata boshladi, “yeslicho bizga bog’lanurasla” 😉 P.s: Onlayn kazino, qimorlar va boshqa zararli faoliyat turlari bizni bezovta qilib o’tirmasin. #maslahat #riklom @JoshDeveloper

18 ta Senior darajasidagi Angular intervyu savollar ⬇️ Twitter(X)dan ko’rib qoldim, bir taniqli Angular’chi shunday post joylabdi. Qiziq savollar bor ekan orasida. Masalan: - What’s your go-to strategy for debugging Angular components? - va hkz Link: https://x.com/DanielGlejzner/status/1834286178633228558 #angular @JoshDeveloper

Yana bir aqlsiz urunish. Kam ta'minlangan yoki ayni damda to'lovga sharoiti yo'qlar uchun bepul qilingan kursimizni, o'zlarin
Yana bir aqlsiz urunish. Kam ta'minlangan yoki ayni damda to'lovga sharoiti yo'qlar uchun bepul qilingan kursimizni, o'zlarini kursini(yo bilmadim nimasini) oldiga qo’shib tekinga sotishyapti ekan, xaromdan qo'rqmaganlar. #itIsXaramBro @JoshDeveloper

Ertaga Angular kursimiz start oladi, Xudo xohlasa. Bizda 3-4 ta joy qolgan. Kurs to'lovlari ham chegirma narxlarda beriladi. Bog'lanish uchun: @vector_academy_admin #angular @JoshDeveloper