Umar Sadullayev | Blog
الذهاب إلى القناة على Telegram
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad
إظهار المزيد5 162
المشتركون
-124 ساعات
+397 أيام
-4330 أيام
أرشيف المشاركات
"Credit house" kompaniyasi
Dasturlash kanalimda bu mavzu ochilishi biroz noo'rindir, ammo o'zimda bo'lgan voqea bilan ulashmoqchiman.
2 yilcha oldin bo'lib to'lashga, nasiyaga, uy olganmiz investor kompaniya orqali. Shu kompaniya nomi "Credit house".
Shuncha muddat o'tsada, asosiy quruvchi kompaniya aybi sabab uy bitmadi.
Biz esa pulimizni qaytarib olishga qaror qildik. Qonuniy ravishda ariza yozdik va pul qaytarish kunini belgiladik. Salkam 3 oy.
Arizani Avgust oyida yozgan bo'lsak, mana Yanvarda to'liq qaytarib oldik pulimizni. Ya'ni kelishilgan muddatdan deyarli 2 oy vaqt bizni sudrab yurishdi. Telefon qilsak ko'tarishmay, ko'tarishsa ham, "bugun tushadi", "ertaga tushadi" deb shuncha muddat asab-miyyamizni yeyishdi. O'zimizni pulimizni ola olmasak a?
Bu post esa bu kompaniya bilan ishlashdan oldin sizlarga eslatma qilish uchun yozildi.
Kompaniya firibgarmi? Umuman olganda yo'q, pulimizni berishdi. Ammo, uy ham yo'q, ustiga ustak o'z pulimizni shuncha qiynalib, yugurtirib berishdi. Demak, 100% ishonchli va shaffof ham emas. Orada inflyatsiyani hisobga olsak, biz minusga kirdik.
Narxlari ham juda qimmat bularni.
Postni yaqinlaringizga ulashing, shu bilan hech yo'q bizni ketkazgan asablarimiz o'rni to'lsa🙂
#eslatma
@JoshDeveloper
Ta'ziya
Yaqindan tanish bo'lmasamda, dasturlashga va ayniqsa Linux dunyosiga kirishimda o'z guruhlarida ko'p yordami tekkan bir kuchli dasturchi akamiz vafot etibdilar (Shukurulloh aka, kanallari: @vodiylik)
Alloh u insonni rahm qilsin, kechirsin. Oxiratlari obod bo'lsin.
#taziya
@JoshDeveloper
"Adobe" kompaniyasi "Figma"ni sotib oldi deb yuribman. Unday emasmi?
Lekin dasturi ishlashidan sotib olganga o'xshayapti-da.
#qiziq
@JoshDeveloper
Sizlarda ham Figma juda sekin ishlayaptimi shu oxirgi 6-8 oylikda ?
"Adobe" sotib olib ish buzdi-da...
#figma
@JoshDeveloper
JavaScript 0 dan o'rganayotganlar bo'lsa, bir shogird ukamiz kanalcha ochibdilar. O'rganayotgan narsalarini ulashib boryaptilar.
Marhamat: https://t.me/samariddin_dev
#js
@JoshDeveloper
Intervyu o'z nihoyasiga yetdi.
Qatnashuvchilarga katta rahmat aytamiz.
Ko'ra olmaganlar bo'lsa link mana: https://www.youtube.com/live/BoKytqQUdjU?si=RHYg7xz2QqpuRLFR
#interview
@JoshDeveloper
Bugungi intervyuni o'tkazib yubormanglar. Juda ajoyib bo'ladi.
Bizga Ravshan aka Samandarov ham qo'shilyaptilar, Xudo xohlasa.
#interview
@JoshDeveloper
❤️🔥❤️🔥❤️🔥
Yakshanba kuni, 22-dekabr soat 14:00 da, "Pinterest" kompaniyasida Senior Software Engineer Diyorbek Sadullayev bilan intervyu uyushtiramiz.
Intervyuni o’zim(@JoshDeveloper) va Shahzod aka Tursunov olamiz.
Intervyu Umumiy Frontend’dan bo’lib o’tadi. Imkon qadar chuqurlashamiz 😉
Jonli efirga LINK.
O’tkazib yubormang, ulashishni esa unutmang ✔️
#interview
@JoshDeveloper
Uzunquloq gaplarga qaraganda, Github Copilot tekin bo'lgan emush.
VsCode'chilarni davri kelgan ko'rinadi 😉
#copilot
@JoshDeveloper
Startup olamida "perfectionism" ko'pincha zararga ishlaydi.
Zo'r mahsulot chiqarish ko'p vaqtni oladi. Eng to'g'risi esa - mahsulot chiqarish. Keyin zo'r qilishga navbat sekin kelaveradi.
#startup
@JoshDeveloper
tarteeb.uz
Elbek aka oxirgi paytda ishlayotgan loyihalarini reklamasini ko'rib qoldim.
Ajoyib chiqibdi, shunday emasmi?
#tarteeb
@JoshDeveloper
ChatGPT'ga ajoyib xususiyat qo'shilibdi.
Pastda turgan ko'k tugma orqali ma'lumotlarni internetdan qidirish imkoni mavjud bo'lar ekan.
Rasmda o'zim haqimda internetdagi ma'lumotlar asosida javob berdi.
Bu Google qilish kamayishini anglatadimi? 🤔
#chatgpt
@JoshDeveloper
Kelayotgan Yakshanba bir inson bilan texnik intervyu o'tkazamiz, inshaaAlloh.
Topingchi kim? 🙂
#interview
@JoshDeveloper
Narx qo'yishni biling 🤝
Ishchi e'lonlarini ko'rgan edim. Dasturchi, SMM'chi, Kopirayter va hkz.
Tajribasiga nisbatan o’ziga juda kam oylik talab qiladiganlar to’lib ketibdi. Avvalo o’z xohishlari, lekin bozorni narxini “sun’iy” ravishda tushuradigandek seziladi shunday insonlar. Ishchi olish jarayonlari bilan kompaniyalarda ko’p shug’ullanib ko’rganim sabab ham buni aytyapman.
Qadri va qiymatini bilmagan insonni qadrlovchilar topilmaydi.
Xulosa o’zingizdan :)
Ha aytgancha, Kopirayter deganiga, ayolim qisqa tanaffusdan so’ng yana Kopirayterlik xizmatini ko’rsata boshladi, “yeslicho bizga bog’lanurasla” 😉
P.s: Onlayn kazino, qimorlar va boshqa zararli faoliyat turlari bizni bezovta qilib o’tirmasin.
#maslahat #riklom
@JoshDeveloper
18 ta Senior darajasidagi Angular intervyu savollar ⬇️
Twitter(X)dan ko’rib qoldim, bir taniqli Angular’chi shunday post joylabdi. Qiziq savollar bor ekan orasida.
Masalan:
- What’s your go-to strategy for debugging Angular components?
- va hkz
Link: https://x.com/DanielGlejzner/status/1834286178633228558
#angular
@JoshDeveloper
Yana bir aqlsiz urunish.
Kam ta'minlangan yoki ayni damda to'lovga sharoiti yo'qlar uchun bepul qilingan kursimizni, o'zlarini kursini(yo bilmadim nimasini) oldiga qo’shib tekinga sotishyapti ekan, xaromdan qo'rqmaganlar.
#itIsXaramBro
@JoshDeveloper
Ertaga Angular kursimiz start oladi, Xudo xohlasa.
Bizda 3-4 ta joy qolgan.
Kurs to'lovlari ham chegirma narxlarda beriladi.
Bog'lanish uchun: @vector_academy_admin
#angular
@JoshDeveloper
