Umar Sadullayev | Blog
Kanalga Telegram’da o‘tish
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Ko'proq ko'rsatish4 808
Obunachilar
-1224 soatlar
-307 kunlar
-1130 kunlar
Postlar arxiv
.Net va Angular
Bu ikkisini vakansiyalarda birga ko'raverib-ko'raverib, "Nega shu ikkisi birga ishlatilaveradi ?" deb so'ragan bo'lsangiz ajab emas.
Nega .Net dasturlariga Angularni mos ko'rishadi ?
Chunki,
1. Angular backend'chi uchun tushunarli va ajoyib strukturaga ega.
2. Angular TypeScript'da yozilgani. Ushbu .Net dasturchilari uchun juda TS ancha oson. Chunki C# va TypeScript sintakslari o'xshash.
3. Angular .Net kabi haqiqiy freymvork. Ikkisi ham "built-in features"ga boy. Shunchaki ishlatsa bo'ldi.
4. Ikki freymvork ham dasturlarni tuzishda OOP va MVC'ga e'tibor qaratgan.
5. Angularni man ishlatamanda. 🤓
Shunaqa gaplar ...)
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev
Ustozlar kuni
Harbirimizni shu paytgacha erishgan yutuqlarimizga Alloh sababchi qilib qo'ygan insonlar bor. Ular ichida eng martabasi ulug'i bu ustozlar. Hozir shu so'zlarimni o'qiy olishingiz ham bir ne'matki, Alloh buni ustoz orqali bergan. O'zingizda bor bo'lgan ilmni negiziga qarasangiz, ustozlarni topasiz. Kamida shu ilmni yozib ketishganki, siz ulardan foydalanib o'rganyapsiz.
Ilm ulashuvchilar darajasi jamiyatda ulug'(bo'lishi kerak). Tabriklamasangiz ham, bugun namozlaringizda barchasining haqqiga duo qiling. Zero, Alloh ularni boshimizdan olsa, johil xolimizda qolishimiz katta ehtimol bilan turgan gap edi.
Boringiziga shukur ustozlar 😊
1 - oktabr, ustozlar kuni muborak 🎉
@UmarSadullayev
Chet tilini bilishni ish topishdagi o'rni qanday ?
Boshlanishiga uncha sezilmaydi. Ammo vaqt o'tib, til bilgan dasturchilar sizdan 2 karra ko'proq oylikli ishlarga joylashayotganini ko'rib, ko'p narsani yutqazganingizni anglaysiz. O'zbekiston bozori bu O'zbekiston bozori. Jahon bozori esa Jahon bozori.
Maslahatim sekin til o'rganishni boshlang. Eng yaxshisi ingliz tili. Rus tili bilsangiz katta "+" bo'ladi. Ammo asosiysi baribir ingliz tili bo'lib qolaveradi.
@JoshDeveloper
Compression mavzusini bir g'ayratli birodarimiz o'zbek tiliga o'giribdilar.
Marhamat: https://telegra.ph/Saytingizni-GZIP-compression-orqali-optimallashtirish-09-29
Alloh rozi bo'lsin.
@JoshDeveloper
Repost from Murshid Academy
Murshid Akademiyasi o'z faoliyatini boshladi!
Siz Murshid akademiyasida quyidagi ta'limlarni olishingiz mumkin:
•Qadriyatli Marketing
- SMM + (Nazariy bilim va ko'nikmalar bilan birga amaliy bilimlar ham o'rgatiladi)
- Targeting (Facebook va instagram)
- Islom moliyasi (Sherikchilik, Muzoraba, Murobaha, Ijara, Istisno' Savdolari o'rgatialdi)
•Arab tili
- Fonetika (O'qish va yozish)
- Grammatika (so'zlashuv)
-Grammatika (Sarf va nahv)
- Mantiq va balog'at fani
- Cefr (Oqituvchilikka tayyorlov)
Manzil: Olmazor tumani, Nodira ko’chasi 64v-uy
Mo’ljal: Sebzor chorahasidagi “Riviera” savdo markazi oldida
Savol va takliflar uchun:
☎️+998 71 200 09 10
@murshid_admin
Bugun ITransition'da 3 oylik sinov muddatim tugadi.
(Probation period)
Hammasi yaxshi o'tdi. Feedback'lar yoqimli bo'ldi.
Shu bilan sinov muddatidan ham o'tdim.
Shunaqa gaplar ishdan...)
@JoshDeveloper
Frontend dasturingiz bundle hajmi juda ortib ketgan bo'lsa, eng samarali yo'llardan biri Compression.
Ya'ni sizning kodingizni masalan GZIP algoritmi orqali compress qilib hajmini kichraytiradi. Browserlar esa uni yuklab, decode qilib o'qib oladi. Bu orqali katta hajmli fayllarni kichikroq qilib, dasturni tezroq yuklanishiga erishsa bo'ladi.
To'liqroq ma'lumot uchun ingliz tilida maqola linki buyerda.
Vaqti borlar shunday maqolalarni to'g'ri tarjima qilib, o'zbek tilida vatandoshlarimizga ulashsa yaxshi ish bo'lar edi inshaaAlloh.
@JoshDeveloper
Angular yoki React'ni tanlasammi degan savol juda ko'p kuzatilyapti shaxsan o'zimda.
Avval ham javob bergan edim, kimga Reactni kimga Angularni maslahat berishimni.
Bilmaganlar o'qisho mumkin.
Qo'shimchasiga hozir ushbu maqolani ham topdim: freecodecamp.org/news/angular-vs-react-what-to-choose-for-your-app-2/
Umuman olganda, nimani tanlash o'zingizga havola. Asosiysi shunda oxirigacha turib bera olish.
@JoshDeveloper
Repost from Umar Sadullayev
Dollar oshsa ham narxlar oshadi, tushsa ham oshadi. Ruslar kelsa ham oshadi, ketsa ham oshadi. Bizda faqat narxlar oshadi. Bizda insofsizlarni nafs xohishlari oshsa oshadi, kamaymadi.
Mana masalan uy muommosi, ba'zi uyi bor mulkdorlar bilganini qilyapti. Shu Ruslar kelishidan avval ijaraga falon narxga ko'nib yurgan mulkdor odamlar(falon narx ham katta narx, axir talabalar qaytdiku!), Ruslar kelishini eshitib yana narxni oshirishdi.
Bizda shu nimadirga xalq muxtojlik sezsa, darrov narxini oshiramiz qo'yamiz. Insofsizlar bosib ketgan jamiyatda yashash naqadar og'ir-a ! O'zim birnecha yillardan beri ijarada yashab bu zahmatni juda yaxshi his qilaman. Falon million so'm oylikli ishli inson ham bu davlatda uy olish uchun yillab yemay-ichmay ishlashi kerak. Endi yig'dim desangiz yana qandaydir bahona bilan narxlar osmonga uchgan bo'ladi... Ha aytgancha, qayerdan ham pul yig'ardingiz, axir ijarani o'zi falon dollar bo'lsa...
Alloh ularga insof bersin. Nafslari ustidan g'olib qilsin.
Alloh hali bu mulklaridan hisobini so'raydi...
Davlatimizning musaffo osmoniga ko'z tegmasin! Ko'ramiz xalqimiz uchun bu muammoni yechishda nima qilishar ekan!
Yaxshilikka bo'lsin.
@UmarSadullayev
Bir mavzuni qayta ko'rib chiqish uchun menyudan o'zimni maqolamni o'qiyapman 😄
Shunaqasi ham bo'lib turadi 🌚
@JoshDeveloper
Dasturlashga endi kirganda Java va JavaScript birhil narsa bo'lsa kerak deganlar bo'lsa 🙋♂️🙋♂️🙋♂️
@JoshDeveloper
"Muommolardan qochilmaydi.
Hal qilinadi!"
Dasturchi sifatida eng ko'p amal qilishingiz shart bo'lgan qoida bu. Dasturchi uchun rad qilib bo'lmas qoida bu. Katta kompaniyaga kirsangiz-u, sizga jiddiy vazifa berilib, qilolmasangiz, darrov yengilishni emas, chorasini boshqacha yo'llar bilan topishni o'ylang.
Fikrlash doiramizdan chiqishni o'rganishimiz kerak. Biz uchun "imkonsiz"dek ko'ringan narsa, boshqalarga oson. Bu oddiy qoida. Nega ularga oson ? Ularni fikrlashi siz ilg'amagan narsalarni ilg'aydi, tajribasi shunga majbur qilgan.
Yordam so'rash yomon emas, ammo yordamni muommoni o'zingiz yechishingiz uchun so'raladi. Ilg'amagan narsangizni ilg'ash uchun so'raladi, Mas'uliyatni boshqasiga yuklash yoki umuman shu muommodan qochish uchun emas. Unday qilinsa o'smaysiz, to'xtab qolib ketaverasiz. Fikrlash doirangiz o'sha eski holida turaveradi.
Muommolardan qo'rqmang, kerak payt yordam so'rang, ammo yordamni fikrlash doirangizga sig'magan narsalarni anglash uchungina oling va ishlashni qaytadan, kengroq fikrlar bilan boshlang.
@JoshDeveloper
npm vs npx
Bu ikkisining farqi nima ?
npm - node package manager
npx - node package execute
npm orqali package'larni o'rnatsak, npx orqali ba'zi package'larni lokal papkaning ichida "execute" qila olamiz.
Oddiy misol bilan tushuntirsam, npm orqali xyz nomli package o'rnatdingiz. Endi u package'ni lokal papkada "run" qilmoqchi bo'lsangiz, npx dan foydalanasiz.
Tepada prettier haqida gapirdim. Shundan misol qilsak, ishlatish ketma-ketligi bunday:
1. npm install --save-dev prettier
2. npx prettier --check
Endi tushunarli bo'ldi deb umid qilaman :)
To'liqroq maqola(ingliz tilida): freecodecamp.org/news/npm-vs-npx-whats-the-difference/
O'zbek tilida quyidagi so'zlarni to'g'ri va tushunarli tarjimasini aytsangiz hursand bo'lar edim:
1. execute
2. run
3. package
@JoshDeveloper
Prettier playground
Dasturda prettier config faylni to'g'ri va o'zingizga mos qilib sozlamoqchi bo'lsangiz, Prettier'ning o'zining "Playground"idan foydalansangiz bo'ladi.
O'zingizga mos configni tayyor qilgach, JSON faylga o'girib olsangiz bo'ladi.
Marhamat: prettier.io/playground/
@JoshDeveloper
Repost from N/a
Stop Heroku, Vercel, Netlify, Pythonanywhere!
Bu servicelardan foydalanishni bas qiling, bunga menda yetarlicha sabablar bor. Bu uchun maqolamizni o'qib chiqishingizni tavfsiya qilaman.
To'liq o'qish ...
Telegram | Linkedin | Share
Bugun aylanib w3schools.com saytiga kirib qoldim.
Dasturlashni endi boshlaganimda bu saytni ko'p foydasi tegkan. Xatto saytni kompyuterimga yuklab olib, offline foydalanardim. (Wifi birnecha oy bo'lmagan)
Sizlarga ham maslahat beraman shu saytni, foydali ma'lumotlar juda ko'p.
Ha aytgancha, PHP degan tabga bosmanglar. 😄
(Hazil)
@JoshDeveloper
Repost from N/a
"UzTechGirls" — sizga web dasturlashning FrontEnd yo'nalishi bo'yicha 2 oy tahsil olish imkoniyatini beruvchi loyiha. Ayol-qizlarni texnologiya shiddat ila rivojlanish davrida bo'lgan bir paytda, davr talabi bo'lgan bilim, ko'nikma va zamonaviy kasblarga yo'naltirish uchun tuzilgan dastur.
Loyihaning manfaatli jihatlari:
- Dasturda qatnashish mutlaqo bepul.
- Siz darslarda istagan viloyatingiz, shahringizda turib qatnashishingiz mumkin. Darslar online ravishda o'tkaziladi.
- Bir guruhda 10tadan oshmagan ishtirokchi
• Loyihaga 13-36 yosh oralig'ida barcha qiz-ayollar ariza topshirishlari mumkin.
• Ishtirokchilar shaxsiy noutbukiga ega bo'lishi lozim.
Arizalar 2022-yilning 28-sentabr 22:00 gacha qabul qilinadi👇.
Hurmat bilan, @uztechgirls_academy
https://docs.google.com/forms/d/1hz7KLJ9zgP7Y05LCocqHmvNfGWWjY0CHsP_ni0ly-SA/viewform?edit_requested=true
Hozirgina @brogrammist kanalidan chiqib, to'g'ri kanalga kirib, shu gaplarni yozayapman.
A'zo bo'lishga arziydigan kanal ekan. Shaxsan menga juda yoqdi. Shunday maqolalar yozadigan paytga kelgan edik o'zi, birinchi boshlab beribdilar chuqurroq kirishni.
JSchilar, Gooo 🚀
@JoshDeveloper
"Dasturlashni onlayn o’rganish haqida ovozli chat 🎙" bo'layotgan ekan. Qiziq bo'lsa kirishni maslahat beraman.
Link: https://t.me/nizamoff/787
@JoshDeveloper
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
