ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

الذهاب إلى القناة على Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

إظهار المزيد
5 143
المشتركون
+224 ساعات
-197 أيام
-5530 أيام
أرشيف المشاركات
Error types ? 🤔 JavaScript'da necha xil Error(xatolik) turlari bor ? JS'da 7 ta Error turlari bor. Keling ularni 3 ta eng mashxurlari bilan tanishib chiqamiz. 1. ReferenceError - Bu xatolik, dasturda mavjud bo'lmagan o'zgaruvchiga kirishga urunishda kelib chiqadi. Masalan: console.log(someVar); 🚫 ReferenceError: someVar is not defined 2. SyntaxError - Bu Error JavaScript sintaksiga mos bo'lmagan kod yozilsa kelib chiqadi. Parsing jarayonida(kod hali ishlashni boshlamasidan avval) bu xatolik topiladi. Masalan: const class 1231; 🚫 SyntaxError: Unexpected token 'class' 3. TypeError - Bu xatolik ko'pincha biror qiymatni tipiga mos kelmagan amallar qilishga urunishda kelib chiqadi. Masalan: const boo = true; boo.sort(); 🚫 TypeError: boo.sort is not a function Qolgan 4 ta unchalik mashxur bo'lmaganlarini esa siz azizlarni o'zingizga qoldiraman. Postimiz uzun bo'lmasligi uchun ularni yozib o'tirmadim. O'rganishingiz uchun ajoyib manba: Link @JoshDeveloper

Shaxsiy kanalimda Alloh taoloning 99 ism-sifatlarini o'rgandik. Oramizda men kabi hali to'liq yodlamaganlar bo'lsa, marhamat, qachongacha cho'zib yuramiz yodlashni ?) Kanal manzili: @UmarSadullayev Muqaddima: https://t.me/UmarSadullayev/613 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Allohning to'qson to'qqizta ismi bor. Kim ularni yod olsa jannatga kiradi. Albatta, Alloh toqdir va toqni yaxshi ko'radi" dedilar. P.s: Post Musulmonlar uchun ulashildi. #islam @JoshDeveloper

Oyliklar haqida gaplashamizmi ? 😋 Men O'zbekistondagi chetel kompaniyalarida to'lanayotgan oyliklarni oraliqini tahminan aytaman. Hop, tajribamdan va tanishlarimdan kelib chiqib, tahminimcha oraliq oyliklar bunday: Junior 👦: Ko'pincha 400$ - 700$, ba'zan 700$ - 1200$ gacha Middle 👱‍♂️: Ko'pincha 1000$ - 2500$, ba'zan 2500$ - 3500$ gacha Senior 🧔‍♂️: Ko'pincha 2500$ - 3500$, ba'zan 3500$ - 7000$ gacha (Bular yo'nalishga qarab o'zgarishi mumkin. Buyerdagini Frontend va Backend uchun deb tushunsangiz bo'ladi.) Ulashish esingizdan chiqmasin. 😉 Ha yana, endi boshlaganlar oylik haqida o'ylamasdan 1-2 yil tajribaga e'tibor qaratsin. Post qayta ulashildi. @JoshDeveloper

Insof ham qiling-da! Esingizda bo'lsa yaqinda kurslar va o'quv markazlardan norozilar kommentga yozsin degandim. Yozishdi. Gap yo'q. Ammo, endi boshqa masala bor. Norozilar rostan norozi bo'lishi kerakmikan ? Bugun bir "yomonlangan" kursni kontentini ko'rdim. Kontent juda ham ajoyib edi. Bundan ham norozilar bormi a ? deb yubordim. Norozilik sababi esa inson sifatida tushunsa bo'ladigan oddiy narsa edi. Shaxsan o'zimni shogirdlarim bilishadi. Orada ba'zan ishlarim ko'payadi, oilaviy muommolarga duch kelaman, charchayman, kasal bo'laman. Shogirdlarim esa meni inson ekanimni bilishadi va orada uzulish bo'lsa, to'g'ri tushunishadi. Insofli insonlar. (O'qiyotgan shogirdlarim bo'lsa o'zidan ketmasin 😄) Ammo, shundaylar ham borki, haqqini talab qilishni biladi, ammo insoniylikni bilmaydi. Va o'zini jabrlangan ko'rsatib ko'pchilikka yoqimsiz ma'lumot berib qo'yadi. Vaqtida, ~30 km uzoqlikdagi o'quv markaziga dasturlash kursiga qatnaganman. Sovuqda, qishda, birnecha transportta borardim. Ba'zida ustozimiz ba'zi sabablar bilan darsga kelmasdi. Bu uyi yaqinlar uchun muommo bo'lmasa ham, men uchun juda yoqimsiz holat edi. Ammo, ustozimni to'g'ri tushunardim. Ilm yo'lida hokisorlikni unutmasdim. Alloh kam qilmadi. Ha, mentorlar ham mas'uliyatli bo'lishi kerak. Ochiqdan ochiq zulm qilayotganlarni yonini olmayapman. Ammo, bu degani hamma zulmkor emas. Insoniyligingizni ishlatib vaziyatga baho berishni ham o'rganing. @JoshDeveloper

Kommentni o'chirdim. :) Ammo, kanalga ulangan guruh siz azizlar uchun IT Community sifatida xizmatini davom etadi. Marhamat, guruh siz uchun: @All_IT_chat Barcha muzokaralar shu guruhda davom etaveradi. O'zim ham borman. Faqat kamroq kiraman. Barchani 2023-yili xayrli o'tsin. @JoshDeveloper

Kanal kommentini o'chirmoqchiman. Ko'pdan beri shuni o'ylab yurgandim. To'g'risin aytsam bu biroz og'ir. Ko'pchilik obunachilarimni komment orqali taniyman. Fikr almashishga ham juda yaxshi maskan edi. Ammo, o'zim uchun eng to'g'risi shu ekan va shunday qilishga qaror qildim. Kanal faoliyati avvalgidan sifatliroq bo'lishiga harakat qilaman inshaaAlloh. Ammo sekinlashishi mumkin. Nimagadir erishish uchun nimadandir voz kechish ham kerak. Telegramni o'zidan to'liq voz kecholmadim, ammo undagi ko'p narsadan voz kechyapman. To'liq ijtimoi tarmoq balosidan biroz bo'lsa ham uzoqlashaman. Biz bilan qolgan va qoladigan hammaga rahmat. Barchangizni hurmat qilaman. Ertadan komment o'chadi inshaaAlloh. Oxirgi gaplaringiz bo'lsa aytib qoling. 😄 @JoshDeveloper

"Shaxsiy blogimni ochsammi ?" degan savolga javob bermoqchiman. To'g'riroqi, yaxshi va yomon tomonlarini va maslahatimni aytaman, qaror o'zingizdan. - Yaxshi tomoni 1. Bilim ulashasiz. O'zingiz yangi bilimlar olasiz. Savob ham. 2. Networking oshadi. - Yomon tomonlari 1. Ko'p vaqtingiz ketib qoladi. 2. Bog'lanib qolishingiz mumkin. 3. "Focus" bilan ishlay olmay qolasiz ba'zan. - Maslahatlar 1. Kommentni o'chiring. (O'zim ham shunday qilmoqchiman) 2. Va'da bermang. Falon narsa haqida maqola yozaman deb qo'ymang. Berdingizmi ? Bajaring. 3. Yangi bilimlarni olsangiz, ulashishni unutmang. 4. @JoshDeveloper kanaliga obuna bo'lib qo'ying. 5. Ha deb "obuna bo'ling" deyavermang. 😄 6. Zerikarli blog yuritmang. :) @JoshDeveloper

Ushbu kod console'ga nimani chiqaradi ? Javobni kommentda qoldiring. #quiz #javascript @JoshDeveloper
Ushbu kod console'ga nimani chiqaradi ? Javobni kommentda qoldiring. #quiz #javascript @JoshDeveloper

Qiziqqanlar uchun, yangi yil nishonlasa bo'ladimi degan savolga javobni Muftiy hazrat O'zbekiston uchun fatvosi bor. Mana: https://t.me/MILITSIYA_UZB/79661 Taqvo ahllariga esa boshqacha fatvolar ham bor. Mana: islamqa.info/amp/en/answers/177460 Kim qaysi birini olsa bemalol. Janjal shart emas. Uzr kechroq tashlayapman. Albatta, sizlarning Alloh nazdidagi eng hurmatlilaringiz taqvodorrog‘ingizdir. Hujurot, 13 @JoshDeveloper

Odamlar ham g'alati... Uxlamaysanmi. Kech bo'lganda shovqin qilgandan ko'ra. Yangi yil keldimush. Yangi kun kelgandachi ? Yangi oy kelgandachi ? Har kuni yangi kun emasmi ? Next level of stupidness is going on now at the street.

O'rganib bo'lib, "kurs olishim" kerak deydiganlar faqat JavaScript dasturchilarimi yoki boshqa tillar dasturchilarida ham shu muommomi ? 😄 #joke @JoshDeveloper

Sizlarni bilmadim-u, man shu akaga besh ketaman. 😄 Tanimaydiganlar bormi ? Odam-podammas-a ? #respect @JoshDeveloper
Sizlarni bilmadim-u, man shu akaga besh ketaman. 😄 Tanimaydiganlar bormi ? Odam-podammas-a ? #respect @JoshDeveloper

Yil sarhisobi. "Challenge"ni davom ettirgan holda, bir yillik e'tiborga arzigulik narsalar va keyingi milodiy yilga rejalarni ulashsam. 2022 - Seniorga chiqmoqchi edim. O'xshamadi. Ammo, Strong Middle bo'ldim. - Halol (nasiyaga) uy olmoqchi edik. O'xshamadi. Ammo keyingi yilda bitadigan uy topishga erishdik. Biz uchun xarom bo'lgan kreditdan Alloh asradi. - Kanalimiz ancha rivojlandi. Foydali(umid qilaman) postlar ko'proq bo'ldi. - Mockint.uz loyihasiga asos solindi. - EPAM'dan ketdim. Ammo katta oylikli ishga kirib oilamga juda katta yordam berishga erishdim. Allohni izni bilan. - Yangi bilimlar va tajriba egalladim. - Yana bir ikki narsalar... Barchasi uchun Alloh subhanu va taologa cheksiz hamd bo'lsin. Uni iznisiz hech narsa qilolmasdim. 2023(Rejalar) - Senior bo'lish ! - 14 yillik kutilgan uyimizga eson omon ko'chib olish. - Uylanish 🌚 (50/50) - Eng asosiysi, to'xtab qolmaslik. - Yana ba'zi shaxsiy rejalar. Rejalari hammanikidan ustun Zot, bizni ushbu kichik rejalarimizni xayrlilariga erishtirsin. Yangi 2023-yilni xarom amallarsiz, g'ayridinlarni odatlarisiz, archasiz, oddiy musulmon sifatida boshlayotganlarga salomlarimiz va eng yaxshi niyatlarimiz bo'lsin. @JoshDeveloper

Wijmo Grid degan UI kutubxona bor. Avvalgi loyihamda ham hozirgisida ham ishlatilgan. Shuni yomon ko'raman. 😅 Yomon ko'radiganlar bormi ? 🙋‍♂️ @JoshDeveloper

Shu, 5 ish kuni ishlaydiganlar shanba kuni ishlab beradi degan qarorni kim o'ylab topgan ekan-a ? Qachon qarama qandaydir bayram kunlari bo'lsa, shu qonun bo'yicha, 5 kunlik ish kunidagilar shanba kuni ishlab beradi deyishadi. Buyoqda xalqaro joyda ishlaydiganlarni hech o'ylashmaydi. Shanba kuni hech kim yo'q, qanday ishlaydi ? 🤷‍♂️😄 Undan ko'ra, shu kuni dam olish yo'q 5 kunliklarga desin, baribir shu kuni ishlaymizda biz 😄 Davlatimizda bir ajoyib qonunlar bor-a e ? 😄 @JoshDeveloper

Trenddan qolmay 🌚 Kanalimizni bir yillik statistikasi. 📈 @JoshDeveloper
Trenddan qolmay 🌚 Kanalimizni bir yillik statistikasi. 📈 @JoshDeveloper

JS is Weird! Ha gapimga qo'shilasiz, men esa bir saytni nomini yozdim tepada 😄 JavaScript'dagi "g'alati" savollar yozilgan quiz sayt ekan. Ishlab ko'ring. Rostan ham tepadagi gapga ishonasiz. 🙂 Aslida, JS'dagi "g'alati" narsalarni g'alati deb bo'lmaydi. Shunchaki JS'ni tushunish kerak xolos. Tushunmagan savolingizni shu post kommentiga qoldiring va "discuss" qiling. "JS is not weird, it is by default" 😄 Sayt linki: https://jsisweird.com/ @JoshDeveloper

Chatni yopdim 😄 Qarasam bugun chiqqan "bug"larini alamini bir biridan olishyapti odamlar chatda 😄 Tepadagi mavzuni yopganimiz ma'qul. Aytgancha, o'zimni ham Frontint.uz kursim chiqyapti kamiga yaqinda 🤷‍♂️, tag'in o'zimni "reyd" qilmanglar-a 😄(hazil) @JoshDeveloper

Tepadagi mavzu ortidan kutilmagan narsalar bo'ldi bugun. Ba'zi yaqinlarimiz bilan oramizda sovuqchilik ham tushishga ulgurdi. Buni xohlamagandim. Ammo, tepadagi so'rovnomam kimgadir adovatdan yoki qasddan emas. Biror bir shaxsga ham to'g'ridan to'g'ri qaratilmagan. Balki, chin ma'noda ba'zi markazlarni sergak torttirish uchungina xolos. Bu orqali yolg'onlar, norozichiliklar, birovni haqqini yeyish kabi illatlar kamayishidan umid qilingan. Ammo... Hamayli. Alloh niyatimizni bilguvchi. Kim nima deb o'ylasa bemalol. @JoshDeveloper

So'rovnoma. O'quv kurslari-yu markazlarini sifatli bo'lishini, yolg'onlar aralashmasligini xohlaysizmi ? Unda keling bir ish qilamiz. Bilishimcha Sardor aka o'quv kurslar va markazlarga kamchiliklari haqida aytishni boshlabdilar. Bu orqali, sifat oshishi turgan gap. Qabul qilishmasa va ummatga yolg'on ishlatib, hiyla orqali yoki sifatsiz "mahsulot" yetkazib berayotganlari uchun nomlarini oshkor qilinar ekan. Bu ish menga yoqdi. Manfaatli bo'lishiga ishonaman. So'rovnoma shuki, oramizda kim shunday yolg'on kurslarga yoki markazlarga, sifatsiz yoki juda past sifatli kurslarga "tushgan" bo'lsa, kommentda nomlarini oshkor qilmasdan yozsin. Sizga bog'lanishadi, tekshirishadi va u markazga ogohlantirish berishadi. P.s: Sardor akani o'zlarini WebBrain o'quv markazlaridan ham shikoyatlaringiz bo'lsa, bu bo'yicha neutral ravishda o'zim shug'ullanaman. Markaz ajratish bo'lmaydi. Shunchaki kommentda WebBrain haqida shikoyatingiz borligini qoldiring. #UmmatgaSifatliTalimBeraylik @JoshDeveloper