Josh*Developer
Kanalga Telegram’da o‘tish
IT blog of: Umar Sadullayev Senior Software Engineer @ EPAM Google Developer Expert Founder of @vector_academy_uz Reklama: @joshdeveloper_ad Shaxsiy: @umar_shares
Ko'proq ko'rsatish4 828
Obunachilar
-324 soatlar
-137 kunlar
+2030 kunlar
Postlar arxiv
4 827
Repost from Ali Ahmad
Bismilloh deb YouTube’ga oʻxshash, lekin juda ham kuchli moderatsiyadan oʻtadigan, deepfake markirovkali media platforma ishlab chiqishni boshladik.
Loyihaning hozircha 5ta asosiy funksiyasi bor:
1. Kuchaytirilgan moderatsiya
2. Bolalar uchun maxsus versiya
3. Kontent ishlab chiquvchilar uchun maxsus monitizatsiya tizimi + DRM
4. Online TV va Kino&Seriallar
5. Streaming
Kimda shu loyihaga oʻxshash tizimlarda tajribasi boʻlsa jamoamizga marhamat!
Oyliklar uncha katta emas, lekin IA xalqimiz uchun manfaatli loyiha ustida birlashadiganlar boʻlsa marhamat.
Iltimos, faqat shu loyihani rivojlantira oladigan odamlarni guruhga qoʻshing:
👉🏻 https://t.me/MoreThanYouTube
@AlisherAhmatovich
4 827
AI dasturchilarni joyini egallaydimi?
Shunday mavzuda do'stimiz Umar Muhandis o'z fikrlarini bildiribdilar. Link.
Qarashlariga qo'shilsamda, CTO'ning qolgan dasturchilarni ishdan bo'shatishi qismiga uncha qo'shilmayman(balki qisman ba'zi kompaniyalar uchun to'g'ridir, startup'lar masalan).
Ha, bizda samaradorlik oshyapti, ammo dastur yaratishga bo'lgan talab, load ham oshyapti. Avval 1 yilda 10 ta ish qilgan bo'lsak, hozir 20 ta qilyapmiz xolos.
Bundan kelib chiqadiki, ishdan bo'shatish ma'nosi balki noto'g'ri bo'lishi mumkin. Qarshi tomondan load ham ko'paymoqda.
Yana Alloh biladi.
Kuzatamiz 🌚
#thoughts
@JoshDeveloper
4 827
Frontend oson deydiganlar – shu yo'nalishda 3 yildan ortiq ishlab ko'rishsin.
#maslahat
@JoshDeveloper
4 827
Ushbu sichqonchani bir yildan ko'proq ishlatdim.
Umuman olganda yaxshi. Ammo, "scroll wheel" birozgina yaxshi ishlamayapti ba'zan. Qolgani yaxshi.
Eng qiziqi esa, 3-4 oylardan beri umuman zaryadka qo'ymadim. Boshida har bir oyda tugab qolayotgan edi.
Logitech MX Master olishga puli yo'qlar yoki pulini ayaganlar uchun ajoyib tanlov ekan.
Qayerdan sotib olishni esa, qaysidir magazin kanalda reklama qo'ydirsa($), aytarman 😁️️️️
#feedback
@JoshDeveloper
4 827
Menimcha AI orqali bir nima startup’lar qilib olish uchun ajoyib vaqt — hozir.
#thoughts
@JoshDeveloper
4 827
*Buyerda biror insonni yerga urush emas, balki kimdirga yozganingizda chiroyli qilib, bir xabarda, to'g'ri yozishga undash kerakligi haqida tanqidiy post yozganman.
Shu paytgacha qanday yozgan bo'lishsa ham javob berganman. Ammo, maslahatim, yaxshiroq yozishni o'rgangan ma'qul, bir kun emas bir kun aniq nimadandir quruq qolishingiz mumkin shunday yozsangiz 🙂
#maslahat
@JoshDeveloper
4 827
Shunday qilib yozganlarni yoqtirasizlarmi?
P.s: O'zim yozdim buni. Ammo, chatimda bunday misollar juda ham ko'p. Shunchaki biror kimnikini ko'rsatgim kelmadi.
#savol
@JoshDeveloper
4 827
Shoshma!
Dasturlashga yangi kirayotganlarni juda katta qismida va xattoki ba’zan tajribali dasturchilarda bir muommoni ko’p ko’raman - shoshqaloqlik.
Ya’ni, biror natijaga juda tez chiqishni xohlashadi. Reallikda esa, xohlaganlaridan ko’proq vaqt ketadi va bu tabiiy.
“Nima qilibdi?, xohlayversin” — deyishingiz mumkin.
Ammo, bunda muommo shuki, qo’ygan maqsadiga tez yetolmayotganini ko’rgan ko’pchilik odamda motivatsiyasi tushishi va ko’pincha tashlab ketish holatlari kuzatiladi.
Shu sabab, shoshmang. Real natijaga, real muddat qo’ying. 1 yil ketishi aniqmi? O’zingizcha 1 oyda o’rganaman, erishaman deb o’ylamang. Undan ko’ra, shu 1 yilda sifatli qilib ishlashga harakat qiling.
#maslahat
@JoshDeveloper
4 827
Networking - jamiyatimizda yaxshi e'tibor berilmaydigan, ammo juda kuchli narsa.
Yaxshi insonlar jamlangan yerlarga boring, tanish orttiring. Kontakt almashing. Afsuslanmaysiz.
#thoughts
@umar_shares
4 827
Akademiyamizga kurslarni chiqarishda va reklama qilishda yaxshi, qadriyatli va ishonchli Marketolog xodim kerak bo'lyapti. O'zimda vaqt yo'q afsuski.
Sheriklikka ishlaymiz.
Agar siz shunday odam bo'lsangiz: @vector_academy_admin ga resume/portfolio va o'zingiz haqingizda yozib yuboring.
#vacancy
@JoshDeveloper
4 827
Angular kursimizda nazariy qismi tugab, amaliy qismi boshlandi.
Loyiha qilyapmiz.
Kursga qo'shilib olish mumkin hozir.
Adminga yozing: @vector_academy_admin
#angular
@JoshDeveloper
4 827
Repost from Vohid Karimov
Ertalab tursam sms habarlar kelyapti. Boshida sal xavotirga tushdim — is my card being hacked? Chunki bu to’lovlarni men qilmadim. Keyin e’tibor bilan o’qisam men qilgan ekanman… 1 yil avval 2023-yilda!
Taxminimcha… Yomon dasturchi Eshmat ertalab turib databaseda migratsiya qilgan va natijada
sms_retry_count default qiymatga nolga qaytgan. Batch processing esa har doimgidek SELECT * WHERE sms_sent = false AND sms_retry_count < 3 deb transaksiyalarni chiqarib jo’natishni boshlagan. Serverlar ancha qiynalgan bo’lishi kerak.
Deylik O’zbekistonda 35mln odam bor. Undan 15mln odamda sms habarnoma yoniq va har bir odam o’rtacha 15 minut shunga vaqt sarflagan bo’lsa, 15mln x 1/4 soat = 3 750 000 soat sarflangan.
Deylik odam o’rtacha 8 soat uxlasa, 16 soat kunlik xayot uchun qoladi. Demak Eshmat 234 375 odam-soatini (yohud ~642 odam-yilini) yo’qqa chiqardi. O’zbekistonda o’rtacha umr ko’rish 70 yil bo’lsa, yomon dasturchi Eshmat 9.17ta odam o’ldiribdi.
Eshmat — serial killer, endi kechalari qanday uxlaysan?4 827
JS’chilar kanallari to’plangan “folder” yasashibdi.
Kimga kerak bo’lsa marhamat 👇:
https://t.me/addlist/cexglSntyiIzNWY6
#channels
@JoshDeveloper
4 827
To’g’risin aytsam qandaydir “Career transition”larni o’ylab yuribman oxirgi oylarda. Har xil yo’llar ko’rinyapti.
Sizningcha qanday yo’nalishlarga yumshoqqina* sakrab o’tish mumkin deb o’ylaysiz hozirgi turgan joyimdan?
*Yumshoqqina - shunday sakrash bo’lishi kerakki, uyerga borib hammasini 0 dan boshlamay, eski tajribalarim foyda keltirsin.
#thoughts
@JoshDeveloper
4 827
Repost from Vector IT Academy
Dasturchi bo’lishning eng og’riqli nuqtalari nimalar? 😭
Hazilomus javoblaringizni shu post kommentida kutamiz 😎
#hazil
@vector_academy_uz
4 827
Interview
Mockint.uz platformamiz vaqtincha to'xtab turibdi.
Ammo, man bilan intervyu olishni xohlaganlar quyidagi yo'nalishlarda ga narxlarda yozdirishi mumkin. Feedback'lar jonli va yozma ravishda beriladi.
1. Umumiy Frontend - 590 000 so'm (barcha darajaga)
2. Angular va Umumiy Frontend - 690 000 so'm (barcha darajaga)
Bog'lanish: @MockintAdmin
#interview
@JoshDeveloper
4 827
Bugun ishxonamizga vazirlar ichida eng ko'p hurmat qiladiganim keldi.
Ajoyib inson.
#respect
@JoshDeveloper
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
