Umar Sadullayev | Blog
Kanalga Telegram’da o‘tish
IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Ko'proq ko'rsatish5 155
Obunachilar
+624 soatlar
+4667 kunlar
+32230 kunlar
Postlar arxiv
Yopiq kanalimizda kitobni kimga berish haqida yaxshi taklif tushibdi 😂
P.s: Frontend arxitektura kursimizni yopiq guruhi
#architecture
@UmarSadullayev
Mana shu kitobni kimgadir sovg'a qilmoqchiman.
Originali.
Haqqoniy tanlov bo'lishi uchun nima qilsak bo'ladi?
#kitob
@UmarSadullayev
Joyida bu rasmni tashlabdi bir tanishim 😂
Ana bo'lmasam. Man indamasam ham bo'lar ekan.
"Yo sifatli haydovchi olishsin, yoki supportiga qarashsin" — degan maqsadda yozdim.
#postScript
Repost from Umar shares
WB taxi ishlatmang!
Sal qolsa mashinani to'xtatib urushib ketardim.
Boyagina bo'lgan holat:
Comfort+ chaqirdim. Song Plus keldi. Ichi isib ketgan, "konditsionerni yoqing" desam oynani ochdi, konditsionerni yoqmadi. Okey, o'zimni bosdim. Oynasini boshqaruvini bloklab qo'ygan. Mashinani juda tez va qo'pol haydayapti. "Sekinroq hayduring, mol tashamayapsiz" dedim. "Sekin haydavomman" dedi va shu qo'pol haydashida davom etdi.
Qonim qaynab, urushib ketishimga sal qoldi. Support'ga yozaman deb o'zimni bosdim. Support esa javob ham yozmadi mana 😂
Haydovchilarga birorta filter qo'yishadimi bular o'zi?
Juda ko'nglim qoldi.
#tanqid
Kichik "renaming" qilyapman:
JoshDeveloper -> Umar Sadullayev
Kontentlarimizda ham farq biroz o'zgaradi. Sizlarga yoqadi degan umiddaman.
#renaming
@UmarSadullayev
Korxonangizga AI'dan foydalanish bo'yicha ko'nikmalarni o'rgatish va o'rnatish kerak bo'lsa, bizga bog'lansangiz bo'ladi. Kuchli dasturchilar jamoamiz bor.
Aloqa: @UmarSadullayev
#suniyIntellekt
@JoshDeveloper
Claude fable chiqibdi.
Bu haqida Mabrurni agenti yozgan postidan batafsil o'qishingiz mumkin 😄: https://t.me/mabrur_dev/1781
#claude
@JoshDeveloper
C-space jamoasini hurmat qilaman. Farg'onaliklar bo'lsa samimiy tavsiyamni beraman tashrif buyurishni.
#cSpace
@JoshDeveloper
Repost from Ali Ahmad
DOMO loyihamiz rivojlanishining dastlabki bosqichlaridan boshlab ishongan investorlarimizdan biri yana bir muhim qadam tashladi.
C-Space Coworking o‘zining yangi filialini Farg‘ona shahrida rasman ochdi.
Bu shunchaki navbatdagi ofis yoki coworking emas. Bunday maskanlarda g‘oyalar tug‘iladi, jamoalar shakllanadi, startaplar paydo bo‘ladi va katta loyihalarning ilk qadamlari qo‘yiladi.
C-Space bugunga qadar ko‘plab tashabbus va loyihalarning rivojlanishiga turtki berib kelmoqda. Endi esa Farg‘onadagi yangi filial yanada ko‘proq yoshlar, tadbirkorlar va startap asoschilarini birlashtirishiga ishonaman.
Loyiha asoschisini va butun jamoani samimiy tabriklayman. Bunday ekotizimlarni yaratish oson emas. Ortda katta mehnat, qat'iyat va uzoq muddatli qarash turadi.
Yangi filial muborak bo‘lsin! Ishonchim komil, Farg‘onada hali ko‘plab kuchli g‘oyalar aynan shu yerda dunyoga keladi. 🚀
AI Agentlar borgan sari aqllilashib boryapti. Shunchaki "Review" qilishni buyurgandim. Bu Claude'jon 7 ta sub-agent yaratib, har biriga alohida vazifa berib chiqyapti.
Asosan shunday "review" qildirardim. Balki eslab qolgandir, yoki o'zini tanlovimikan a?
#claude
@JoshDeveloper
Angular 22-versiyasi chiqibdi. Nimalar o‘zgaryapti?
1. Signal Forms endi production-ready
— Yangi form API endi stable bo'ldi.
2. Angular Aria Pattern'lar ham stable bo‘ldi
— Accessibility uchun tayyor UI patterns.
3. `resource` va `httpResource` production-ready bo'ldi
— Data fetching endi signal'lar usulida ishlaydi. "Xayr RxJS" deyishga yana bir qadammi deyman.
4. Angular MCP tools stable bo‘ldi
— AI agentlar Angular app bilan yaxshiroq ishlashi uchun devserver.start, devserver.stop, devserver.wait_for_build kabi tools stable holatga o‘tgan.
5. Angular Agent Skills chiqdi
— AI assistantlarga zamonaviy Angular best practice’larini tushuntirish uchun tayyor “skill”lar berilyapti. Masalan: Signal Forms, Angular Aria, modern Angular patterns va hokazo.
6. Router’da yangi imkoniyatlar
— Router endi browser’ning native Navigation API’si bilan yaxshiroq integratsiya qilindi. Scroll behavior, loading indicator, a11y announcement kabi flow’lar ancha soddalashdi.
7. `@Service` decorator qo‘shildi
— @Injectable({ providedIn: 'root' }) o‘rniga oddiyroq va readable variant sifatida @Service() kelyapti.
8. `injectAsync` qo‘shildi
— Service’larni kerak bo‘lganda lazy load qilish mumkin. Ishlatilmaguncha endi Service'lar ham yuklanmaydi.
9. Template’lar kuchaygan
— Endi template ichida spread syntax, arrow function’lar va boshqa qulayliklar qo'shildi.
10. OnPush yangi app’larda default bo‘ldi
— Yangi Angular app’larda OnPush default change detection strategiyasi bo‘ladi. Bu Angular’ning performance-first yo‘nalishga jiddiy ketayotganini ko‘rsatadi.
11. `@boundary` kelmoqda
— Template ichida error boundary yozish imkoniyati developer preview sifatida Q3 2026’da chiqishi kutilmoqda. Bu bitta component crash bo‘lsa, butun page yiqilmasligi uchun kerak.
12. Webpack support deprecated
Angular v22’da Webpack tarafdagi eski builder’lar deprecated qilinyapti. Fokus endi yangi application builder va TSGo support tomonga o‘tmoqda.
Qisqasi, Angular 22 — oddiy “minor update” emas. Framework endi Signals, Zoneless, AI tooling va performance-first architecture tomonga juda katta qadam tashladi.
Batafsil o'qish uchun: https://blog.angular.dev/announcing-angular-v22-c52bb83a4664
#angular
@JoshDeveloper
Chrome devtools for AI Agents
Ko'pchilikka qiziq bo'ladigan video ekan. Ayniqsa Frontend'chilarga.
https://www.youtube.com/watch?v=1AD81ZselPk
#chromeMcp
@JoshDeveloper
Kursni olishga ikkilanayotganlar bo’lsa pastdagi linkda o’qigan o’quvchilar fikrlari bor.
https://telegra.ph/Frontend-architecture-Feedback-08-15
#architecture
@JoshDeveloper
Bugun ushbu chegirmaning oxirgi kuni, sotib olishga yoki band qilishga ulgurib qoling 🙂
#eslatma
@JoshDeveloper
Hayitlik kerakmidi? Mana sizlarga hayitlik:
🤩 Frontend arxitektura kursi videolariga 40% chegirma:
— Classic tarifi: 790.000 so'm emas, 474.000 so'm ✅
— Pro tarifi: 890.000 so'm emas, 534.000 so'm ✅
Kelajakda Frontend arxitekturadan jonli kurs ochilsa, kurs videolarini avval sotib olganlar uchun katta chegirma qilib beriladi. Hozir olib qo'yishlik joyi lekin 😉Bog'lanish uchun: @vector_academy_admin #eidAlAdha @JoshDeveloper
Yandex Ads jamoasi marketing jamoalari uchun, ayniqsa Telegram bilan muntazam ishlaydigan bizneslar uchun haqiqatan ham foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan imkoniyat haqida ulashmoqchi.
Avval foydali qismi: ushbu linkka bosib, Yandex Direct orqali Telegram reklamalarini SALOM1 promo-kodi bilan atigi 1 000 000 so‘mga sinab ko‘rishingiz mumkin. Sinab ko'ring.
Nega bu yerda Yandex Direct foydali taklif?
Telegram auditoriyasi hammaga yoqadi, lekin reklama joylashtirishdagi qo‘l mehnati, masshtablashtirishga xalaqit beradi: kanal adminlarini topish, joylashtirish bo‘yicha kelishish, "fake traffic"ni tekshirish, tasdiqlash jarayonlarini boshqarish va hokazo.
Yandex Direct orqali esa reklamalarni kanal katalogi orqali ishga tushirish mumkin: moderatsiya va Brand Safety mavjud, ko‘rishlar yoki kliklar uchun to‘lov qilinadi, reklama avtomatik markirovka qilinadi va har bir joylashtirishni alohida kelishishga hojat yo‘q.
Qisqasi, manual QA ancha kamayadi — bu esa doim yaxshi 🤝 Umid qilamanki, bu Telegram reklamalari bilan bog‘liq kamida bir nechta bosh og‘riqlarni hal qiladi.
O‘zbekistondagi digital marketing haqida ko‘proq: https://t.me/+t5Sj5Gor4o82M2Vk
