fa
Feedback

فریب کلاهبرداران را نخورید! تل‌متریو این کانال‌ها را شناسایی و برچسب‌گذاری می‌کند 👉 برای مشاهده برچسب، اشتراک تهیه کنید

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

رفتن به کانال در Telegram

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

نمایش بیشتر
5 148
مشترکین
+3924 ساعت
+157 روز
-8130 روز
آرشیو پست ها
Kompaniyalarga taklif Bir martalik oldindan to‘lov evaziga kompaniyalarga 6–12 oylik hamkorlik taklif qilaman. Nimalarda foydali bo‘la olaman: 1. Frontend Team Lead — yarim stavkada 2. Jamoaga AI integratsiya qilish va AI’dan samarali foydalanishni o‘rgatish 3. Bloglarimda kompaniya reklamasi — uzoq muddatli ambassadorlik 4. Frontend, AI va IT yo‘nalishidagi boshqa xizmatlar Nega aynan bir martalik to‘lov? Hozir uy olish arafasidaman va bizga mos variantlarga taxminan $5–10 ming yetmayapti. Shu sabab, balki mening tajribam va auditoriyam kompaniyangizga foydali bo‘lar, evaziga esa uzoq muddatli xizmat uchun to‘lovni oldindan kelisharmiz, degan fikrda ushbu postni yozyapman. Qiziq bo‘lsa, taklif bilan shaxsiyga yozishingiz mumkin. Shartlarni individual kelishamiz. Bog’lanish: @umar_sadullayev #taklif @UmarSadullayev

Yunusobodda o’rta qavatdan 3 xona uy qidiryapman. 60-67ming$ orasida. Agar sotayotgan tanishlaringiz bo’lsa @umar_sadullayev ga bog’laning iltimos. Yaxshi narxda qo’yadigan uylarni olib-sotarlar olib qo’yyapti, bizga qimmat uylar chiqyapti. Egasidan e’lonlar ko’rsangiz ham tashlayvering, telefon qilib chiqaman. Birgalashib uy qaraylik 🥲😅 Rahmat hammaga. @UmarSadullayev

Jamoada eng kerakli dasturchi — biznesni to'liq tushunadigani bo'ladi. Ishlayotgan loyihangizni chuqur tushunib oling, kamroq "layoff" ko'rasiz. #fikr @UmarSadullayev

💰 Startapingiz bor va investitsiya izlayapsizmi? Ariza topshirishga atigi 3 kun qoldi. Hozir President Tech Award 2026 doira
💰 Startapingiz bor va investitsiya izlayapsizmi? Ariza topshirishga atigi 3 kun qoldi. Hozir President Tech Award 2026 doirasidagi “Eng yaxshi startap loyihasi” yo‘nalishiga arizalar qabul qilinmoqda. 10 ta yo‘nalish bor: FinTech, AI, Enterprise, AdTech, GovTech, GameDev, EdTech, Logistics & Mobility, HealthTech va DeepTech. Eng qiziq joyi — har bir yo‘nalishda 3 ta startap investitsiya oladi: — 1-o‘rin — $125 ming — 2-o‘rin — $75 ming — 3-o‘rin — $50 ming Jami 30 ta startapga $2,5 mln venchur investitsiya ajratiladi. Agar mahsulotingiz bor, jamoangiz shakllangan va keyingi bosqichga chiqish uchun investitsiya kerak bo‘lsa, menimcha, ariza topshirib ko‘rishga arziydi. 👉 Arizalar 31-avgustgacha awards.gov.uz orqali qabul qilinadi #reklama @UmarSadullayev

Repost from Umar shares
Uy bozorida shunday bir odamlar bor, arzonga uy egasidan uy chiqsa darrov olib qolishyapti. Hozir uyimizni sotib, uy qidiryapmiz o'zimizga. Endi chiqdi yaxshi uy desam baraka bo'lgan bo'ladi chiqishi bilan. Biz oddiy insonlarga qimmatroq uylarni chiqarib, o'zlari arzonga chiqqan uylarni olyapti. "Qora kuchlar" Arzonga 60+ kvadrat tayyor uy chiqsa aytinglar yaqinlar 😄 #uy @umar_shares

Kutib oling: sndrni-sndr.uz 😂 #hazil @UmarSadullayev

Sindr.uz soqqani bosyapti akalar, "необычный" loyiha bo'libdi. Qanaqasiga mani miyamga kelmadi deb o'ylayapman hozir. #hazil #saqa @UmarSadullayev

Repost from Muhammadsaid - Blog
Sindr.uz — brendlar kuch sinashadigan maydon Bu oddiy reklama maydonchasi emas, bu ochiq auksion. Shunchaki raqobatchilardan ko‘proq taklif bering va TOPga chiqing. Brendingiz #1 bo‘lishga munosibmi? Buni hoziroq isbotlang!

Bir joyda qotib qolish — qulash bilan barobar. Ayniqsa hozirgi bozor va iqtisodda. #fikr @UmarSadullayev

3 yil oldin Mobil dasturchilarga Kidtube.uz kabi loyiha qilib beringlar degan ekanman. Oxiri o'zimiz qilib yubordik. Mobilchilar aktivmasku a 😄 Loyihamiz App Store va Play Marketga chiqadi yaqin kunlarda, Xudo xohlasa. Kuzatib boring. 3 yil avvalgi post: https://t.me/UmarSadullayev/2105 #kidtube @UmarSadullayev

Avval g'oyadan ko'ra uni ijrosi qiyin edi. Hozir ijro oson, g'oya va uni sota olish qiyin. #fikr @UmarSadullayev

Repost from Alisher Tojiev
🚀 Toshkentda xalqaro investorlar va texnologiya yetakchilari bir joyga jamlanadi 24–26 avgust kunlari Toshkentda Silk Road F
🚀 Toshkentda xalqaro investorlar va texnologiya yetakchilari bir joyga jamlanadi 24–26 avgust kunlari Toshkentda Silk Road Finance & Technology Forum bo‘lib o‘tadi. Forumda Telegram COO, Uzum, Nium va M2P Fintech asoschilari, shuningdek, $4 mlrd+ AUMga ega xalqaro VC fondlari vakillari qatnashadi. Startap ustida ishlayotgan yoki investitsiya izlayotganlar uchun bu juda yaxshi imkoniyat. Bunday tadbirlarda yangi tanishuvlar va yangi imkoniyatlar ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun startapingiz yoki texnologik loyihangiz bo‘lsa, albatta qatnashib ko‘ring. 👉 Ro‘yxatdan o‘tish: https://www.silkroadfinancetechnologyforum.com/investor-hours

Hammadan ham yordam so'rayvermaslik kerak ekan. #fikr @UmarSadullayev

Bir model yoki agentda qilolmagan ishingizni boshqasida bittada qilgan vaziyatingiz bo'lganmi? Izohga yozib keting. Qilolmagan: — Qilgan: — Sababi: — Vazifa: — #ai @UmarSadullayev

AI bilan Frontend uchun React.js'da loyiha qilmayotgan edim. Asosan Angular edi. KidTube.uz'ni React.js'da qildim. AI orqali React'da loyiha qilish Angular'da qilishdan ozginagina qiyinroq ekan. Buni Angular'chi bo'lganim uchun aytayotganim yo'q. React.js'da loyiha qilayotgan odam hamma narsani to'liq tushuntirmasa, AI o'tlab ketadi, keraksiz kutubxona yoki "custom" logikalar yozib qo'yadi. Sababi React.js juda ham erkin kutubxona. AI juda ham turli tuman kodlar bilan "Train" qilingan. Angular esa qat'iy talablarga va "convention"larga ega. Kutubxonalar ham juda ko'p emas. Borlari juda chuqur ishlatiladi. AI qarorlari asosan kutilgandek chiqadi. Demak, React'da loyiha qilmoqchi bo'lsangiz to'liqroq instruction yozish kerak, "Vibe code" qilish yaramaydi. #fikr @UmarSadullayev

Bir tanishim topshirgan kompaniyadan kelgan javob. FYI #ai #cloud @UmarSadullayev
Bir tanishim topshirgan kompaniyadan kelgan javob. FYI #ai #cloud @UmarSadullayev

"Layoff" bo'lganlarga 2 ta dona tavsiyam 1. Ketadigan joyingizdan doim eshikni chiroyli qilib yopib keting. 2. Layoff payti olgan emotsiyalaringizni o'sish uchun sarflang. Bunday paytda "tirik qolish" gormonlari ishlashni boshlaydi. Xavotirlanasiz, siqilasiz. Shu hislar sizni komfort zonadan chiqaradi va yangi narsalar o'rganishga undaydi. #tavsiya @UmarSadullayev

Tepadagi "layoff"ni to'g'ri tushuninglar. 17 ta odamni oyligi kamida 25-30ming$ bo'ladi. Har qanaqangi O'zbek kompaniyasi uchun bu katta summalar. Ichki re'jalar, loyihalar va byudjet kabi narsalar majbur qiladi ba'zan. O'zim ham bir necha yil avval shunday kichik "layoff"ga tushganman. Shunchaki byudjetni qisqartirishgan. "Layoff" bo'ldi degani hayot tugadi degani ham emas. Xudo xohlasa, yaxshi ishlar chiqadi hammasiga. "Dasturchilik o'ldi" deyotganlarni gapida jon bormi? Unchalikmas. Ammo, AI bor ekan an'anaviy eski dasturchilik bo'lmaydi endi. AI'ga moslashish jarayoni ketmoqda kompaniyalarda. #fikr @UmarSadullayev

Bir tanish ishxonamizda 17 ta juda kuchli bollar ishdan ketishayotgan ekan. Katta qismi Frontend (Angular), Backend (Node.Js) dasturchilar. Sizlardan iltimos kompaniyalaringiz HR/Recruiter'lariga buni yetkazing. Tayyor, kuchli kandidatlar yerda qolmasin-a 😉 O'zimga bog'lansangiz bepulga yo'naltirib turaman: @umar_sadullayev #candidates @UmarSadullayev

Shu o'yinni o'ynaganlar bormi? ⚽️ Mazza edi-da...) #nostalgia @UmarSadullayev
Shu o'yinni o'ynaganlar bormi? ⚽️ Mazza edi-da...) #nostalgia @UmarSadullayev