cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

RASMIY/ BULUNG'UR TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI

Bulung'ur tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
807
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-157 kunlar
+3630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#ijod_maktabi #qabul_2024 #1_iyundan_20_iyungacha 📣📣📣📣📣 ❗️IJOD MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI! ⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. ❓Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂Talabgorning: ➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim. ❓Ijod maktablariga nechanchi sinflarga qabul qilinadi? ➖ Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga qabul qilinadi. 📍IJOD MAKTABLARI: 🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi 🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi 🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
#Xalqaro_hamkorlik #London Vazirlik delegatsiyasi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etmoqda 🔴 Ayni damda Londonda bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon ta’lim forumida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda. Tadbir Buyuk Britaniya ta’lim davlat kotibi va vaziri Djillian Kigan tomonidan ochib berildi hamda nufuzli spikerlar tomonidan ma'ruzalar tashkil etildi. Forumning birinchi kunida bo'lib o'tgan yalpi majlisda: ➖ta'limga yangi metodikalarni joriy etish, ➖sun’iy intellektdan foydalanish, ➖ta'lim madaniyatini yaratish kabi masalalar muhokama qilindi. ❗️Ma'lumot o'rnida: ushbu nufuzli tadbirda jahonning 100 dan ortiq mamlakatlari va 70 dan ziyod Ta'lim vazirlari qatnashishmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
👋😉 Ekofaollar, salom! 🎂 "Eco-schools" xalqaro ekologik loyihasining 30-yillik yubileyi arafasida loyihaning milliy operatorlari muhim uchrashuv o‘tkazdi. Tadbirda Buyuk Britaniya, Irlandiya, Afrika mamlakatlari, Armaniston, Estoniya va boshqa ko‘plab davlatlar vakillari ishtirok etdi. 🇺🇿 O‘zbekistonga "Eco-schools Uzbekistan”ning milliy operatori hisoblangan "Zamin" fondi vakillik qildi. 🇺🇳 O‘zbekistonning loyihaga milliy va xalqaro hamkorlarni, xususan, BMT tashkilot va tuzilmalarini faol jalb qilish borasidagi tajribasi uchrashuv ishtirokchilarida alohida qiziqish uyg‘otdi. 🍀 Uchrashuv davomida ishtirokchilar loyiha doirasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar, muvaffaqiyatli misollar haqida so‘z yuritdilar va Ekologik ta’lim fondi (FEE) vakillari bilan dolzarb muammo va qiyinchiliklarni muhokama qildilar. 🌏 Milliy operatorlar uchrashuvi loyihaning kelgusi rivojlanish rejalarini muhokama qilish va umumiy maqsad — sayyoramizni kelajak avlodlar uchun saqlab qolish yo‘lida kuchlarni birlashtirish imkonini berdi. — 👋😉 Экоактивисты, привет! 🎂 Накануне 30-летнего юбилея международного экологического проекта Eco-schools прошла важная встреча национальных операторов проекта. В мероприятии приняли участие представители Великобритании, Ирландии, стран Африки, Армении, Эстонии и многих других государств. 🇺🇿 Узбекистан был представлен Фондом Zamin, который является национальным оператором Eco-schools Uzbekistan. 🇺🇳 Участников встречи особо заинтересовал узбекистанский опыт активного вовлечения национальных и международных партнеров в проект, в частности, структур ООН. 🍀 Во время встречи участники делились своим опытом работы в рамках проекта, рассказывали об успешных кейсах и обсуждали с представителями Фонда экологического образования (FEE) текущие проблемы и трудности. 🌏 Встреча национальных операторов позволила обсудить дальнейшие планы развития проекта и объединить усилия для достижения общей цели — сохранения нашей планеты для будущих поколений. 🌐 Zamin 🌐 Instagram 🌐 Facebook
Hammasini ko'rsatish...
Repost from SamTVR | MTRK
01:39
Video unavailableShow in Telegram
"KUN XABARLARI" | BULUNG‘URLIK "YOSH CHEGARACHILAR" RESPUBLIKADAIKKINCHI O‘RINNI EGALLADI #SamarqandMTRK https://t.me/SamTvr
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
02:30
Video unavailableShow in Telegram
DARSDAN SO‘NG "...Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda, Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi. Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi Hammadan ham yomon yig‘ladi." Matnazar Abdulhakim #Устозга_эҳтиром
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Ustama belgilashda hisobga olinadigan fan olimpiadalari, tadbirlar va tanlovlar ro‘yxati. MMTV 2024-yil 14-fevral 03-01/14-623-sonli xat 💰Oylik bot O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️ 👇👇👇👇👇👇👇 https://t.me/uqituvchiga_hujjat
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#GANDBOL 🤾‍♀ Bugun, qiz bolalar jamoalari o‘rtasida sportning gandbol turi bo‘yicha "Yoshlik sport jamoalari" sport musobaqalarining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Oqdaryo tumani sport maktabi sport zalida o‘tkazilgan musobaqada tuman (shahar)lardan tashrif buyurgan umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 8-10-sinf o‘quvchilaridan tashkil topgan maktab jamoalari g‘oliblik uchun bellashdilar. Qiziqarli va shiddatli o‘tgan o‘yinlar yakuniga ko‘ra: 🥇 I-o‘rinni Ishtixon tumani 45-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasi egallab, musobaqaning respublika bosqichiga yo‘llanma oldi. 🥈 II-o‘rinni Bulung‘ur tumani 5-IDUM jamoasi; 🥉 III-o‘rinni Jomboy tumani 13-umumiy o‘rta ta'lim maktabi jamoasi egalladi. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Samarqand viloyati mintaqaviy bo‘limi tomonidan I-, II-, III-darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. ✅@Samarqand_viloyati_Yoshlik_JTSJ
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Barcha umumta'lim maktablarida bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari bilan yig‘ilish o‘tkazildi Bulung‘ur tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli barcha umumta'lim maktablarida 14-18-may kunlari hamkor tashkilotlar va mahalla vakillari ishtirokida 9-11-sinf o‘quvchilarining ota-onalari bilan yig‘ilishlar o‘tkazildi. Yig‘ilishlarda ota-onalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 13-maydagi 04-27-1017-sonli “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” bilan tanishtirildi. https://t.me/bulungurmmtb
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Bitiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari bilan yig‘ilish o‘tkazildi Bulung‘ur tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limiga qarashli 9-umumta'lim maktabida sinflar kesimida 9-11-sinf o‘quvchilarining ota-onalari, hamkor tashkilotlar va mahalla vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda ota-onalar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 13-maydagi 04-27-1017-sonli “Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida 2023-2024-o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar” bilan tanishtirildi. https://t.me/bulungurmmtb
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Po'stilar arxiv