cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Samarqand viloyati "Yoshlik" JTSJ

O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Samarqand viloyati mintaqaviy bo‘limi

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
190
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kunlar
-830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

🥊"BOKS" O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Samarqand viloyati mintaqaviy bo‘limi, viloyat Sport boshqarmasi hamda viloyat boks federatsiyasi hamkorligida 2008-2009-yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning boks turi bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi o‘tkazildi. Samarqand shahrida o‘tkazilgan musobaqada Jizzax, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari hamda viloyatimizning tuman (shahar)lardan tashrif buyurgan 150 nafarga yaqin sportchilar 40kg, 42kg, 44kg, 46kg, 48kg, 50kg, 52kg, 54kg, 57kg, 60kg, 63kg, 66kg, 70kg vazn toifalarida g‘oliblik uchun ringga ko‘tarildilar. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Samarqand viloyati mintaqaviy bo‘limi tomonidan I-, II-, III-darajali diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. ✅@Samarqand_viloyati_Yoshlik_JTSJ
Hammasini ko'rsatish...
02:18
Video unavailableShow in Telegram
O‘quvchilardan sport sinovlari qabul qilinmoqda @Samarqand_viloyati_Yoshlik_JTSJ
Hammasini ko'rsatish...
7_KUN XABARLARI_22.03.2024.mp422.80 MB
00:57
Video unavailableShow in Telegram
#Sport_sinovlari
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlarini topshirish jarayoni Samarqand tumanidagi 21-ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi misolida
Hammasini ko'rsatish...
21.32 MB
"BADIIY GIMNASTIKA" Umumiy o‘rta ta'lim maktablarining o‘quvchi-qizlari o‘rtasida sportning badiiy gimnastika turi bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi. Samarqand shahridagi 2-son sport maktabi sport zalida o‘tkazilgan musobaqada tuman (shahar)lardan tashrif buyurgan 70 nafarga yaqin 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2015-yillarda tug‘ilgan o‘quvchi-qizlar mahorat bobida g‘oliblik uchun bellashdilar. Qiziqarli va shiddatli kechgan musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarga O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati viloyat mintaqaviy bo‘limi tomonidan I-, II-, III-darajali diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi. ✅@Samarqand_viloyati_Yoshlik_JTSJ
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Yosh ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajargan shaxslar bir yil mobaynida yuqoridagi imtiyozlar va rag‘batlantirishlardan foydalanadi #jismoniy_tayyorgarlik_darajasi #sportsinovlari #jismoniyharakatqil@Samarqand_viloyati_Yoshlik_JTSJ
Hammasini ko'rsatish...
#Jismoniy_tayyorgarlik_darajasi Samarqand viloyatidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilaridan sport sinovlarini qabul qilish davom etmoqda Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlari tashkil etish va o‘tkazish nizomiga muvofiq, mart-aprel oylarida viloyatdagi 774 000 nafar 7-17 yoshdagi maktab o‘quvchilaridan sport sinovlari qabul qilinadi. Bugun Samarqand tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilari ham mazkur jarayonda  faol ishtirok etishdi. O‘quvchilar yugurish, yerga tayangan holda qo‘llarni bukib yozish, uzunlikka sakrash kabi ixtiyoriy talablarni bajarishdi. ✅@Samarqand_viloyati_Yoshlik_JTSJ
Hammasini ko'rsatish...
01:25
Video unavailableShow in Telegram
Namangan shahrida o‘tkazilgan "Milliy sport turlari va xalq o’yinlari" musobaqalarining respublika bosqichi hamda jismoniy imkoniyati cheklangan o'quvchilar o'rtasida sportning shashka turidan respublika birinchiligi video lavhasi. @Samarqand_viloyati_Yoshlik_JTSJ
Hammasini ko'rsatish...
24.52 MB
TOYLOQLIK O‘QUVCHI-YOSHLAR RESPUBLIKADA IKKINCHI Umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Namangan shahrida o‘tkazilgan "Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari" sport musobaqalarining respublika (final) bosqichida Samarqand viloyati sharafini himoya qilgan Toyloq tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchi-yoshlari Namangan viloyatidan keyin sovrinli 🥈- o‘rinni egallashdilar. Musobaqa yakunida O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari v.v.b B.Xidoyatov o‘quvchi-yoshlarga diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarni topshirdi. ✅@Samarqand_viloyati_Yoshlik_JTSJ
Hammasini ko'rsatish...
Shashka sport turidan o‘quvchilarimiz respublikada birinchi Namangan shahrida sportning 64 katakli shashka turi bo‘yicha imkoniyati cheklangan bolalar o‘rtasida respublika birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada Samarqand viloyati sharafini himoya qilgan Samarqand shahridagi alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan "Ko‘zi ojiz" bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 59-son "Nurli maskan" maktab-internati o‘quvchilari munosib ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Normamatov Dilshodjon va qiz bolalar o‘rtasida Nuriddinova Ganjina musobaqada birinchi o‘rinni egallashdi. Musobaqa yakunida O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi raisining birinchi o‘rinbosari v.v.b B.Xidoyatov o‘quvchi-yoshlarga diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarni topshirdi. ✅@Samarqand_viloyati_Yoshlik_JTSJ
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv