cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Surxondaryo viloyati hokimligi

Surxondaryo viloyati hokimligi Web site: http://surxondaryo.uz/ Ishonch telefoni: +998 (76) 224-02-89, 1088 Elektron pochta: [email protected] Yuridik manzili: Termiz shahri, At-Termiziy ko‘chasi 1-uy. @surxondaryouz_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
25 253
Obunachilar
-3024 soatlar
-917 kunlar
+4930 kunlar
Postlar arxiv
Photo unavailableShow in Telegram
🥇 Guljanoy Naimova navbatdagi oltin medalini qo‘lga kiritdi Vetnamning Danang shahrida para taekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo ochiq chempionatida vakillarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 🥋 Musobaqaning +65 kilogramm vazn toifasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Guljanoy Naimova barcha raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi hamda o‘z hisobidagi oltin medallar sonini yana bittaga ko‘paytirdi. 💐 Sportchimizning erishgan natijasi bilan murabbiylari va yaiqnarini hamda barcha vohadoshlarimizni qutlaymiz! ☝️ Ma’lumot uchun, O‘zbekiston para taekvondo terma jamoasi musobaqada 27 davlat terma jamoasi orasida 7 medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 20🔥 3👏 1
09:28
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24 | Tadbirkorlik faoliyati qo’llab-quvvatlanmoqda Surxondaryo viloyati Angor tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, xususan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar tafsilotlari. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Surxondaryoda bir chorak davomida 463,8 tonna baliq ovlandi 🏢 Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra joriy yilning birinchi choragi davomida vohamizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 463,8 tonna baliq ovlandi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 189,2 foizga ko‘p bo‘lib, keyingi yillarda baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijasida mahsulot yetishtirish yildan-yilga oshib bormoqda. ⤵️ Hududlar kesimida ovlangan baliq hajmi bilan quyida tanishishingiz mumkin (tonnada): ➖ Termiz – 138,8 tonna; ➖ Sho‘rchi – 98,2 tonna; ➖ Angor – 57,3 tonna; ➖ Uzun – 25,8 tonna; ➖ Jarqo‘rg‘on – 24,4 tonna; ➖ Denov – 22,1 tonna; ➖ Oltinsoy – 17,3 tonna; ➖ Bandixon – 16,7 tonna; ➖ Sariosiyo – 16,6 tonna; ➖ Sherobod – 16,2 tonna; ➖ Qiziriq – 13,0 tonna; ➖ Muzrabot – 10,7 tonna; ➖ Boysun – 4,3 tonna; ➖ Qumqo‘rg‘on – 2,3 tonna; ➖ Termiz sh. – 0,1 tonnani tashkil qildi. Ovlangan baliqlar xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, umumiy hajmning 55,5 foizi fermer xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 28🔥 1👏 1🕊 1😐 1
Viloyatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Rajabov boshchiligidagi mas’ullar tomonidan Oltinsoy tumanida "Sayxunobod tajribasi" asosida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish, kichik biznesni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda bolalarni yozgi sog‘lomlashtirish va dam oldirish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi. Shuningdek, FVDqT ishtirokida sel-suv toshqinlariga qarshi kurash bo‘yicha maxsus o‘quv taktik mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Unda sel yo‘llari o‘zanlarini tozalash, daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash hamda yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2079 #Surxondaryo #aholibandligi #kichikbiznes #oromgohlar #maxsustaktikuquv Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 36 3👎 3👏 2🔥 1
Surxondaryo viloyati mirishkor dehqonlari yetishtirilgan g‘alla hosilini yig‘ishtirib olish mavsumini boshlash arafasida turishibdi. Bugun mavsum oldidan Al Hakim At-Termiziy majmuasida tadbir tashkil etildi va jonliq so‘yilib, ehson qilindi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, sektor rahbarlari, tumanlar hokimlari, qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari va xodimlari, diniy soha vakillari hamda faollar ishtirok etishdi. Viloyat rahbari xalqimizning rizq-ro‘zi bo‘lgan g‘alla hosilini nes-nobud qilmasdan, o‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish, bunda barcha kuch va vositalarni safarbar qilish lozimligini ta’kidladi. Mas’ullarning hamjihatlikda, soha faxriylarining maslahatlari asosida ishni tashkil etishlari muhimligi qayd etildi. Tadbir so‘ngida yurt tinchligi, hosillar mo‘l-ko‘lchiligi, boshlanayotgan mavsumni xayrli o‘tkazishni so‘rab duoga qo‘l ochildi, Qur’on tilovat qilindi. #Surxondaryo #Galla2024 #Ehsontadbiri Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 41 2👏 2🕊 2
Bugun xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida "Yangi O‘zbekiston" massividagi turar joylar qurilishi bilan tanishib, mas’ullarga qator vazifalarni belgilab bergan edi. Kunning ikkinchi yarmida ushbu topshiriqlar ijrosi bo‘yicha boshlangan ishlar holati o‘rganildi. Mas’ullar amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berishib, ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash hamda markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish tadbirlarini olib borish yuzasidan taqdimot qilishdi. Mutasaddilarga ishlarni tizimli tashkil etish hamda jadallashtirish vazifasi topshirildi. #Surxondaryo #YangiUzbekiston #ijro #taqdimot Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 28👏 3 2🔥 2
00:45
Video unavailableShow in Telegram
📢 Termiz tumani aholisi diqqatiga! 📆 Bugun, 18-may kuni soat 20:30 dan boshlab, "Surxondaryo" telekanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladigan «Xalq bilan muloqot» ko‘rsatuvi orqali Muzrabot tumani to‘rtta sektori rahbari hamda mutasaddilar bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi. 📥 Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, shuningdek, hududlar infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatingizni quyidagi raqamlar orqali yo‘llashingiz mumkin. ☎️ Murojaat uchun telefonlar: (99876) 223-54-58; (99876) 223-54-67 📲 Telegram: (99899) 482-00-77 📎 Ma’lumot uchun, mas’ullarning televidenie orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotga chiqishi viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan "Davlat dasturlari ijrosi, loyihalarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, kelgusidagi rejalar yuzasidan Surxondaryo viloyati, shahar va tumanlar hokimlarining “Xalq bilan muloqot” ko‘rsatuvida chiqish" rejasiga asosan amalga oshirilmoqda. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 29👎 10 4👏 1🕊 1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanida bo‘lib, “Yangi O‘zbekiston” massivida qurilish ishlari, yaratilayotgan infratuzilmalar, yozgi dam olish va bolalar maydonchalari qurilishi hamda M-41 xalqaro avtomagistral yo‘li va markaziy ko‘chalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi bilan tanishdi. Shuningdek, Termiz shahridagi Yangi O‘zbekiston, Islom Karimov, Fidokorlar, Alisher Navoiy, Istiqlol, Ibn Sino ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, yashil hududlar, daraxt va gul ko‘chatlarining sug‘orilishi ko‘zdan kechirildi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2078 #Surxondaryo #YangiUzbekistonmassiv #qurilish #obodonlashtirish Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 22 4😐 2👏 1
01:22
Video unavailableShow in Telegram
Muzrabotda amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar, aholi xonadonlari hamda madaniy meros obyekti bilan tanishildi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 26🔥 4👏 2
00:53
Video unavailableShow in Telegram
📢 Xavfsiz hayot uchun birlashaylik: Barchani marafonga taklif etamiz 👮‍♀️ Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida joriy yil 19-may kuni katta marafon tadbirlari o‘tkaziladi. Barcha ishtirok etishi mumkin bo‘lgan marafon «Xavfsiz hayot uchun birlashaylik» shiori ostida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 🏃 Marafon tadbirlari Termiz shahrida joylashgan “Surxon” sport arenasida 19-may kuni saot 07:00 da boshlanadi. 🎉 Tadbir davomida yoshlar uchun ko‘ngilochar madaniy dasturlar, shou konsert tomoshalari bo‘lib o‘tadi. 👋 Sog‘lom hayotni tanlang va safimizda bo‘ling! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 19👏 3 1
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida bo‘lib, mehmonxona qurilishi, “Sopollitepa” madaniy meros obyekti, Xalq yo‘li mahallasida “Sayxunobod tajribasi” asosida amalga oshirilayotgan ishlar hamda qishloq xo‘jaligi, xususan, g‘o‘za parvarishida bajarilayotgan agrotexnik tadbirlarning borishi bilan tanishdi. Batafsil: https://surxondaryo.uz/blog/2077 #Surxondaryo #madaniymeros #mehmonxona #aholibandligi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | X
Hammasini ko'rsatish...
👍 22🔥 2👏 1