cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Suhrob Ziyo

Саҳифаларимиз: 👉🏻 @sz_fotopoeziya 👉🏻 @turkiysoz 👉🏻 @sz_turkce Мурожаат учун: @suhrobziyodov

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
749
Obunachilar
+124 soatlar
+17 kunlar
+6130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Hammamizni shunday ehsonlarga quvvatli qilsin!
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 2🔥 1
Repost from zouᴉɹɥǝW
Photo unavailableShow in Telegram
Iste’dodli qizlar uchun ta’lim granti She’r yoki hikoya yozadigan talaba qizlarning ijodiy ishlarini ko’rib, ularning moddiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, boshlanishiga 2 ta qizni tanlab olib, ularning 1 yillik shartnoma to’lovini to’lab bermoqchiman. 1-iyuldan 1-ivgustgacha @Mehrnozbot manziliga arizangizni yuborishingiz mumkin. Tanlab olingan 2 ta talaba qizdan tashqari boshqa iqtidorli opa-singillarimiz bilan ijodiy hamkorlik qilish, shu sohada rivojlanishlari uchun ko’mak berishni ham xolis niyat qilyapmiz. Postni imkon qadar ijodiy kanallarda ulashing, iste’dodli qizlarni topishimiz uchun bu muhim. @mehrnoz_abbos
Hammasini ko'rsatish...
👍 5 1
Repost from Duel
Photo unavailableShow in Telegram
#yoshlar_ijodi
Suhrob Ziyo – 1996-yil 25-oktabrda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tug‘ilgan. “Ko‘ngil yelkani”, “Ay suygulim” kitoblari chop etilgan. "Duel" adabiy tanlovining 2021-yil mavsumida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.
Jaloliddin Manguberdining Temur Malikka aytgani O‘jar bo‘ldim, O‘jar bo‘lding, Sen Maliki Xo‘jand bo‘lding. Men-la sarson ko‘char bo‘lding. Bolamizdan kechar bo‘ldik, Yorimizdan kechar bo‘ldik – Borimizdan kechar bo‘ldik, Vatan qolsin, Vatan qolsin. Jonim oqar Jayhun bo‘lib, Joning oqar Sayhun bo‘lib. Chingiz kelar… Chingiz kelar O‘tgan yeri ashk, xun bo‘lib. Kim nomusdan mahrum bo‘lib, Kimdir qolar mahkum bo‘lib, Tomirlarim qaqshab ketar, Hayqiraman majnun bo‘lib: Vatan qolsin, Vatan qolsin. Anov yurgan Gurganchmi-yo? Unda yotgan bir ganjimi-yo? Qo‘llarida yov yalovi, To‘ni kafan Shayxim Kubro: “Donishidan tongan elga Kelgan balo – ketmas qazo”. O‘zing asra, Yo Iloho! O‘zing qo‘lla, Yo Iloho! Vatan qolsin, Vatan qolsin. Otam qochsa yurtni tashlab, Onam yursa fitna boshlab, Inim Oqshoh poylab tursa Izlarimdan tig‘ taroshlab. Qayga boray dilni g‘ashlab? Qayga boray ko‘zni yoshlab? Peshvolari yursa oshlab, Botirlari jonni tiksa, Biz-chi, ketsak jangga boshlab, Vatan qolsin, Vatan qolsin. Kuning shumi, Xorazmyurt? Gohi xor yurt, goh azim yurt. Senga solsam bir razm, yurt, To‘rt tomoning jang – razm, yurt. Istaganim toj-u taxtmas, Istadim yurt, istadim yurt. Gulga cho‘msin, istagim, yurt. Nurga cho‘msin, istagim, yurt. Vatan qolsin, Vatan qolsin. Vatan nadir, Vatan shuldir: Sulton ul dir, zobit uldir, O‘z ahdida sobit uldir, Kim boshini egsa, quldir. Temur Malik, Temur Malik, Shamshiringni quchib uxla, Tushingda ham yovni o‘ldir, Tushingda ham yovni o‘ldir. Vatan qolsin, Vatan qolsin. Mungli ko‘zlar mo‘ltiradi, Najot kutib o‘ltiradi, Noahil el, rishvagar el Dushmanini kuldiradi. Dushman bizga tengsiz emas, E-voh, bizni Chingiz emas Bitta xoin o‘ldiradi, Bitta xoin o‘ldiradi. Biroq o‘lim so‘ngso‘z emas – Vatan qolsin, Vatan qolsin. * * * Ko‘nglim, sening zavoling tayin, Ozodliging behad, behudud. Seni siqib borar kun sayin Suhrob deya atalgan vujud.   Ko‘nglim, sening ko‘zlaganing – ko‘k, Ko‘nglim, sening qanotlaring ho‘l. Sen sultonsan, sendagi bor mulk – Suhrob deya atalgan bir qul. Ko‘nglim – ko‘kka doxil farishtam, Ishqsiz kaslar kasridan hayron. Oyog‘ingga bog‘langan kishan – Suhrob deya atalgan shayton. Ko‘nglim, sensan eng go‘zal hayot, Borlig‘imni gullatgan gulim. Ammo seni qilmas ehtiyot Suhrob deya atalgan o‘lim. Goh orzuga shaylantiradi, Goh yetaklab keladi armon. Seni she’rga aylantiradi Suhrob deya atalgan isyon. ➖➖➖➖➖➖➖ Bizni kuzatib boring: 🔵Telegram  🟦Facebook 🟥 Instagram 🔴YouTube
Hammasini ko'rsatish...
3👏 2👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Matbuot kuni haqida qisqacha.))
Hammasini ko'rsatish...
👍 20👏 2🤩 2
Photo unavailableShow in Telegram
*** Taqdirimga ko‘nib-ko‘nib boryapman-o, Yuragimni yo‘nib-yo‘nib boryapman-o, Ko‘zlaringga qarolmayin yonayapman, Yonib turib so‘nib-so‘nib boryapman-o. Yuragimda asrlik bir alam qarir, Sen tomonga qo‘yilgan bir qadam qarir, Ishq qarimas, odam qarir, odam qarir, Yo‘qlik sari enib-enib boryapman-o. Qachon yo‘ldosh bo‘ldim dili loyqalarga, Zorman bugun baxtdan qolgan quyqalarga, Urinishgan sari menga loy qalarga Xayoling-la tinib-tinib boryapman-o. Izg‘irinda qolgan yolg‘iz daraxt bo‘ldim, Daraxt bo‘ldim, bargsizlikdan karaxt bo‘ldim, Shamollarning ohlarini tarab bo‘ldim, Quruq shoxday sinib-sinib boryapman-o. Haqqim bormi “Yo Haq” degan nido desam, Yo Haq desam, yo haqqa jon fido desam, «Sevsang, faqat o‘zing sevgin, Xudo» desam, Dargohingga uchib-qo‘nib boryapman-o, Dilgohimga uchib-qo‘nib boryapman-o. S.Z. Foto: Dirk Skiba @suhrob_ziyo1
Hammasini ko'rsatish...
👍 10 6❤‍🔥 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Hammasini ko'rsatish...
4👍 2❤‍🔥 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 2
Shoir
“Yo Rab, bu ne savdo, Yo Rab, bu ne g‘avg‘o Seni sevmoqdaman ming bor qaytadan” Abduvali Qutbiddin.
So‘zning tuprog‘iga ekilgan Vatan, Dilning gulobiga chayilgan jism. Shoir tirilmoqda ming bor qaytadan, Shoirga bosh egib kelmoqda o‘lim. Manglayi tuproqning sho‘riday taxldir, Ko‘zning kuvisida tuyiladi g‘am. Shoirning umriga tayangan xalqdir, Xalqining qayg‘usi shoirga kafan. Ay gul, ko‘zlaringdan uqqanim – dunyo, Ay gul, tiynatingdan uqqanim – Xudo. Faqat shoir to‘kar ko‘zlaringga jon, Seni sevdim, deydi gumrohlar hatto. Seni sevdim, deydi qarg‘algan itlar, Tubsiz tubanlikning chohidan qarab. Shoir iforingda umrini asrar, Shoir ildizingga loshini qalar. U so‘ngsiz alamning ibtidosida Ketsa qalqib ketar oh kemalari. O‘lsa, ko‘zlaridan o‘par malaklar, Kuyda kuyib ketar Osimalari. Sen esa ko‘changda qolding faromush, Kimdir ketganini sezib, yo sezmay. Atirgul bandiga o‘zini osib, bir bulbul jon berdi, to‘kildi bir may vujud deb atalgan singan qadahdan. U sizgan tuproqlar ketmasmi yonib? Ay gul, ko‘zlaringdan boshpana bergin, Jismidan quvildi shoirning joni: “Yo Rab, bu ne savdo, Yo Rab, bu ne g‘avg‘o...” S.Z. @suhrob_ziyo1
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Usmonip
Photo unavailableShow in Telegram
#tarmoqdan Kecha Turkiya – Gruziya oʻyinida turklar gʻalaba qozondi. “Real Madrid” futbolchisi Arda yana sehrgarligini koʻrsatdi. Hozirgina Instagramdagi “Real Madrid” profiliga kirdim. Klub ijtimoiy sahifalarida adminlar Ardani tabriklab post qoldirishibdi. Izohlarni oʻqib chiqdim. Bunisi diqqatimni tortdi: “Turkcha yozing, zotan e-tarjimon bor”. Buni yozgan kishi esa, Arda Gyulerning eski klubi “Fenerbahche” mutasaddilaridan — prezentator, kommentator ekan. Bu hech qachon mustamlaka boʻlmagan avlodning xarakteridir?! Rostan ham Vatan tuygʻusi mutloq ozod yashagan nasllarda kuchliroq, muazzamroq boʻlar ekan. Nasllarimizni ozod va xorij inson etib tarbiyalaylik! © Islom Ibodulla @usmonosphere
Hammasini ko'rsatish...
👍 7
SHOIR Bir jom u, azob ham, baxt ham quyilgay. Har kimmas-u, hech kim bo‘lib tuyulgay. Shoir bir kishilik millat, har safar Millat shoiridan boshlab so‘yilgay. S.Z. @suhrob_ziyo1
Hammasini ko'rsatish...
🔥 12👏 2🤔 2👍 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.