Bilimdon® | o'quv markazi
Kanalga Telegram’da o‘tish
Bilimdon® Eng birinchi, Eng sifatli, Eng ishonchli, O‘QUV MARKAZ! Termiz shahrida. 2013-yildan... #Biz_sizga_yaqinmiz!!! 📞 90 5205545 📞 95 5025545 👨💻 Administration: @bilimdonadmin2 📷 Instagram: @bilimdon_study
Ko'proq ko'rsatish905
Obunachilar
-324 soatlar
-77 kunlar
-1030 kunlar
Postlar arxiv
Kvotalar bo‘yicha batafsil izoh
#abituriyent
Biroz avval e’lon qilingan kvotalar bo‘yicha ko‘pchilikda savol tug‘ilgani tabiiy. Chunki o’tgan yildan boshlab kvotalarni tasdiqlashda yangi tizimga o’tilgan va buni avvalgilaridan bir qancha farqi bor:
1️⃣ Birinchidan, kvotalar OTMlar kesimida emas, balki yo‘nalishlar kesimida e’lon qilindi;
2️⃣ Ikkinchidan, kvotalar faqat davlat granti uchun e’lon qilindi, to‘lov-kontrakt uchun yo‘q;
3️⃣ Uchinchidan, kvotalar faqat kunduzgi ta’lim shakli uchun e’lon qilindi, kechki va masofaviy uchun yo‘q.
Bu yangi tizim bo‘lgani uchun, ayrim tushuntirishlar berib o‘tmoqchiman.
❓Batafsil kvotalar qachon va kim tomonidan e’lon qilinadi?
Batafsil kvotalar Davlat qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Odatda bu yana 1 haftacha muddatni talab qiladi. Ya’ni Prezident umumiy kvotani tasdiqlagach, batafsil kvotalarni yana kutishga to‘g‘ri keladi.
❓ Davlat qabul komissiyasi nimalarni tasdiqlaydi?
Davlat qabul komissiyasi 2025/2026-o‘quv yili uchun quyidagilarni tasdiqlashini kutishimiz kerak:
➖umumiy qabul parametrlarini (oliygohlar, ta’lim shakllari va tillar kesimida);
➖qo‘shimcha qabul parametrlarini (imtiyozga ega abituriyentlar uchun);
➖maqsadli qabul kvotalarini va ushbu kvotalarning tuman (shahar)lar kesimidagi taqsimotini;
➖o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish balini;
➖umumiy qabul parametriga nisbatan davlat granti kvotasining ulushini.
❓Grant kvotasi yo‘nalishlar kesimida ekan, u qanday taqsimlanadi?
O’tgan yildan boshlab davlat grantlari oliygohlar uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant kvotasi bo‘lmaydi, grantga 50 ta oladi, 100 ta oladi, deyilmaydi. Balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi.
Bunda respublikadagi barcha oliygohlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim oliygohlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin.
Keling aniq misolda ko‘ramiz.
Joriy yilda yurisprudensiya yo‘nalishi uchun 145 ta grant kvotasi ajratilibdi (o’tgan yili 115 ta edi). Masalan, TDYU, O‘zMU, QDU, SamDU va NamDUda yurisprudensiya yo‘nalishi bor deylik. Mana shu 5 ta oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan barcha abituriyentlar ballar ketma-ketligida taxlab chiqiladi va eng yuqori ball olgan 145 nafar abituriyentga grant beriladi. Shunda, misol uchun, TDYUga 50 ta grant, O‘zMUga 25 ta grant, QDUga 20 ta grant va h.k. to‘g‘ri kelishi mumkin.
Ya’ni davlat endi falon universitetga grant beraman, degandan ko‘ra, ma’lum bir yo‘nalishga topshirgan va yuqori ball olgan aqlli abituriyentlarga grant beraman, deyapti. Bu degani endi qaysidir oliygohga 160 ball bilan kontraktga kirib, boshqa bir oliygohda xuddi shu yo‘nalishga 100 ball bilan grantga kirish degan narsa yo‘qoladi.
Faqat bitta istisno joyi bo‘ladi. Davlat grantining barcha kvotasini bitta oliygoh olib qo‘yishining oldini olish maqsadida cheklov (chegara) qo‘yiladi. Masalan, 145 ta kvotaning hammasi TDYUga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Bunaqa paytda, masalan, 50%lik cheklov qo‘yiladi. Ya’ni TDYU faqat 145 ta kvotaning yarmini, ya’ni 72 ta grant kvotasini olishi mumkin bo‘ladi.
Davlat granti bo’yicha chegara haqida mana bu yerda batafsil tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/24793
‼️XULOSA: hali kvotalar to‘liq tasdiqlanmadi, hozircha chala. Oliygohlar, to‘lov-kontrakt, ta’lim shakllari va tillar kesimidagi kvotalar tasdiqlanishini yana kutish kerak. Qancha kutishimiz noma’lum, bu Davlat qabul komissiyasiga bog‘liq.
👉 @xushnudbek 👈
⚡️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti
#abituriyent
2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:
▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 ming 500 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 ming 023 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 ming 460 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 ming 761 ta.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Bilimni baholash agentligi
#natija_2025
UCHUNCHI KUN NATIJALARI E’LON QILINDI
📆 2025-yil 16-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Xushnudbek.uz
❗️2 kunda 449 nafar abituriyent maksimal 189 ball to‘pladi
mandat.uzbmb.uz saytining "Kengaytirilgan qidiruv" sahifasida fanlar majmuasi kesimida abituriyentlar to‘plagan ballar ro‘yxati e’lon qilinmoqda. Shuningdek, ro‘yxatdagi istalgan abituriyent natijasi ustiga bossangiz, batafsil ma’lumotlarni chiqarib bermoqda. Ya’ni nechta savolga to‘g‘ri javob bergan, qanday imtiyozlari bo‘lgan va sertifikatlar orqali necha ball to‘plagani haqida.
Dastlabki ikki kunlik natijalarni tahlil qilar ekanmiz, 449 nafar abituriyent to‘plash mumkin bo‘lgan eng maksimal 189 ballni qo‘lga kiritganini ko‘rishimiz mumkin.
Fanlar majmuasi hamda tillar kesimida 189 ball to‘plaganlar soni quyidagicha:
🔹 Davlat va huquq asoslari + chet tili fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 21 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar
🔹 Fizika + matematika fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 1 nafar
🔹Ingliz tili + ona tili va adabiyot fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 45 nafar
Qoraqalpoq tili: 1 nafar
🔹Matematika + chet tili fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 122 nafar
Rus tili: 3 nafar
Qoraqalpoq tili: 2 nafar
🔹Matematika + fizika fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 5 nafar
🔹Tarix + chet tili fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 62 nafar
Rus tili: 1 nafar
🔹Biologiya + kimyo fanlari majmuasida
O‘zbek tili: 167 nafar
Rus tili: 6 nafar
Qoraqalpoq tili: 9 nafar
Bu hali atigi 2 kunlik natijalar xolos. Test sinovlari to‘liq yakunlangach, ularning soni yanada ko‘payishi, shubhasiz. Joriy yilda rekord qo‘yiladi.
👉 @xushnudbek 👈
☀️Yozgi ta`til yangi maqsadlar uchun yaxshi imkoniyat
1-GURUH
🧨Fizika fanidan Tayyorgarligi bor o'quvchilar uchun
✅Kuzgi Milliy Sertifikat imtihoni uchun
🙂9-11- sinf o'quvchilar uchun maxsus guruhlar
📆21.07.2025
⏰Toq kuni 8:00 da
📝Darslar Interaktiv va Zamonaviy metodlar asosida o'tiladi
2-GURUH
🧨Fizika fanidan Noldan guruh
🙂9-11- sinf o'quvchilar uchun maxsus guruhlar
📆22.07.2025
⏰Juft kuni 8:00 da
📝Darslar Interaktiv va Zamonaviy metodlar asosida o'tiladi
👨🏫To'raye Sardor
Milliy A+ Sertifikatga ega o'qituvchi
10-yildan ortiq o'qituvchilik tajribasiga ega!
🏠404-xona
✏️Guruhga yozilish uchun:@bilimdonadmin2 ga murojaat qiling
+998905205545
+998955025545
Termiz shahrida. 2013-yildan....
INSTAGRAM | TELEGRAM | ADMIN
Repost from Bilimni baholash agentligi
#natija_2025
IKKINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI
📆 2025-yil 15-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar test natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Xushnudbek.uz
❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
#abituriyent
✅ O‘tgan yildan buyon testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo‘ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi.
Xo‘sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi?
1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo‘nalish tanlaydi.
Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to‘g‘ri keladigan ISTALGAN yo‘nalishlarni va ISTALGAN OTMlarnitanlashi mumkin.
Ko‘pchilik ro‘yxatdan o‘tish chog‘ida tanlagan yo‘nalishini o‘zgartirsa bo‘ladimi, deb so‘ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo‘nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko‘pchilik chalg‘ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo‘nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo‘lishi uchun misol sifatida qo‘yilgandi xolos.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/28279
Xullas, siz ro‘yxatdan o‘tishda qaysi yo‘nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo‘nalishni tanlay olasiz.
2️⃣ Ikkinchidan, ta’lim shaklini tanlaydi.
Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo‘nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo‘ladi. Masalan, 1 va 2-yo‘nalishga kunduzgi, 3 va 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib.
Qaysi yo‘nalishda kechki va masofaviy bor-yoki yo‘qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi.
3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo‘nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa, unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.
Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman:
https://t.me/xushnudbek/24856
(joriy yilda sirtqi bo‘lmaydi, lekin misol tariqasida tizim qanday ishlashini tushunib olish mumkin)
❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-23-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o‘tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 17-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin.
Oliygohlarning mandati chiqib bo‘lgach, o‘qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi.
👉 @xushnudbek 👈
Repost from Kun.uz | Расмий канал
Ўқишни кўчириш бўйича ўтиш баллари тасдиқланди
Энг юқори ўтиш балли ҳуқуқ соҳаси учун белгиланди – 165 балл. Ўқишни кўчириш бўйича аризалар 5 августгача қабул қилинади.
👉 https://kun.uz/kr/73299244
Kun.uz расмий канали
Repost from Bilimni baholash agentligi
#natija_2025
BIRINCHI KUN NATIJALARI E'LON QILINDI
📆 2025-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.
✅ Test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:
👉@bmba_natija_bot
👉@bmba_natija_1bot
👉@bmba_natija_2bot
4️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:
Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga qayd varaqasi yoki ruxsatnomada ko‘rsatilgan abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishi mumkin.
Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga test natijasi bo'yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Bilimni baholash agentligi
⚡️ Xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi
✅ Talabalar o‘qishini quyidagi oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:
🔹 xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan;
🔹 O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan;
🔹 xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining O‘zbekistondagi filiallaridan;
👨🏻💻 Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijiy va nodavlat)” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.
❗️ Bunda talabalar o‘qishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat OTMlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.
Izoh: O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.
✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Repost from Xushnudbek.uz
Kecha bo’lib o’tgan test sinovlarining ilk kuni natijalari bugun kechki payt e’lon qilinadi
#abituriyent
Umuman olganda hamma abituriyentlar necha ball olganini ertasi kuni bilib olishlari mumkin bo’ladi.
Barcha test sinovlari to’liq yakunlanib bo’lgach, abituriyentlarga yo’nalish tanlash imkoniyati ochiladi. Unga qadar yo’nalish tanlash mumkin bo’lmaydi.
👉 @xushnudbek 👈
❗️❗️❗️❗️😊😊😊😊
🏢Bilimdon o'quv markazi tomonidan tashkil etilgan
🧬Biologiyadan tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun
maxsus kanal tashkil etildi!
🏹Kanal manzili:@Biologiya1Bilimdon
Eng birinchi,
Eng sifatli,
Eng ishonchli,
O`QUV MARKAZ !
Termiz shahrida. 2013-yildan....
INSTAGRAM | TELEGRAM | ADMIN
Repost from Xushnudbek - o‘ta shaxsiy
Abituriyentlar uchun 5 ta muhim eslatma. Testga kiradigan tanishlarga yuborib qo’ying.
🔘 @xushnudbekuz
#NatijaTibbiyot 13.07.2025 SANASIDA O'TKAZILGAN 5 BLOKLI TEST NATIJALARI Bilimdon® #Biz_sizga_yaqinmiz! Admin: @bilimdonadmin2 Instagram: @bilimdon_study https://t.me/BilimdonStudy.
TURK TILI – KARYERANGIZ UCHUN KALIT!
📚 Huquqshunos bo‘lishni xohlaysizmi?
📑 Magistratura yoki doktoranturaga hujjat topshirmoqchimisiz?
Demak, Turk tili siz uchun shart!
👨🏫 Bizda sizga kerak bo‘lgan narsa bor:
✅ Xalqaro C1 darajadagi o‘qituvchi
✅ Turkiyada o‘qigan, tajribali mutaxassis
✅ Akademik va yuridik tilga mos maxsus dastur
📆 Darslar: 15-iyuldan boshlanadi
🕓 Vaqti: 17:00
📍 Joy: Termiz, 5-kichik daha (13-maktab orqa tomoni)
🎯 0 dan boshlab — sertifikatgacha!
📲 Ro‘yxatdan o‘tish uchun @bilimdonadmin2 ga
"Turk tili" deb yozing!
📞 +998 90 520 55 45
🚀 Karyerangizni bugun boshlang, orqaga surmang!
#NatijaTarix ingliz tili 13.07.2025 SANASIDA O'TKAZILGAN 5 BLOKLI TEST NATIJALARI Bilimdon® #Biz_sizga_yaqinmiz! Admin: @bilimdonadmin2 Instagram: @bilimdon_study https://t.me/BilimdonStudy.
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
