cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Mirkonomika

Bu yerda yozilgan fikrlar shaxsiy bo’lib, hech qaysi tashkilot fikri yoki qarashlarini ifoda etmaydi.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 175
Obunachilar
+124 soatlar
-97 kunlar
-8030 kunlar
Post vaqtlarining boʻlagichi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Find out who reads your channel

This graph will show you who besides your subscribers reads your channel and learn about other sources of traffic.
Views Sources
Nashrni tahlil qilish
PostlarKo'rishlar
Ulashishlar
Ko'rish dinamikasi
01
Do’stim, hammuallifim, podkastdoshim va qadrli akam - Botir Kobilov bugun Harvard Universitetidan doktorlik unvonini oldilar. Botir aka bilan faxrlanamiz. Vatanimiz, millatimizga Botir akadek olimlar muborak bo’lsin. Botir aka Harvardda doktorlik qilgan birinchi O’zbekistonlik bo’ldilar. Bundan ham katta yutuq va zafarlar tilab qolamiz!
2886Loading...
02
Yillar kesimida Fransiyaga maxsus tovarlar eksporti (radioaktiv kimyoviy elementlar) 2020 yilda-10,7 mln dollar, 2021 yilda- 97,3 mln dollar, 2022 yilda- 121,1 mln dollar, 2023 yilda- 101,0 mln dollar.
1 1984Loading...
03
Tashqi savdo yanvar-aprel. Rossiya bilan savdo tezlashgan. Xitoydan import sekinlashayapti. Qo'shnilar bilan tashqi savdo qisqarishda davom etmoqda. Yanvar-aprel oylarida mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasi  20,9 mlrd dollarni (5.9 foiz o‘sish) tashkil etgan. Bunda, eksport hajmi 8,5 mlrd dollar (9 foiz o‘sish), import esa 12,4  mlrd dollarni (3,9 foiz) tashkil etgan. Tashqi savdo defitsiti  3,9 mlrd dollarni tashkil etib,  2023-yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan  240 mln dollarga qisqargan. Bu holat yuqori oltin narxi sharoitda, o'sayotgan oltin eksporti bilan izohlanadi, Xususan, 4 oy davomida 3,4 mlrd dollarlik (aprel oyida 758 mln dollarlik) oltin eksport qilingan bo‘lib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 12 foiz yoki 400 mln dollarga oshgan.     Oldingi yilda bir martalik tovarlar importining (xususan samolyotlar) yuqori  o‘sishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda oldingi yildagi yuqori baza effekti hisobiga import nisbatan sekin o‘smoqda. Xususan, aprel oyida import hajmi 4 foizga o‘sgan, mart oyida  oylik import 5 foizga qisqargan edi. Ketma-ket uchinchi oydirki Rossiyadan import yuqori suratlarda o‘smoqda.  Xususan,  oylik import fevral oyida  42 foizga, mart oyida 23 foizga, aprel oyida 47 foizga o‘sgan. Xitoydan esa importning sekinlashishi davom etmoqda. Xususan, aprel oyida Xitoydan import 2 foizga o‘sgan xolos.  Qozog‘istondan esa import bir necha oydan buyon qisqarishda davom etmoqda. Aprel oyida import 27 foizga qisqargan. Aprel oyida umumiy eksport 6 foizga o‘sgan bo‘lishiga qaramasdan, oltinsiz eksport  6 foizga qisqargan. Bunda, eksport asosiy hamkorlarimizni deyarli barchasiga kamaygan.  Faqatgina Rossiyaga eksportning yuqori suratda o'sishi saqlanib qolgan bo‘lib, aprel oyida Rossiyaga eksport 5 barobarga o‘sgan (oldingi yildagi juda past baza effekti hisobiga). Oylik eksport Xitoyga  22 foizga, Qozog‘istonga 39 foizga,  Turkiyaga 7 foizga,  Qirg‘izistonga 36 foizga, Tojikistonga 20 foizga qisqargan. Eksport bilan kuzatilayotgan yana bir tendensiya Fransiyaga eksportning yuqori suratlarda o‘sayotgani bo‘lmoqda. Xususan, joriy yilning 4 oyida Fransiyaga   264,6 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan bo‘lib (aprel oyining o‘zida 127 mln dollarlik eksport), oldingi yilga nisbatan 2,2 barobarga o‘sgan, 2023-yilning mos davrida ham  o‘sish surati 88 foizni tashkil etgan edi. Fransiyaga eksportning yuqori suratda o‘sishi maxsus tovarlar eksportining oshayotganligi bilan izohlanishi mumkin.  Umuman olganda,  yuqori oltin narxi eksportning nisbatan barqaror o‘sishiga zamin yaratmoqda. Oltinsiz eksport esa aprel oyida qisqarishga uchragan. Yana bir tendensiya muhimki, qo‘shnilarimiz bilan tashqi savdoning barqaror o‘sishini ta’minlash qiyin kechmoqda. Ba’zi qo‘shnilarimiz bilan esa (xususan Qozog‘iston, va Qirg‘iziston) tashqi savdomiz jiddiy qisqarmoqda.
1 1358Loading...
04
Yirik davlatlar tomonidan savdo urushlarining davom ettirilishi va yanada kuchaytirilishi rivojlanayotgan va nisbatan savdoga yopiq davlatlarda savdoga ochilish jarayonlariga salbiy ta’sir o’tkazadi. Biz kabi dunyoga judayam yopiq davlatlar yirik davlatlardagi tendensiyalardan ko’rgan holda o’zlarining samarasiz sohalarini himoya qilishda davom etadi (yoki himoyalarni yanada kuchaytiradi). Savdoda to’siqlarni yumshatish esa amalda ham iste’molchilar ham butun iqtisodiyot uchun foydali. Masalan XVJ ma’lumotlariga ko’ra Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida savdoga to’siqlarning yumshatilishi eksport hajmining 15 foizgacha, YAIMni esa 1 foiz atrofida tezlashtirishi mumkinligi aniqlangan. Shuningdek, yirik davlatlar tomonidan savdoni cheklashga qaratilgan harakatlar davlatlar orasida JSTga bo’lgan ishonchni kamaytiradi. Biz kabi JSTga qo’shilish harakatida bo’lgan davlatlar uchun esa tashkilotga a’zo bo’lish jozibadorligini pasaytiradi.
1 6143Loading...
05
UNCTAD hisobotiga ko’ra, 2023-yilda Markaziy Osiyoga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar 10 mlrd dollarni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 5 foizga qisqargan. Osiyo qit’asiga esa to’g’ridan-to’g’ridan investitsiyalar 584 mlrd dollarni tashkil etib, 12 foizga qisqarganligi qayd etilgan. Yanvardagi press-konferensiyada esa to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar 2023-yilda 2 barobarga oshib 7 mlrd dollarga yetganligi qayd etilgan edi.
2 40311Loading...
06
Markaziy bankning asosiy stavkaning ko‘rib chiqish bo‘yicha  taqdim qilingan prezentatsiyaga ko‘ra joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2,7 mlrd dollarni tashkil etganligi qayd etilgan. O‘tgan yilning mos davrida esa  to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 1,1 mlrd dollarni tashkil etgan. Agar to‘lov balansidagi ma’lumotlarga e’tibor qaratilsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tariximizda hech qaysi chorakda 1 mlrd dollarga yetmagan. Yillik oqim esa 2023 yilda 16 foizga qisqarib, 2,2 mlrd dollarni tashkil etgan. Yanvar oyidagi press-konferensiyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2023-yilda 7 mlrd dollarga yetganligi ta’kidlangan edi.
2 20011Loading...
Photo unavailableShow in Telegram
Do’stim, hammuallifim, podkastdoshim va qadrli akam - Botir Kobilov bugun Harvard Universitetidan doktorlik unvonini oldilar. Botir aka bilan faxrlanamiz. Vatanimiz, millatimizga Botir akadek olimlar muborak bo’lsin. Botir aka Harvardda doktorlik qilgan birinchi O’zbekistonlik bo’ldilar. Bundan ham katta yutuq va zafarlar tilab qolamiz!
Hammasini ko'rsatish...
👍 58👏 1🤯 1
Yillar kesimida Fransiyaga maxsus tovarlar eksporti (radioaktiv kimyoviy elementlar) 2020 yilda-10,7 mln dollar, 2021 yilda- 97,3 mln dollar, 2022 yilda- 121,1 mln dollar, 2023 yilda- 101,0 mln dollar.
Hammasini ko'rsatish...
🤔 6🔥 2👏 2
Tashqi savdo yanvar-aprel. Rossiya bilan savdo tezlashgan. Xitoydan import sekinlashayapti. Qo'shnilar bilan tashqi savdo qisqarishda davom etmoqda. Yanvar-aprel oylarida mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasi  20,9 mlrd dollarni (5.9 foiz o‘sish) tashkil etgan. Bunda, eksport hajmi 8,5 mlrd dollar (9 foiz o‘sish), import esa 12,4  mlrd dollarni (3,9 foiz) tashkil etgan. Tashqi savdo defitsiti  3,9 mlrd dollarni tashkil etib,  2023-yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan  240 mln dollarga qisqargan. Bu holat yuqori oltin narxi sharoitda, o'sayotgan oltin eksporti bilan izohlanadi, Xususan, 4 oy davomida 3,4 mlrd dollarlik (aprel oyida 758 mln dollarlik) oltin eksport qilingan bo‘lib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 12 foiz yoki 400 mln dollarga oshgan.     Oldingi yilda bir martalik tovarlar importining (xususan samolyotlar) yuqori  o‘sishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilda oldingi yildagi yuqori baza effekti hisobiga import nisbatan sekin o‘smoqda. Xususan, aprel oyida import hajmi 4 foizga o‘sgan, mart oyida  oylik import 5 foizga qisqargan edi. Ketma-ket uchinchi oydirki Rossiyadan import yuqori suratlarda o‘smoqda.  Xususan,  oylik import fevral oyida  42 foizga, mart oyida 23 foizga, aprel oyida 47 foizga o‘sgan. Xitoydan esa importning sekinlashishi davom etmoqda. Xususan, aprel oyida Xitoydan import 2 foizga o‘sgan xolos.  Qozog‘istondan esa import bir necha oydan buyon qisqarishda davom etmoqda. Aprel oyida import 27 foizga qisqargan. Aprel oyida umumiy eksport 6 foizga o‘sgan bo‘lishiga qaramasdan, oltinsiz eksport  6 foizga qisqargan. Bunda, eksport asosiy hamkorlarimizni deyarli barchasiga kamaygan.  Faqatgina Rossiyaga eksportning yuqori suratda o'sishi saqlanib qolgan bo‘lib, aprel oyida Rossiyaga eksport 5 barobarga o‘sgan (oldingi yildagi juda past baza effekti hisobiga). Oylik eksport Xitoyga  22 foizga, Qozog‘istonga 39 foizga,  Turkiyaga 7 foizga,  Qirg‘izistonga 36 foizga, Tojikistonga 20 foizga qisqargan. Eksport bilan kuzatilayotgan yana bir tendensiya Fransiyaga eksportning yuqori suratlarda o‘sayotgani bo‘lmoqda. Xususan, joriy yilning 4 oyida Fransiyaga   264,6 mln dollarlik eksport amalga oshirilgan bo‘lib (aprel oyining o‘zida 127 mln dollarlik eksport), oldingi yilga nisbatan 2,2 barobarga o‘sgan, 2023-yilning mos davrida ham  o‘sish surati 88 foizni tashkil etgan edi. Fransiyaga eksportning yuqori suratda o‘sishi maxsus tovarlar eksportining oshayotganligi bilan izohlanishi mumkin.  Umuman olganda,  yuqori oltin narxi eksportning nisbatan barqaror o‘sishiga zamin yaratmoqda. Oltinsiz eksport esa aprel oyida qisqarishga uchragan. Yana bir tendensiya muhimki, qo‘shnilarimiz bilan tashqi savdoning barqaror o‘sishini ta’minlash qiyin kechmoqda. Ba’zi qo‘shnilarimiz bilan esa (xususan Qozog‘iston, va Qirg‘iziston) tashqi savdomiz jiddiy qisqarmoqda.
Hammasini ko'rsatish...
👍 4🤔 3
Yirik davlatlar tomonidan savdo urushlarining davom ettirilishi va yanada kuchaytirilishi rivojlanayotgan va nisbatan savdoga yopiq davlatlarda savdoga ochilish jarayonlariga salbiy ta’sir o’tkazadi. Biz kabi dunyoga judayam yopiq davlatlar yirik davlatlardagi tendensiyalardan ko’rgan holda o’zlarining samarasiz sohalarini himoya qilishda davom etadi (yoki himoyalarni yanada kuchaytiradi). Savdoda to’siqlarni yumshatish esa amalda ham iste’molchilar ham butun iqtisodiyot uchun foydali. Masalan XVJ ma’lumotlariga ko’ra Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida savdoga to’siqlarning yumshatilishi eksport hajmining 15 foizgacha, YAIMni esa 1 foiz atrofida tezlashtirishi mumkinligi aniqlangan. Shuningdek, yirik davlatlar tomonidan savdoni cheklashga qaratilgan harakatlar davlatlar orasida JSTga bo’lgan ishonchni kamaytiradi. Biz kabi JSTga qo’shilish harakatida bo’lgan davlatlar uchun esa tashkilotga a’zo bo’lish jozibadorligini pasaytiradi.
Hammasini ko'rsatish...
Uzbekonomics

​​Protektsionizm avvalambor siyosat va siyosiy rag'batlar haqida, iqtisodiyot emas. Noyabrda saylov, ovoz kerak. Kasaba uyushmalari va aynan shu soha ishchilari AQShda muhim siyosiy kuchga ega ekanligini inobatga olsak bular tushunarli. Tariflar raqobatni kamaytirish va narxlarni oshirish orqali amerikaliklarga zarar yetkazadi. Amerikaliklar tariflar bilan "himoyalangan" tovarlarni qimmatroqqa oladilar, innovatsiyadan qolib ketadilar. Ya'ni, bozorda AQSh korxonalari raqobatdan qastdan qolib ketishlari uchun amerikalik iste'molchilar ustiga yana soliq to'laydilar desa ham bo'ladi. Ford, GM va xatto Tesla ham himoyalangan bozorda innovatsiya qilishga, xarajatlarni tejashga rag'batlari bo'lmaydi, "yalqov" korxonalar bo'lib qoladilar. Balki AQShga xitoylik EV mashinalar shundoq ham tarifsiz davrda kelmayotgan edi, hech kim olmayotgan edi deyishlari mumkin, lekin bu chora orqali global bozorda solar panellar bo'yicha ham EV mashinalar bo'yicha ham oldinga o'tib ketayotgan Xitoy korxonalari bilan AQShdagi korxonalar…

👍 13🔥 1
UNCTAD hisobotiga ko’ra, 2023-yilda Markaziy Osiyoga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar 10 mlrd dollarni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 5 foizga qisqargan. Osiyo qit’asiga esa to’g’ridan-to’g’ridan investitsiyalar 584 mlrd dollarni tashkil etib, 12 foizga qisqarganligi qayd etilgan. Yanvardagi press-konferensiyada esa to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar 2023-yilda 2 barobarga oshib 7 mlrd dollarga yetganligi qayd etilgan edi.
Hammasini ko'rsatish...

🤔 12
Markaziy bankning asosiy stavkaning ko‘rib chiqish bo‘yicha  taqdim qilingan prezentatsiyaga ko‘ra joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2,7 mlrd dollarni tashkil etganligi qayd etilgan. O‘tgan yilning mos davrida esa  to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 1,1 mlrd dollarni tashkil etgan. Agar to‘lov balansidagi ma’lumotlarga e’tibor qaratilsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tariximizda hech qaysi chorakda 1 mlrd dollarga yetmagan. Yillik oqim esa 2023 yilda 16 foizga qisqarib, 2,2 mlrd dollarni tashkil etgan. Yanvar oyidagi press-konferensiyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2023-yilda 7 mlrd dollarga yetganligi ta’kidlangan edi.
Hammasini ko'rsatish...
🤯 5👍 2🤔 2
Po'stilar arxiv