cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Mirkonomika

Bu yerda yozilgan fikrlar shaxsiy bo’lib, hech qaysi tashkilot fikri yoki qarashlarini ifoda etmaydi.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 201
Obunachilar
-624 soatlar
-227 kunlar
-8930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

UNCTAD hisobotiga ko’ra, 2023-yilda Markaziy Osiyoga to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar 10 mlrd dollarni tashkil etib, oldingi yilga nisbatan 5 foizga qisqargan. Osiyo qit’asiga esa to’g’ridan-to’g’ridan investitsiyalar 584 mlrd dollarni tashkil etib, 12 foizga qisqarganligi qayd etilgan. Yanvardagi press-konferensiyada esa to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar 2023-yilda 2 barobarga oshib 7 mlrd dollarga yetganligi qayd etilgan edi.
Hammasini ko'rsatish...

🤔 11
Markaziy bankning asosiy stavkaning ko‘rib chiqish bo‘yicha  taqdim qilingan prezentatsiyaga ko‘ra joriy yilning birinchi choragida mamlakatimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2,7 mlrd dollarni tashkil etganligi qayd etilgan. O‘tgan yilning mos davrida esa  to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 1,1 mlrd dollarni tashkil etgan. Agar to‘lov balansidagi ma’lumotlarga e’tibor qaratilsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tariximizda hech qaysi chorakda 1 mlrd dollarga yetmagan. Yillik oqim esa 2023 yilda 16 foizga qisqarib, 2,2 mlrd dollarni tashkil etgan. Yanvar oyidagi press-konferensiyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi 2023-yilda 7 mlrd dollarga yetganligi ta’kidlangan edi.
Hammasini ko'rsatish...
🤯 5👍 2🤔 2
Hammasini ko'rsatish...
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha matbuot anjumani

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki binosida asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Boshqaruv yig‘ilishi qarori yuzasidan Markaziy bank Raisi ishtirokida matbuot anjumani UzReportTV @ Facebook:

https://www.facebook.com/uzreport.tv/

UzReportTV @ Telegram:

https://t.me/UzReport

#uzreporttv

👍 2
Press-relizdan ayrim muhim iqtiboslar Iqtisodiyotda yuqori talabning saqlanib qolayotgani hamda ayrim tartibga solinadigan narxlar va tariflarning oshirilishi sharoitida xizmatlar inflyatsiyasi so‘nggi oylar davomida barqaror o‘sib bormoqda. Bazaviy inflyatsiya sezilarli sekinlashib, mart oyida yillik 7,6 foiz va yil boshidan umumiy inflyatsiya darajasidan pastroq shakllandi. Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari inflyatsiyaning joriy va prognoz darajasidan yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, tartibga solinadigan narxlarning to‘g‘rilanishi va aprel oyidan bir qator tovar va xizmatlarga QQS joriy etilishi ta’sirida inflyatsion kutilmalar dinamikasi yuqorilashi mumkin. asosiy ssenariy bo‘yicha 2024 yilda umumiy inflyatsiya prognozi 9-11 foizgacha oshirildi. Umumiy inflyatsiya prognozini yangilanishi tartibga solinadigan narxlar oshishining pul-kredit siyosatining asosiy yo‘nalishlarida keltirilgan makroiqtisodiy prognozlarida inobatga olingan dastlabki darajasidan yuqoriroq bo‘lishi bilan bog‘liq Bazaviy inflyatsiyaning barqaror pasayish trayektoriyasida qolishi bo‘yicha mustahkam kutilmalar shakllanib, yil yakunida 7-8 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. So‘mning real almashuv kursi dinamikasi yil boshidan 0,9 foizga qadrsizlanib, uzoq muddatli trendi doirasida shakllandi. Tashqi savdo hamkorlar milliy valyutalari kurslari va inflyatsiyalari bo‘yicha prognozlarni inobatga olganda real almashuv kursiga nisbatan bosimlar kuzatilmayapti. Yangilangan prognozlarga ko‘ra, YAIM o‘sishi yil yakuniga 5,2-5,7 foiz oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda.  Ayni paytda, bazaviy inflyatsiyaning prognoziga erishish bo‘yicha xatarlar kuchayib, kelgusi davrlarda aholining inflyatsion kutilmalarida sezilarli o‘sish kuzatilgan taqdirda pul-kredit sharoitlarini o‘zgartirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 10
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajada o’zgarishsiz qoldirish bo’yicha qaror qabul qildi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
Markaziy bank 2024-yil I chorak uchun aholining qarz yuki darajasini aniqlash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazayotgan ekan. So‘rovnomada ishtirok eting, bir necha daqiqa vaqtingizni oladi, xolos. So'rovnoma: @cbudebtburdenbot
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🔥 1👏 1
Aksariyat asosiy savdo hamkorlarimiz bilan bilan oylik savdo qisqargan. Yanvar-mart oylarida mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasi 6,2 foizga o‘sib, 15,8 mlrd dollarni tashkil etgan. Bunda, eksport hajmi 6,4 mlrd dollar (o‘sish 10 foiz), import hajmi esa 9,4  mlrd dollarni (o‘sish 3,8 foiz)  tashkil etgan. Mart oyida oltinning yuqori narxi fonida 1,3 mlrd dollarlik  oltin eksporti amalga oshirilgan.  Oylik oltinsiz eksport 9,8 foizga o‘sib o‘sish surati oldingi oyga nisbatan biroz sekinlashgan (0,4 foiz). Oylik eksport asosiy hamkorlarimizdan faqatgina Qozog‘istonga biroz o‘sgan bo‘lsa (o‘sish 6 foiz), qolgan barcha asosiy hamkorlarimizga eksportimiz sezilarli darajada qisqargan. Xususan, mart oyida oylik eksport Rossiyaga 20 foizga,  Xitoyga 46 foizga,  Turkiyaga 35 foizga qisqargan. Qo‘shnilarimizdan Qirg‘izistonga eksport bir necha oylik qisqarishdan (fevral oyida 58 foizga, Yanvar oyida 38 foizga qisqargan edi o‘sish) keyin 15 foizga o‘sgan bo‘lsa, Tojikistonga eksport mart oyida 42 foizga qisqargan. Afg‘onistonga esa eksportning o‘sishi tezlashib 34 foizga yetgan.  Mart oyida oylik import  5 foizga qisqargan  Asosiy savdo hamkorlarimizdan faqatgina Rossiyadan import o‘sayotgan  (23 foiz) bo‘lsa, qolgan asosiy hamkorlarimizdan import qisqarishga uchragan. Xususan, import Xitoydan 8 foizga,  Qozog‘istondan 14 foizga, Turkiyadan 3 foizga qisqargan. Xitoydan import 2023-yil iyul oyidan buyon yuqori suratlarda o‘sayotgan edi (avtomobil kabi tovarlar importning yuqori suratlarda o‘sishi evaziga), fevral oyida  Xitoydan import sezilarli darajada sekinlashgan bo‘lsa, mart oyiga kelib import qisqarishni boshlagan. Qo‘shnilarimiz Qirg‘iziston va  Tojikistondan import mos ravishda 35 foiz va 22 foizga qisqargan.
Hammasini ko'rsatish...
👍 13🔥 1👏 1
Valyuta kursi o‘zgarishining inflyatsiyaga ta’siri borasidagi xavotirlar oshgan Rasmiy inflatsiyaning pasayishi fonida inflyatsion kutilmalar ham pasayib bormoqda. Mart oyida aholining inflatsion kutilmalari 0,2 foiz bandga pasayib 12,8 foizni tashkil etgan. Sezilgan inflatsiya esa o‘tgan oydagi kabi 12,7 foiz darajada saqlanib qolgan. Kelajakdagi asosiy inflatsion xavotir valyuta kursining o‘zgarishi bo‘lib qolmoqda. Xususan, mart oyida respondentlarning 61 foizi valyuta kursining o‘zgarishini asosiy xavotir sifatida ko‘rgan. Taqqoslash uchun fevral oyida respondentlarning 56 foizi valyuta kursining o‘zgarishini asosiy xavotir sifatida ko‘rgan edi. Umuman olganda valyuta kursi to‘g‘irlangan avgust oyida valyuta kursining o‘zgarishi bo‘yicha xavotirlar 70 foizgacha yetgan edi. Joriy yil mart oyidagi ko‘rsatkich 2023-yil sentyabr oyidan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Mart oyida yana bir ko‘zga tashlanadigan o‘zgarish monopoliya va narxlarning sun’iy oshirilishi bo‘yicha xavotirlar sezilarli oshgan. Xususan, 35 foiz respondentlar narxlarning sun’iy oshirilishidan xavotirda. Bu holat so‘ngi oylardagi tendensiyalar bilan izohlash mumkin (menimcha aprelda narxlarning sun’iy oshirilishi bo‘yicha xavotirlar yanada oshadi). Aholi orasida yoqilg‘i va energiya resurslari narxining oshishi bo‘yicha xavotirlar oldingi oyga nisbatan biroz pasayib yanvar oyidagi darajaga qaytgan, ammo energiya resurslari narxining oshishi haligacha valyuta kursining o‘zgarishidan keyingi ikkinchi yirik xavotirligicha qolmoqda. Boy aholining inflyatsion kutilmalari va sezgan inflatsiyasi sezilarli darajada yomonlashgan. Xususan, mart oyida 15 mln so‘mdan yuqori daromad oluvchi aholining inflatsion kutilmalari oldingi oyga nisbatan 3,1 foiz bandga yomonlashib 19,2 foizga yetgan. Kam daromad oluvchi aholi qatlamining esa inflation kutilmalari yaxshilanishda davom etmoqda. Xususan mart oyida 2 mln so‘mgacha daromadga ega aholi qatlamining inflatsion kutilmalari 11,1 foizni tashkil etib, fevral oyiga nisbatan 2 foiz bandga pasaygan. Bu holatni oldin ham yozganimdek xizmatlar inflatsiyasining oziq-ovqat mahsulotlari inflatsiyasiga nisbatan yuqoriligi bilan izohlash mumkin. Ya’ni nisbatan daromadi yuqori aholi qatlami iste’molida xizmatlarning ulushi nisbatan yuqori bo‘lib xizmatlar narxining tezroq o‘sishi boy aholi qatlamiga past daromadlilarga nisbatan ko‘proq seziladi. Xususan, mart oyida xizmatlar inflatsiyasi 0,7 foizni tashkil etgan, oziq-ovqatlar inflatsiyasi esa 0.2 foizni tashkil etgan. Umuman olganda, aprel oyida inflatsion kutilmalar va sezilgan inflatsiya rasmiy inflatsiyaga monand biroz pasayishi yoki mart oyidagi darajada saqlanib qolishimh ehtimoli yuqori. Menimcha valyuta kursining qadrsizlanishi va narxlarning sun’iy oshirilishi bo’yicha xavotirlar oshishda davom etadi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 10🔥 4🤔 3
Ramazon hayiti muborak bo’lsin!
Hammasini ko'rsatish...
👍 52👎 2
Valyuta kursi “to‘g‘irlandimi”? Bugun so‘mning dollarga nisbatan kursi 34,5 so‘mga qadrsizlanib, 12 688 so‘mga yetdi. So‘ngi oylarda valyuta kursining odatdagidan tezroq qadrsizlanib borishi ko‘pchilikda real kurs avgustdagi kabi to‘g‘irlanish yuz beryaptimi yoki yuz berdimi degan savolni uyg‘otmoqda. Umuman olganda, so‘ngi bir oyda so‘mning kursi 1,4 foizga yil boshidan buyon esa 2,7 foizga  qadrsizlandi (bu yerda davrni boshi va oxiri solishtirilgan shu sababli o‘rtacha kursga nisbatan biroz xatolik bo‘ladi). Taqqoslash uchun, 2023 yilning mos davri so‘m dollarga nisbatan 0,3 foiz va 1,3 foizga qadrsizlangan. Yil so‘ngida esa so‘mning dollarga nisbatan kursi oldingi yillarga nisbatan yuqori 9,8 foizga qadrsizlangan edi . So‘ngi bir oyda asosiy savdo hamkorlarimizdan,  Faqatgina Qozog‘iston milliy valyutasi 1,1 foizga mustahkamlangan bo‘lsa, Turkiya (1,6 foiz), Rossiya (1 foiz), Xitoy (0,6 foiz) kabi yirik hamkorlarimiz valyutalarida qadrsizlanish kuzatilgan. Yil boshiga nisbatan esa Qozog‘iston tengesi 2,4 foizga mustahkamlangan bo‘lsa, boshqa asosiy hamkorlarimiz milliy valyutalarida nisbatan yuqori qadrsizlanish kuzatilgan. Xususan, Turkiya (8 foiz), Rossiya (3,6 foiz),  Xitoy (2,4 foiz) kabi hamkorlarimiz milliy valyutalari so‘m darajasida yoki unda ham yuqori qadrsizlangan.  Ya’ni milliy valyutalarning dollarga nisbatan qadrsizlanishi asosiy hamkorlarimizda ham kechayotgan jarayon.
 2023-yilda so‘mning real kursi nominal kurs 9,8 foizga qadrsizlanishiga qaramasdan 4,6  foizga mustahkamlangan edi.
Joriy yilda ko‘rmoqdamizki, nominal kurs nisbatan tez qadrsizlanmoqda (hatto 2023-yil bilan taqqoslaganda ham).  Lekin menimcha bu hali real kursning to‘g‘irlanishi emas. Ya’ni hozirgi nominal kursning qadrsizlanishi asosiy hamkorlarimizda kuzatilayotgan tendensiyaga monand kechmoqda.  Agar real kurs to‘g‘irlansa bu  nominal kursning bir martalik yirikroq qadrsizlanishi (avgustdagi kabi balki undanam yirik), yoki nisbatan uzoq vaqt odatdagidan tezroq qadrsizlanishini talab qilsa kerak (menimcha).
Hammasini ko'rsatish...
👍 15🔥 4👎 1