cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

OTFIB ǀ SAMARQAND

Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi rasmiy axborot kanali

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
279
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-47 kunlar
-1630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Zarnews.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Аввал тест, сўнг танлов: Бу нима дегани? 2024-2025 ўқув йили учун давлат олий таълим муассасаларига ўқишга кириш имтиҳонларида янгиликлар бор. Тест синовлари қандай ўтказилиши ва қай тартибда олиниши борасида Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги Самарқанд вилояти бўлими бошлиғи Воҳид СИРЛИБОЕВга бир қанча саволлар билан мурожаат қилдик. ———- Avval test, soʻng tanlov: Bu nima degani? 2024-2025-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlarida yangiliklar bor. Test sinovlari qanday oʻtkazilishi va qay tartibda olinishi borasida Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati boʻlimi boshligʻi Vohid SIRLIBOYEVga bir qancha savollar bilan murojaat qildik. Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/q22e Каналга қўшилинг: 👇 Telegram | Facebook | Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from SamTVR | MTRK
Soha vakillari ishtirokida yoshlarning startap loyihalari muhokamasi o‘tkazildi Avval xabar berganimizdek, viloyat hokimi tashabbusi bilan respublikamiz yoshlarining startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tanlov e’lon qilingan. Tanlovda yoshlar o‘zlarining startap loyihalari va innovatsion g‘oyalari taqdimotlari bilan ishtirok etishmoqda. Bugun Samarqand davlat tibbiyot universitetida shunday taqdimotlardan biri o‘tkazildi. Taqdimotda yoshlarimizning dorivor mahsulotlar hamda istemol tovarlari ishlab chiqarishga qaratilgan loyihalari tibbiyot sohasi vakillari ishtirokida muhokama qilindi. Taqdimotdan ko‘zlangan maqsad, yoshlarning realizatsiya qilishga qaratilgan loyihalarining inson salomatligiga ta’siri va hayot xavfsizligi qoidalariga qaratilganlik jihatlari ko‘rib chiqildi. Jumladan Sirdaryo viloyatidan ishtirok etayotgan Raimberdiyeva Nilufarning "Qo'ytikan o'simligini dorivoirligi" loyihasi soha vakillari tomonidan katta qiziqish uyg'otdi Taqdimotda Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiylar boshqarmasi boshlig‘i A.Nasimov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektorining ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Kubayev hamda tibbiyot sohasi vakillari ishtirok etishdi.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from SamTVR | MTRK
03:36
Video unavailableShow in Telegram
KUN XABARLARI | "DUAL TA'LIMNI TASHKIL ETISHNING AFZALLIKLARI" MAVZUSIDA FORUM O‘TKAZILDI 5.06.2024-YIL #samarqandmtrk Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Hammasini ko'rsatish...
1_KUN_XABARLARI_05.06.2024.mp434.09 MB
Repost from Edu.uz
04:20
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. 📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. ▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish - uz~2.mp428.49 MB
Repost from Edu.uz
03:38
Video unavailableShow in Telegram
#brifing
⚡️5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno)
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov maʼlum qildi. 💬Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi. Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. 🔄1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi: 🔸Faqat test sinovida ishtirok etsa: ✔️fanlar majmuasi; ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi. ↪️Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa: ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi; ✔️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi; ✔️kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM. 🔄2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi: ✔️oliy taʼlim muassasasi; ✔️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ✔️taʼlim shakli; ✔️tanlov ustuvorligi. 🗣 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: ✔️kollej va (yoki) texnikum; ✔️kasb va mutaxassislik; ✔️taʼlim shakli. 🗣 Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin. 👉Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
tg.mp47.00 MB
Repost from Edu.uz
#qabul2024 #akademik_litsey
⚡️Akademik litseylarga qabul kvotalari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga qabul parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 71 ta akademik litseyga jami 15 496 ta kvota, shundan 12 324 ta o‘zbek, 2 730 ta rus va 442 ta qoraqalpoq tillari kesimida ajratildi. Qabulga doir rasmiy bot: @eduuzuniversalbot
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Qabul parametrlari-2024.pdf7.10 KB
Repost from SamTVR | MTRK
02:48
Video unavailableShow in Telegram
KUN XABARLARI | ISH BERUVCHILAR VA TA'LIM BERUVCHILAR INTEGRATSIYASI 3.06.2024-YIL #samarqandmtrk Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Hammasini ko'rsatish...
4_KUN XABARLARI_3.06.2024.mp426.55 MB
Repost from N/a
#jarayon Yoshlarning startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash davom etmoqda. Ayni damda Samarqand viloyati hokimligi, Samarqand viloyati Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi hamda viloyatdagi OTM mas'ullari tomonidan yoshlarning startap loyihalari akseleratsiyadan o‘tkazilmoqda. Tadbirga Samarqand viloyatidan 18 nafar yoshlar hamda respublikamizning boshqa viloyatlaridan 25 nafar yoshlar ishtirok etmoqda. Tadbir davomida yoshlarning loyihalari mas'ullar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Jumladan: Xorazmlik Otanazarova Zebinisoning "Kungaboqar ildizi yordamida an'anaviy tibbiyotda insonlarni davolash" loyihasi Samarqand davlat universiteti tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Attestatsiya natijalari e’lon qilindi 20–24-may kunlari pedagog.edu.uz sayti orqali hujjat topshirgan oʻrta maxsus (akademik litsey) va professional taʼlim muassasalarining 7576 nafar pedagog kadri attestatsiyadan oʻtkazildi. Test sinovlari natijalari pedagog.edu.uz sayti pedagog kadrlarning shaxsiy kabinetlarida e’lon qilindi. Test natijalaridan norozi bo‘lgan pedagoglar 10-iyunga qadar [email protected] elektron manzili orqali murojaat qilishlari mumkin. Faqat ulardan qaysi savollarga eʼtirozlari borligini aniq ko‘rsatishlari so‘raladi. Imtiyoz qoʻllaniladigan sertifikatlarga ega oʻqituvchilar roʻyxati 👉 BU YERDA Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Zarnews.uz
Самарқанд шаҳрида "Вилоят иш ва таълим берувчилар интеграцияси инновацион форуми" давом этмоқда. Форум доирасида умумтаълим мактабларининг 9-11-синф битирувчиларини таълимнинг кейинги босқичига қамраб олиш ва касб йўналтириш мақсадида очиқ эшиклар куни ўтказиляпти. Шунингдек, профессионал таълим муассасалари раҳбарлари учун янги ишлаб чиқилган касбий стандартлар учун ўқув-амалий семинари бўлиб ўтмоқда. ——— Samarqand shahrida “Viloyat ish va taʼlim beruvchilar integratsiyasi innоvatsion forumi” davom etmoqda. Forum doirasida umumtaʼlim maktablarining 9-11-sinf bitiruvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga qamrab olish va kasb yoʻnaltirish maqsadida ochiq eshiklar kuni oʻtkazilyapti. Shuningdek, professional taʼlim muassasalari rahbarlari uchun yangi ishlab chiqilgan kasbiy standartlar uchun oʻquv-amaliy seminari boʻlib oʻtmoqda. ✅@Zarnews_uz
Hammasini ko'rsatish...