cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti

Навоий давлат кончилик ва технологиялар университетининг расмий канали

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 706
Obunachilar
+424 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-1730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Hammasini ko'rsatish...
В Навоийском государственном горно-технологическом университете организованы спортивные кружки для молодежи махаллей

В спортивном комплексе университета всегда многолюдно даже во время летних каникул.

Photo unavailableShow in Telegram
#E'lon 📚Qodirov Sardor Musurmonovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida Qodirov Sardor Musurmonovichning 02.00.14 – «Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi» ixtisosligidan (texnika fanlari) falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan «Mahalliy xomashyolar asosida piridin hosilalarini geterogen-katalitik sintezi» mavzusidagi dissertatsiya ishining himoyasi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.17/7.06.2024.K/Т.06.03 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 18-iyul soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: 210100, Navoiy shahri, G’alaba Shoh ko‘chasi, 76v-uy. Tel.: (79) 223-23-32; Faks: (79) 223-49-66. E-mail: [email protected]. Bizni kuzatib boring: NDKTU RASMIY KANALI
Hammasini ko'rsatish...
👍 16
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul_2024_magistratura 📢NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI MAGISTRATURASIGA MARHAMAT! ➡️Bizda mavjud yo‘nalishlar va talab etiladigan sertifikat darajalari: ✅ Iqtisodiyot - B2 ✅ Kimyoviy texnologiya - B1 ✅ Biotexnologiya - B1 ✅ Elektr ta’minoti - B1 ✅ Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish - B1 ✅ Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish - B1 ✅ Metallurgiya - B1 Mashinasozlik texnologiyasi - B1 ✅ Materialshunoslik va materiallar texnologiyasi - B1 ✅ Foydali qazilma konlarini qazish - B1 ✅ Shaxta va yer osti muhandisligi - B1 ✅ Foydali qazilmalarni boyitish - B1 ✅ Konchilik mashinalari va jihozlari - B1 ✅ Konchilik ishlarini elektrlashtirish va avtomatlashtirish - B1 ✅ Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, boyitish va qayta ishlash texnologiyasi - B1 ✅ Qurilish muhandisligi - B1 ✅ Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji - B1 ✅ Logistika - B2 Batafsil: 79 223 15 95 Bizni kuzatib boring👇 NDKTU RASMIY KANALI
Hammasini ko'rsatish...
👍 6😍 2
Repost from Edu.uz
02:41
Video unavailableShow in Telegram
#el_yurt_umidi “EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIDA ISHTIROK ETING! “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi! “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib: - bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, - magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, - doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25 iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi. 🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan. Murojaat uchun: ☎️ +998 71 203 00 47 +99 871 203 00 48 +99 871 203 00 53 📧[email protected]@EYUF_Admission_2023bot “El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi! Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
21.95 MB
👍 2
#Jarayon “EL-YURT UMIDI” JAMG‘ARMASI: NAVOIYLIK YOSHLAR UCHUN OCHIQ STIPENDIYA TANLOVLARI YUZASIDAN TAQDIMOT QILINDI Bugun Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “El-yurt umidi” jamg‘armasining xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish uchun 2024-yilgi 1-stipendiya tanlovlari tartibini tushuntirishga bag‘ishlangan onlayn hududiy seminari bo‘lib o‘tdi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda jamg‘arma ijrochi direktor o‘rinbosari v.b. Javoxir Ahmedov tomonidan tanlovlarni o‘tkazish tartibi, kvotalar hamda elektron hujjat topshirish bilan bog‘liq yangiliklar to‘g‘risida taqdimot qilindi. Onlayn seminarda AQSh hamda Xitoyning nufuzli universitetlarida ta’lim olayotgan bir guruh yoshlar ham ochiq stipendiya tanlovlari haqida munosabat bildirishdi.
Bizni kuzatib boring:
NDKTU RASMIY KANALI
Hammasini ko'rsatish...
#E’tirof TURKIYADA CHOP ETILGAN O‘ZBEKISTONLIK IQTIDORLI AYOL-QIZLAR HAQIDAGI KITOBDAN NDKTU OLIMALARI FAOLIYATI HAM O‘RIN OLDI Turkiyaning Alanya hokimligi huzuridagi “Baygench” nashriyoti va "Shine" Qizlar Akademiyasi tomonidan O‘zbekistonning turli yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan iqtidorli va faol ayol-qizlari ijodiy ishlari jamlangan “O‘zbekistanʼın lider kadınları” (“O‘zbekistonlik lider ayollar”) kitobi nashr etildi. Yaqinda Alanya shahrida kitobning taqdimot marosimi bo’lib o’tdi va bu haqida Turkiya OAVda e’lon qilindi. Taqdimotda bir guruh o‘zbek-turk shoir- yozuvchilari, professor o‘qituvchilar va fan doktorlari, to‘plamda o‘z ijod namunasi bilan ishtirok etgan mualliflar qatnashdi. Ushbu kitobdan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining ikki nafar yosh olimasi — tayanch doktoranturada tahsil olayotgan Gulrux Haydarova va Kamola Xudoyberdiyevalar faoliyati ham o‘rin olgan. © NDKTU Axborot xizmati
Bizni kuzatib boring:
NDKTU RASMIY KANALI
Hammasini ko'rsatish...
👍 5😍 1
Photo unavailableShow in Telegram
💠 “NKMK” AJ “Barqaror” prognozi bilan S&P Global Ratings “BB-” darajasidagi birinchi xalqaro kredit reytingini oldi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati o‘z tarixida “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan birinchi kredit reytingini oldi. Kompaniyaga O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingiga muvofiq “Barqaror” prognozi bilan “BB-” uzoq muddatli kredit reytingi berildi. “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi reytingni baholash doirasida bir vaqtning o‘zida Kompaniyaning kreditga layoqatlilik xususiyatlarini (SACP) bb+ darajasida baholadi, bu bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi korxonalari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentligi hisobotiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida joylashgan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ 2023-yil yakuniga ko‘ra 2,9 million unsiya oltin ishlab chiqargan, jahonda to‘rtinchi yirik oltin ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Kompaniya ishlab chiqarish tannarxining arzonligi va boy resurs bazasi, shuningdek, qarz yukining konservativ ko'rsatkichlari: aylanma kapitalda o‘zgarishgacha operatsion faoliyatdan pul oqimi (FFO) qarzga nisbatan ko‘rsatkichining 60 foizdan barqaror oshishi bilan ajralib turadi. 2023-yil yakuni bo‘yicha “NKMK” AJda oltinning bir unsiyasi uchun ishlab chiqarishning umumiy xarajati (TCC) 745 AQSh dollarini tashkil etdi va reyting agentligi baholagan kompaniyalar orasida eng past ko‘rsatkichlardan biridir. “S&P Global Ratings” reyting agentligi hisobotida oltin narxining qulay konyunktura sharoitida “NKMK” AJ tomonidan kelgusi yillarda yuqori operatsion va moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishishi taʼkidlandi. 🔹 🔹 🔹 💠 AО «НГМК» присвоен первый международный кредитный рейтинг от S&P Global Ratings «BB-» с прогнозом «Стабильный» АО «Навоийский горно-металлургический комбинат» получил первый в своей истории кредитный рейтинг от агентства S&P Global Ratings. Компании присвоен долгосрочный кредитный рейтинг «BB-» с прогнозом «Стабильный», что соответствует суверенному кредитному рейтингу Узбекистана. В рамках рейтинговой оценки, агентство S&P Global Ratings одновременно произвело оценку характеристик собственной кредитоспособности (SACP) Компании на уровне bb+, это самый высокий уровень, который когда-либо присваивался предприятиям из Республики Узбекистана. Согласно отчету рейтингового агентства S&P Global Ratings: «АО «Навоийский горно-металлургический комбинат», расположенный в Республике Узбекистан, является четвертым по величине производителем золота в мире с объемом производства 2,9 млн унций по итогам 2023 года, выгодно отличаясь низкой себестоимостью производства и богатой ресурсной базой, а также консервативными показателями долговой нагрузки: денежный поток от операционной деятельности до изменений в оборотном капитале (FFO) к долгу стабильно превышает 60%». На конец 2023 года общие денежные затраты (TCC) НГМК составили 745 долларов США на унцию золота, что является одним из самых низких показателей среди компаний, оцениваемых рейтинговым агентством. S&P Global Ratings ожидает, что при благоприятных ценах на золото НГМК будет демонстрировать высокие операционные и финансовые показатели в ближайшие годы. #kongeologiya #mingeo #NKMK #SPGlobal_Ratings Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Onlayn_seminar IMKONIYATNI QO‘LDAN BOY BERMANG! Assalomu alaykum, hurmatli yoshlar va davlat xizmatchilari! ⏰Sizlarni bugun, 5-iyul soat 10-00 da mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining xorijiy davlatlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari asosida ta’lim olish uchun 2024-yilgi 1-stipendiya tanlovlari tartibini tushuntirishga bag‘ishlangan onlayn amaliy-uslubiy seminarga taklif etamiz. ZOOM havolasi: https://us06web.zoom.us/j/87093769104?pwd=DVyMxFTpoc7bKLKQ9HMUGDMMKXzJne.1 Konferensiya identifikatori: 870 9376 9104 Kod: 2024
Bizni kuzatib boring:
NDKTU RASMIY KANALI
Hammasini ko'rsatish...
👌 1
#OAV_nigohi NAVOIY VILOYATINING ADABIY MUHITI HAQIDA KO‘RSATUV EFIRGA BERILDI Cho‘lpon o‘zining mashhur “Adabiyot nadur?” maqolasida keltirgan ibora — “Adabiyot yashasa millat yashar...” fikri davomida “...adiblar yetishtirmagan millat oxiri bir kun hissiyotdan, o‘ydan, fikrdan mahrum qolib, sekin-sekin inqiroz bo‘lur...” deya ham qayd etadi. Bugungi kunda Navoiy viloyatida adabiy muhit qay darajada? Ijodkorlar qanday asarlar ustida ish olib bormoqda? Ayni shu mavzuda “Navoiy” teleradiokanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan “Adabiyot va hayot” ko‘rsatuvi kuni kecha efirga berildi. Unda shoir va adabiyotshunos Vafo Fayzulloh, yaqinda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorligini yoqlagan Azamat Zaripov hamda yosh nosir Ozod Mustafoyev ijodiy faoliyatiga e’tibor qaratilgan.
Bizni kuzatib boring:
NDKTU RASMIY KANALI
Hammasini ko'rsatish...
ADABIYOT VA HAYOT QAYMOQOVA 4.07.2024 20.00 da ketadi.mp4126.38 MB
👍 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.