Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)
Kanalga Telegram’da o‘tish
Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати
Ko'proq ko'rsatish898
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-67 kunlar
-1130 kunlar
Postlar arxiv
+4
"Siz ekologik qonunni bilasizmi?" tanlovining tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi!
🔶Kitob tumanida atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik qonunchilikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan "Siz ekologik qonunni bilasizmi?" Respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Ushbu tanlovda sektor bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar ishtirok etib, ekologiya bo‘yicha bilimlarini yana bir bor namoyish qilishdi.
🔶Bu kabi tanlovlar o'sib kelayotgan yosh-avlod qalbida atrof-muhitni asrashga bo'lgan muhabbatni kamol topishida zamin yaratadi.
🔶Qizg‘in bahs va bilim bellashuvlari natijasida 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi yuqori natijalarni qayd etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi hamda viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi! Endilikda ular viloyat bosqichida ham o‘z bilimlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘qituvchi: Boqiyeva Sarvinoz
🔆 96-maktab o’quvchilari uchun!!
Maktabimizda ingliz tilini samarali o’rganish uchun maxsus kanal ishlab chiqdik.📚 Kundalik video-materiallar, qo’llanmalar va darsliklar orqali mustaqil ravishda ingliz tilingizni rivojlantiring. Marhamat, qo’shiling …👇 https://t.me/Tap_Speak https://t.me/Tap_Speak 5-6-7-sinf o‘quvchilari uchun...
+7
Atoqli adib Sh.Xolmirzayevning eng sara qissalaridan " Òn sakkizga kirmagan kim bor?" asarini 7-"V"-sinf bilan birgalikda òqib tahlil qildik.Hech bir mavzu muhabbatchalik kòp qalamga olinmagan.Shuning uchun u turfa kòrinishlarda namoyon bo'laveradi.Qissada muhabbat yolĝonga qurilgan hayotni hech qachon qabul qilmasligi,bunday hayotning tòlovi nihoyatda oĝir bòlishi kòrsatib berilgan.Shuningdek,oshiqlik va ojizlik,matonat va razolat,inson ma'naviyati bilan boĝliq bòlgan ijtimoiy masalalar ham bayon etilgan.Qissadan òquvchilar òzlariga yarasha xulosa chiqardi.Ustoz: Boymirzayeva Lola
+3
Joriy yilning 1 fevral kuni Kitob tumani 96-sonli umumta’lim matabida “Sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi” doirasida maktab o‘quvchilari bilan 4-sektor rahbari A.R.Omonov ishtirokida “O'zbekiston kelajagi yoshlar qo'lida” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Kitob tumani inspektor-psixologi mayor Z.G’.Hayitov ishtirok etdi.
+7
Atoqli adib Sh.Xolmirzayevning eng sara qissalaridan " Òn sakkizga kirmagan kim bor?" asarini 7-"V"-sinf bilan birgalikda òqib tahlil qildik.Hech bir mavzu muhabbatchalik kòp qalamga olinmagan.Shuning uchun u turfa kòrinishlarda namoyon bo'laveradi.Qissada muhabbat yolĝonga qurilgan hayotni hech qachon qabul qilmasligi,bunday hayotning tòlovi nihoyatda oĝir bòlishi kòrsatib berilgan.Shuningdek,oshiqlik va ojizlik,matonat va razolat,inson ma'naviyati bilan boĝliq bòlgan ijtimoiy masalalar ham bayon etilgan.Qissadan òquvchilar òzlariga yarasha xulosa chiqardi.Ustoz: Boymirzayeva Lola
Maktab òquvchilarini bòsh vaqtini tòĝri tashkil qilish va mazminli òtkazish hamda ularning bilim va kònikmalarinini oshirish maqsadida 5-11-sinf o'quvchilari ishtirokida " Bir oyda bitta badiiy kitob òqiyman" tanlovini muntazam òtkazib borish va uni keng tarĝib qilish maqsadida 6-sinfga atoqli adib Òtkir Hoshimovning"Dunyoning ishlari" qissasini òqidik va tahlil qildik.Bir-biridan ajoyib hikoyalarni ma'nosini sharhladik.Darhaqiqat,bu qissa hamma onalarga baĝishlangan.Kitob bizga onamizni onamizning nurli siymosini,borligini eslatadi, chunki qalb og'riqlarimizni boricha qabul qiladigan shubhasiz,bu bizning Onalarimizdir.
+9
🔰96-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining yana bir g‘alabasi!
"Siz ekologik qonunni bilasizmi?" Respublika ko‘rik-tanlovining hududiy sektor bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Unda 96-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘quvchilar jamoasi o‘z mahoratlari va bilimlarini namoyish etib, faxrli g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.
✅Ushbu yutuq ularga tuman bosqichiga yo‘llanmani taqdim etdi. Yosh iste’dodlarimizga kelgusi bosqichda ham ulkan zafarlar tilaymiz!
🎉Бугун 30-январь Ўзбекистон Республикасининг 1-президенти Ислом Каримовнинг таваллуд куни.
Хозир хаёт бўлганларидa 86 ёшни қарши олардилар, Охиратлари обод бўлсин 🤲
👉 @ANDIJONLIKLAR
+5
#Topshiriqlar_ijrosi
Yangi baholash tizimi va uning samarasi — KITOB TUMANI
Joriy yilning 29-yanvar kuni tumandagi Kitob tumanidagi 5-umumiy o'rta ta"lim maktabida "Yangi baholash tizimi va uning samarasi" mavzusida o'quv seminar bo'lib o'tdi. Seminarni Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internat direktori N. Mirova ochib berdi. Seminarda tuman MMTB sho'ba boshlig'i A. Umarov, tajriba uchun tanlangan maktablar hamda Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatning direktor o'rinbosarlari, metodbirlashma rahbarlari hamda STEAM fani o'qituvchilari ishtirok etishdi. Jarayonda 5-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchilari tomonidan amaliy mashg'ulotlar o'tkazilib, formativ va summativ baholashning afzalliklari tushuntirildi. Loyiha ishlari, BSB, CHSB tahlillari , baholash mezonlari to'g'risida 96-umumiy o'rta ta'lim maktabi O'TIBD o'rinbosari Omonova ish tajribasi ommalashtirildi. Metodbirlashma rahbarlari hamda o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Agentlik maktablari va umumta'lim maktablar o'rtasidagi hamkorlik ta'limda o'z samarasini beradi.@Qashqadaryo_MMTB
Урок русского языка в 5 «Б» классе
Учитель :Иноятуллаева Мохларойим Ходихоновна
+6
Ўзбекситон Республикаси Олий Мажлис Қонунчилик Палатаси депутатлари Ш.Холмахаматова ва Ю.Мамадиёровалар Халқ депутатлари Китоб тумани Кенгаши котибияти билан биргаликда Китоб туманидаги 96-мактаб биносида тумандаги Х.Дўстлиги ҳамда Улуғбек маҳалласидаги сайловчиларни қабул қилди.
Қабулда сайловчилар учун муҳим таклифлар юзасидан фикр алмашилди. Шунингдек уларга Қонунчиликдаги ўзгаришлар юзасидан тушунчалар берилди
+6
Kitob tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʼlimiga qarashli 96-sonli maktabda o'quvchi yoshlarni Olimpiada sport o'yinlariga qiziqtirish maqsadida "Olimp sari yo'l" mavzusida yig'ilish o'tkazildi.
