Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)
Kanalga Telegram’da o‘tish
Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати
Ko'proq ko'rsatish882
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kunlar
-530 kunlar
Postlar arxiv
Repost from Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
“Hozirgi kunda chet tili bo‘yicha xorijiy sertifikati bo‘lgan o‘qituvchilar 50 foiz ustama olib ishlamoqda.
Lekin ular o‘z bilimini o‘quvchilarga yetarli darajada yetkazib bera olyaptimi?
Afsuski, aksariyat o‘quvchilar bugun ham chet tilini repetitorga qatnab o‘rganmoqda.
Albatta, berilayotgan ustamadan chin dildan ruhlanib, xorijiy tillarni jonli metodikalar bo‘yicha o‘rgatayotgan o‘qituvchilar ham bor.
Misol uchun, Kitob tumanidagi 96-maktab o‘qituvchisi Iroda Turdiyeva ingliz tilidan “С1” darajasini qo‘lga kiritgan. Uning sinfidagi 30 foiz o‘quvchi xalqaro sertifikat olishga erishgan.
O‘z ishining ustasi bo‘lgan bunday o‘qituvchilar, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yurtimizda 6 ming nafarni tashkil etar ekan.
Men yaqin kelajakda ularning soni 100 ming nafarga yetadi, deb ishonaman. Buning uchun ularga to‘lanadigan ustamani yanada oshirishga tayyorman.
Chunki bizga ana shunday izlanuvchan va fidoyi o‘qituvchilar zarur. Biz ularga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz, jamiyatimizda barchaga o‘rnak va namuna sifatida ulug‘lashimiz kerak” — deb ta'kidladi Davlatimiz rahbari.
✔️🟨🟨🟨🟨🟨
Davlatimiz rahbari tomonidan "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan bir guruh ta'lim fidoyilari mukofotlandi. Ular orasida kitoblik tumandoshimiz ham bor
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram arafasida Muhtaram Prezidentimiz bir guruh ta'lim fidoyilarini mukofotlash to‘g‘risida Farmonlari imzolandi.
✅Quvonarli jihati, taqdirlanganlar orasida Kitob tumanidagi 96-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Turdiyeva Iroda G‘ayratovna ham bor. Farmonga ko‘ra, tumandoshimiz «Do‘stlik» ordeniga loyiq ko‘rildi. 👏👏👏
🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube
Қашқадарёлик устоз ва мураббийлар мукофотланди.
Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган бир гуруҳ қашқадарёлик устоз ва мураббийлар Ўзбекистон Республикаси Президенти
Ш.Мирзиёев томонидан мукофотланди.
«Ўзбекистон Республикасида хизмат кўрсатган ёшлар мураббийси» фахрий унвони билан Ачилова Манзура Шералиевна - Қарши муҳандислик-иқтисодиёт институтининг академик лицейи математика фани ўқитувчиси, Қашқадарё вилояти. «Дўстлик» ордени билан Турдиева Ирода Ғайратовна - Китоб туманидаги 96-умумий ўрта таълим мактабининг инглиз тили фани ўқитувчиси, Қашқадарё вилояти. II даражали «Соғлом авлод учун» ордени билан Боқиев Акрам Васиевич - Яккабоғ туманидаги 75-умумий ўрта таълим мактабининг жисмоний тарбия фани ўқитувчиси, Қашқадарё вилояти. «Шуҳрат» медали билан Тухтамуродов Элбек Дилмуродович - Қарши шаҳридаги 1-ихтисослаштирилган мактаб-интернатининг математика фани ўқитувчиси, Қашқадарё вилояти. Халиқов Азамат Қахрамонович - Қарши шаҳридаги 18-кўзи ожиз болалар учун ихтисослаштирилган мактаб-интернатининг давлат ва ҳуқуқ асослари фани ўқитувчиси, Қашқадарё вилояти. Худойбердиева Ойтула Муртазакуловна - Миришкор туманидаги 13-умумий ўрта таълим мактабининг география фани ўқитувчиси, Қашқадарё вилояти.Қуйидаги линкни босинг ва Қашқадарёликларга қўшилинг👇 https://telegram.me/joinchat/AAAAAEag43PSTC9kTJgRaQ
🎗️Kitob tumanidagi 96-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo'lib o'tdi.
🔔Bugun yurtimizning barcha umumta’lim maskanlarida 2024-2025 o‘quv yilining birinchi dars soatlari boshlandi.
“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”
shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri Kitob tumanidagi 96-umumiy o'rta ta'lim maktabida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
🎗️Maktab ma'muriyati, ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan maktab ostonasiga qadam qo'ygan har bir o'quvchini "Bilimlar kuni" bilan samimiy tabriklab, o'qishlariga ulkan zafarlar tilandi.
🔔 O'tgan o'quv yili davomida yuqori natijalarga erishib, "Xorijiy tillarni o'qish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bir guruh o'quvchilar hamda ularga ta'lim bergan ustoz va murabbiylar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
🎊Tadbir so'ngida birinchi qo‘ngiroq chalinib, bolajonlar "Mustaqillik darslari"ga yo`l olishdi.
#iqtibos
Maqsadga yaqinlashganing sari mashaqqat ortib boradi. Lekin har bir kishi yulduzlarga o‘xshab sokinlik bilan, shoshmasdan, biroq belgilangan maqsad tomon uzluksiz intilgan holda o‘z yo‘lini bosib o‘tishi lozim.✍️ Volfgang Gyote Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Repost from Kitob tumani hokimligi| RASMIY
+7
Kitob tumanida "III Ustozlar Milliy Forumi" bo`lib o`tdi
Kitob tumanida bugun “Yangi O`zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostidagi III Ustozlar Milliy Forumining tuman bosqichi yakunlandi. Forumda tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi mas`ullar, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi tasarrufidagi muassasalar direktorlari, xalq ta’limi a’lochilari, ilg‘or va tajribali pedagoglar, faxriy ustozlar qatnashdi.
Ta’kidlash joizki, har yili an’anaviy tarzda nishonlanadigan avgust kengashlari endi Ustozlar Milliy Forumiga aylangan. Unda so`z olganlar barcha pedagoglarni davlatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklashdi va ularning keyingi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.
Forum doirasida yangi o‘quv yilida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ta’lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqish, sohada ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish, Prezident maktablarining ilg‘or tajribasini keng joriy etish, xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan o‘quv reja, dastur va o‘quv-metodik majmualarni samarali joriy qilish bo‘yicha yangi rejalar belgilab olindi. Yakunda bir guruh ilg‘or pedagoglar taqdirlandi.
🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube
Repost from Kitob tumani hokimligi| RASMIY
+7
Kitob tumanida "III Ustozlar Milliy Forumi" bo`lib o`tdi
Kitob tumanida bugun “Yangi O`zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostidagi III Ustozlar Milliy Forumining tuman bosqichi yakunlandi. Forumda tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi mas`ullar, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi tasarrufidagi muassasalar direktorlari, xalq ta’limi a’lochilari, ilg‘or va tajribali pedagoglar, faxriy ustozlar qatnashdi.
Ta’kidlash joizki, har yili an’anaviy tarzda nishonlanadigan avgust kengashlari endi Ustozlar Milliy Forumiga aylangan. Unda so`z olganlar barcha pedagoglarni davlatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklashdi va ularning keyingi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.
Forum doirasida yangi o‘quv yilida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ta’lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqish, sohada ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish, Prezident maktablarining ilg‘or tajribasini keng joriy etish, xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan o‘quv reja, dastur va o‘quv-metodik majmualarni samarali joriy qilish bo‘yicha yangi rejalar belgilab olindi. Yakunda bir guruh ilg‘or pedagoglar taqdirlandi.
🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube
#Xorijiy_tillar
✅ "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Respublika bosqichi jarayonlaridan videolavha.
5 kun davom etgan tadbirda yurtimizning barcha hududlaridan jami 70 nafar o‘quvchilar o‘zaro kuch sinashishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
