Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)
Відкрити в Telegram
Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати
Показати більше897
Підписники
-124 години
-77 днів
-1230 день
Архів дописів
🎗️Kitob tumanidagi 96-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo'lib o'tdi.
🔔Bugun yurtimizning barcha umumta’lim maskanlarida 2024-2025 o‘quv yilining birinchi dars soatlari boshlandi.
“Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!”
shiori ostidagi “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri Kitob tumanidagi 96-umumiy o'rta ta'lim maktabida ham ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.
🎗️Maktab ma'muriyati, ota-onalar va keng jamoatchilik tomonidan maktab ostonasiga qadam qo'ygan har bir o'quvchini "Bilimlar kuni" bilan samimiy tabriklab, o'qishlariga ulkan zafarlar tilandi.
🔔 O'tgan o'quv yili davomida yuqori natijalarga erishib, "Xorijiy tillarni o'qish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bir guruh o'quvchilar hamda ularga ta'lim bergan ustoz va murabbiylar qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.
🎊Tadbir so'ngida birinchi qo‘ngiroq chalinib, bolajonlar "Mustaqillik darslari"ga yo`l olishdi.
#iqtibos
Maqsadga yaqinlashganing sari mashaqqat ortib boradi. Lekin har bir kishi yulduzlarga o‘xshab sokinlik bilan, shoshmasdan, biroq belgilangan maqsad tomon uzluksiz intilgan holda o‘z yo‘lini bosib o‘tishi lozim.✍️ Volfgang Gyote Rasmiy sahifalarimiz👇 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Repost from Kitob tumani hokimligi| RASMIY
+7
Kitob tumanida "III Ustozlar Milliy Forumi" bo`lib o`tdi
Kitob tumanida bugun “Yangi O`zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” shiori ostidagi III Ustozlar Milliy Forumining tuman bosqichi yakunlandi. Forumda tuman hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi mas`ullar, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo`limi tasarrufidagi muassasalar direktorlari, xalq ta’limi a’lochilari, ilg‘or va tajribali pedagoglar, faxriy ustozlar qatnashdi.
Ta’kidlash joizki, har yili an’anaviy tarzda nishonlanadigan avgust kengashlari endi Ustozlar Milliy Forumiga aylangan. Unda so`z olganlar barcha pedagoglarni davlatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklashdi va ularning keyingi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilashdi.
Forum doirasida yangi o‘quv yilida maktabgacha va maktab ta’limi tizimida ta’lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqish, sohada ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olish, Prezident maktablarining ilg‘or tajribasini keng joriy etish, xalqaro talablar asosida ishlab chiqilgan o‘quv reja, dastur va o‘quv-metodik majmualarni samarali joriy qilish bo‘yicha yangi rejalar belgilab olindi. Yakunda bir guruh ilg‘or pedagoglar taqdirlandi.
🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h
💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube

#Xorijiy_tillar
✅ "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Respublika bosqichi jarayonlaridan videolavha.
5 kun davom etgan tadbirda yurtimizning barcha hududlaridan jami 70 nafar o‘quvchilar o‘zaro kuch sinashishdi.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
+9
#Xorijiy_tillar
#Zakovat
✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun ushbu tanlov ishtirokchilari o‘rtasida “Zakovat” o‘yini bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in kechgan bahslar natijasida:
🥇Jizzax viloyatining “Dream team” jamoasi 1-o‘rinni,
🥈Qashqadaryo viloyatining “Optimus” jamoasi 2-o’rinni,
🥉Samarqand viloyatining “SamHub” jamoasi 3-o’rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, ertaga — 23-avgust kuni tanlovning tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
+6
#Xorijiy_tillar
#Test_sinovlari
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab" tanlovining Respublika bosqichi doirasida test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
📍 Ushbu bosqichda ishtirokchi o‘quvchilar milliy “Multilevel” testi vositasida tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.
_______
❕Eslatib oʻtamiz, ayni paytda 14 ta maktab jamoasi final bosqichida o‘zaro kuch sinashmoqda.
Bu yil ilk bora nemis tili yo‘nalishida ham o‘quvchilar Respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
⚡️ Grantga aza, kontraktga mazzami?
Kontraktda oʻqiyotgan talaba keyingi yil grantda oʻqishi mumkinligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Unga koʻra, endilikda davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.
✅ Yaʼni grantga kirgan talaba yaxshi oʻzlashtira olmasa, keyingi yil kontraktga tushishi yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi oʻqisa, keyingi yili grantga oʻtishi mumkin.
✅ @talimuz
#Tabriknoma
#Ustozga_ehtirom
Bugun Kitob tumani 96-maktab (1-DIMI) 11-"D" sinf o‘quvchilarining ham quvonchlari cheksiz, 100 foiz talabalikka erishganlari uchun.
⚡️⚡️⚡️ O‘quvchilarimizning talabalik baxtiga erishishlari uchun beminnat ta'lim bergan oliy toifali fizika fani o'qituvlari Norqulov Oybek, Homidova Gulhayo , matematika fani o'qituvchlari Bobonazarov Asqar, Omonova Mohigullarga barcha o‘quvchilar, ota-onalar, qolaversa, maktab ma'muriyati nomidan chuqur minnardorchilik bildiramiz.
#Tabriknoma
#Ustozga_ehtirom
Bugun Kitob tumani 96-maktab (1-DIMI) 11-"A" sinf o‘quvchilarining ham quvonchlari cheksiz...⚡⚡⚡ O‘quvchilarimizning talabalik baxtiga erishishlari uchun beminnat ta'lim bergan, "O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi" faxriy unvoni , "Xalq ta'limi a'lochisi"ko‘krak nishoni, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi Baxtiyor Abdiyev Bobonazarovichga, sinf rahbari Meylikov Xurshidga, matematika fani o'qituvchisi Orzimurod Abdiyevlarga barcha o‘quvchilar, ota-onalar, qolaversa, maktab ma'muriyati nomidan minnatdorchilik bildiramiz... ✨✨✨ 🧑🎓🧑🎓🧑🎓(*Ma'lumot o'rnida 11-A sinf o'quvchilarining 24 nafari Oliy ta'lim muassasasida talabalik baxtiga muyassar bo'lishdi.) Ustoz, biz siz bilan faxrlanamiz !!!