cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sirdaryo Kadastr

@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling. ✅ Bizda barchasi asosli ! ✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
705
Obunachilar
+324 soatlar
-37 kunlar
+2930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

⚡️Dolzarb masalalar yuzasidan tahliliy yig'ilish
Bugun Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari A.Abdullayev va Kadastr agentligining mas'ul xodimi Sh.Olimov boshchiligida kengaytirilgan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda bugungi kunda viloyatda yer va kadastr nazorati borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tizimli yo'lga qo'yish, yer maydonlarini talon-taroj bo‘lishini oldini olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish holatlarini barvaqt aniqlash va belgilangan tartibda choralar ko'rish yuzasidan tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi. Shuningdek Korrupsiyaga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish soha xodimlarini korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lishga, unga yo‘l qo‘ymaslikga chaqirishdan iborat ekkanligiga alohida e'tibor qaratdi hamda ro‘y bergan holatlardan hayotiy misol keltirib, bu illatga qarshi kurashish emas uni oldini olish kerakligi ta'kidlandi. Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr Instagram | Facebook | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣 🖍 DIQQAT E’LON! 🖍 🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! 🟢 Oldin xabar berganimizdek Toshkent shahrida joylashgan serverlarda rejadan tashqari texnik ishlar olib borilayotganligi sababli faqatgina Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha 🌟Kadastr agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilayotgan edi.Hozirda barcha kamchiliklar bartaraf etilgan bo'lib 🌟 Kadastr xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin. 🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! #kadastr #e_lon #texnik_ishlar 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Hammasini ko'rsatish...
#Yer_nazorati ⚡️NAVBATDAGI HOLAT MIRZAOBOD TUMANIDA Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Mirzaobod tuman bo'limi tomonidan, tumanning "Do’ngariq" MFY hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. 📑 Nazorat tadbiri davomida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz aholi punkt yerlariga tutash bo’lgan 50 kv.m yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan devor qurib olish holatlari aniqlandi. 📝Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishligi to'g'risida rasman ogohlantirildi. ✅Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda fuqaro tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi ta'minlandi. Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr Instagram | Facebook | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-iyundan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi: ⚜️ Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lganlarga 120 million so'mgacha ipoteka krediti beriladi. 👉 Batafsil ⚜️ Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi ma'lumotlar har oyda yuboriladi. 👉 Batafsil ⚜️ Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga yo'l chiptasi uchun kompensatsiya beriladi. 👉 Batafsil ⚜️ Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi. 👉 Batafsil ⚜️ Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar va ularning oila a'zolari bepul tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. 👉 Batafsil ⚜️ Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish takomillashtiriladi. 👉 Batafsil ⚜️ Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari belgilandi. 👉 Batafsil #DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Savol_javob ❓ SAVOL: Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi? ✅ JAVOB: ‼️Yo'q, taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak . ▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi. ▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalar va sug‘orish inshootlarini qurish mustasno. ▪️ Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart. Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣 🖍 DIQQAT E’LON! 🖍 🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Rejadan tashqari texnik ishlar tufayli Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda. ❗️ Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz. 🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! #kadastr #e_lon #texnik_ishlar 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Mahalla faollari bilan targ'ibot ishlari Sardoba tumanining «Fayzliobod» MFY idorasida, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi tomonidan «Korrupsiyasiz kelajak sari» mavzusida mahalla faollari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda asosiy e’tibor xalq orasida muhokamalarga sabab bo‘layotgan va “yangi aksiya” deb atalayotgan qonun loyihasining mazmun mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilinishini oldini olish, aholi noroziligiga sabab bo‘layotgan holatlarni atroflicha muhokama qilish, noqonuniy qurilishlarning oldini olish borasida mahallalar bilan hamkorlikda olib borilayotgan targ‘ibot ishlari, sohada yuzaga kelishi mumkin bo’lgan korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan choralar muhokama qilindi.
Tadbir yakunida kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan “Mahalla–Kadastr” hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi. Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr
Hammasini ko'rsatish...
01:38
Video unavailableShow in Telegram
#bilasizmi Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi? ✅Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach uni 1 oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak. ‼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi. Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr Instagram | Facebook | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
#seminar Davlat kadastrlari palatasining Bino inshootlar boshqarmasi mas'ullari tomonidan Sirdaryoda o‘quv seminari o‘tkazildi Unda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarorining mazmun mohiyati, tizimda yangi ishga tushirilgan xizmatlar (bo‘lish, birlashtirish, ko‘chmas mulk tarixi, ko‘chmas mulk maʼlumotlarni tahrirlash) to‘g‘risida batafsil tushuncha va ma'lumotlar berildi. Shuningdek, “Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘ma jildini(pasportini) tayyorlashga doir uslubiy qo‘llanma”ning ijrosi, “UZKAD” dasturida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil etilib bu yo‘nalishlarda ham bajarilishi lozim bo‘lgan zaruriy masalalar muhokama qilindi. Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr Instagram | Facebook | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilib_qoʼygan_yaxshi ⚡️Uy-joyning kadastr pasportini yo‘qotib qo‘yganda nima qilish kerak?❓
🔖 Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda yoki my.gov.uz orqali murojaat etiladi. 📁 Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi. 📌Bunda kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lov undirilmaydi. ❗️Eslatma: Arizani rasmiylashtirish uchun ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.
Asos: 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori Кanalga ulanish: https://t.me/sirdaryo_kadastr Instagram | Facebook | YouTube
Hammasini ko'rsatish...