cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI

Murojaatlar uchun: Telegramm-bot @Dkpuz_bot Yagona aloqa markazi +99871 207 00 03 Telegram: t.me/DavKadastrPalata Instagram: instagram.com/davkadastrpalata/ YouTube: youtube.com/@davkadastrpalata Facebook: facebook.com/DavKadastrPalata

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
12 057
Obunachilar
-33024 soatlar
-1 6707 kunlar
-2 75230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Hududiy yangiliklar ⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan hududiy boshqarmalarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori Nizomi talablari asosida ish yuritish, Yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari hamda "Uzkad" axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan Yer hisobini yuritishga mas’ul mutaxassislarga tavsiya va ko’nikmalar berish maqsadida amaliy seminar-yig‘ilishlari o’tkazilmoqda. ◼️Seminarlar Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasi hududiy boshqarmalarda yoritildi. #DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Hammasini ko'rsatish...
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar eʼtirof etilmoqda  🌏 Ayni damda, Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi. ◼️Taʼkidlanganidek, ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. ◼️Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda. ◼️O‘z navbatida, senatorlar Qonunning mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib, huquqlarni eʼtirof etish borasida tegishli asoslar belgilanayotganligini aytib o‘tdi. ◼️Jumladan, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylar egallagan yer uchastkasiga, kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish asoslari belgilanmoqda. ◼️Bundan tashqari, Qonunga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlar va hujjatlar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bosqichlarda kiritilishi nazarda tutilmoqda. ◼️Muhokama davomida senatorlar tomonidan Qonunning qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilishiga va bu orqali aholining ijtimoiy, iqtisodiy hamda ushbu bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon berishi taʼkidlandi. ✅Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi. #DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Hududiy mutaxassislar uchun o'quv seminari 🌟 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati mutaxassislari tomonidan "Yer uchastkasi va mulkka bo‘lgan huquqlarni belgilash" tartiblari bo'yicha o‘quv seminari o‘tkazildi. 🫥 Zoom platformasi orqali respublikamizning barcha viloyatlaridan qatnashgan kadastr mutaxassislari mazkur yo‘nalishdagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, onlayn yig‘ilish davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. ◼️ Qayd etish kerakki, bu kabi huquqiy bilim soatlari tizimda muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda. #DavKadastrPalata #o_quv_seminari Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 DIQQAT E’LON! ▶️ Hurmatli Navoiy viloyati, Xatirchi tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari! 🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati hamda viloyatning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi. 🗓 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 25-iyun, soat 15:00 da 📍 Manzil: Navoiy viloyati, Xatirchi tumani, Paraxun MFY, Mustaqillik ko'chasi, 34-uy. Xatirchi tumani hokimligi binosi. 📃 Qabulga yozilish uchun +998 79 224 27 38 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. #DavKadastrPalata #sayyor_qabullar Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Hammasini ko'rsatish...
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида муҳандислик соҳаларида кадрлар тайёрлаш ва олий таълим муассасалари фаолиятини янада такомиллаштириш масалалари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди. — Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам подготовки инженерных кадров и совершенствования деятельности высших учебных заведений. #Mirziyoyev #videoselektor #oliytalim #muhandislik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимизнинг Олмазор туманидаги “Inno” инновацион ўқув-ишлаб чиқариш технопаркига ташриф буюриб муҳандислик таълими бўйича таклифлар ҳамда илғор ишланмалар билан танишди. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил инновационный учебно-производственный технопарк "Inno" в Алмазарском районе столицы, где ознакомился с предложениями по развитию инженерного образования и передовыми разработками. #Mirziyoyev #tanishuv #muhandislik #texnopark Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Kadastr xalq xizmatida 🇺🇿 Yurtimizdagi har bir islohotlar fuqarolarimiz hayotida uchrayotgan muammo va dolzarb masalalarni hal qilishga, ularning turmush sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan. Shular qatorida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida ham fuqaro va tadbirkorlarning muammolarini joyiga borgan holda o'rganib, hal etish borasida muntazam ishlar amalga oshirib kelinmoqda. ◼️O'tgan bir hafta davomida "Kadastr xalq xizmatida" nomidagi ushbu tashabbus quyidagi hududiy boshqarmalarda yoritildi: ▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2 ▫️Surxondaryo viloyati ▫️Jizzax viloyati ▫️Toshkent shahar #DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi 🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-933-son, 19.06.2024-y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimchalar kiritildi Unga koʻra: ◼️ Davlat mulkini belgilangan tartibda ijara shartnomasini tuzmasdan ijaraga berish, ijaraga olingan davlat mulkini qabul qilib olishda, ijara munosabatlarining obyekti hududiga kirishda va undan foydalanishda ijaraga oluvchiga asossiz ravishda toʻsqinlik qilish yoki ijaraga berilayotgan davlat mulkining parametrlari va sonini ijara shartnomasida notoʻgʻri koʻrsatgan holda davlat mulkini ijaraga berish: - mansabdor shaxslarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 700 ming soʻmdan 3 mln 400 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi; ◼️Huddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa: - mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 400 ming soʻmdan 5 mln 100 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi belgilandi. 📌 Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. #DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Hammasini ko'rsatish...
02:27
Video unavailableShow in Telegram
Joy nomlari tarixiga nazar ⏳Respublikamizning hududlaridagi Joy nomlari, tarixi, geografik joylashuvi sizga qiziq bo‘lsa, Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi bilan hamkorlikda mazkur videoinformatsiyani e’tiboringizga havola etadi. Farg'ona – bu nom qanday kelib chiqqan? Tarix bu nom haqida nima deydi? Farg'ona so‘zining ma’nosi nima? Batafsil videoda #DavKadastrPalata #toponimika #joy_nomlari Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Hammasini ko'rsatish...
Joy nomlari Farg'ona new.mp422.88 MB
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Huquqiy ma'lumot 🌐 Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan hududlarning koordinatalarini taqdim etish va ularni yangilash tartibi 🌐 Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli tashkilotlar “YERELEKTRON” AAT orqali: ◾️ tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan muhofaza zonalari hududlarning geografik joylashuvini; ◾️ ushbu hududda olib borilishi mumkin bo‘lmagan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyat turini hamda qurilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxatini keltirgan holda hududlarning geografik joylashuvini Kadastr agentligiga taqdim etib borishlari shart. 😶‍🌫️Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlarning geografik joylashuvi “YERELEKTRON” AAT orqali Kadastr agentligi tomonidan belgilanadigan shaklda taqdim etiladi. 🤫 Hududlarning geografik joylashuvi davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar tomonidan real vaqt rejimida WGS-84 koordinatalar tizimida yangilanadi. Ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘liqligi yuzasidan davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha vakolatli organlar rahbarlari javobgardir. #DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.