Kompyuter lingvistikasi, dasturlash va tilshunoslik
Kanalga Telegram’da o‘tish
17.08.2020 Umumiy tilshunoslik va kompyuter lingvistikasiga doir materiallar, shaxsiy kuzatuv xulosalari berib boriladi. https://github.com/mokhiya Fikrlar: https://t.me/mokhiya_thoughts
Ko'proq ko'rsatish658
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kunlar
+530 kunlar
Postlar arxiv
Repost from N/a
I'm looking for a confident Startup Pitch Presenter to represent an EdTech startup.
The ideal candidate is an outstanding public speaker with experience creating pitch decks and presenting to investors, judges, and audiences. Experience with the President Tech Award is a strong plus.
Know someone who's a great fit?
@abdusamadpm
Oyijon, mashhur bo’lib ketdim 🤩
Biz haqimizda spot.uzda yozishibdi, omg!
https://www.spot.uz/ru/2026/07/16/u-bss/
O’tkazmoqmi o’tqazmoq?
#general_linguistics
Tilmizda talaffuzi o’xshash, lekin ma’nosi farqlanuvchi so’zlar — paronimlar juda ko’p. Ko’pchilik adashadigan paronim juftliklardan bittasi bu “o’tkazmoq-o’tqazmoq” juftligi. Keling, oson usulda farqlashni o’rganamiz.
➡️O’tkazmoq — biror buyumni (yoki shaxsni) A nuqtadan B nuqataga ko’chirish.
➡️O’tqazmoq — biror buyumni A nuqatan B nuqtaga o’rnatish.
Boshqacha qilib qaytganda, o’tkazmoq — gorizontal harakatga, o’tqazmoq — vertikal harakatga tegishli.
Misollar:
⌨ tuvakka gul o’tqazdim
(Gul tuvak ichiga bo’ylamasiga o’tqaziladi);
⌨ qoplarni narigi xonaga o’tkazib qo’ydim
(Qoplar yangi manzilga gorizontal harakatda ko’chadi)
O’rqazmoq asosan ekin-tekin, gul-daraxtga oid fe’l.
Endi aniq adashmaysiz, chunki sirli masalliqni bilasiz)
@komp_ling_uz
Mabodo Messichi bo’lsangiz, mana bu yerda gaplashishga joy bor. uzr, Rinaldochilarga mumkinmas)
https://t.me/mokhiya_thoughts/678
Har bir necha haftada quyidagiga o‘xshash postlarga ko‘zim tushadi:
DSA endi o‘ldi.
Web dasturlash vaqtni bekorga sarflash.
Spring Boot o‘ldi.
AI/ML o‘ldi.
Bunday postlardan yuzlab uchratasiz.
Ammo ularga ishonishni boshlasangiz, aslida o‘ladigani — sizning kasbingiz bo‘ladi.
Hech narsa o‘lmagan.
O‘rganishda davom eting. Loyihalar yarating. O‘sishda davom eting.
LinkedIndan
@komp_ling_uz
And then they change the alphabet just when we finally become experts in the latest spelling rules)
No wonder Gen Z is depressed.
Alifbomiz rasman o’zgaryapti.
#alifbo
O’, sh, ch, g’ harflari rasmdagi muqobillariga almashyapti.
Hozir deputatlar palatasida tasdiqlanib, senatorlarga taqdim etilibdi.
To’g’risi, o’ va g’ dagi o’zgarishlarni tushungan va qo’llagan holda, sh va chni yoqtirmayapman. Vizual shovqini ko’p.
Dasturiy ta’minot tarafidan muammo edi bu demanglar, yuz baravar qiyin xitoy iyerogriflariga baloday ishlayapti. Yo’lini qilsa bo’ladi.
So’rang, javob beraman.
t.me/anonaskbot?start=7v5usj5lmwyt2jwu
“Qwen3”ni tahlil qiladigan seminar tashkil etilayotgan ekan.
Bu model bilan tanishman: uni RAG loyiha qilganda ishlatib kuchini ko’rdim. Yaxshi model, o’zbek tilida ravon jumla tuzishda ancha oldinda. Ochiq kodli. Bepul. Eng katta aybi — qattiq ustida ishlanmasa o’z holicha ko’p “valdirab” yuboradi.
Xullas, vebinarda mana shu model qo’lda tahlil qilinar ekan. Zoomda bo’ladi.
Batafsil ma’lumot va ulanish havolasi: https://t.me/sardor_dardi/112
Repost from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz
+2
Ehtiyot bo'lamiz!
Firibgarlikni yangi usuli: Ovoz bering degan xabar keladi, kirsangiz oddiy kanal, shubha tortadigan narsa yo'qdek go'yo. Keyin shu linkka o'tib ovoz bering deydi.
Keyin telegram orqali login qiling deb xuddi telegramni UI ko'rinishida QR kodli sahifa ochiladi. Shu QR kodni skanerlasangiz pishdingiz!
Telegramga login qilyapman deb o'ylaysiz aslida bu firibgarlikning PHISHING usuli deyiladi.
Eng eski usulni qo'llashyapti, ko'pchilik unutib yuborgan deb o'ylashibdi shekilli)
Dinozavrlar bu usulni yaxshi tushunishadi.
@sardoroga_blog
Repost from Digital.uz
👨💻 AT sohasida xotin-qizlarning rolini oshirish maqsadida "GAP" ayollar IT-klubining navbatdagi uchrashuvi tashkil etiladi
AT sohasiga qiziqadigan xotin-qizlar uchun tashkil etilayotgan ushbu uchrashuvda AT sohasidagi imkoniyatlar, jumladan, IT Park Uzbekistan huzuridagi Inklyuziv loyihalarni va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan “Sabriya” loyihasi, xalqaro ta’lim grantlari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi hamda “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofotiga ariza topshirish jarayoni va unda muvaffaqiyatli ishtirok etish uchun zarur ko‘nikmalar haqida so‘z boradi.
📌Tadbir davomida ishtirokchilar:
– soha mutaxassislaridan foydali tavsiyalar va ilhomlantiruvchi tajribalarni tinglash;
– “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali grant yutib, xorijda ta’lim olgan tengdoshlarining shaxsiy tajribasi bilan tanishish;
– ta’lim, karyera va shaxsiy rivojlanish yo‘lida yangi imkoniyatlarni kashf etish imkoniga ega bo‘ladilar.
🎁 Shuningdek, tadbir davomida interaktiv sessiya tashkil etilib, faol ishtirok etgan qatnashchilar esdalik sovrinlarini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
🗓Sana: 12-iyun
⏰ Vaqt: 14:30
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/7WeGikFRoPXLV5vQ9
⚡️AT sohasiga qiziqadigan, o‘z bilim va salohiyatini rivojlantirishni istagan barcha xotin-qizlarni tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
Qizlar uchun UzInfocomda stajirovka
Qizlar, biz uchun UzInfocom 3 oylik stajirovka ochibdi.
Ish tajribasi shart emas ekan.
Yo’nalishlar:
— Data Analitika
— IT Law
— QA
— Backend
— Frontend
Talablar va ariza topshirish:
Havola
Professional yo’lning boshida turganlar uchun, ish izlayotganlar uchun yaxshi imkoniyat.
Duginalaringizga ulashing. Qizlar, eplaymiz!
@komp_ling_uz
#scholarship_request
Oxirgi paytlar mana shunaqa iltimos bilan yana ko’pchilik murojaat qilib yoza bpshladi.
Bilmaganlar uchun yana bir eslatma:
Mentor.go loyihasi bilan hamkorlikda “Stipendiantlikka qadam” kursini ochganmiz. Bir necha yildan beri yoshlarga orzularidagi stipendiyani yutishi uchun yordam berib kelyapti.
Istalgan payt aloqaga chiqib, kurs qatnashchisiga aylanishingiz mumkin:
https://t.me/mentorgouz/136
+4
Mhm, 3-o’rinni oldik 🥳
Do’stlar, bayram bilan ovora bo’lib, so’nggi yangilikni sizlar bilan ulashishga ulgurmagandim.
Xullas, 23-24-may kunlari Yangi O’zbekiston universitetida o’tkazilgan #BuildWithAi EdTech Track | Hackathonda bizning jamoa Korporotiv ta’lim yo’nlaishida 3-o’rinni oldi.
2 kunlik uyqusiz mehnat, kuchli startegiya va betakror jamoa bu g’alabaning yarmi edi, xolos. Qolgan yarmi to’plangan tajriba va Taqdiri Azalning nasibasi.
Xullas, ideatondagi jamoamiz a’zolari shaxsiy sabablarga ko’ra xakatonda qatnasholmasligini bildirdi. Keyingi turni juda kutgan kamina ruhan tushmay ehtimoliy jamoadoshlarga yozib chiqdim. Bu jamoamiz esa umuman kutilmaganda musobaqaga yarim yarim kun qolganda tezlik bilan tuzilib, puxta reja ishlab chiqib, qatnashib, kamiga yutib ham keldi. Bu — mening jonajon hamkasblarim edi.
To’liq hikoyani bu yerda o’qish mumkin: havola
Xullas, ko’p tajriba, bir dunyo tanish va xotira to’pladik. Bizga maslahatlari bilan yaqindan yordam bergan barcha ustoz-memtorlarga, tashkilotchilarga, do’stlarimizga va oilamga rahmat.
Kelasi safar bundanam kuchliroq qaytish qilamiz 😁
@komp_ling_uz
Do’stlar, Qurbon Hayiti bayrami hammamizga muborak bo’lsin!
To kelasi hayitgacha sizga sog’liq, oilaviy baxt va xotirjamlik, kanal uchun esa beqiyos rivoj tilayman.
Oila davrasida Hayit bayramini nishonlashga, arafa oshini yeyishga, ertalab oila yigitlaridan hayitlik, ko’ppala shirinlik olishga yetadigani yo’q. Bayram barakali o’tsin!
Ilova: rasm o’zicha kanaliga original rasm qo’yaman deb asabi tugagan dyustingdan…
@komp_ling_uz
+2
Ishxonadagi go’zallik 🥰
#job_life
#bss_love
Hamkasblarim kayfiyatimni ko’taray deyishibdi. Va buni uddalashdi! Xafa bo’lib, kayfiyatsiz kelgan joyimda xonada quyosh chiqib ketdi-ye
Qanday bu jamoani tashlab ketish mumkin, qayerda bor yana shunaqa mehribonlar 🥹
Hissiyotlar o’tdi. Keling endi xolis baho bersak.
To’g’risi, yosh chegarasi qo’yilmagani yaxshi bo’libdi. Bu maktab o’quvchilaridan tortib ehhe Chirchiqdan kelgan ustozlargacha, o’zimizning qorako’zlardan Tojikistondan kelganlargacha musobqada qatnashish imkonini berdi.
60 ta jamoa, har birida 3-5 kishi, sqlkam 500 ta ishtirokchini bir joyga to’planishi bu hazil raqam emas. Hamma faqat tanlov haqida o’yladi, raqibligicha qoldi deb o’ylasangiz adashasiz!
Tashkilotchilar, xususan, Nuruddin aka hammani do’stlashtirishga shuncha ko’p harakat qildirlarki, ommaviy jismoniy mashqlarni bajardik, har 2 daqiqada yangi kishiga o’zimizni tanishtirdik, osh yedik) o’zimni xuddi bolalar lageriga tushgandek his qildim. Ishonmasangiz, videolar isbot )
Yutolmaganimizmi? Hm, harakat qildik. Lekin o’xshamay qolishi ham normal holat. Shuncha tajriba, shuncha orttirgan tanishlarimiz o’zimiz bilan qolishi oldida mag’lubiyat qo’rqinchli emas. Shu vaqt bekorchilik bilan ham o’tib ketardi.
Qo’llab quvvatlaganga ham, tashkil etganlarga ham cheksiz rahmat!
Xakatonda come back qilamiz 😈
@komp_ling_uz
