cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

NamMQI_Rasmiy | YANGILIKLAR

Namangan muhandislik-qurilish instituti rasmiy sahifasi ✅ Rasmiy saytimiz: www.NamMQI.uz

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 382
Obunachilar
-224 soatlar
-167 kunlar
-8730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Institutda Namangan viloyati Yosh turizm elchilari kengashi aʼzolari va volontyorlar uchrashuvi bo'lib o'tdi Joriy yilning 10-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Yosh turizm elchilari kengashi raisi Komiljon Suyarov hamda Namangan viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan Namangan viloyati Yosh turizm elchilari kengashi aʼzolari va volontyorlar uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuv davomida turizmning ushbu tarmogʻini yanada rivojlantirish va bu yondashuv orqali yoshlar turizmini ommalashtirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi. Namangan viloyati Yosh Turizm elchilari kengashiga avgust oyida boʻlib oʻtadigan "Yoshlar Kelajak bunyodkorlari" 3-xalqaro Qurultoyi boʻyicha maʼlumotlar va dasturga oid topshiriqlar berildi. NamMQI media markazi
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #eslatma #akademik_litsey ⚡️DIQQAT, bugun akademik litseylarga hujjat topshirishning so‘nggi kuni ✅ Bugun, 10-iyul kuni AKADEMIK LITSEYLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Umumtaʼlim maktablarining joriy yil 9-sinf bitiruvchilari 23:59 ga qadar my.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. 🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing): 👉 Akademik litseylarning fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni va baholash mezonlari; 👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1 1
Repost from Edu.uz
02:41
Video unavailableShow in Telegram
#el_yurt_umidi “EL-YURT UMIDI” JAMGʻARMASI 2024 YILGI 1-OCHIQ STIPENDIYA TANLOVIDA ISHTIROK ETING! “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi! “El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi 500 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib: - bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, - magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, - doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25 iyundan 25 iyulga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi. Tanlovga oid barcha ma’lumotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi. 🌐 Nomzodlar uchun barcha zarur ma’lumotlar Jamg‘armaning onlayn hujjat topshirish platformasida (http://admission.eyuf.uz) batafsil yoritib berilgan. Murojaat uchun: ☎️ +998 71 203 00 47 +99 871 203 00 48 +99 871 203 00 53 📧[email protected]@EYUF_Admission_2023bot “El-yurt umidi” jamg‘armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo‘lgan Siz yoshlarni ochiq stipendiya tanlovida kutib qoladi! Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
21.95 MB
👍 1
Institutda muhandislik texnika fan tarmog'idagi ixtisosliklar bo‘yicha tadqiqotchilarining faoliyati samaradorligi monitoringi o'tkazildi Avval xabar berganimizdek, institutda tadqiqotchilarning faoliyati samaradorligi monitoringi o‘tkazib kelinmoqda. Monitoringda institut rektori Sharifjon Ergashev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dilshod Abduvaxobov, tegishli kafedra mudirlari va komissiya a'zolari hamda doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdi. Tasdiqlangan reja-jadval asosida har bir doktorantning yakka tartibdagi rejasi doirasida 2024-yilning dastlabki 6 oyi bo‘yicha faoliyati samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishi rejadan ortda qolayotgan doktorantlarning tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida ilmiy rahbarlari va mas’ul kafedra mudirlari ishtirokida maqsadli reja-ko‘rsatkichlar belgilab olindi. NamMQI media markazi
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Institut magistranti yana gʻoliblar safida... Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yosh qalamkashlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Respublika yosh ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Jizzax viloyati hokimligi, Xalq banki va bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida 3-5 iyul kunlari seminarning joriy yilgi mavsumi boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, Namangan muhandislik-qurilish instituti Bino va inshootlar kafedrasi magistranti Ahmadjon Muxtorjonov hududiy va mintaqaviy bosqichlar gʻolibi sifatida seminarda ishtirok etdi. Taniqli yozuvchi va shoirlar, maʼsul vakillar ishtirokida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida gʻolib ishtirokchilar maxsus statuetka, sertifikat, pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Talabamizning keyingi faoliyatiga ham omad va zafarlar tilaymiz!
Hammasini ko'rsatish...
🎉 2💯 2👍 1 1🏆 1
Institutda doktorantlar faoliyati samaradorligi monitoringi o'tkazildi Monitoringda institut rektori Sharifjon Ergashev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dilshod Abduvaxobov, tegishli kafedra mudirlari va komissiya a'zolari hamda doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdi. Muloqot davomida doktorantlarning yakka tartibdagi rejasi 2024-yilning dastlabki 6 oyi bo‘yicha faoliyat samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishi rejadan ortda qolayotgan 3-kurs doktorantlarning tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida ilmiy rahbarlari va mas’ul kafedra mudirlari ishtirokida maqsadli reja-ko‘rsatkichlar belgilab olindi. NamMQI media markazi
Hammasini ko'rsatish...
Institut rektori boshchiligida yoshlar masalalari bo'yicha mas'ullari bilan seminar-yig'ilishi o'tkazildi Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev rahbarligida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor Odiljon Jakbarov, institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, psixologlar, yoshlar ittifoqi kengashi raisi va a’zolari bilan o‘quv yili yakunlari hamda iyul-avgust oylarida talabalar bilan doimiy onlayn muloqot olib borish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan tashkiliy seminar o‘tkazildi. Seminar-yig‘ilishida ta’tildagi xodimlarning maroqli dam olishlari uchun institut tomonidan kerakli yordamlar berilishi, yangi o‘quv yiliga yangi kuch-g‘ayrat bilan qaytishlariga ko‘maklashish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berib o‘tildi. NamMQI media markazi
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.