uz
Feedback
BUXORO IIB | Rasmiy kanal

BUXORO IIB | Rasmiy kanal

Kanalga Telegram’da o‘tish

Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar

Ko'proq ko'rsatish

📈 Telegram kanali BUXORO IIB | Rasmiy kanal analitikasi

BUXORO IIB | Rasmiy kanal (@bviib) O'zbek til segmentidagi kanali faol ishtirokchi. Hozirda hamjamiyat 111 129 obunachidan iborat bo'lib, Yangiliklar & Media toifasida 2 131-o'rinni va O'zbekiston mintaqasida 474-o'rinni egallagan.

📊 Auditoriya ko‘rsatkichlari va dinamika

невідомо sanasidan buyon loyiha tez o‘sib, 111 129 obunachiga ega bo‘ldi.

12 Iyul, 2026 dagi oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra kanal barqaror faollikka ega. Oxirgi 30 kunda obunachilar soni -18 814 ga, so‘nggi 24 soatda esa -742 ga o‘zgardi va umumiy qamrov yuqori darajada qolmoqda.

  • Tasdiqlash holati: Tasdiqlanmagan
  • Jalb etish (ER): Auditoriya o‘rtacha 3.88% darajada jalb etiladi. Nashrdan keyingi dastlabki 24 soatda kontent odatda umumiy obunachilar sonining 3.27% ini tashkil etuvchi reaksiyalarni to‘playdi.
  • Post qamrovi: Har bir post o‘rtacha 4 330 marta ko‘riladi; birinchi sutkada odatda 3 653 ta ko‘rish yig‘iladi.
  • Reaksiyalar va o‘zaro ta’sir: Auditoriya faol: har bir postga o‘rtacha 0 ta reaksiya keladi.

📝 Tavsif va kontent siyosati

Muallif resursni shaxsiy fikrni ifoda etish maydoni sifatida ta’riflaydi:
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar

Yuqori yangilanish chastotasi (oxirgi ma’lumot 13 Iyul, 2026 da olingan) sababli kanal doimo dolzarb va katta qamrovli bo‘lib qoladi. Analitika auditoriya kontent bilan faol hamkorlik qilishini, uni Yangiliklar & Media toifasidagi muhim ta’sir nuqtasiga aylantirishini ko‘rsatadi.

111 129
Obunachilar
-74224 soatlar
-2 5947 kunlar
-18 81430 kunlar
Postlar arxiv
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Qorako'lda 1200 dollar evaziga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo'lgan shaxs qo'lga olindi 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

Buxoroda ommaviy tadbirlar vaqtida xavfsizlikni ta’minlashning yangi bosqichlari belgilab olindi Buxoro viloyati IIB JXX JTSB
+7
Buxoroda ommaviy tadbirlar vaqtida xavfsizlikni ta’minlashning yangi bosqichlari belgilab olindi
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB boshlig'i huzurida ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha komissiya a’zolari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur tadbir Ichki ishlar vazirligining tegishli ko‘rsatmasi hamda Vazirlar Mahkamasining soha faoliyatini tartibga soluvchi qarorlari ijrosini ta’minlash, xususan, ommaviy tadbirlarni nazorat qilish komissiyalari faoliyatini to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi. Yig‘ilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat, Sport, Oliy ta’lim boshqarmalari, Qurilish nazorat inspeksiyasi hamda "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi hududiy bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi. Jarayonni Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari videokonferensaloqa tizimi orqali bevosita kuzatib bordi. Kun tartibida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish masalasiga alohida urg‘u berildi. Xususan, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun mo‘ljallangan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Tadbir yakunida soha vakillari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, hamkorlikdagi navbatdagi vazifalar kelishib olindi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Yoshlikdagi xato, bir umrlik dog': Shantaj ortidagi 15 million so'm ilinjida panjara ortiga tushgan yigit qismati 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

G'ijduvon tumanida ichki ishlar organlari xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi G'ijduvon tumani
+7
G'ijduvon tumanida ichki ishlar organlari xodimlari va ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi
G'ijduvon tumani hokimligida “Komplayens va ma’naviy madaniyat oyligi” munosabati bilan tizim xodimlari, ularning ota-onalari hamda oila a’zolari jam bo‘lgan samimiy va ochiq formatdagi uchrashuv tashkil etildi. Dastavval ishtirokchilar e’tiboriga shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini oshirish, qonun buzilishlarining barvaqt oldini olish va xizmat intizomini mustahkamlash maqsadida ishlangan “Zavol bo‘lgan umrlar” hamda “So‘nggi pushaymon” nomli qisqa metrajli tarbiyaviy filmlar havola qilindi. Tadbir davomida Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati rahbari ma’ruza qildi. O‘z so‘zida u har bir xodim kundalik xizmatida qonuniylik hamda halollik prinsiplariga og‘ishmay amal qilishi shartligini, bu borada oiladagi sog‘lom iqlimning o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidladi. Yig‘ilish davomida ota-onalarning dildagi gaplari, taklif va mulohazalari eshitilib, yuzaga kelgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Uchrashuvning eng hayajonli lahzalarida el-yurt osoyishtaligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilayotgan, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan qator xodimlarning ota-onalariga boshqarma rahbariyatining minnatdorchiligi ifoda etilib, ularga tashakkurnoma, gul va qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda taqdim etildi. Yakunda rag‘batlantirilgan xodimlarning yaqinlari hamda Jondor tumani faxriylari minbar orqali so‘z olib, tizim rahbariyati tomonidan shaxsiy tarkib va ularning oilasiga qaratilayotgan doimiy g‘amxo‘rlik hamda yuksak e’tibor uchun dildan o‘z tashakkurlarini izhor qildilar.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#Xavfsiz_va_soğlom_yurt ©️Istiqlol TV "Xabarlar" informatsion dasturi "Xavfsiz va sog'lom yurt" tadbirlari davom etmoqda. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

Buxoroda 50 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi: asosiy e'tibor masalalarning qonuniy va ijobiy hal etilishiga qaratildi 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

Buxoro viloyati IIBda navbatdagi videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi ▶️ Batafsil ——— Бухоро вилояти ИИБда навбатдаги видеос
+9
Buxoro viloyati IIBda navbatdagi videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi ▶️ Batafsil ——— Бухоро вилояти ИИБда навбатдаги видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди ▶️ Батафсил 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#Xavfsiz_va_soğlom_yurt ©️Istiqlol TV "Xabarlar" informatsion dasturi "Xavfsiz va sog'lom yurt" tadbirlari davom etmoqda. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan “Xavfsiz va sog’lom yurt” tezkor profilaktik tadbirlari doirasida velosiped va skuter haydovchilari ishtirokida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#Xavfsiz_va_soğlom_yurt ©️ "Milliy TV" telekanali "Millar" informatsion dasturi Uyda yetishtirilgan og'u. 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Firibgarlarning xavfli tuzog‘i: Noma’lum havolalarga kirish jabrlanuvchiga 100 million so‘mga tushishiga oz qoldi 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

Shofirkon tumanida ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#Xavfsiz_va_soğlom_yurt 10 ming dollar evaziga barbod bo'lgan taqdir: "Farzandlarimning xatlarini ko'z yoshsiz o'qiyolmayman" 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Shofirkonda bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan qiz Buxoro shahrida topildi Buxoro viloyati IIB JXX JTS
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Shofirkonda bedarak yo‘qolgan voyaga yetmagan qiz Buxoro shahrida topildi
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Patrul-post xizmati bataloni xodimlari tomonidan "Xavfsiz va sogʻlom yurt" profilaktik tadbirlari davomida tezkor qidiruv ishlari o‘z natijasini berdi. Gap shundaki, joriy yilning 11-iyul kuni Shofirkon tumanida yashovchi, voyaga yetmagan M.M. yashash uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligi sababli qidiruvga berilgan edi. 2026-yil 12-iyul kuni xizmatga jalb qilingan Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qidiruvdagi ushbu qiz Buxoro shahar "T.Farogʻiy" koʻchasida joylashgan "Farogʻat" oshxonasi oldida eson-omon topildi. Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlashtirish ishlari amalga oshirilib, voyaga yetmagan shaxs Buxoro shahar prokuraturasiga topshirildi.
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Buxoroda qo'riqlash xizmati xodimi fuqaroning salkam 100 million so'm mablag'ini kiberfiribgarlardan saqlab qoldi 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

Repost from IIV | Rasmiy kanal
Barchasi jamiyat tinchligi va aholi osoyishtaligi uchun: “Xavfsiz va sogʻlom yurt” keng koʻlamli tezkor-profilaktik tadbirlarining dastlabki oʻn kunligi sarhisobi ——— Барчаси жамият тинчлиги ва аҳоли осойишталиги учун: «Хавфсиз ва соғлом юрт» кенг кўламли тезкор-профилактик тадбирларининг дастлабки ўн кунлиги сарҳисоби Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Buxoro shahridagi ulgurji dehqon bozorida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot
+6
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Buxoro shahridagi ulgurji dehqon bozorida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Vobkent tumani IIB xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan savdo obyektlari, aholi gavjum maska
+9
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Vobkent tumani IIB xodimlari tomonidan tuman hududida joylashgan savdo obyektlari, aholi gavjum maskanlar va dehqon bozorlarida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Kechikgan xulosa: Tovlamachilik oqibatida oilasi va farzandlaridan uzoqlashgan ota qismati 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube

#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Romitan hamda Vobkent tumani dehqon bozorlarida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ
+6
#Xavfsiz_va_soğlom_yurt Romitan hamda Vobkent tumani dehqon bozorlarida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi 🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube