BUXORO IIB | Rasmiy kanal
Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar
Показати більше📈 Аналітичний огляд Telegram-каналу BUXORO IIB | Rasmiy kanal
Канал BUXORO IIB | Rasmiy kanal (@bviib) у мовному сегменті Узбецька є активним учасником. На даний момент спільнота об'єднує 111 129 підписників, посідаючи 2 131 місце в категорії Новини і ЗМІ та 474 місце у регіоні Узбекистан.
📊 Показники аудиторії та динаміка
З моменту свого створення невідомо, проект продемонстрував стрімке зростання, зібравши аудиторію у 111 129 підписників.
За останніми даними від 12 липня, 2026, канал демонструє стабільну активність. Хоча за останні 30 днів спостерігається зміна кількості учасників на -18 814, а за останні 24 години на -742, загальне охоплення залишається високим.
- Статус верифікації: Не верифікований
- Рівень залученості (ER): Середній показник залученості аудиторії становить 3.88%. Протягом перших 24 годин після публікації контент зазвичай збирає 3.27% реакцій від загальної кількості підписників.
- Охоплення публікацій: В середньому кожен допис отримує 4 330 переглядів. Протягом першої доби публікація в середньому набирає 3 653 переглядів.
- Реакції та взаємодія: Аудиторія активно підтримує контент: середня кількість реакцій на один пост – 0.
📝 Опис та контентна політика
Автор описує ресурс як майданчик для висловлення суб'єктивної думки:
“Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid xabarlar, viloyat hududida sodir bo‘lgan voqea va hodisalar haqida batafsil maʼlumotlar”
Завдяки високій частоті оновлень (останні дані отримано 13 липня, 2026), канал підтримує актуальність та високий рівень охоплення публікацій. Аналітика показує, що аудиторія активно взаємодіє з контентом, що робить його важливою точкою впливу в категорії Новини і ЗМІ.
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB boshlig'i huzurida ommaviy tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish bo‘yicha komissiya a’zolari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Mazkur tadbir Ichki ishlar vazirligining tegishli ko‘rsatmasi hamda Vazirlar Mahkamasining soha faoliyatini tartibga soluvchi qarorlari ijrosini ta’minlash, xususan, ommaviy tadbirlarni nazorat qilish komissiyalari faoliyatini to‘g‘ri va samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi. Yig‘ilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat, Sport, Oliy ta’lim boshqarmalari, Qurilish nazorat inspeksiyasi hamda "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi hududiy bo‘limi rahbarlari ishtirok etdi. Jarayonni Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari videokonferensaloqa tizimi orqali bevosita kuzatib bordi. Kun tartibida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish masalasiga alohida urg‘u berildi. Xususan, jamoat tartibini saqlash bo‘yicha 2026-yilning ikkinchi yarmi uchun mo‘ljallangan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Tadbir yakunida soha vakillari tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, hamkorlikdagi navbatdagi vazifalar kelishib olindi.🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
G'ijduvon tumani hokimligida “Komplayens va ma’naviy madaniyat oyligi” munosabati bilan tizim xodimlari, ularning ota-onalari hamda oila a’zolari jam bo‘lgan samimiy va ochiq formatdagi uchrashuv tashkil etildi. Dastavval ishtirokchilar e’tiboriga shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini oshirish, qonun buzilishlarining barvaqt oldini olish va xizmat intizomini mustahkamlash maqsadida ishlangan “Zavol bo‘lgan umrlar” hamda “So‘nggi pushaymon” nomli qisqa metrajli tarbiyaviy filmlar havola qilindi. Tadbir davomida Buxoro viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati rahbari ma’ruza qildi. O‘z so‘zida u har bir xodim kundalik xizmatida qonuniylik hamda halollik prinsiplariga og‘ishmay amal qilishi shartligini, bu borada oiladagi sog‘lom iqlimning o‘rni beqiyos ekanligini alohida ta’kidladi. Yig‘ilish davomida ota-onalarning dildagi gaplari, taklif va mulohazalari eshitilib, yuzaga kelgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Uchrashuvning eng hayajonli lahzalarida el-yurt osoyishtaligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilayotgan, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan qator xodimlarning ota-onalariga boshqarma rahbariyatining minnatdorchiligi ifoda etilib, ularga tashakkurnoma, gul va qimmatbaho esdalik sovg‘alari tantanali ravishda taqdim etildi. Yakunda rag‘batlantirilgan xodimlarning yaqinlari hamda Jondor tumani faxriylari minbar orqali so‘z olib, tizim rahbariyati tomonidan shaxsiy tarkib va ularning oilasiga qaratilayotgan doimiy g‘amxo‘rlik hamda yuksak e’tibor uchun dildan o‘z tashakkurlarini izhor qildilar.🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Patrul-post xizmati bataloni xodimlari tomonidan "Xavfsiz va sogʻlom yurt" profilaktik tadbirlari davomida tezkor qidiruv ishlari o‘z natijasini berdi. Gap shundaki, joriy yilning 11-iyul kuni Shofirkon tumanida yashovchi, voyaga yetmagan M.M. yashash uyidan noma'lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligi sababli qidiruvga berilgan edi. 2026-yil 12-iyul kuni xizmatga jalb qilingan Patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qidiruvdagi ushbu qiz Buxoro shahar "T.Farogʻiy" koʻchasida joylashgan "Farogʻat" oshxonasi oldida eson-omon topildi. Holat yuzasidan tegishli tartibda hujjatlashtirish ishlari amalga oshirilib, voyaga yetmagan shaxs Buxoro shahar prokuraturasiga topshirildi.🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring: Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
