cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

SURXONDARYO KADASTR

Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 281
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kunlar
+5530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣 🖍 DIQQAT E’LON! 🖍 🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Rejadan tashqari texnik ishlar tufayli Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda. ❗️ Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz. 🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz! #kadastr #e_lon #texnik_ishlar 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Hammasini ko'rsatish...
⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi ♻️Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari tomonidan Sho‘rchi tuman bo‘limida qo‘shma tadbir o‘tkazildi. 🔴Yig‘ilishda, eng asosiy masala Kadastr agentligi topshirig'i bilan hududlarda Dolzarb 40 kunlik loyihasida doirasida Yer nazorati tadbirlarini amalga oshirish va o'zboshimchalik bilan qurilgan qurilishlarga nisbatan keskin choralar ko'rib fuqarolarga tushintirish ishlari olib borish topshirig‘i berildi. 🔴 Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Kadastr – xalq roziligi yo'lida 🌟 Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman, shahar filiali xodimlari tomonidan fuqaro hamda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borgan holda hal etish va huquqiy tushunchalar berish ishlari davom etmoqda. ▫️Jizzax viloyati ▫️Surxondaryo viloyati ▫️Namangan viloyati 1, 2 ▫️Andijon viloyati #DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Hammasini ko'rsatish...
03:48
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬 🌍 YER NAZORATDA 👨‍💻 Loyihaning yettinchi sonida: 📍Surxondaryo viloyati hamda 📍Buxoro viloyatlarida amalga oshirilgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishing. #Kadastr_agentligi #yer_nazorati #yer_nazoratda_loyihasi #7_son 📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Hammasini ko'rsatish...
02:55
Video unavailableShow in Telegram
YER VA KADASTR NAZORATI BO'YICHA BRIFING Kadastr agentlig Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan yer va kadastr nazorati borasida amalga oshirilgan ishlar bo'yicha ma'lumot. ➡️ Batafsil: Videoda ko'rishingiz mumkin Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling! Telegram Facebook Instagram YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#kadastr_xizmati #bilasizmi ⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari 🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL; 🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m); 🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m); 🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m); 🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari  (850 000 so‘m); Kanalga ulanish: https://t.me/surxonkadastr
Hammasini ko'rsatish...
Yer nazorati tadbirlari Denov tumanida ⚖️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Denov tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning "Qizilgul" MFYda yashovchi fuqaro tomonidan ushbu mahalladan o'tuvchi ichki yo'lning muhofaza hududidan o'zboshimchalik bilan yer maydonini egallab olib, 17.40 kv.metrdan iborat uy-joy va bostirma binolari qurib olganligi holati aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan, Kadastr isnpektorlari tomonidan fuqaroning noqonuniy qurilishlariga nisbatan MJTKning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, ogohlantirish xati berilgan. Shundan so'ng, fuqaro tomonidan qurib olgan noqonuniy qurilmalar joyning o'zida bartaraf etilishiga erishildi. Shu o‘rinda eslatma! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati Telegram Facebook Instagram YouTube
Hammasini ko'rsatish...
#yer_nazorati_Termiz_shahar ⚡️Termiz shahar hududida dron yordamida navbatdagi holat aniqlandi. Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi, Termiz shahar bo'limi inspektorlari tomonidan, shaharning Namuna mahallasi, Xidoyat yo'li ko'chasidan o'tuvchi Aholi ichki yo'lining muhofaza hududidan fuqaro tomonidan 0.005 gektar yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib, 30.0 kv.metrdan iborat Molxona binosi qurib olganligi holati aniqlandi Ushbu holat yuzasidan, Kadastr isnpektorlari tomonidan fuqaroning noqonuniy qurilishlariga nisbatan MJTKning 60-modda, 3-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berilgan. ❗️Unutmang! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi. Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati Telegram Facebook Instagram YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Barcha uchun muhim raqamlar ◼️mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m; ◼️bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m; ◼️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m; ◼️yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m; ◼️bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m; ◼️zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m; ◼️ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m; ◼️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m. 📃 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoni #DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Hammasini ko'rsatish...
#Kadastr #huquqiy_asos YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno. ❌ Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi. ❌ O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring:👇🏼 Telegram Facebook Instagram YouTube
Hammasini ko'rsatish...
SURXONDARYO KADASTR

Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..