cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Uchqo‘rg‘on tuman hokimligi | Rasmiy kanal

Uchqo‘rg‘on tumani hokimligi rasmiy kanali Murojaat uchun: @uchkurganmurojaatbot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
6 309
Obunachilar
-724 soatlar
-1027 kunlar
-17830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
👉 ДИҚҚАТ !!! БУГУН УЧҚЎРҒОН ТУМАНИДАГИ АЙРИМ МАҲАЛЛАЛАРДА ЭЛЕКТР ТАЬМИНОТИДА ВАҚТИНЧА УЗИЛИШ БЎЛАДИ! Бугун 11-июль пайшанба куни “Ҳудудий Электр Тармоқлари” АЖ “Наманган Ҳудудий Филлиали” нинг йиллик электр қурилмалари ва тармоқларида содир бўлиши мумкин бўлган авария холатларини олдини олиш мақсадида, вилоятнинг; Учқўрғон туманида жойлашган 35/6 кВ ли “СОҲИЛ” нимстанциясидан чиқувчи 6 кВ ли “ТУРКИСТОН” ҳаво тармоғида режали мукаммал таьмирлаш ишлари олиб борилади. Бунинг натижасида шу куни соат 10:00 дан соат 17:00 гача Учқўрғон туманининг “МАДАНИЯТ”, “ТУРКИСТОН”, “САНОАТ” ҳамда “ФАРҒОНА” МФЙлари ҳудудида истеьмолчиларга электр энергияси етказиб берилишида вақтинчалик узилишлар содир бўлади. Юқоридагилардан келиб чиқиб, истеьмолчилардан келтириладигон ноқулайликлар учун узр сўраймиз! Тел; +998 69 462 4015 +998 93 055 8830 Учқўрғон туман электр таьминоти.
Hammasini ko'rsatish...
ENG YAXSHI TARBIYACHI – KELAJAKNING ENG YAXSHI BUNYODKORIDIR. Ta’bir joiz bo‘lsa, joriy hafta yurtimizda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2024" kasbiy ko‘rik-tanlovi haftasi sifatida ko‘pchilikning yodida saqlanib qolmoqda. Xususan, mazkur tanlovning Namangan shahrida o‘tkazilayotgan viloyat bosqichiga doir bellashuvlar ham kun sayin yanada aniqlik kasb etmoqda. Bugun tanlovning uchunchi sharti – “Eng yaxshi metodist” nominatsiyasi uchun kasbiy faoliyatga doir seminar o‘tkazish hamda boshqa nominatsiyalar uchun esa, ochiq mashg‘ulotlar asosida tayyorlangan ishlanmalarni ko‘rib chiqish va tegishli tartibda baholash jarayonlari olib borildi.
Hammasini ko'rsatish...
Учқўрғон туман ҳокимлиги мажлислар залида ҳоким ёрдамчиларини 1-ярим йиллик самарадорлик кўрсаткичларини ижобий якунлаш, микролойиҳаларни ишга тушириш, кредит мониторингини якунлаш бўйича тижорат банклари раҳбарлари, бандлик бўлими ҳамда ҳоким ёрдамчиларига муҳокама йиғилиши ўтказилди.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Учқўрғон туманида аҳоли репродуктив саломатлигини мустаҳкамлаш, соғлом турмуш тарзини тарғиб қилиш, соғлом онадан соғлом бола тугилишини таъминлаш бўйича 6 ой давомида туман тиббиёт бирлашмаси ҳамкор ташкилотлар билан амалга оширилган ишлар , йўл қуйилган хато ва камчилик юзасида танқидий таҳлилий йиғилиш ўтказилди. Йиғилишда туман ҳокимининг ўринбосари , Оила ва хотин қизлар бўлими бошлиги Ж Маҳмудова, туман тиббиёт бирлашмаси раҳбари А. Жўраев, туман ИИБ ХООБ раҳбари А. Уринов, 160 нафар патронаж ҳамширалар, 61 нафар маҳалла фаоллари, туман "Оқила Аёллар ҳаракати" аъзолари иштирок этдилар. Кун тартибидаги масала бўйича туман тиббиёт бирлашмаси раҳбарнинг оналик ва болалик масалалари бўйича ўринбосари Б.Қодировнани ҳисоботи эшитилди. Йиғилиш якуни билан билдирилган фикр ва мулоҳазалардан келиб чиққан холда ҳамкорлик тизимини янада яхшилаш, маҳаллаларда тизимли ва "хонадонбай " иш ташкил бўйича аниқ вазифалар белгиланди.
Hammasini ko'rsatish...
👍 5 3
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
🧠 Imtiyozli toifaga kirmaydigan lekin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xizmatlaridan foydalanish istagida bo’lgan fuqarolar uchun endilikda shartnoma asosida pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibi belgilandi. 💵 Ular quyidagi pullik xizmatlardan foydalanishlari mumkin: 🧮Shaxsni oʻzgalar parvarishiga muhtojligini baholash (“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassisi tomonidan Bartel va Lauton shkalalari asosida amalga oshiriladi, shuningdek yashash sharoitlarini to‘siqsiz harakatlanish uchun moslashtirish zarurati o‘rganib chiqib, tegishli tavsiya ishlab chiqiladi); 👨‍🦽Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga uyda ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatish quydagi tadbirlarni o'z ichiga oladi: ⏺️Ovqat tayyorlash; ⏺️Kiyim-kechaklarni yuvish va ularni dazmollash; ⏺️Gigiyena tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish; ⏺️Zarur oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga yetkazib berish; ⏺️Sartaroshlik xizmatidan foydalanishda ko‘maklashish; oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga hamrohlik qilish (tibbiyot va sport muassasalariga, oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari, kiyim sotib olish uchun bozor va do‘konlarga ijtimoiy xodim assistentlari Siz bilan birga borib keladi); ⏺️Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxsga qarab turish (yurishda va harakatlanishda qiyinchiligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatiladigan quydagi xizmatlarni o'z ichiga oladi: ⏺️Ovqatlantirish; ⏺️Kiyimlarni kiyish va almashtirishda ko‘maklashish; ⏺️Yotoq holatini o‘zgartirish; xavfsiz harakatlanishda ko‘maklashish; ⏺️Jismoniy mashqlarni bajarishda ko‘maklashish; ⏺️Zaruratga ko‘ra tez tibbiy xizmatini chaqirib berish). 😊 Pullik xizmatlardan foydalanish uchun o'z tumaningizdagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qiling. ⚠️ Muhim eslatma! Yuqumli hamda ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslarga pullik xizmatlar ko‘rsatilmaydi. Pullik xizmat turlari bilan ushbu havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
🖐Bugun Uchqo'rg'on tumani Yoshlar markazi binosida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida Armrestling (qo'l jangi) sport turining tuman bosqichi bo'lib o'tdi. ✅"Armrestling"ning tuman bosqichi 55 kg, 65 kg hamda 75 kg, 75+kg vazn toifasida bo'lib o'tdi. 🥇Yakuniy natijalarga ko'ra 1-o‘rinni egallagan yoshlar viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritib, tuman bo'limining esdalik sovg'alari va diplomi bilan taqdirlandilar.
Hammasini ko'rsatish...
👏 8👍 3🔥 1
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.