cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

🇺🇿🇺🇿 AZIZ XO'JA NUR she'riyati 🇺🇿🇺🇿

YUR, JANNATGA BORAMIZ, YURAK!

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
206
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-1030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
#olis_yaqin_ovozlar Onamga Sen daladan chiqmading, ona, Kuzak chiqdi, bellaring chiqdi. Dalalardan yuz burgan shahar Gazetida she’rlarim chiqdi. Sen daladan chiqmading, ona, Xonatlasning xillari chiqdi. Kissam quruq, qilib masxara Kalishingning tillari chiqdi. Sen daladan chiqmading, ona, Xuftonlarda etak yamading. Dil bir taraf, dunyo bir taraf, Xudbin chiqdi Nurmuhammading. Sen daladan chiqmading, ona, Omonatim, o‘lmasim mening. O‘sha moviy qirlarga qarab Jonim chiqsa bo‘lmasmi mening?! Sen daladan chiqmading, ona. Nurmuhammad AZIZ
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
Yer tagida ilon qimirlayotir, Qirlarda qo'y, cho'pon qimirlayotir. Bog'-u rog', sholi, bug'doyzorlarda, Qo'riqchi chopon qimirlayotir. Qishloqning qirmizi olmalari ko'p, Beruvchi, oluvchi, (ol, ma...) lari ko'p, Bu nafsning turli xil nag'malari ko'p, Nag'malarda inson qimirlayotir. Odamlari ko'p hovlilarida, Odamsiz huvvullar ovullarida, Dunyoning bosilgan hovurlarida, Bir lahza tirik yashamoq uchun, Qalblarda imon qimirlayotir.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Эндиликда олийгоҳларнинг биринчи ва иккинчи курсларидаги фанлар техникумлар билан уйғунлашади. Техникумнинг биринчи ва иккинчи йилини яхши ўқиган ёшларга халқаро классификаторнинг тегишли даражасига мос келувчи диплом берилади. Уларга олийгоҳни иккинчи ёки учинчи курсидан ўқишни контракт асосида давом эттириш имконияти берилади. Касби бўйича малака даражаси ва икки йиллик стажи бор ёшлар корхона тавсияси билан олийгоҳларга контракт асосида қабул қилинади. Facebook|Instagram|X
Hammasini ko'rsatish...
Yer tagida ilon qimirlayotir, Qirlarda qo'y, cho'pon qimirlayotir. Bog'-u rog', sholi, bug'doyzorlarda, Qo'riqchi chopon qimirlayotir. Qishloqning qirmizi olmalari ko'p, Beruvchi, oluvchi, (ol, ma...) lari ko'p, Bu nafsning turli xil nag'malari ko'p, Nag'malarda inson qimirlayotir. Odamlari ko'p hovlilarida, Odamsiz huvvullar ovullarida, Dunyoning bosilgan hovurlarida, Bir lahza tirik yashamoq uchun, Qalblarda imon qimirlayotir.
Hammasini ko'rsatish...
📚 JANGCHI ✍ Aziz Xo'ja Nur
Hammasini ko'rsatish...
AZIZ XO`JA NUR__JANGCHI.mp32.58 MB
JANGCHI Yovquvlar, yovqurlar, kurashing har on, Kuchlilar hukmron sher to'dasida. Yusufdek begunoh ilohiy isyon, Yashaydi yuragim yerto'lasida. Hurlik istab hurriyat ichimni yeydi, Sabr va shukurdan kuchga to'lar - u. "Ozodlik, ozodlik, ozodlik!" - deydi, Va nihoyat bir kun ozod bo'lar - u. Jangchiman, fath etay zolim zulmini, Dovuddek temirni xamirdek qoray. Karbalo dashtining qasos qumini, Ilonning iniga uchirib boray... Shamolman, ezgulik tomon esguvchi, Quldirman, imonga, qudratga, to'lib... Mazlumni xo'rlagan qo'lni kesguvchi, Yashayman "Adolat qilichi" bo'lib. Chopaman, "ochko'z nafs"- xoindir, xatar, Iblisning fitnasi - holi bo'lsin tang. Toki davom etar qiyomat qadar, Inson va shaytonning o'rtasida jang. Zafar yor bo'lg'usi Haqdan har nafas, Mag'lub bo'lsam ortar yurakning ranji. Ayovsiz kurashda jonini emas, Jonlarni asraydi haqiqiy jangchi. Ne - ne zolimlarga kelgan jazodek, G'animning ko'ksiga borib sanchilar. "Dajjolni" yenguvchi masih Isodek, Xaloskor bo'ladi asl jangchilar ! Jangchiman !!! AZIZ XO'JA NUR Sirdaryo Sayhun "Yur, Jannatga boramiz, Yurak" kitob to'plamidan
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
📜 Сирдарёлик ёш ижодкор ИИВ танловида ғолиблар қаторидан ўрин эгаллади Ички ишлар вазирлиги томонидан 2024 йил июнь ойи мобайнида Тошкент шаҳрида "Дилларда ватан мадҳи" номли шеърият ва қўшиқчилик танлови бўлиб ўтди. Сирдарёлик ёш ижодкор Азиз Хўжа Нур мазкур танловда муносиб иштирок этиб, иккинчи ўринни эгаллади ҳамда 10 миллион сўмлик пул мукофоти билан тақдирланди. Табриклаймиз! ☺️👍👇 Канал👉 @SirdaryoSadosi ↗️
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 3🥰 1
Repost from Islom ALI ijodi
Photo unavailableShow in Telegram
Iste’dodli qizlar uchun ta’lim granti She’r yoki hikoya yozadigan talaba qizlarning ijodiy ishlarini ko’rib, ularning moddiy imkoniyatlarini hisobga olgan holda, boshlanishiga 2 ta qizni tanlab olib, ularning 1 yillik shartnoma to’lovini to’lab bermoqchiman. 1-iyuldan 1-ivgustgacha @Mehrnozbot manziliga arizangizni yuborishingiz mumkin. Tanlab olingan 2 ta talaba qizdan tashqari boshqa iqtidorli opa-singillarimiz bilan ijodiy hamkorlik qilish, shu sohada rivojlanishlari uchun ko’mak berishni ham xolis niyat qilyapmiz. Postni imkon qadar ijodiy kanallarda ulashing, iste’dodli qizlarni topishimiz uchun bu muhim. @mehrnoz_abbos
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Duolaringizda meni ham eslab qo'ying yaxshilar
Hammasini ko'rsatish...
2
Allohga shukur 🤲
Hammasini ko'rsatish...
4🥰 3👍 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.