cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

TOSHKENT SOLIQ TEXNIKUMI | RASMIY

Toshkent soliq texnikumi rasmiy axborot kanaliga xush kelibsiz! Texnikum ta'lim jarayoni bo'yicha @TST_TAXBOT

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
602
Obunachilar
-224 soatlar
-57 kunlar
-530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿 Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi 616-XII-sonli «O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to'g'risida»gi Qonuni bilan tasdiqlangan. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
71 274 42 69 94 414 95 51 97 443 16 96
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Assalomu alaykum! Aziz yoshlar! Barchangizni yurtimiz hayotidagi qutlug‘ bayram – Yoshlar kuni bilan samimiy tabriklayman. Ertangi kunning egalari sizlardek tashabbuskor, bilimga chanqoq, ko’zlari yonib turgan yoshlardir. Hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida millionlab yoshlarimiz sadoqat va fidoyilik bilan xizmat qilmoqda. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan yoshlarga har tomonlama va har sohada imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu muqaddas ishonch va mas’uliyatni oqlash, unga munosib bo‘lish – dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Sizlarni sevimli bayramingiz, shijoat va kamolot ayyomi – Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad tilayman! Ezgu tilaklar bilan Toshkent soliq texnikumi direktori Saida Muxammetovna Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Hammasini ko'rsatish...
🥰 6👍 2🎉 2
Repost from OTFIV | Toshkent
⚡️Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi. Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi. Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi. Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 5 2
Repost from Xushnudbek.uz
❗️Test sinovlari 14–28-iyul kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda #abituriyent Shuningdek, rejaga ko’ra, 1–25-iyul kunlari ijodiy imtihonlar o‘tkaziladi. Abituriyentlar ijodiy imtihonda to‘plagan balini o‘sha kunning o‘zida, testda to‘plagan balini ertasiga bilishi mumkin. ✅ Ijodiy imtihon va test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tishning ikkinchi bosqichida abituriyentlar 15 kun davomida test ballaridan kelib chiqib, 5 tagacha yo‘nalishni, ta’lim shaklini (kunduzgi, kechki, sirtqi), tanlov ustuvorligini tanlaydi. Shundan so’ng mandat chiqadi. Yiqilganlarga esa kollej yoki texnikumga kirishga imkoniyat beriladi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul2024 #eslatma ⚡️DIQQAT, bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni! ✅ Bugun (25-iyun kuni) OLIY TA’LIM MUASSASALARI hamda KOLLEJ VA TEXNIKUMLARga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar bugun (25-iyun) 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va ertaga (26-iyun) 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. E’tiborli bo‘ling! ❗️Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta’lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta’lim muassasasini ham) tanlanadi. 🔗Foydali havolalar (matn ustiga bosing): 👉 OTM bakalavr yo‘nalishlari uchun fanlar majmuasi; 👉 Kollej va texnikumlar kasb (mutaxassislik)lari uchun fanlar majmuasi; 👉 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma; 👉 To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
❗️ Ertaga oliy va professional ta'lim muassasalariga ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni! ✅ Ertaga (25-iyun kuni) oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar ertaga 23:59 ga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, shuningdek, kiritilgan ma'lumotlarini o‘zgartirishlari mumkin. 📆 Shuningdek, to‘lovdan ozod qilinganlar toifasiga kirmaydigan abituriyentlar 26-iyun kuni soat 23:59 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Hurmatli abituriyentlar! ❗️ Ro‘yxatdan o‘tish uchun so‘nggi soatlarni kutmang! Tezroq bir qarorga kelib, imkon boricha ertaroq ro‘yxatdan o‘ting! Test sinovi uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshiring! ✅ Ro‘yxatdan o‘tishda fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini (alohida iqtidor talab qiladigan yo‘nalishlarda ta'lim yo‘nalishi va imtihon topshiriladigan oliy ta'lim muassasasini ham) tanlashda e’tiborli bo‘ling! 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish uchun sayt manzili: my.uzbmb.uz ▶️ Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ▶️To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha videoqo‘llanma: youtube orqali ko‘rish (HD formatda) ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
03:13
Video unavailableShow in Telegram
#TSTga_marhamat Qabul tugashiga 2 kun qoldi. Toshkent soliq texnikumiga 2024-2025-o‘quv yili uchun 11-sinf va o‘rta-maxsus kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari quyidagi yo'nalishlar bo‘yicha qabul qilinmoqda: 🔹Soliqlar va soliqqa tortish; 🔹Buxgalteriya hisobi; 🔹Bank ishi; 🔹Moliya va moliyaviy texnologiyalar. 📖Ta’lim berish davlat buyurtmasi hamda tо‘lov-kontrakt asosida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: ▫️kunduzgi – 2 yil; ▫️sirtqi – 2 yil 6 oy. 👉 Toshkent soliq texnikumi haqida ko‘proq ma'lumotlar ☎️Murojaat uchun telefonlar: (71) 274-42-69, (94) 414-95-51, (97) 443-16-96. 📍Manzil: Toshkent shahri Uchtepa tumani Kichik xalqa yo‘li 3-uy. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Hammasini ko'rsatish...
65.44 MB
👍 8🔥 1
#Respublika_istiqbolli_avlod_markazi #Odam_savdosi_davr_muammosi #Biz_zoravonlikka_qarshimiz Bugun, 21-iyun kuni Toshkent soliq texnikumi xodim va o'quvchilari hamda Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy-axborot markazi xodimlari A.Musayeva va G'.Rahmonjonovlar bilan o'zaro hamkorlikda "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz " va "Odam savdosi-davr muammosi" mavzularida davra suhbati o'tkazildi. Ushbu tadbirda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 2
#Tayinlov #Xushxabar Toshkent soliq texnikumida ko'p yillardan beri direktorning Moliya-iqtisod yo'nalishlari bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan J. Gulmatov bugundan Soliq qo'mitasi va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi. Texnikum ma'muriyati J.Gulmatovga kelgusi ishlarida omad tiladi hamda tantanali kuzatish marosimi o'tkazildi. #Yubiley Bayram qo'shaloq bo'ldi desak adashmagan bo'lamiz. Kuni kecha tavallud kunlarini nishonlagan ko'p yillik pedagog N.Vaxabova va texnik bo'limi xodimi M.Shayusupovalarning yubiley yoshlari bilan tabriklash maqsadida Kasaba uyushmasi raisi B. Zayniddinov tashrif buyurdi va esdalik sovg'alar topshirildi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Hammasini ko'rsatish...
👍 20 3👏 3🎉 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.