cookie

Ми використовуємо файли cookie для покращення вашого досвіду перегляду. Натиснувши «Прийняти все», ви погоджуєтеся на використання файлів cookie.

avatar

TOSHKENT SOLIQ TEXNIKUMI | RASMIY

Toshkent soliq texnikumi rasmiy axborot kanaliga xush kelibsiz! Texnikum ta'lim jarayoni bo'yicha @TST_TAXBOT

Більше
Рекламні дописи
612
Підписники
-124 години
-37 днів
+830 днів

Триває завантаження даних...

Приріст підписників

Триває завантаження даних...

Фото недоступнеДивитись в Telegram
🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊🎊 #Tavallud_kun #Happy_birthday_day  #День_рождения 🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉🎉 Hurmatli Ibragimov Xusan Akbarovich, sizni Toshkent soliq texnikumi jamoasi bugungi shodiyona kuningiz bilan muborakbod etadi. Sizga sog‘liq-salomatlik, baxt, omad, ishlar rivoji, ko‘ngil xotirjamligi va hozirgidek doimo jamiyat uchun kerakli bo'lib yurishingizni tilab qolamiz. Ma'lumot uchun: H.Ibragimov texnikumda Iqtisodiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat yuritib kelmoqdalar. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Показати все...
🎉 15👍 5👏 3 2
#Texnikum_direktori_kubogi #Voleybol 🎙Oldinroq xabar berganimizdek, bugun, 28-may kuni sportning voleybol turi bo‘yicha yuqori bosqich o‘quvchilariga qarshi 1-bosqich o‘quvchilari maydonga chiqishdi. ✅🤾🏻‍♂️Dastlab qizlar o‘rtasida bellashuv boshlandi, lek chaqqonliklari bilan 1-bosqich o‘quvchilari 🏆 g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. ✅So‘ng, o‘smirlar mard-u maydonga "Texnikum direktori kubogi"ni qo‘lga kiritish uchun chiqishdi. Voleybolda tajriba va malaka kichik bosqich o‘quvchilaridan ancha ustunligini namoyon qilgan holda, 2-bosqich o‘quvchilar jamoasi mutloq 🏆g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. ❇️Turli tanlov va musobaqalarda taqdirlash marosimi o‘quv yili so‘nggida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Показати все...
👍 7🔥 2👏 2 1
#Soliq_bilimdonlari_TSTda Har yili o‘quvchi yoshlarning bilim saviyalarini baholash maqsadida texnikum o‘quvchilari o‘rtasida "Soliq bilimdonlari" bellashuvi o‘tkazilib kelinmoqda. Xuddi shunday bellashuv kuni kecha "Maxsus fanlar" kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 22-01 guruh o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etildi. Bilim va ko‘nikmalarni haqqoniy baholash maqsadida malakali hakamlar hay'ati tayinlandi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Показати все...
👍 6👏 2🔥 1
#TST_AMALIYOT_2 #BHA_22_03 Toshkent soliq texnikumi o'quvchilari Soliq xizmati organlari va xususiy korxonalarda diplomoldi amaliyotlarni o'tashmoqda. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Показати все...
👍 7🔥 1🥰 1👏 1
00:43
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#Ochiq_darsdan_lavhalar #Soliq_sohasida_axborot_tizimlari "Axborotlashtirish va TV" kafedrasi o‘qituvchisi N.Yaxyayeva tomonidan "Soliq sohasida axborot tizimlari" fanidan 22-01-guruhda "Online nazorat kassa mashinalari va ularda ishlash tartiblari" mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsdan lavhalar..... Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Показати все...
👍 7 3🔥 2
Фото недоступнеДивитись в Telegram
#Texnikum_direktori_kubogi #Voleybol #2_kurslar_1_kurslarga_qarshi Hurmatli o‘quvchilar!!!! 🎙Joriy yilning 28-may kuni texnikum o‘quvchilari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha "Texnikum direktori kubogi" o‘tkazilishi rejalashtirilgan. ❇️Ushbu musobaqada 2-bosqich o‘g‘il bola va qizlariga qarshi 1-bosqich o‘g‘il bola va qizlari maydonga tushadi. ✅Barchangizni ushbu musobaqada faol bo‘lishingizni so‘rab qolamiz. Ishtirokchilar sport formada bo‘lishlari talab etiladi. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Показати все...
👍 4🎉 1
#TST_AMALIYOT #BHA_22_03 Toshkent soliq texnikumi o'quvchilari Soliq xizmati organlari va xususiy korxonalarda diplomoldi amaliyotlarni o'tashmoqda. Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Web-sayt | Manzil
Показати все...
👍 10🔥 2 1👏 1
Repost from Xushnudbek.uz
⚡️Qabul 5-iyundan boshlanadi!!! 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilansin. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
👍 5🔥 1
Repost from Xushnudbek.uz
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida Prezideni farmoni qabul qilindi. https://president.uz/uz/lists/view/7256 Farmon bilan tizimda katta o’zgarishlar bo’ladi. Bu haqda birin-ketin tushuntirish beramiz. 👉 @xushnudbek 👈
Показати все...
👍 1
00:56
Відео недоступнеДивитись в Telegram
#No_comment #Ochiq_eshiklar_kuni
Показати все...
👍 7🔥 4👏 1