IQRO SAVDO MAJMUASI
Kanalga Telegram’da o‘tish
✔️IQRO savdo majmuasining rasmiy sahifasi. 🚗Yetkazib berish xizmati butun O’zbekiston bo‘ylab 📞 Tel: +99894 547 39 33 Malumot uchun: @Iqro_547_39_33 "IQRO" jamoasiga qo‘shilish uchun: @iqrovakansiya_bot
Ko'proq ko'rsatish4 794
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-97 kunlar
+5330 kunlar
Postlar arxiv
4 794
😊😊😊😊😊😊😊
Haqiqiy muflis kim?
Ibodatlarimiz ko‘p bo‘lishi mumkin… Ammo birovning ko‘nglini og‘ritgan, haqqini yegan yoki unga zulm qilgan bo‘lsak, buning ham hisobi bor.
Qiyomatda ayrim qarzlar pul bilan emas — savoblar bilan to‘lanadi.
Insonlarning haqqidan ehtiyot bo‘laylik. 🤲🏻
📖 Manba: Sahih Muslim, 2581-hadis.
4 794
😊😊😊😊😊😊😊
🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZ — 35 YOSHDA!
Bugun barchamiz uchun qadrli kun. Bu — Vatanimiz, xalqimiz va kelajagimiz bayrami. 🤍
35 yillik mustaqilligimiz yurtimizga tinchlik, xonadonlarimizga fayz-u baraka, qalblarimizga esa Vatanimiz bilan faxrlanish tuyg‘usini olib kelsin.
Farzandlarimiz ilmli, kelajagimiz porloq, yurtimiz doimo tinch va obod bo‘lsin. 📚✨
Mustaqilligimiz bardavom bo‘lsin! 🇺🇿
Hurmat va ezgu tilaklar bilan,
IQRO jamoasi 💚
4 794
😊😊😊😊😊😊😊
Yo‘l tugadi, deb o‘yladik… boshqa yo‘llar ochildi.
Ba’zan yopilgan eshiklar — Robbim bizni yaxshiroq manzilga yetaklayotganining belgisidir. 🤍
Robbim hech kimni chorasizlik bilan sinamasin.
4 794
😊😊😊😊😊😊😊
1905-yilda Abdulhamidxonga qarshi dahshatli suiqasd uyushtirildi. 💥
Masjid tashqarisidagi aravaga bomba yashirildi. Ammo chiqish oldidagi qisqa suhbat Sultonni bir necha soniyaga to‘xtatib, uning hayotini saqlab qoldi. ⏳
Suiqasdchilar hamma narsani hisoblagandi… faqat taqdirni emas.
📖 Voqea «Abdul Hamid Xon» kitobidan olindi. Siz bu hodisa haqida bilarmidingiz? 👇
4 794
😊😊😊😊😊😊😊
Bitta ruchka tanlash kerak… Siz qaysi birini olardingiz? 😍🖊️
Chiroyli dizayn, qulay ushlagich va bir-biridan yoqimli ranglar ✨ O‘qish, kundalik yuritish va yaqinlaringizga kichik sovg‘a qilish uchun ajoyib tanlov 🤍
Yangi ruchkalarimiz IQROda sizni kutmoqda! 📚
📍 IQRO savdo majmuasi
💬 Sizga qaysi dizayn yoqdi?
4 794
😊😊😊😊😊😊😊
“Insonning tili shirin, yaxshi so‘zlarni so‘zlasa, qalbi ham go‘zal bo‘lsa, u inson hurmatga munosib. Agar tili va qalbi yomon bo‘lsa, undan yomoni yo‘q.”
Imom Abu Homid G‘azzoliyning “Til ofatlari va undan saqlanish yo‘llari” kitobi tilni qanday asrash, so‘zning mas’uliyatini anglash va undan keladigan ofatlardan saqlanish haqida.
📖 Nur surasi, 24-oyat:
“U Kunda tillari, qo‘llari va oyoqlari qilib yurgan amallari haqida ularga qarshi guvohlik berur.”
Tilimizdan chiqayotgan har bir so‘zga e’tiborli bo‘laylik. 🤍
4 794
😊😊😊😊😊😊😊
800 yil oldin, elektr ham, motor ham yo‘q paytda bir muhandis vaqtni suv yordamida o‘lchaydigan g‘aroyib qurilma yaratdi… 💧⏳
Uning ismi — Al-Jazari edi.
Fil ichidagi idish asta cho‘kadi, arqon taranglashadi, metall shar ajdar og‘ziga tushadi va butun mexanizm birin-ketin jonlanadi. 🐘⚙️
Al-Jazari o‘z ixtirolarini shunchaki yaratib qolmadi — ularning qanday ishlashini yozib, kelajak avlodlarga ham qoldirdi. 📜
Oradan sakkiz asrdan ko‘proq vaqt o‘tdi. Ammo bir haqiqat o‘zgarmadi:
Vaqtni o‘lchashning o‘zi yetmaydi…
Uni boshqarishni ham bilish kerak. ⏰📖
“Vaqtni boshqarish” kitobini IQROdan topishingiz mumkin. 💚
Siz vaqtingizni boshqaryapsizmi yoki vaqt sizni? Izohlarda yozing. 👇🏻
4 794
😊😊😊😊😊😊😊
📖 “Qur’ondan maktublar” — Adham Sharqoviy
Ba’zan inson javobni uzoqdan qidiradi…
Aslida esa unga kerak bo‘lgan javob Qur’onda allaqachon bor. 🤍
“Qur’ondan maktublar” — Qur’on oyatlaridan kelib chiqib, hayotimizdagi holatlar, sinovlar, munosabatlar va qalb kechinmalari haqida mulohaza qilishga chorlaydigan kitob. 📚✨
4 794
😊😊😊😊😊😊😊
🌍 ODAM QANDAY YARALGAN?
Bir hovuch tuproq… qanday qilib butun insoniyatning boshlanishiga aylandi?
Rasululloh ﷺ aytdilar:
“Alloh Odamni butun yer yuzidan olingan bir hovuch tuproqdan yaratdi. Odam farzandlari ham yerning xususiyatlariga muvofiq bo‘ldilar: ular orasida qizili, oqi, qorasi, yumshog‘i va dag‘ali, yomoni va yaxshisi bor”.
📚 Sunan Abu Dovud, 4693-hadis — sahih.
Qur’onda insonning sopol kabi jarangdor loydan yaratilgani bayon qilinadi.
📖 Ar-Rahmon surasi, 14-oyat
📖 Hijr surasi, 29-oyat
So‘ng insonning o‘ziga savol beriladi:
“Ey inson, nima seni ulug‘ Parvardigoring haqida aldab qo‘ydi?!”
📖 Infitor surasi, 6-oyat
Qanday yaratilganingni bil va qanday yashayotganing haqida tafakkur qil! 🤲
4 794
😊😊😊😊😊😊😊
Sababsiz ketganlar uchun xafa bo‘lma…
Chunki hayotingda qolishni istagan inson ketish uchun bahona izlamaydi. Ba’zan kimningdir ketishi — yo‘qotish emas, qalbingni ortiqcha og‘riqdan asragan taqdir bo‘ladi.
Ketishni tanlaganlarni qo‘yib yubor…
O‘zingni ayblama, ortidan quvma. Chunki chirigan meva daraxtdan tez uziladi, ammo daraxt yana gullashda davom etadi. 🌿
📖 Ba’zan bir jumla ham insonga o‘z qadrini qayta eslatadi.
Siz ham hayotingizdan sababsiz ketgan insonni uzoq kutganmisiz? 💭
4 794
😊😊😊😊😊😊😊
Bir kun… barchamiz qabrga kiramiz. 🪦
Ammo u yerdagi savollarga tayyormizmi? 😔
Bu javoblarni bugun til bilan aytish oson… 🗣️
Ammo qabrda javobni faqat yodlangan so‘zlar emas — yashagan iymonimiz va qilgan amallarimiz aytadi. 🤲🏻
U yerda yolg‘on gapirib bo‘lmaydi…
Bahona qilib bo‘lmaydi…
Ortga qaytib bo‘lmaydi… ⏳
📖 «Barzax hayoti» kitobida qabr hayoti, insonni kutayotgan savollar va oxiratga tayyorgarlik haqidagi ta’sirli ma’lumotlar bayon qilingan.
Bu kitob shunchaki qo‘rqitish uchun emas — hali imkon borligida uyg‘onish, tavba qilish va hayotimizni to‘g‘rilash uchun eslatmadir. 🥺❤️🩹
📍 Kitobni IQRO savdo majmuasidan topishingiz mumkin. 📚✨
Videoni yaqinlaringizga yuboring. 📲
Balki bu eslatma kimningdir qalbiga yetib borar… 🤍🤲🏻
4 794
😊😊😊😊😊😊😊
Xonadoningizga o‘zgacha ko‘rk va fayz bag‘ishlang ✨
Erondan yangi gilamli kartinalar keldi. Nafis naqshlar, mazmunli yozuvlar va salobatli ramkalar — har biri devoringiz uchun alohida san’at asari. 🤍
🏡 Mehmonxona, yotoqxona yoki ish xonasi uchun
🎁 Yaqinlaringizga unutilmas sovg‘a sifatida
📍 Gilamli kartinalar IQRO’da sotuvda.
Sizga qaysi biri ko‘proq yoqdi? Izohda yozing 👇🏻
4 794
😊😊😊😊😊😊😊
Abbos ibn Firnas faqat parvoz tajribalari bilan mashhur bo‘lmagan. 📚
1001 Inventions kitobiga ko‘ra, u shoir, musiqachi, astronom va muhandis bo‘lgan. Shuningdek, tog‘ billurini kesish usulini takomillashtirgan, shisha ishlab chiqargan va hatto sun’iy momaqaldiroq hamda chaqmoq effektlari bo‘lgan planetariy yaratgan.
Bir insonda shuncha qiziqish — balki buyuk kashfiyotlar aynan “Bu qanday ishlaydi?” degan savoldan boshlangan. ✨
📖 Manba: 1001 Inventions: The Enduring Legacy of Muslim Civilization
