IQRO SAVDO MAJMUASI
前往频道在 Telegram
📍Manzil/Buxoro viloyat kasalxonasi ro‘parasida "IQRO SAVDO MAJMUASI" 📍2- flial: G‘ijduvon • Yusuf Hamadoniy 🚗Yetkazib berish xizmati butun O’zbekiston bo‘ylab 📞 Tel: +998945473933 Malumot uchun: @Iqro_547_39_33
显示更多4 808
订阅者
-224 小时
+77 天
+1830 天
帖子存档
4 806
😊😊😊😊😊😊😊
🔥 BUXORO YONGAN KUN | 1920-yil, 1-sentabr
Bir surat bor… Undagi qora tutun oddiy bulut emas. Bu — bir shaharning boshidan kechirgan fojiasi.
1920-yilning 29-avgustida Qizil armiya Buxoroga qarshi hujum boshladi. Artilleriya zarbalari, osmondagi harbiy samolyotlar, ketma-ket portlashlar…
🥀 Ammo Buxoro shunchaki devorlardan iborat emas edi. U — ilm, madaniyat, xotira va butun bir xalqning bebaho merosi edi.
Bir shahar yondi… Ammo tarix uni unutmadi.
4 806
+6
😊😊😊😊😊😊😊
🧦 Har qora paypoq ham masx uchun mos emas!
Ko‘rinishi oddiy paypoq, ammo vazifasi undan ancha farq qiladi.
Eshell Mest — tahoratda masx tortish uchun maxsus ishlab chiqilgan zamonaviy paypoq-mahsi.
Uning o‘ziga xosligi 3 qavatli tuzilishida:
🔹 Tashqi qavat — mustahkam va chidamli material.
🔹 O‘rta qavat — suv o‘tkazmaydigan maxsus membrana.
🔹 Ichki qavat — oyoqqa yumshoqlik va iliqlik bag‘ishlaydi.
📌 Eslatma: mahsiga masx tortishda shariatda belgilangan shartlarga rioya qilish muhim.
🤍 Eshell Mest — ibodatingizda qulaylikka xizmat qiluvchi kichik, ammo foydali tanlov!
4 806
+7
😊😊😊😊😊😊😊
Ey, nafsim… Qachongacha sening ortingdan yuraman?
Har safar «oxirgi marta» deyman. Har safar o‘zgarishga va’da beraman. Ammo sen yana bir lahzalik rohatni ko‘rsatasan, men esa ortidan keladigan pushaymon bilan yolg‘iz qolaman…
Ey, nafsim, seni yo‘q qila olmayman. Ammo sen istagan har bir narsaga rozi bo‘lishga ham majbur emasman.
🤍 Allohim, meni nafsimning quliga aylantirma. Uni tarbiyalashda O‘zing madadkor bo‘l!
4 806
😊😊😊😊😊😊😊
Zikr — qalbga osoyishtalik olib kiradigan eng go‘zal odatlardan biri. 🤍
Kuningiz davomida zikrni unutmaslik uchun qulay va zamonaviy elektron tasbehlar endi IQROda sotuvda.
Ixcham, foydalanishga qulay va sovg‘a uchun ham chiroyli tanlov. ✨
Har bir sanog‘ingiz sizni yaxshilikka eslatib tursin.
📍 IQRO savdo majmuasida kutamiz
4 806
😊😊😊😊😊😊😊
✨ Xonadoningizga o‘zgacha ifor, qalbingizga sokinlik…
🌿 Nafis va yoqimli iforga ega xushbo‘y baxurlar — uyingizda shinam va huzurbaxsh muhit yaratish uchun ajoyib tanlov.
Birgina tutatqi bilan xonangizga sharqona iforning taralishini his eting. 🤍
🎁 Estetik qadoq va maxsus tutatqidon bilan.
📍 IQRO savdo majmuasida sizni kutmoqda!
Shovqinli zamonda osoyishta vaqt o‘tkazing. 🌙
4 806
😊😊😊😊😊😊😊
🏛 Amirlar o‘tdi, saltanatlar tugadi… Ammo ustalarning qo‘l izi tarixda qoldi.
1912-yil. Buxoro. Amir Olimxon davrida Sitorai Mohi Xossa saroyining yangi qiyofasi bunyod etilmoqda edi.
O‘sha davrning eng noyob me’moriy durdonalaridan biri — Oq zal Usta Shirin Murodov va uning shogirdlari mahorati bilan bezatildi.
Har bir naqsh ortida sabr, har bir bezak ortida bir insonning umri va mehnati mujassam edi.
Oradan bir asrdan ziyod vaqt o‘tdi… Ammo bu san’at hanuz bizga tarixdan so‘zlamoqda. ✨
📖 Nargiza Jumayevaning «Sitorai Mohi Xossa» kitobi orqali Buxoroning ushbu bebaho merosi bilan yaqindan tanishing.
Kitob IQROda sizni kutmoqda. 🌿
4 806
😊😊😊😊😊😊😊
📿 Tasbehingizning batareyasi tugadimi? Yangisini olishga shoshilmang!
Ko‘pchilik bilmaydigan kichik qulaylik! ✨
Ushbu elektron tasbehning batareyasini bemalol almashtirib, undan uzoq vaqt foydalanishingiz mumkin. 🔋
Bundan tashqari, tasbeh nafaqat zikrlaringizni sanaydi, balki vaqtni ham ko‘rsatadi. ⏱
🤍 Ixcham, qulay va kundalik foydalanish uchun ajoyib tanlov!
📍 IQRO savdo majmuasida mavjud.
🚚 O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati bor.
Zikringiz bardavom bo‘lsin! 🤲
4 806
+6
😊😊😊😊😊😊😊
Ba’zan insonning tanasi emas, qalbi charchaydi… 🥀
Hammaga «yaxshiman» deymiz. Ammo ichimizda hech kim bilmaydigan savollar, aytilmagan dardlar va jim qolgan hislar bo‘ladi.
Shunday damlarda bir narsani unutmaylik:
«Albatta, qiyinchilik bilan birga yengillik bordir».
📖 Sharh surasi, 5–6-oyatlar mazmuni.
«INSHIROH» 🌷
Qalbga taskin, ko‘ngilga umid va hayot sinovlariga boshqacha nigoh bilan qarashga chorlovchi hikoyalar to‘plami.
Balki aynan hozir qalbingiz shunday mutolaaga muhtojdir…
📍 Kitob IQRO savdo majmuasida sizni kutmoqda.
4 806
😊😊😊😊😊😊😊
🏛 AMIR OLIMXON BUXORONI TASHLAB QOCHGANMI?
1920-yil. Buxoro o‘qqa tutilmoqda. Qadimiy Ark vayronaga aylanmoqda. Amir Olimxon esa poytaxtni tark etadi…
Ammo ko‘pchilik bilmaydigan bir tarixiy tafsilot bor!
📖 Bu murakkab tarixiy davr haqida ko‘proq bilishni istasangiz, «Buxoroning so‘nggi amiri: Olimxon (Afg‘onistonda yigirma uch yil)» kitobi siz uchun.
4 806
+7
😊😊😊😊😊😊😊
💧 ZAMZAM — oddiy suv emas, ming yillik tarixga ega muborak ne’mat! 🕋
Bir onaning sabri, Allohga bo‘lgan cheksiz tavakkuli va duolari ortidan boshlangan voqea… Bugun esa millionlab musulmonlar Zamzamdan bahramand bo‘lmoqda. 🤍
Rasululloh ﷺ Zamzamni barakali va oziq bo‘luvchi suv deb ta’riflaganlar.
✨ Zamzamning tarixi, paydo bo‘lishi va fazilatlari haqida siz bilmagan 6 haqiqatni karuselda jamladik.
📖 Manbalar: Sahih Buxoriy 3364, Sahih Muslim 2473a, Sunan Ibn Moja 3062.
4 806
😊😊😊😊😊😊😊
Xaridor rozi. Pul qo‘lingizda. Xatoni esa faqat siz bilasiz… Uni qaytararmidingiz? 💭
Yunus ibn Ubayd haqidagi rivoyat bizni shu savol qarshisida qoldiradi. Halollik — hech kim talab qilmasa ham, birovning haqqini qaytarishdir. 🤍
Ba’zan insonning asl qiyofasi katta gaplarda emas, peshtaxta ustidagi kichik hisob-kitobda ko‘rinadi.
Xaridor bilmasa ham, Alloh biladi.
📖 «Tobeinlardan maktublar» kitobi IQROda sizni kutmoqda.
4 806
+7
😊😊😊😊😊😊😊
🧦 BU ODDIY PAYPOQ EMAS!
Sovuq kunlarda oyoqlaringizga iliqlik, tahoratda esa yengillik! 🤍
🇹🇷 ARSLAN TERMAL MEST — qulaylik va ibodat ehtiyojlarini birlashtirgan maxsus mest.
🌿 Afzalliklari:
▫️ Oyoqdagi issiqlikni saqlashga yordam beradi.
▫️ Elastik materiali oyoq shakliga moslashadi.
▫️ Charm taglikli.
▫️ Oyoq kiyim ichida kiyishga mo‘ljallangan.
Batafsil ma’lumot va foydalanish tartibini bilish uchun karuselni oxirigacha varaqlang. ➡️
📍 ARSLAN TERMAL MEST — IQRO savdo majmuasida!
💬 Narx va razmerlar haqida ma’lumot olish uchun Direct orqali yozing.
4 806
Repost from IQRO SAVDO MAJMUASI
Mahsi-paypoq to’grisida 2022-yil 21-dekabr kuni chiqqan fatvo ekan.
4 806
Repost from IQRO SAVDO MAJMUASI
ПАЙПОҚ-МАҲСИЛАРГА МАСҲ ТОРТИШ ҲАҚИДА ФАТВО
#ДОЛЗАРБ
#ФАТВО
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Фатво маркази уламолар ҳайъати пайпоқ-маҳси (жавроб) масаласида фиқҳий манбаларни атрофлича ўрганиб, бир қанча муҳокамалардан кейин ўзининг навбатдаги фатвосини эълон қилди. Ушбу фатвонинг хулосаси қуйидагилардан иборат:
1️⃣. Агар маҳси тўлиқ теридан бўлса, унга масҳ тортиш жоиз. Бу борада мужтаҳидлар орасида ихтилоф йўқ;
2️⃣. Тўпиқни ёпиб турадиган, этикка ўхшаган пойафзалларга масҳ тортиш жоиз.
3️⃣. Бугунги кунда кийилаётган оддий пайпоқларга масҳ тортиш мутлақо жоиз эмас.
4️⃣. Пайпоқ-маҳси (жавроб) устига ҳеч нарса киймасдан бир фарсах (6 км) юришга яраса, боғичсиз ўзи оёқда турадиган, ташидан ичи (яъни оёқ) кўринмайдиган, сувни дарҳол ўтказиб юбормайдиган бўлса, унга масҳ тортиш жоиз.
Эслатма: Бу шартларга қўшимча тарзда пайпоқ-маҳси энг камида таг қисми тери билан қопланган бўлса, унга масҳ тортиш жоизлигида уламоларимиз якдил фикрдалар.
Мўмин-мусулмонларга қулайлик яратиш учун пайпоқ-маҳси ишлаб чиқараётган ёки уларни чет эллардан олиб келаётган тадбиркорлар ўз фаолиятларини юқорида айтилган шартларга риоя қилган ҳолда олиб боришларини тавсия қиламиз. Ушбу шартлар топилиши баробарида пайпоқ-маҳсиларнинг остини эҳтиёт юзасидан теридан қилишлари, намозхонларимиз ҳам ушбу жиҳатга эътибор қаратишлари мақсадга мувофиқдир. Валлоҳу аълам!
Ўзбекистон мусулмонлари идораси
Фатво маркази.
Фатвонинг тўлиқ матни билан қуйидаги ҳавола орқали танишишингиз мумкин:👇👇👇
ПАЙПОҚ МАҲСИЛАРГА МАСҲ ТОРТИШ ҲАҚИДА ФАТВО
🔗 Улашинг: @diniysavollar
Telegraph
ПАЙПОҚ-МАҲСИЛАРГА МАСҲ ТОРТИШ ҲАҚИДА ФАТВО
Барчамизга маълумки, маҳсига масҳ тортишнинг жоизлиги борасида барча уламолар якдил бўлишган. Шунингдек, юпқа пайпоққа масҳ тортиш мумкин эмаслигига ҳам барча уламолар иттифоқ қилишган. Ҳозирги кундаги «пайпоқ-маҳси»ларга масҳ тортиш масаласида эса уламоларимиз турлича фикр айтишган. Қуйида шу масалани ўрганиб, якуний хулоса қиламиз. Ҳозирги кундаги пайпоқ-маҳсиларнинг ҳукмини фиқҳ китобларимизда зикр қилинган «жавроб» масаласидан билиб олиш мумкин. Ҳозирги кундаги замонавий араб тили луғатларида «жавроб»… ♻️Дўстларингизга ҳам улашинг!!! https://t.me/XojagonUz
4 806
😊😊😊😊😊😊😊
Hech kim ko‘rmagan yaxshiligingizni Alloh biladi… 🤍
Yashirin sadaqa. Gunohdan qaytgan qadam. Yolg‘izlikda to‘kilgan bir tomchi yosh…
Bu amallarni kichik sanamang. Alloh Qiyomat kuni O‘z soyasida panoh beradigan yetti toifa inson haqidagi hadis har birimizni o‘z hayotimizga nazar solishga chorlaydi.
Bugun siz ham bir yaxshilikni faqat Alloh uchun qiling. 🌿
Hech kim ko‘rmagan yaxshiligingizni Alloh biladi… 🤍
Yashirin sadaqa. Gunohdan qaytgan qadam. Yolg‘izlikda to‘kilgan bir tomchi yosh…
Bu amallarni kichik sanamang. Alloh Qiyomat kuni O‘z soyasida panoh beradigan yetti toifa inson haqidagi hadis har birimizni o‘z hayotimizga nazar solishga chorlaydi.
Bugun siz ham bir yaxshilikni faqat Alloh uchun qiling. 🌿
4 806
😊😊😊😊😊😊😊
🥺 O‘zingizni hech qachon qadrsiz deb o‘ylamang…
Ba’zan o‘zimizni boshqalar bilan solishtirib, faqat kamchiliklarimizni ko‘ramiz. Qo‘limizdan kelmagan ishlar uchun o‘zimizni koyib, qilgan yaxshiliklarimizni esa unutamiz…
Ammo bir narsani biling:
Yorilgan ko‘za ikki yil davomida o‘zini foydasiz deb o‘yladi. Holbuki, aynan uning yorig‘idan to‘kilgan suv sabab, yo‘l chetida yuzlab gullar unayotgan edi. 🌸
Balki siz ham o‘zingiz bilmagan holda kimningdir hayotiga nur olib kirayotgandirsiz.
Qadringizni faqat kamchiliklaringiz bilan o‘lchamang. Alloh hech birimizni behuda yaratmagan. 🤍
📖 «Qalbimizning nuri» kitobi — IQROda.
💌 Ushbu hikoyani o‘zini qadrsiz his qilayotgan bir insonga yuboring. Balki bugun unga aynan shu so‘zlar kerakdir…
4 806
😊😊😊😊😊😊😊
Ustoz — faqat bilim beradigan inson emas. 📚
U ba’zan birgina so‘zi bilan yo‘l ko‘rsatadi, ishonch beradi va qalbimizda uzoq yillar qoladigan iz qoldiradi. ✨
Bugun ana shunday ilm va tarbiya ulashayotgan barcha aziz ustozlarga chuqur ehtirom bildiramiz. 🤍
Mehnatingiz qadrlansin, shogirdlaringiz kamolini ko‘rib yurish nasib etsin. 🌿
Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin! 💐
4 806
😊😊😊😊😊😊😊
Ba’zi bezaklar nafaqat xonadoningizga ziynat, balki qalbingizga ham sokinlik bag‘ishlaydi. 🤍
✨ Qur’oni Karimdagi «To‘rt Qul» suralari nafis xattotlik san’ati va hashamatli naqshlar uyg‘unligida mujassam.
Oltin va kumush tusli ramkalarda — xonadoningiz uchun o‘zgacha ma’naviy bezak. 🌙
🎁 Yaqinlaringizga mazmunli va esda qolarli hadya.
📍 IQRO savdo majmuasida sizni kutmoqda!
💬 Narx va batafsil ma’lumot uchun Direct’ga yozing.
4 806
😊😊😊😊😊😊😊
Ba’zan eng chiroyli hadyalar bayramni ham, alohida sababni ham kutmaydi. 🤍
Kutilmaganda berilgan bir kitob, bir gul yoki samimiy e’tibor — inson qalbida uzoq qoladigan xotiraga aylanishi mumkin.
“Biror-bir bayram munosabati bilan berilgan hadya — ajoyib hadyadir. Ammo hadyaning eng a’losi — hech qanday sababsiz berilganidir.”
Yaqinlaringizni xursand qilish uchun doim ham sana kerak emas. Ba’zan “Sizni esladim” degan niyatning o‘zi yetarli. 📖✨
4 806
+5
😊😊😊😊😊😊😊
Ba’zan zikr qilish uchun alohida vaqt kutamiz…
Aslida esa Allohni eslash uchun har bir ish orasida imkon bor. 🤍
Uy yig‘ishtirayotganda, ovqat tayyorlayotganda, kir yuvayotganda yoki yo‘lda ketayotganda ham tilimiz zikr bilan band bo‘lishi mumkin.
Subhanalloh.
Alhamdulillah.
Allohu Akbar.
La ilaha illalloh.
Astag‘firulloh.
Bu zikrlar aynan ma’lum bir yumushga xos qilib belgilanmagan. Muhimi — kundalik hayot tashvishlari orasida ham qalb Allohni unutmasin. 🌿
