cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Yunus Rajabiy nomidagi O‘zMMSI

Veb-sayt: www.uzmmsi.uz Instagram: www.instagram.com/uzmmsi_official YouTube: https://www.youtube.com/channel/UCjBgoJxBRFXIqdqkKSVjjqQ ©️ Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI Matbuot xizmati Matbuot kotibi: @uzmmsi_matbuot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 955
Obunachilar
+324 soatlar
+27 kunlar
+2230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

01:03
Video unavailableShow in Telegram
#maqomchallenge2024 🎶 Ayni kunlarda 27-30-iyun kunlari Jizzaxda bo'lib o'tadigan "II Xalqaro maqom san’ati anjumani"ga bag'ishlangan #maqomchallenge2024 ga start berildi. ❗️ Aziz kuzatuvchilar, #maqomchallenge2024 da faol ishtirok eting, videolarni - bu yerga yuborishingiz mumkin. Eng mukammal ijrolar saralanib kanalda e'lon qilinadi. ✔️ Ma'lumot uchun: joriy yilning 27-30-iyun kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanida “II xalqaro maqom san’ati anjumani” bo'lib o'tadi. ™️Madaniyat vazirligining rasmiy sahifalari: 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌍 Veb-sayt
Hammasini ko'rsatish...
video_2024-06-04_17-51-46.mp422.33 MB
👍 3 1 1👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Xalqaro_hamkorlik YUNESKO Nomoddiy madaniy meros va uning bozor salohiyatini o‘rganish orqali O‘zbekistonning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga qo‘shgan hissasi va Nomoddiy madaniy meros ta'limiga ta'siri bo‘yicha tadqiqot olib bormoqda. Shu munosabat bilan ertaga (06.06.2024) soat 16.30 da Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili va ushbu loyihaning xalqaro va milliy darajadagi ekspertlari institut jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazadi. 🌐 O‘zMMSI matbuot xizmati: uzmmsi.uz | ARM EK | Rektor kanali | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ilm-fan kanali
Hammasini ko'rsatish...
📚 RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA TAKLIFNOMA VA DASTURI! 📘 Konferensiya nomi: "O‘zbek milliy musiqa san’atining yangi tendensiyalari" 👨‍🎓👩‍🎓 Tashkilotchi: Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi, “O‘zbek maqomi tarixi va nazariyasi” kafedrasi, “Tillar, ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi, Magistratura bo‘limi 🤝 Hamkorlar: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Respublika Yosh olimlar kengashi 🕰 Boshlanish vaqti: 2024-yil 6-iyun, soat 10:00 da ⏰ Ro‘yxatga olish vaqti: soat 09:30 dan 10:00 gacha 🏢 O‘tkazilish joyi: Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti Organ zal 🏛 Mo‘ljal: H.Olimjon metro bekati 🌐 O‘zMMSI matbuot xizmati: uzmmsi.uz | ARM EK | Rektor kanali | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ilm-fan kanali
Hammasini ko'rsatish...
ANJUMAN TAKLIFNOMA VA DASTURI.pdf1.48 MB
O‘zMMSIda Faxriddin Sodiqov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan Konsert dasturi tashkil etildi Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, benazir bastakor, mehribon ustoz Faxriddin Sodiqov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan Konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda soha mutaxassislari, taniqli san'atkorlar, F.Sodiqovning oila a'zolari, yaqin qarindoshlari, shinavanda muhlislari, professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlar ishtirok etdi. Mahoratli bastakor ijod etgan sara musiqiy namunalar O‘zMMSI professor-o‘qituvchilari va talaba-ijrochilari tomonidan mahorat ila ijro etildi. Ijrochi xonandalarga Faxriddin Sodiqov nomidagi Sozandalar ansambli jo‘r bo‘ldi. Soha mutaxassislari va shogirdlari tomonidan ustaning fazilatlari, fidoyi mehnatlari xotirlandi. 🌐 O‘zMMSI matbuot xizmati: uzmmsi.uz | ARM EK | Rektor kanali | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ilm-fan kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 7
Abdurahmon Xoltojiyev Faxriddin Sodiqov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab mahorat darsi o‘tdi Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, benazir bastakor, mehribon ustoz Faxriddin Sodiqov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan Mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zMMSI dotsenti Abdurahmon Xoltojiyev tomonidan chang va qonun ijrochiligi bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darsida soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. A.Xoltojiyev ustozi F.Sodiqovning chang ijrochiligida tutgan o‘rni, asos solgan ijrochilik maktabi haqidagi mulohazalari va o‘zining qimmatli xotiralarini talaba-yoshlar bilan bo‘lishdi. 🌐 O‘zMMSI matbuot xizmati: uzmmsi.uz | ARM EK | Rektor kanali | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ilm-fan kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
Malikaxon Ziyayeva Faxriddin Sodiqov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlab mahorat darsi o‘tdi Bugun Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, benazir bastakor, mehribon ustoz Faxriddin Sodiqov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan Mahorat darslari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zMMSI professori Malikaxon Ziyayeva tomonidan an'anaviy dutor ijrochiligi bo‘yicha o‘tkazilgan mahorat darsida soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etdi. M.Ziyayeva ustozi F.Sodiqovning dutor ijrochiligida tutgan o‘rni haqidagi mulohazalari va o‘zining qimmatli xotiralarini talaba-yoshlar bilan bo‘lishdi. 🌐 O‘zMMSI matbuot xizmati: uzmmsi.uz | ARM EK | Rektor kanali | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ilm-fan kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
Repost from Edu.uz
04:20
Video unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ 2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi. 📱 Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz saytining “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda. 📆 Ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi. 📹 Yuqoridagi videoqo‘llanma orqali ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. ▶️ Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish - uz~2.mp428.49 MB
Repost from Edu.uz
03:38
Video unavailableShow in Telegram
#brifing
⚡️5-iyundan oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi (kasb-hunar maktabi bundan mustasno)
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov maʼlum qildi. 💬Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi. Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi. 🔄1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi: 🔸Faqat test sinovida ishtirok etsa: ✔️fanlar majmuasi; ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi. ↪️Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa: ✔️taʼlim tili; ✔️test topshirish hududi; ✔️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi; ✔️kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM. 🔄2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi: ✔️oliy taʼlim muassasasi; ✔️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi; ✔️taʼlim shakli; ✔️tanlov ustuvorligi. 🗣 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: ✔️kollej va (yoki) texnikum; ✔️kasb va mutaxassislik; ✔️taʼlim shakli. 🗣 Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi. ⚡️Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin. 👉Batafsil
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
tg.mp47.00 MB
👍 2 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Afisha ⚡️Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san'ati institutida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, benazir bastakor, mehribon ustoz Faxriddin Sodiqov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan Mahorat darslari va Konsert dasturi bo‘lib o‘tadi. ▪️O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, professor Malikaxon Ziyayevadan Mahorat darsi — soat 10.30 da; ▪️O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dotsent Abdurahmon Xoltojiyevdan Mahorat darsi — soat 11.30 da; ▪️Faxriddin Sodiqov tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan Konsert dasturi — soat 14.00 da. ❗️ Barcha tadbirlar 📆 5-iyun, chorshanba kuni 📍 O‘zMMSI Katta zalida o‘tkaziladi 🔗 Qiziqish bildirgan barchani, jumladan, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni taklif etamiz. 🌐 O‘zMMSI matbuot xizmati: uzmmsi.uz | ARM EK | Rektor kanali | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | ilm-fan kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 3😢 2
⚡️ 29-30-may kunlari Jizzaxda “Milliy maqom san'ati yo'nalishida respublika ko'rik-tanlovi” bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik.
💡 Nomzodlar quyidagi yo'nalishlarda saralab olindi: ✔️ Eng yaxshi xonanda (erkak ovoz); ✔️ Eng yaxshi xonanda (ayol ovoz); ✔️ Eng yaxshi maqom ansambli; ✔️ Eng yaxshi maqom sozandasi.
🔗 Ular orasida Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti vakillarining ham ko'pligi institut jamoasini quvontirdi. 🥇 Birinchi o'rin: ✔️ “Eng yaxshi maqom sozandasi” — O'zMMSI "An'anaviy cholg'u ijrochiligi" ta'lim yo'nalishi 3-kurs talabasi Yoriyev Shohijahon O'tkir o'g'li; 🥈 Ikkinchi o'rin: ✔️ “Eng yaxshi xonanda – ayol ovoz” — O'zMMSI "Maqom xonandaligi" kafedrasi o'qituvchisi Mamadolimova Malikaxon Mamatisa qizi; ✔️ “Eng yaxshi maqom sozandasi” — O'zMMSI "Maqom xonandaligi" kafedrasi jo'rnavozi Akramov Og'abek Olimjon o'g‘li; ✔️ O'zMMSI "An'anaviy cholg‘u ijrochiligi" ta'lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Haydarova Mehribonu Ibrohimjon qizi; 🥉 Uchinchi o'rin: ✔️ “Eng yaxshi maqom sozandasi” — O'zMMSI "An'anaviy cholg‘u ijrochiligi" ta'lim yo‘nalishi 3-kurs talabasi Akramov Xusanboy Habibullo o'g'li. #Tabriklaymiz💐 🌐 O‘zMMSI matbuot xizmati: uzmmsi.uz | Telegram | ARM EK | Rektor kanali | Facebook | Instagram | YouTube | ilm-fan kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 9 3 1🔥 1