cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Savdo-sanoat palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi

📍Guliston shahar, 4-mavzre, Bo'ston MFY, Do'stlik kanali qirg'oq bo'yi, Tadbirkorlar va Hunarmandlar markazi. e-mail:  [email protected] web-site: sr.chamber.uz Tel: 📞 (67) 236-37-27 📱+99897 224-62-22 📱+99899 086-19-99

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 589
Obunachilar
-2924 soatlar
-897 kunlar
-9130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
🗣🔊🗣🗣🗣🗣🗣 ⚡️“Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasi ishga tushiriladi “O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-200-son, 30.05.2024 y.) qabul qilindi 📃 Qarorga ko'ra, quyidagilar tuziladi: ◾️Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish bo'yicha respublika komissiyasi (Respublika komissiyasi); ◾️Hududlarda tadbirkorlar muammolarini o'rganish va hal qilish bo'yicha ishchi guruhlar (hududiy ishchi guruhlar). ◾️Tadbirkorlar murojaatlari va takliflarini tunu kun qabul qilish va umumlashtirish, tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, tadbirkorlarning alohida masalalarini joylarda tezkorlik bilan hal qilishni tashkil etish Respublika komissiyasining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. 🗓 Har yili 15-iyundan ochiq muloqot o'tkazilgungacha maxsus elektron platformalar, Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Call-markaz xizmati, ijtimoiy tarmoqlar va sayyor qabullar orqali tadbirkorlarning murojaatlarini tunu kun qabul qilinishi tashkil etiladi. 🌱 “Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot” elektron platformasi ishga tushiriladi. 📍 Qoraqalpog'iston Respublikasida 2024-yil avgust oyida xalqaro biznes forum tashkil etiladi. Joriy yil yakuniga qadar O'zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi elchilari bilan hamkorlikda “Qoraqalpog'istonda biznes qiling” dasturi doirasida yirik xorijiy ishlab chiqaruvchi kompaniyalar brendlarini jalb qilish choralari ko'riladi. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbek so‘mi dollarga nisbatan ketma-ket beshinchi kun mustahkamlandi 24 maydan 29 mayga qadar valyuta birjasida o‘tgan beshta sessiyada dollarning so‘mga nisbati qariyb 84 so‘m, 12 640,87 so‘mgacha arzonlashdi. Oxirgi marta bunday holat 2022 yilning dekabr oyida kuzatilgan edi. Iqtisodchi Otabek Bakirovga ko‘ra, bu o‘tgan hafta joylashtirilgan suveren obligatsiyalardan kelgan tushumning valyuta birjasida sotilishi hisobiga yuz beryapti:
Bu safar ham so‘mning vaqtincha mustahkamlanishi o‘tgan hafta joylashtirilgan suveren obligatsiyalardan (600 mln dollar va 600 mln yevro) valyuta birjasiga chiqarib sotish hisobidan yuz bergan bo‘lishi mumkin. Birjadagi savdolar hajmidan kelib chiqilsa, shu hafta oxirigacha so‘mning mustahkamlanishi davom etishi ehtimoli yo‘q emas. May oyida ushbu tranzaksiyalar ro‘y bergani Markaziy bank intervensiyalari kamroq amalga oshirilishiga va oltin-valyuta zaxiralarining oltin narxi omilisiz ham vaqtincha ko‘payishiga omil bo‘lishi mumkin.
Telegram / Instagram / Facebook
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#STATISTIKA O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari ma’lum qilindi 2024 yilning yanvar-aprel oylarida xorijga qiymati 298,5 mln dollarga teng bo‘lgan 514,8 ming tonna meva va sabzavotlar eksport qilindi.  Statistika agentligi xabariga ko'ra, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 43,3 foizga yoki 155,6 ming tonnaga ko‘paygan. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (26,3 foiz), Pokiston (24,2 foiz), Qozog‘iston (13 foiz) va Xitoy (9,3 foiz)  davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 2024 yilning yanvar-aprel oylarida meva-sabzavotlar eksporti ulushi jami eksportning 3,5 foizini tashkil etgan. Telegram / Instagram / Facebook
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida faoliyat yuritayotgan “ECOSTONE” MChJ rahbariyati bilan bevosita muammolarini o‘rganib muhokama qilish maqsadida Respublika Savdo Sanoat Palatasi masul bo'lim boshqarma boshlig'i  Sardorbek Farxodovich va Sirdaryo SSP boshqarma boshlig'i o'rinbosari  Zokir Ibragimovich korxona faoliyati bilan tanishdilar "ECOSTONE" dekorativ plitalar, sun’iy tosh (kvars plitasi) mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona bo'lib. Umumiy qiymati 10mln AQSH$ investitsiyalar hisobiga yilliga 450 ming kvadrat  metr dekorativ plitalar ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lib 100 ga yaqnin ish o'rinlari yaratilgan.
❗Mahalillashtirish dasturiga ko'ra korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar sifat va narx jihatidan turdosh import maxsulotlari bilan raqobatlasha oladi. ❗Shu sababdan qurilish korxonalari va tadbirkorlarni ECOSTONE bilan hamkorlik qilishlarini taklif qilib qolamiz.
Telegram / Instagram / Facebook
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🔥 1👏 1
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-193-sonli qarori 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇷🇺Infografika: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo va investisiyaviy hamkorlik Rossiya tashqi savdo bo‘yicha O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari uchligiga kiradi. 2017-2023 yillarda tovar ayirboshlash hajmi 2,1 barobarga oshib, 9,9 milliard dollarni, eksport 1,6 barobarga oshib, 3,3 milliard dollarni, import 2,4 barobarga oshib, 6,6 milliard dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonning Rossiya bilan savdosi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama (MDH doirasida) kelishuvlarga muvofiq "erkin savdo" rejimida amalga oshiriladi. Rossiyadan kiritilayotgan investisiyalar hajmida ham ijobiy dinamika kuzatilmoqda. Shunday qilib, 7 yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘plangan Rossiya investisiyalarining umumiy hajmi 10,2 milliard dollardan ortiqni tashkil etdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 3059 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Telegram / Instagram / Facebook
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📊 Yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni ortmoqda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasi ishga tushirilgandan beri kundan kunga reytingning eng yuqori pog‘onasidagi tadbirkorlar soni ortib bormoqda. 💬 Jumladan, reytingning eng yuqori «AAA» toifasidagi tadbirkorlik subyektlarining soni platforma ishga tushirilgan sana (1 fevral 2024 yil) da 38 tani tashkil qilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 434 taga ko‘payib 502 taga yetdi. Shuningdek, «AA» toifadagi tadbirkorlik subyektlarining soni 1 244 taga oshib 1 476 tani, «A» toifada esa 1 774 taga oshib, 2 231 tani tashkil etdi. Umumiy yuqori reyting darajasidagi tadbirkorlar soni 727 tadan 3 482 taga oshib, jami 4 209 tani tashkil etmoqda. 🇺🇿 Hududlar kesimida eng yuqori «AAA» reytingiga ega tadbirkorlar soni bo‘yicha Toshkent shahar 162 ta, Toshkent viloyati 54 ta, Andijon viloyati 35 tani tashkil etib, peshqadamlik qilmoqda. Sohalar kesimida — sanoat sohasida 159 ta, ulgurji va chakana savdo sohasida 119 ta, xizmat ko‘rsatish sohasida 103 ta eng yuqori reyting ko‘rsatkichlari qayd etildi.
Ta’kidlash joiz, Savdo-sanoat palatasi, Soliq qo‘mitasi va Biznes-Omdusman bilan birgalikda o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlarining reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha ularga tizimli ravishda amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Hammasini ko'rsatish...
O‘zbekiston Respublikasi ilk bor 3 ta valyutada suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirdi O‘zbekiston Respublikasining umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd AQSh dollariga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari 2024-yil 21-may kuni ilk bor 3 ta valyutada jahon moliya bozorlarida joylashtirildi. Kun davomida O‘zbekistonning suveren xalqaro obligatsiyalarini sotib olish uchun jami 5,5 mlrd dollar miqdoridagi buyurtmalar kelib tushdi, jumladan: AQSh dollaridagi (7 yillik) obligatsiyalarga — 3 mlrd dollar; yevrodagi (3 yillik) obligatsiyalarga — 2 mlrd yevro; so‘mdagi (3 yillik) obligatsiyalarga — 4 trln so‘m. Telegram / Instagram / Facebook
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🚛 Eksportchilarga barqarorlik reytingida rag‘batlantiruvchi ball beriladi
22 va 23-mezonlarga ko’ra:
◼️QQS bo‘yicha hisoblangan soliq summasining tegishli sohaga oid o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatini baholashda tadbirkorlik subyekti tomonidan bir oy davomida to‘langan QQS summasi har bir tuman (shahar) miqyosida u faoliyat yuritayotgan soha bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan QQS summasidan 1,1 barobar yuqori bo‘lsa yoki eksport qilishdan olingan daromadlar jami daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa — 10 ball beriladi. Bunda bir oylik to‘lov summasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobaridan kam bo‘lmasligi lozim. ◼️Shuningdek, AOS bo‘yicha hisoblangan soliq summasining tegishli sohaga oid o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatini baholashda tadbirkorlik subyekti tomonidan bir oy davomida to‘langan AOS summasi har bir tuman (shahar) miqyosida u faoliyat yuritayotgan soha bo‘yicha o‘rtacha hisoblangan AOS summasidan 1,1 barobar yuqori bo‘lsa yoki eksport qilishdan olingan daromadlar jami daromadning kamida 50 foizini tashkil etsa — 10 ball beriladi. Bunda ham bir oylik to‘lov summasi bazaviy hisoblash miqdoridan kam bo‘lmasligi lozim. ✔️ Bugungi kunda mazkur mezonga asosan respublika bo‘yicha 10 854 ta korxona 10 balldan to‘plagan. 🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#DIQQAT ⚡️O‘zbekistonda zargarlik buyumlari arzonlashadi: rasmiylar qimmatbaho toshlar importiga soliq (QQS)ni 2027 yilgacha bekor qildi. O‘zbekistonda zargarlik buyumlari uchun qimmatbaho toshlar importi QQSdan bekor qilindi Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Telegram / Instagram / Facebook
Hammasini ko'rsatish...