uz
Feedback
Ilyosjoniy ོ | Blog

Ilyosjoniy ོ | Blog

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ushbu blog kelajakdagi tarix uchun 📍🇪🇺 @ilyosjon27

Ko'proq ko'rsatish
247
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kun
-130 kun
Postlar arxiv
Universitetda o‘qimang Toki bir kasb egasi bo‘lmaguncha Inson nima uchun o‘rganayotganini his qilsa, shunda haqiqatdan ham o‘rganadi, motivatsiya qidirib yurmaydi Avval inson haqiqiy hayotni ko‘rib, qiyinchilikni ko‘rib, qanday bilimlar/qobiliyatlar kerakligini bilgandan so‘ng maktabga borganida, ilm oluvchilar soni oshar edi. Afsuski bu uslubni maktab uchun qo‘llab bo‘lmaydi Ammo universitet uchun qo‘llasa bo‘ladi. 1-1,5 yilda o‘rganib bo‘ladigan sohani o‘rganib, xohlagan davlatida pul topa oladigan darajaga chiqqandan so‘ng, universitetda o‘qigan afzal. Bu asosiy, hayot kasbingiz bo'lishi shart emas, universitetda o'ziz xohlagan yo'nalishni o'qib keyin mutaxasis bo'lishingiz mumkin. Universitetga 2-3 yil kech kirsangiz ham, aslida siz yutuqda bo‘lasiz: 1. Studentlik davrida ilmi orqali daromad qila oladi 2. Universitetda haqiqatdan ham o‘qiydi, bilim oladi. Nima uchun o‘qiyotganligini anglaydi 3. Professorlardan va atrofidagi insonlardan maxsimal foyda ola oladi. Chet elga ketishga, universitetga kirishga shoshilmang. Shu sababdan ham ukamni hozir universitetga kirishiga va chet elga ketishiga qo‘ymadim. Natijasini yaqin 5 yillikda ko‘ramiz:) @ilyosjoniy

Shaxsiy Brendningizni gazetada ham qursangiz bo'ladi Yaqinda, Linkedinda shaxsiy brendingiz qurishdan yordam beradigan inson bilan gaplashib qoldim. Uning fikriga ko‘ra, shaxsiy brendni qurish uchun eng zo'r platforma bu LinkedIn. Instagram yoki YouTube emas. Chet elda bo'lsangiz, LinkedIn yaxshi platforma ammo eng zo'ri bo'lmasligi mumkin siz uchun. Agar auditoriyangiz ertalab xalatda hovliga chiqib, velosipedda tashlab ketilgan gazetani olib, bir chashka qahva bilan o‘qiydigan insonlar bo‘lsa, demak, siz shaxsiy brendingizni gazetada qurishingiz kerak Yani shaxsiy brendni qurish uchun eng zo'r platforma bu auditoriyangiz qayerda bo'lsa o'sha platforma. @ilyosjoniy

Uzbek or Spanish?:)

O'zbekistonda, yaqin 5 yillikda ko’plab bizneslarga kerak bo'ladigan inson Data analytics/scientist So'ngi 1 yil ichida jaydari biznesmenlar bozordan chiqib, bizneslar tizimlasha boshladi. Shu sabab ma’lumot(data)’lar yig'ila boshladi yani biznesni har bir qadami yozilib borilyapti Bizda hali daralar raqobati boshlanmadi Barcha bizneslar tizimlashgandan so'ng, bor datalarni analiz qilib, yanada samarali, tezroq qarorlarni chiqarishga yordam beradigan ma'lumotlar ega bizneslar har doim bir qadamda bo’ladi. Bu sohani har qanday soha bilan birlashtirsa, ish samarasi oshadi. Misol uchun content marketing: Ushbu videoni ko'rsangiz, Mr Beastni videolarni analiz qilib chiqgan. Ko'p views olishiga sabablarini, aynan qaysi vaqt ko'proq views, follow olgan. Uzun video qo'ysa ko'proq samaralimj yoki qisqa. Videolarida necha marta negative va positiv so'z ishlatgan. Qaysi biri ko'proq samarali: Tez gapirsami yoki sekin gapirsa Buni shunchaki analiz qilmagan, raqamlarda analiz qilgan. @ilyosjoniy

Introvert bo’lganim sabab, insonlar bilan tez chiqishib keta olmayman, kimdir bilan yaqin bo’lib ketishim uzoqroq vaqt oladi. Kamdan-kam holatda insonlarni tez qabul qilaman. Yani bu o'zimning xohishim sabab bo'lmaydi, avtomatik ravishda bo'ladi. Shunday insonlardan biri Maqsadbek, xarakterimiz turli xil bo'lsa ham, tez-tez suhbatlashmasak ham. Yaqin do'stlarimdan biri, sifatli suhbatdosh Unda haqiqiy tadbirkorlik sifatlarini ko'raman. Hozirda jamoasi bilan Student Hunter nomli start-up ko’taryapti. Blogi orqali millioner bo’lishigacha bo’lgan yo’lni kuzatib borishingiz mumkin:) @ilyosjoniy

Zafar akani yaqin tanishlari, turkiyada miya saraton rakiga uchrabdilar. Shu sababdan pul yig'ishayotgan ekanlar. Batafsil shu yerda o'qishingiz mumkin: https://t.me/tutiskrenno/5700 Imkoni borlar uchun 8600 5729 2168 9258 11/26 (UzKard) Zafarjon Uzokov

Muammoingizga yechim beramiz Bir tajriba o'tqazmoqchiman: https://t.me/QuestionUZ_Robot?start=a47869ae5d6 Shu yerga muammoingizni yozing. Biznes muammomi yoki qiziz tashlab ketdimi muammoni farqi yo'q. Faqat hazil tarzda yozmang. Anonim. Xabar kimdan kelgani hech kimga ko'rinmaydi. Xabaringizni kanalga post qilaman va agar boshqalarda muammoga yechim bo'lsa izohda yozishadi. Bu jarayon 20 soat davom etadi. @ilyosjoniy

Instagramda obunachilar muhim emas To'g'ri o'qidingiz obunachilar muhim emas Obunachilar sodiqligi, videolar ko'rish soni va undagi activelik muhimroq 600+ accountga obuna bo'lganman, lekin kuzatsam 15 tasi kuzatishim mumkin. Ammo 600 ta account mani obunachi hisoblaydi Eng qizig'i obuna bo'lmasdan kuzataydigan accountlarim ham bor Instagram orqali nimadir sotsangiz yoki bilim bersangiz sizga obuna bo'lgan insonga emas, sizni kuzatayotgan insonga sotasiz, bilim berasiz. Instagramning yangi algoritimi ham ko'proq sizga obuna bo'lmagan insonlarga videolarni ko'rsatib video "rek"ga chiqib ketishini aniqlaydi. Agar siz SMM yoki content marketing bilan shug'illansangiz "obunchalarimni o'stirib ber" degan inson bilan ishlamang. Avval unga tushuntiring nima muhimligini, agar tushunmasa, tinchgina tushungan odam bilan ishlang. Bu alohida mavzu... Agar o'zingizni shaxsiy brendingizni qurayotgan bo'lsangiz, obunachiga emas, qilayotgan videoingizga e'tibor bering. Qanchalik auditoriyangizni psixologiyani tushunsangiz, maqsadingizga tezroq erishasiz. Ishoning 10ming obunachi bilan 1 millionta obunachi bor insondan ko'proq natijaga erishingiz mumkin @ilyosjoniy

Dasturchilar code yozmaydi Sotuvchi sotmaydi Marketolog reklama qilmaydi Shifokor operatsiya qilmaydi Biznesmen soqqa qilmaydi Bu kasb egalari hammasi muammoni yechadi, qiymat yaratadi. Buni qaytimiga pul topadi, aynan code yozib yoki nimadirni sotgani uchun emas. Qaysidir sohani endi o’rganishni boshlaganlar, “Bu sohada nima trendda?” deb savol beradi. Javob bitta MUAMMOga YECHIM Hech qachon trenddan qolmaydi Shu savol bilan o’rganishni boshlasak, hammasi go’zal bo’lar ekan @ilyosjoniy

Ko'p insonlarda uchraydi bu holat, o'zi bilganidan qolmaslik nima sabab deb o'ylaysiz?

26 kishi ko'rib javob bermapti, qiziq nega? Izohda yoza olmasangiz shu yerga yozing https://t.me/anonimsavol_bot?start=777214417 Undan oldin faqat bot nomini yozibman😅

14 kishi ko'rib javob bermapti, qiziq nega? Izohda yoza olmasangiz shu yerga yozing @anonimsavol_bot

Men uchun qiziq savol? Kanalga faqatgina meni taniganingiz uchun a'zo bo'lganmisiz yoki yozilgan postlardan foyda olasizmi?

Hech kimga muhlis bo'lmang (post davomi) Yoki muhlis bo'lgan insoningizga yaqinlashishga harakat qilmang Ijtimoiy tarmoqlar orqali muhlis bo'lib kuzataydigan insonlaringizga shaxsan yaqinlashishni boshlasangiz, ularni yomon ko'rib nafratlanishni boshlaysiz Ammo do'stingizni mingta aybini bilgan holda, baribir yaqin do'st bo'lasiz Sababi esa muhlis bo'lib kuzatgan inson tasavuringizda ideal shakllangan, ammo unga yaqinlashgan saringiz uni kamchiliklarini ko'ra boshlaysiz, hattoki sevib tinglaydigan imomingizni ham. Bu u inson aybi emas, bu sizning. Siz, uni o'zingiz tasavuringizda ideal shakllantirdingiz. Shu sababdan, ijtimoiy tarmoqlar orqali hech kimni muhlis sifatida kuzatmayapman va ustozlarni faqat bilimini olib, shaxsiy yaqinlashmaslikga harakat qilyapman Kutuvlarni iloji boricha kam qo'yapman. Beayb parvardigor @ilyosjoniy

Shu hislat orqali 99% o’zbek odamdan oldinda bo’lishingiz mumkin ekan Hozir Murad Nazarovni 25 minutli suhbatlarini eshitib, va so’ngi paytlar o’zimda bo’layotgan muammolar sababini o’rganib bir narsani tushundim Bergan vadangiz ustidan chiqib, ma’sulyatli bo’lsangiz 99% o’zbekdan oldinda bo’lar ekansiz Murad Nazarov ham nega o’zbek kompaniyalar bilan ishlamaslik sababi faqat 1 ta deyaptilar -
o’z vaqtida qilib bermasligi
Xulosa o’zingizda, buni o’qib o’rganasiz yoki katta ehitmolik bilan “boshiz devorga urilgandan” so’ng o’rganasiz @ilyosjoniy

Qiziq holat (ogohlantirish bu postdan hech qanday bilim olmaysiz:)) Muloqot qobilyatlarim ustida ishlash uchun, har xil tadbirlarga borayotgan edim so’ngi 2 oydan buyon Bugun 2 ta tadbir bor edi. P&G kompaniyasini tadbiri kemada bo’layotgan edi, bordim. Qarasam hamma qiz bola, 1 ta ham o’g’il bola yo’q. 10 minutcha kema oldida o’ylab turdimda, kirmadim Va 2-eventga keldim. AI bo’yicha edi, wework co-working zoneda. Ozgina kech qolib borib, kirib o’tirdim. Bilsam event faqat polyak tilida ekan😂 Xullas, 2 ta event ham o’xshamadi, hozir o’ylab turibman, bekor 1-eventga kirmapman deb:)) Siz nima qilgan bo’lar edingiz? @ilyosjoniy

Infobiznes Alisher aka Sadullaevga yaxshi tasir qilibdi, progrev qilishni o'rganibdilar. Loyihalarni progrev qilib e'lon qilyaptilar:) @ilyosjoniy

O'zbekiston info biznes bozorida keyingi trend bu... 3 oylik kurs va mentorliklardan keyingi trend bu community (ham jamiat). Xom fikrilar👇 Creatorlarga nega kerak? Jodiq auditoriyani bir joyga jamlab, yanada jodiq qiladi. Sababi communityda to'g'ridan-to'g'ri muloqot bo'lgani uchun, foydalanuvchi yanada yaqinlik his qiladi. Doimiy daromad manbani. Sababi asosan oylik to'lov sistemasida ishlaydi. Qandaydir g'oyasi bo'lsa, ommaga chiqarmasdan oldin auditoriya bilan muloqot qila oladi. Qo'shimcha produkti bo'lsa, tayyor xaridorlar bor:) Bir marta sotadi bo'ldi, keyingi sotuvlarni communtyda bor insonlarni feedbacki orqali oson sotishi mumkin. Foydalanuvchi uchun foydasi: Agar community yoqmasa, xohlagan payt chiqib ketishi mumkin, kichikroq summaga kuyadi, oylik to'lov bo'lgani uchun. Sifatli content. Agar creator sifatli mahsulot chiqarmasa, foydalanuvchi xohlagan payt chiqib ketishini biladi, va o'z ustida ishlaydi. Creator bila to'g'ridan to'g'ri muloqot. Community bepul bo'lishi ham mumkin, lekin baribir oxiri pullik produktga olib boradi. @ilyosjoniy

Ma’lumotlarni kimdan qabul qilayotganingizga e’tibor bering Ayniqsa hozirgi kontent marketing avjiga chiqib, “oson” pul topish yo’li bo’lib qolgan davrda. Iloji bo’lsa ancha buncha qiyinchiliklardan o’tgan, muvaffaqiyatiga content sabab bo’lmagan insonni kuzating. Bunaqa deyishimga sabab: Hozir siz ko’rayotgan ko’plab konentlar, amalda qo’llanilmasdan sizga berilayotgan ma’lumotlar. O’zining moliyaviy holati yaxshi bo’lmasdan, moliyaviy maslahat beradigan. O’zi har 2 kunda depressiyaga tushib, sizga motivatsiya beradigan insonlar. Kitob o’qimaganlar, kitob yozgandek gap. Bunday insonlarda ritorika zo’r rivojlangan. Aytilayotgan gaplarni hali miya analiz qilmasdan tilga berib yuborgan bo'ladi. Ertaga mutloqo teskari fikrni qo'llab turgan bo'lishi mumkin. Ular natijaga javob berishmaydi, aytilgan gaplarning jabrini siz ko'rishingiz mumkin. Bunday insonlarning eng xavflisi, asl xolatini anglab turib, gapirayotganlar. Bu inson, sizning sevimli blogeringiz bo'lishi mumkin. Ularga ozgina yaqinlashsangiz, tepada aytilgan gaplarni isbotini ko'rishni boshlaysiz. Keyinig post shu haqida P.s. Bularni yomonlamoqchi emasman, sababi bu ularning tabiiy xarakteri @ilyosjoniy

Meni bu yo’llar Norvegiya tomon chorlayapti ammo 1 yil oldin qilingan masuliyatsizlik sabab yo’lda kattagina to’stiqlar bor🥲
+3
Meni bu yo’llar Norvegiya tomon chorlayapti ammo 1 yil oldin qilingan masuliyatsizlik sabab yo’lda kattagina to’stiqlar bor🥲 @ilyosjoniy