575
مشترکین
-124 ساعت
+27 روز
+430 روز
آرشیو پست ها
575
coffeeni biz bilan bog'lab turuvchi tarixi haqida go'zal video ekan
https://youtu.be/Y1o_Byga2u0
@ilyosjoniy
575
Hozir ko’chada bitta random tog’o kelib:
“Qizni chiroyiga uchma, qalb chiroyiga qara. Qarindoshlarni esdan chiqarma, yo’qlab tur”
deb maslahatni berib ketdi.
Signal bo’lsa kerak))
@ilyosjoniy
575
Hayotim sarguzashtga boydaaa)
Tasavvur qiling 10 soatdan oldin Yevropaga samalyotingiz uchib ketishini bildingiz lekin hali visangiz yo’q. Nima qilardiz😂
Boya grok bot eslatdi "janob ertaga flightingiz bor deb", reklama deb o'yladim. Umuman bilet xarid qilganimni eslay olmadim. Qayta qayta o'qidim, savol ham so'rab qo'ydim.
Ha rost ekan, ertalab rostan ham flightim bor ekan. O'tgan yili uzbga qaytayotganimda round-trip ticket olgan ekanman
Umuman ertaga ketish iloji yo’q. Biletni hal qilib, tafsilotlar bilan qaytaman
Shu Grok Bot yaxshi investitsiya bo’ldi. Parosati kuchli chiqdi, unga muhim xabarlarni eslatib tur ham demagan edim:)
@ilyosjoniy
575
Jaydari marketing
Azaldan sotuvchi xalqmiz.
Traditsiyon joylarga borsangiz marketingni yorvorishadi. Inson psixologiyasini tomiriga tushishgan
Bodomzor tomonda elchixonalar joylashgan mahalla bor.
Atrofda doim 2-3 ta bir xil insonlar elchixonaga kirayotganlar bilan tanishib, suhbat qilib turadi.
“Hujjatlarimda kamchilik yo’qmi” degan doimiy qo’rquv bo’ladi visaga kirayotganlarda
Marketingda bular hot lead hisoblanadi.
Shu 2-3 ta inson, pasroqda joylashgan konsalting firmalarga hali elchixonaga kirmaganalarni yuboradi - jaydari lid generatsiya
Ular hech bo’lmasa 50-100ming so‘mga hujjatlar ketma-ketligini tekshirtirishadi. O’zim ham
Qanday perevaldagi oshxonalar rad etib bo’lmas taklif berishlari haqida ham post yozgan edim
Zamonaviy marketingda asoslar bir xil faqat yondashuv va toollar o’zgargan
Bir taxminim bor - shunaqa traditsiyon joylarda growth hacking qilib yurgan insonlarni startup/biznesga ishga olib ozgina digital bilim bersa, yaxshi ish beradi deb o’ylayman.
Tajriba qilib ko’rish kerak)
@ilyosjoniy
575
Biznes matematika = kislorod
Uzoq muddatli (durable) biznes qurish uchun 3 ta narsa kerak fikrimcha:
1. A-player insonlar*
2. Bozordagi talab
3. Shu talabga mos sifatli mahsulot
3 tasi bir joyda bo’lish uchun biznes matematikasini bilish kerak.
Yaxshi daromad bo’lsayu lekin bu bilim bo’lmasa jamoangizga A-playerlar ishga olib bilmaysiz, kelgani ham ketib qoladi.
Bor imkoniyatlar ham qo’ldan boy beriladi
Ming mahsulot chotki bo’lmasin, biznes bugun bo’lmasa, ertaga bozordan chiqib ketadi
Moliya kisloroddek ko’rinmaydi, borligi sezilmaydi lekin vaqti kelganda o’limga olib kelishi mumkin
Asoschi moliyani bilishi yoki jamoaga olinadigan birinchi xodim bu moliyachi bo’lish kerak
Ishoning jichcha moliyani o’rgansangiz umuman boshqa dunyo ochiladi
Atrofingizdagi durable bizneslarni o’rganib ko’ring)
So’ngi paytlar kuzatuvim asosida qilgan xulosa edi bu*A-player xodim - o’z sohasidagi TOP 1% inson P.s nimadirni tushundizmi? Savol bo’lsa izohda yozing @ilyosjoniy
575
AI’ni sohalarga tasiri
Bozorda AI sabab bir necha kasblar chachishib yangi kasblar paydo bo'lyapti.
Shulardan biri marketing + dasturlash = GTM engineer
Marketing, sotuv, mijozlar bilan ishlash bo’limlarini texnik tomondan avtomatlashtiradigan, samaradorlikni 10x oshiradigan inson
Bunday insonlarga chet elda rasa talab katta. O’zimizda ham hozircha startuplar hire qilishyapti
Asosan dasturchilar marketing, biznes bilimlarini o’rganib, bu sohaga o’tishyapti
Marketologlar esa dasturlashni fundamenti - API, Python, Data, AI’ni o’rganib o’tishyapti
Yana yangi pozitsiyalardan Product engineer va Growth.
Bulardagi umumiylik high agency inson bo’lib, kompaniyani o’stirishga e’tibor qaratish
Ingliz tilida resurslar ko’p, qizib ko’rsangiz bo’ladi.
Bozor tendensiyasi haqida infopost
@ilyosjoniy
575
Qisqartiring
Yozgan matningizni qisqartiring - vaznli so’zlar qoladi
Kiyimizni qisqartiring - sifatli kiyimlar qoladi
Uchrashuvlarni qisqartiring - qiymatli suhbatlar qoladi
Kuzatadigan insonlarizni qisqatiring - foydali kanallar qoladi
Rejalaringizni qisqartiring - muhim ishlar qoladi
Ekran vaqtingizni qisqartiring - mazmunli daqiqalar qoladi
Qisqartiring, sifatli hayot qoladi.
@ilyosjoniy
575
Repost from Abdulhamid Yoqubov || Essays
Kecha yaponiyalik bolalar bilan tanishib qoldik
20-21 yosh ekan
7-davlati ekan sayohat qilayotgan
Ulardan birining aytishi boʻyicha shular ichida eng zoʻri Oʻzbekiston boʻlibdi
E’tibor bergan jihatim
Oyliklari katta emas, oʻz davlatida
Biri kuryer, ikkinchisi talaba
Yigʻgan puliga sayohat qilishar ekan
Dunyo aylanib har 3 oyda
Lekin qoʻlida oddiy android smartfon
Prioritetlar
@abdulhamidyakubov
575
Nega optimistlar optimist?
Optimist bo'lish bu atrof muhit, sharoit va boshqa sabablarga bog'liqdir ammo
Optimistlik bu ongli tanlov
Ushbu rasmda stakan yarim to'la suv yoki yarimi bo'sh deyishingiz mumkin. Tanlov o'zingizda
Optimist ham pessimist ko'rib turgan muammo, to'siqlarni ko'rib turadi.
Farqli tomoni unda ishonch, umid bo'ladi va harakat qiladi.
Optimistlik bora-bora tanlovdan xarakterga aylanadi.
Optimistlarda men ko'rgan umumiylik:
1. Ishq - Allohga, insonga yoki/va ishga bo'lgan ishq. Sevgan insonga yo'ldagi to'siqlar ham ko'rinmaydi. Har qanday qiyinchilikni yengib o'tishga tayyor
2. Harakat. Juda ko'p urunib ko'rishadi. O'xshashiga ishonishadi
3. Energiya. Yuqori yuqumli energiyasi bo'ladi.
Energiya manbalari:
1. Tabiiy energiya
2. Positiv insonlar
3. Dard yoki Maqsad
4. Uyqu, sport, ovqat.
Pessimistlar doim haq, optimistlar esa boy.
- Kimdir
@ilyosjoniy
575
Qarilikda afsuslanmang
So’ngi payt shakllantirayotgan prinsiplarimdan
Nimadir qilishda ikkilanyapmanmi, raqamlar ham yordam bermayaptimi unda shu savolni beraman:
“Shu ishni qilmasam qarilikda afsuslanamanmi?”
Javobim ha bo’lsa, qo’rquvni yengib, “Bismillah”ni aytib, gazni bosamiz.
Yoshi kattalar bilan suhbatlashsangiz qilgan ishlaridan ko’ra, vaqtida qilib ko’rmagan ishlaridan afsuslanishadi
Mark Twinni shunday gapi bor ekan:
Twenty years from now you will be more disappointed by the things that you didn't do than by the ones you did do. So throw off the bowlines. Sail away from the safe harbor. Catch the trade winds in your sails. Explore. Dream. Discover.So give it a shot @ilyosjoniy
575
Nega Ilyosjoniy?
O’zim Samarqandlik bo’lganim uchun fors-tojik olim, shoirlari bilan qiziqqan edim
Taxallusidagi umumiylik -iy qo’shimchasini ko’rdim. Chiroyli va sokin eshitilgani uchun ismimga qo’shgan edim
Azaldan -iy qo’shimchasi qayerdan ekani, kasbi yoki sulolasini bildirgan ekan:
Samarqandiy, Attoriy, Motrudiy…
Ismimga -jon ham qo’shilgani uchun umumiy qo’shimcha -joniy bo’lar ekan.
-joniy esa “samimiy", "yurakdan chiquvchi" manolarni bildirar ekan.
Just info)
Nomga mos bo’lish kerak edi
@ilyosjoniy
575
Hal qilish kerak bo’lgan muammolar.
O’rganish kerak bo’lgan bilimlar.
Qilish kerak bo’lgan ishlar ko’p.
Lekin sog’lom tanada uyg’onib, xohlagan coffeingizni ichib, shu postni yozish ham bir baxtku deb o’ylab qoldim
Kuningiz hayrli o’tsin
P.s Cold brew + olcha soki zo’r ketadi@ilyosjoniy
575
2 xil o’yin bor.
Capital game va Status game
Matohni ko’rsatib status game o’ynayotganlarni jalb qilasiz
Aql va farosatingiz bilan capital game’dagilarni
Farqli tomoni status gameda ikkala tomonda ham manfaat bo’lmaydi
Capital gameda esa ikkala tomon ham yutuqda bo’ladi
Qaysi o’yinda ekanlingizni aniqlab oling
@ilyosjoniy
575
Ishonch
Bir ishni ishonch bilan amalga oshirsak, o’xshash ehtimoli karrasiga oshadi.
Lekin ishonch o'z-o'zidan kelmaydi. Ishonch isbot bilan keladi.
Isbot esa istalgan bir ishni eplay olishimizdan
CS2 yoki FIFA o'ynaganlar bilishi mumkin. Boshida umuman o'ynay olmaysiz. 1-2 marta gol ursangiz yoki headshot qilsangiz, dux paydo bo'lib, yana o'ynangiz kelaveradi
Hayotda ham birinchi marta qilayotgan ishimizda ishonch ham, isbot ham bo'lmaydi
Ma'lum bir vaqt diskomfortda yashashimiz shart. Takror takror ishni qilib, uni uddalay olishimizni o’zimizga isbot qilguncha
Ozgina o'xshashni boshlaganidan keyin ishonch paydo bo'lishni boshlaydi
Bu ishonch boshqa ishni yanada yaxshi qilishimizga yordam beradi.
Kichik-kichik ishlarni, berilgan va'dalarni bajarib, duximizni oshirib boramiz
Qolgani compunding effect
575
“Vaqtinchalik” deb kirgan ishizda na baraka, na unum bo’ladi.
Shunchaki vaqt o’tib, baxtsiz bo’lganiz qoladi.
Vaqtinchalik deb ishlar chala qilinadi
To’liq commit qilib, nimadirni kutmasdan ishni bajarsak. Keyingi eshiklar o’z-o’zidan ochiladi.
Nimadirni kutmaganiz sabab baxtli yashaysiz deb o’ylayman
M-s Polshaga borib vaqtinchalikku deb polyak tilini o’rganmadim.
Vaholanki 2,5 yil ichida bemalol suhbatlashadigan daraga chiqsa bo’lar edi. Imkoniyatlar yana kengroq bo’lar edi
Live in the moment
@ilyosjoniy
575
Loyihangizni tez o’ldirmoqchi bo’lsangiz online ishlang
Oxiri shu xulosaga keldim.
Jamoani hech bo’lmaganda bir qismi oflayn, ofisda ishlash kerak
Muammolarni tezroq ko’rib, tezroq hal qilasiz
Hattoki zoom’ni ham Californiada ofisi bor)
@ilyosjoniy
575
Tarix
Bu World Cup’da natijamiz qanday bo’lishidan qattiy nazar O’zbekistonga eng katta foyda Abbos yevropaga o’tishi bo’lsa kerak)
@ilyosjoniy
