cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: [email protected]

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
16 447
Obunachilar
+3 23824 soatlar
+8 0457 kunlar
+7 81930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Эътироф #Attestatsiya ➖ Xayrulla Saydullayev, Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanidagi 63-umumtaʼlim maktabining tarix fani o‘qituvchisi: ✍️Toifa imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tdim. Boisi, test savollari juda qiziqarli tuzilgan. Buning uchun mutaxassislik fanlari bo‘yicha test tuzgan masʼullarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. _______ ➖Shohruh Toshxo‘jayev, Jizzax viloyati, Jizzax shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan maktabning tarix fani o‘qituvchisi: ✍️Attestatsiya imtihonida 90 ball olib, 1-toifani qo‘lga kiritdim. Savollar oddiydan murakkabga tomon yo‘naltirilgan. O‘qituvchini o‘z ustida ishlashga undovchi, mantiq va mulohaza, taqqoslashga oid savollar tuzilgani uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildiraman. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
👍 9
Zamonaviy qulayliklarga ega sport maydonchasi topshirildi — QARSHI SHAHAR Bugun Qarshi shahar 15-maktabda o'quvchi yoshlar uchun yangi zamonaviy sun'iy futbol maydonchasi ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Sport maydonchasi open byudjet hisobiga 350 million pul mablag'i evaziga barpo etilgan. Ochilish marosimida Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i o'rinbosari F. Bazarov, boshqarma mas'ul xodimlari, tegishli mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Sport bu – goʼzallik, nafosat, jasorat, matonat va eng asosiysi salomatlikdir. Sport bilan muntazam shugʼullanib yurgan inson doimo oʼzini tetik va yengil his etadi. Muntazam ravishda olib boriladigan sport mashgʼulotlari inson organizmining faol ravishda ishlashini taʼminlab turadi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
#Mega_loyiha
"Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" ijodiy loyihasidan foto lavhalar @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 13🔥 2👏 2
#Mega_loyiha Ilk marotaba "Yangi O'zbekiston bunyodkorlari" ijodiy loyihasi start oldiQASHQADARYO Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad o'quv yili davomida ta'limning barcha yo‘nalishlarida muvaffaqiyatga erishayotgan bir guruh o‘quvchilarni yutuqlarini e'tirof etish va ularni tengdoshlariga namuna sifatida namoyish qilish hisoblanadi. Tadbirni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i U.Oripov tantanali ochib berib, ishtirokchilarga samimiy tilaklarini bildirib o'tdi. O'quvchi yoshlar o'rtasida tashkil etilgan davra suhbatida ta'lim tizimida amalga oshirilgan islohotlar muhokama etildi. Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 8
#Xushxabar "Vatanparvarlar" musobaqasining Respublika bosqichda qatnashgan muboraklik yoshlar 3-o‘rinni egalladi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi, Vatanparvarlar tashkiloti hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Respublikadagi umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari “Vatan tayanchi” otryadlari a'zolari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy sport musobaqasining Respublika bosqichi o’tkazildi. Musobaqa ishtirokchilari harbiy estafeta, birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, merganlik mahorati, saf qoʻshiqlari hamda “Temur tuzuklari bilimdoni” yoʻnalishlarida oʻz bilim va jismoniy qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazishdi. Quvonarli jihati, mazkur musobaqada ishtirok etgan Muborak tumanidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Kanalga obuna bo‘ling: 👉https://t.me/muborakinfo
Hammasini ko'rsatish...
👍 13
Photo unavailableShow in Telegram
“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining respublika bosqichi o'z yakuniga yetdi. Unda 3-oʻrin Qashqadaryo viloyati Muborak tumanining “Yosh lochinlar” jamoasiga nasib etdi. Erishilgan natija bilan g'olib jamoani Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma jamoasi muborokbod etadi. Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 9
Photo unavailableShow in Telegram
Qashqadaryodagi 1 maktabdan 2 nafar o'qituvchi vazir jamg'armasidan ustama oladi Shahrisabz tumanidagi 24-umumiy o'rta ta'lim maktabining oliy toifali kimyo fani o’qituvchisi Dilfuza Abdumuratova, shu maktabni oliy toifali tarix fani o’qituvchisi Sherzod Botirov ham 2023-2024-o’quv yilida “Vazir jamg’armasi” ustamasi sovrindori bo’lish baxtiga muyassar bo'ldi. Eslatib o'tamiz, vazir jamg‘armasidan har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglar Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri jamg‘armasi hisobidan 2024-yilda har oylik ustamaga daʼvogar pedagoglarning saralash imtihonlari o'z yakuniga yetgan edi. Shuningdek, saralash imtihonlarida qashqadaryolik pedagoglardan 47 nafar yuqori natijaga erishgan. Ma'lumot uchun: Mazkur suhbat natijalariga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama to‘lanadi. Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👏 28👍 26🔥 4 3
Olimpiada g'oliblari bilan davra suhbati tashkil etildi Qashqadaryoda viloyat hokimi olimipiadasi tuman(shahar) bosqichi informatika yo'nalishi g'oliblari va ularni ustoz, murabbiylari Qashqadaryo viloyat hokimining raqamlashtirish bo'yicha maslahatchisi I.Almanov, viloyat Raqamli texnologiyalar boshqarmasi boshlig‘i S.Aripov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari D.Tojiyev hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali direktori O.Amanovlar ishtirok etishdi va o'quvchilarni kelgusidagi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi. @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 20🔥 3
Po'stilar arxiv