cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: [email protected]

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
11 693
Obunachilar
-8624 soatlar
-5717 kunlar
-1 05730 kunlar
Postlar arxiv
Ta'lim tashkilotlaridagi yozgi sog'lomlashtirish maydonchalari faoliyati o'rganilmoqda
Qashqadaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i ko'rsatmasiga binoan ta'lim muassasalarida tashkil etilgan Yozgi sog'lomlashtirish maydonchalari faoliyati mazmunli tashkil etish bo'yicha ishchi guruh Yakkabog' tumanidagi 75-, 2-, 77-umumiy o'rta ta'lim maktablar faoliyatini o'rgandi.
— Albatta, yakkabog'lik o'quvchi yoshlarimizni ta'til davrida bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etilayotgan maydonchlarimiz besh tashabbus yo'nalishlarini to'liq qamrab olgan bo'lib, ayni paytda 1 kunda 350 nafar o'quvchi yoshlarni jalb qilish maqsad qilingan,- deb ta'kidlaydi boshqarma xodimi S.Eshboboyev. @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
"Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tuman bosqichi g'oliblari taqdirlandiKO'KDALA TUMANI O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovida g‘olib bo'lgan maktab jamoalarini taqdirlash marosimi o'tkazildi. Taqdirlash marosimida oltin, kumush medallarga munosib ko'rilgan bitiruvchilar ham taqdirlanib, ularni kelgusidagi faoliyatiga soha mutasaddilari omad, zafarlar tiladi.
Ma'lumot uchun: “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovida tuman bosqichi g‘oliblari: 1-o‘rinni 6-maktab jamoasi (100 million mukofotlanadi); 2-o‘rinni 5-maktab jamoasi (75 million mukofotlanadi); 3-o‘rinni 55-maktab jamoasi (50 million mukofotlanadi).
 Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 10👏 1
Ko'kdalada maktabni oltin medal bilan tamomlagan bitiruvchilar taqdirlandi Taqdirlash jarayonida Ko'kdala tuman hokimi X.Jo'rayev hamda soha mas'ullari ishtirok etib, bitiruvchi o'quvchilarni kelgusidagi faoliyatiga omad va zafarlar tiladi. Maʼlumot oʻrnida: Ko'kdala tumanida joriy yil 3256 nafar oʻquvchilar bitirgan boʻlib, shundan 15 nafari oltin, 3 nafari esa kumush medal sohib va sohibalari boʻlishdi. Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
"Eng yosh ma'naviyatchi-2024" Respublika ko'rik-tanlovining tuman bosqich g'oliblari aniqlandi — YAKKABOG' TUMANI Maktabgacha va maktab ta'limi hamkorligida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan tashkil etilgan "Eng yosh ma'naviyatchi-2024" Respublika ko'rik- tanlovining Yakkabog' tuman bosqichida
I-o'rin Nurmatov Dilmurod tumandagi 2-maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari; II-o'rin Karimov Suyunjon tumandagi 75-maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari; III-o'rin Aripova Dildora tumandagi 97-maktab ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari 5 shart bo'yicha yakuniy natijalarga ko'ra yuqori o'rinlarni egalladilar.
G'oliblar Yakkabog' tuman hokimi maslahatchisi D.Xushvaqtova, Ma'naviyat va ma'rifat markazi Yakkabog' tuman bo'linmasi rahbari L.Beknazarova, "Yakkabog' ovozi" gazetasi bosh muharriri B.Azizov tomonidan diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar. @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
Boshqarma boshlig'i yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi 🟡Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i Ubaydulla Oripov viloyatdagi ta'lim tashkilotlarini yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari hamda maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan tumanlardagi jarayonlarni ko'zdan kechirdi. ✅O'rganish davomida maktablarni yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ishlari, moddiy texnik bazalarni sifati, sinf xonalar, sport zallar, faollar zali va hojatxonalarini ta’mirlanishi hamda obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi. ✅O‘rganish davomida mutasaddilarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarni oʻz muddatida sifatli bajarilishi yuzasidan qator topshiriqlar berildi. ❗️Hududdagi ta'lim tashkilotlari boshqarma mas'ul xodimlari ishtirokida ham qo'shimcha tartibda o'rganilmoqda va ta'lim tashkilotlariga zaruriy yordam choralari ko'rilmoqda. @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 15
👨‍🏫 Jajji sportchilar shaxmat bo’yicha bellashib, viloyat bosqichiga yo’l oldilar
🇺🇿 Yurt va millat kelajagi, istiqboli boʼlgan yosh avlodning nafaqat hayot darajasi, eng avvalo, intellektual salohiyatini oshirish maqsadida mamlakatimiz bo’ylab keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅ Xususan, bog’cha tarbiyalanuvchilari o’rtasida "Shaxmat festivali – 2024" sport musobaqalari bo’lib o’tmoqda. Bugun, 12-iyun kuni Mirishkor tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 12-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar o'rtasida musobaqaning tuman bosqichi bo'lib o'tdi. Yakuniy natijalarga ko’ra: ▪️1-o'rinni Zuhriddin Nuraliyev (16-DMTT); ▪️2-o'rinni Shaxrambek Shuxratov (16-DMTT); ▪️3-o'rinni Javohir Baxtiyorov (2-DMTT) lar egallashdi. Telegram | Facebook | Youtube Instagram | X | Web-site
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
O'qituvchilari top natijaga erishayotgan maktabQASHQADARYO. Bugungi suhbatdoshlarimiz G'uzor tumanidagi 1-umumiy o'rta ta'lim maktab o'qituvchilaridir. Ular o'zlari erishayotgan natijalar orqali o'quvchilarni sifatli ta'lim hamda nufuzli natijalarga erishishiga zamin yaratmoqda. 👉Batafsil Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👏 8