cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Javlon Rashidovich │ SamDAQU Matbuot kotibi

Javlon Rashidovich Sadikov Ta'lim, rivojlanish, hobbi va qiziqishlar haqida. SamDAQU matbuot kotibi, jamoatchilik bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i, axborot siyosati bo‘yicha rektor maslahatchisi @samdaqueduuz Bog‘lanish uchun: izohlarda murojaat qiling.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
684
Obunachilar
+124 soatlar
+57 kunlar
-830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Bu safar Costa jamoasini qutqara olmadi, men sevgan ikki jamoa Yevroni tark etdi. Afsus. Ajoyib dramatik oʻyinlar, haqiqatda final oldi final oʻyinlar!
Hammasini ko'rsatish...
🔥 2
Costa bugun ham qahramon boʻladimi? Yoki Fransiya oʻz soʻzini aytadimi!?? Lotareya boshlandi!
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Yevro-2024dagi bugungi oʻyinlari shunchaki daxshat! Favoritlar jangi🔥
Hammasini ko'rsatish...
🔥 1
⚡️ 🔴🔴🔴🔴🔴🔴 👥 Hurmatli abituriyentlar! Yaqin daqiqalar ichida bugungi bo‘lib o‘tgan imtihon qaydnomalarini tez orada universitetning rasmiy axborot manbasi ➡️ @samdaqueduuz kanalida e'lon qilamiz! 🗂 60210400 - Dizayn: Kompyuter grafikasi va badiiy foto; 🗂 60210400 - Dizayn: Landshaft dizayni; 🗂 60210800 - Amaliy san'at: Badiiy naqqoshlik; - ta'lim yo‘nalishlari uchun chizmatasvir va rangtasvir fanidan bo‘lib o‘tgan kasbiy (ijodiy) imtihon qaydnomalarini (abituriyentlarning yig‘gan ballari) tez orada e'lon qilinadi. Universitetning rasmiy axborot manbasini kuzatib boring! SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich
Hammasini ko'rsatish...
Ijodiy imtihonlar boshlandi #5iyul #Ijodiy2024 📝 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bugundan alohida iqtidor talab etuvchi ta’lim yo‘nalishlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi.
Imtihon jarayonlari davom etmoqda..
#SamDAQU #Abituriyent #Qabul2024 SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon oldi maslahat olsa bo‘ladimi?
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
💬 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida abituriyentlarga Qabul komissiyasi tomonidan 60210400 –Dizayn (turlari bo‘yicha) va 60210800 – Amaliy san’at: badiiy naqqoshlik ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarda yordam va maslahat berish kunlari hamda mas’ullar belgilangan. Yuqoridagi grafik asosida abituriyentlar ma’sullarga murojaat qilishlari mumkin. #SamDAQU #Abituriyent #Ijodiy2024 #Qabul2024 SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich
Hammasini ko'rsatish...
Ijodiy imtihonlarda abituriyentlar nimalarni o‘zlari bilan olib kelishga ruxsat etiladi?
ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!
🍔Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish kunlari belgilandi. Tasdiqlangan dasturga asosan ijodiy imtihonga har bir abituriyent quyidagi zaruriy o‘quv qurollarini o‘zlari bilan olib kelishlari talab etiladi: 🎨 1. Rangtasvir fanidan ijodiy imtihonida: Qalam (T, TM, o‘chirgich, skoch, rezak (qalam charxlagich), akvarel bo‘yog‘i, palitra (rang tayyorlagich), rang uchun suv idish, turli hajmdagi mo‘yqalamlar; 🖍 2. Chizmachilik fanidan ijodiy imtihonida: 30x40 o‘lchamdagi planshet (chizma doskasi), qalam (T,TM,M), o‘chirgich, skoch, rezak(qalam charxlagich), sirkul (har xil turdagi), chizg‘ichlar, (o‘lcham (lineyka), burchaklik (ugolnik), transportir); 🖼 3. Chizmatasvir fanidan ijodiy imtihonida: Qalam (T,TM, M, o‘chirgich, skoch, rezak(qalam charxlagich); ✂️ 4. Kompozitsiya fanidan ijodiy imtihonida: Qalam (T,TM, o‘chirgich, skoch, rezak(qalam charxlagich), akvarel-guash-akril bo‘yog‘i, palitra (rang tayyorlagich), rang uchun suv idish, turli hajmdagi mo‘yqalamlar, sirkul (har xil turdagi), chizg‘ichlar, (o‘lcham (lineyka), burchaklik (ugolnik), transportir) olib kelishga ruxsat etiladi. _____ ✅ Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriqlarini bajarish uchun A3 o‘lchamdagi qog‘oz qabul komissiyasi tomonidan beriladi. ❌ Imtihonga mobil telefon, texnik vositalar, “shpargalka” va shu kabi boshqa yordamchi vositalar olib kirish taqiqlanadi. Agar ushbu holat aniqlansa – abituriyent imtihondan chetlashtiriladi! #SamDAQU #Abituriyent #Ijodiy2024 #Qabul2024 SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich
Hammasini ko'rsatish...
Javlon Rashidovich │ SamDAQU Matbuot kotibi

👥 ERTADAN KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR BOSHLANADI! #Ijodiy2024 📝 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining: 🗂 60210400 – Dizayn: Interyer dizayni; 🗂 60210400 – Dizayn: Landshaft dizayni; 🗂 60210400 – Dizayn: Kompyuter grafikasi va badiiy foto; 🗂 60210400 – Dizayn: Libos va gazlamalar; 🗂 60210800 – Amaliy san’at: Badiiy naqqoshlik; (bakalavriat, kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali tasdiqlandi. 📌 Har bir guruhning abituriyentlar ro‘yxati kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborilgan. Shuningdek abituriyentlar yuqoridagi jadval asosida ham tanishishlari mumkin. Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan: ➡️ o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari; ➡️ ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib kelishlarini so‘raymiz. 📍 Ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadigan joy manzilini: “Google maps” orqali ko‘rish ◀️ 📁 Imtihon tartibi va dasturi hamda baholash mezoni bilan tanishish: 🟢 Dizayn: Kompyuter grafikasi va badiiy foto, 🟢 Dizayn: Interyer dizayni; 🟢 Dizayn: Libos va gazlamalar ta'lim yo‘nalishlari uchun ijodiy imtihonning baholash mezoni; 🟢 Dizayn: Landshaft dizayni ta'lim yo‘nalishi uchun ijodiy imtihonning baholash mezoni; 🟢 Amaliy san'at: Badiiy naqqoshlik ta'lim yo‘nalishi uchun ijodiy imtihonning baholash mezoni. ______ 📌 Ijodiy imtihonda abituriyentlarga qog‘oz OTM tomonidan beriladi, qolgan kerakli jihozlarni o‘zlari olib kelishlari kerak bo‘ladi. 📞 “Call center” maslahat markazi: +998(66)237-06-06; +998(66)237-12-12. #SamDAQU #Abituriyent #Qabul2024 SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich

Photo unavailableShow in Telegram
👥 ERTADAN KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR BOSHLANADI! #Ijodiy2024 📝 Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining: 🗂 60210400 – Dizayn: Interyer dizayni; 🗂 60210400 – Dizayn: Landshaft dizayni; 🗂 60210400 – Dizayn: Kompyuter grafikasi va badiiy foto; 🗂 60210400 – Dizayn: Libos va gazlamalar; 🗂 60210800 – Amaliy san’at: Badiiy naqqoshlik; (bakalavriat, kunduzgi) ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar jadvali tasdiqlandi. 📌 Har bir guruhning abituriyentlar ro‘yxati kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborilgan. Shuningdek abituriyentlar yuqoridagi jadval asosida ham tanishishlari mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan: ➡️ o‘zlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari; ➡️ ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib kelishlarini so‘raymiz.
📍 Ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadigan joy manzilini: “Google maps” orqali ko‘rish ◀️ 📁 Imtihon tartibi va dasturi hamda baholash mezoni bilan tanishish: 🟢 Dizayn: Kompyuter grafikasi va badiiy foto, 🟢 Dizayn: Interyer dizayni; 🟢 Dizayn: Libos va gazlamalar ta'lim yo‘nalishlari uchun ijodiy imtihonning baholash mezoni; 🟢 Dizayn: Landshaft dizayni ta'lim yo‘nalishi uchun ijodiy imtihonning baholash mezoni; 🟢 Amaliy san'at: Badiiy naqqoshlik ta'lim yo‘nalishi uchun ijodiy imtihonning baholash mezoni. ______ 📌 Ijodiy imtihonda abituriyentlarga qog‘oz OTM tomonidan beriladi, qolgan kerakli jihozlarni o‘zlari olib kelishlari kerak bo‘ladi. 📞 “Call center” maslahat markazi: +998(66)237-06-06; +998(66)237-12-12. #SamDAQU #Abituriyent #Qabul2024 SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich
Hammasini ko'rsatish...
🔥 1
Repost from Edu.uz
08:01
Video unavailableShow in Telegram
#brifing ❕2024/2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda magistraturaga qabul tartibi bo‘yicha fuqarolardan kelgan savollarga javoblar 00:18 Oliy ta’lim muassasalariga imtihonlar qachondan boshlanadi? 01:03 Imtihonga kirish uchun ruxsatnomalarni qayerdan olsa bo‘ladi? 01:45 Ro‘yxatdan o‘tgan telefon sim kartasi yo‘qolib qolsa, qanday qilib ruxsatnoma olinadi? 02:36 Kechikib kelgan abituriyentlarga imtihonga kirishga ruxsat beriladimi? 02:59 Test sinovi kuni ayrim sabablarga ko‘ra boshqa viloyatda bo‘lib qolgan abituriyent o‘sha viloyatda test sinovidan o‘tsa bo‘ladimi? 03:28 5 tagacha yo‘nalishni tanlash saqlab qolinganmi? 03:58 Magistraturaga talabalar qay tartibda qabul qilinadi? 04:25 Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan yoki qabul qilinmaganligi to‘g‘risidagi natija qachon e’lon qilinadi? 04:54 Ijtimoiy tarmoqlarda talabalar o‘qishini nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliygohlarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish tartibiga izoh. 👉 Matnli shaklda o‘qish
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
SnapSave_App_2213612482333247_720p.mp432.38 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#brifing Birozdan so‘ng AOKAda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ishtirokida brifing boshlanadi. Unda 2024/2025 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda magistraturaga qabul tartibi bo‘yicha fuqarolardan kelib tushgan savollarga javob beriladi. 🎥 Brifingni vazirlik hamda AOKAning feysbukdagi rasmiy sahifalari orqali toʻgʻridan toʻgʻri kuzatishingiz mumkin. SamDAQU matbuot kotibi @JavlonRashidovich
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.