cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Buxoro shahar 17-maktab

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
961
Obunachilar
+124 soatlar
+47 kunlar
-830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

27:09
Video unavailableShow in Telegram
БУХОРО ВИЛОЯТ ҲОКИМИ ЎРИНБОСАРИ “ХАЙР МАКТАБИМ” ТАДБИРИДА ИШТИРОК ЭТДИ… Бугун эрта тонгданоқ кўтаринки кайфият билан Бухоро шаҳридаги 17-мактабда ҳам сўнгги қўнғироқ садолари жаранг сочди. Хайрлашув тадбири ва ўқув йилининг якуни, битирувчиларнинг эса ҳаяжонли дақиқаларига Бухоро вилоят ҳокимининг ўринбосари Мирали Ҳамраев ҳам шерик бўлди. Сўзга чиққан масъул битирувчиларга омад тилади ва президентимиз табригини ўқиб эшиттирди. Ўқувчилар саҳна кўринишлари ва куй қўшиқларни намойиш этишди. Энг билимли ва намунали кўрсатгич кўрсатганлар тақдирланишди. Шундан сўнг сўнгги қўнғироқ жаранг сочди ва битирувчи синф ўқувчиларига омадлар тиланди!
Hammasini ko'rsatish...
04:04
Video unavailableShow in Telegram
#25may #uzbekiston24 Buxoroda «Ilm – saodat kaliti!» shiori ostidagi «So’nggi qo’ng’iroq» tadbirlari bo'lib o'tdi ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇 Telegram | Facebook |
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
"Hech qachon orzu qilishdan to‘xtamang, katta maqsadlar yo‘lida imkoniyatlaringizni sinab ko‘rishdan, bu yo‘lda xato qilish va ulardan saboq olishdan qo‘rqmang. Chunki xalqimiz sizlarga katta umid va ishonch bilan qaramoqda. Sizlarning yangi g‘oya va tashabbuslaringiz, ishtiyoqingiz va kuchingiz nafaqat O‘zbekistonni, balki butun dunyoni o‘zgartirishi mumkin. Shuning uchun har qanday holatda ham o‘z oldingizga qo‘ygan ezgu maqsadingizdan ortga chekinmang. Har biringiz ustozlaringiz va ota-onangiz qalbingizga singdirgan qadriyatlarga hamisha sodiq bo‘lib, xalqimizning bebaho merosini yanada boyitishga, yurtimizning yorug‘ kelajagiga hissa qo‘shishga intiling".
Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga tabrigidan. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
💥Mamlakatimizning barcha maktablarida bo‘lgani kabi, bugun 25-may kuni Buxoro viloyatidagi barcha umumta’lim maktablarida “Ilm-saodat kaliti” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tdi. ✨Buxoro shahridagi 17-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan tadbirda Buxoro viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev, sektor rahbarlari, faxriy ustozlar, mahalla faollari, ota-onalar va OAV vakillari ishtirok etdilar. ✨Dastlab viloyat hokimi o‘rinbosari Mirali Hamroyev Davlatimiz rahbari tomonidan maktab bitiruvchilariga yo‘llangan tabrikni o‘qib eshittirdi. ✨Shundan so‘ng so‘zga chiqqanlar mustaqil hayot sari uchirma bo‘layotgan o‘quvchilarga oq yo‘l tiladilar. ✨Tadbirda yil davomida a’lo baholarga o‘qib, eng yuqori reyting ko‘rsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlandi.Shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “ Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona” , “A’lochi o‘quvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha tashakkurnomalar topshirildi. ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇 Telegram | Facebook |
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Saida Mirziyoyeva
02:51
Video unavailableShow in Telegram
Har safar may oyida Jizzaxdagi litseyda o‘qigan yillarim, u yerdagi so‘nggi qo‘ng‘iroq esimga tushadi. Guruh rahbarimiz Zuhra Ziyatovna Yaxshiyevani ko‘rgim kelaveradi. Bu yil niyatimga yetdim – jonajon litseyimga bordim, ustozim bilan ko‘rishdim. Rosa sog‘ingan ekanman, maza qilib gaplashdik, litseyda o‘qigan yillarimni xotirladik, eski rasmlarni tomosha qildik. Litseyimiz hozir maktabga aylantirilibdi. Qadrdon dargohga kirib, sinfxonalarni aylanib, yana talabalik yillarimga – oltin davrimga qaytib qolganday bo‘ldim. Eng shirin xotiralarim uyg‘ondi. Hayotda o‘z o‘rnimizni topishga yordam bergan insonlar bilan, ustozlar bilan tez-tez ko‘rishib turish, unutilmas voqealarni eslashib turish kerak ekan. Bu yilgi uchrashuvda shu narsa rosa sezildi. - Конец мая всегда на меня навевает воспоминания о лицее в родном Джизаке, о «Последнем звонке», и хочется снова увидеть моего любимого куратора Зухру Зиятовну Яхшиеву. И в этом году мне это удалось. Мы встретились и тепло пообщались, вспомнили наши лицейские годы, посмотрели архивные фотографии и даже сходили в бывший лицей, который теперь стал школой. Было приятно вернуться в эти стены, полные воспоминаний. Эта встреча напомнила мне, как важно поддерживать общение с людьми, которые сыграли значимую роль в нашей жизни, и как ценно делиться с ними радостными моментами и переживаниями.
Hammasini ko'rsatish...
Hammasini ko'rsatish...
Мактаб битирувчиларига Президент табриги етказилди

Бугун, 25 май куни вилоятимиздаги мавжуд 548 та умумтаълим мактабларида ҳам “Сўнгги қўнғироқ” тадбирлари ўтказилди. Бухоро вилояти хокимининг ўринбосари Мирали Хамраев Бухоро шаҳридаги ўзи таҳсил олган 17-умумтаълим мактабида ташкил этилган ана шундай тадбирда қатнашди. Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳияси янгради. Мирали Хамраев Президентимизнинг мамлакатимиз мактаблари битирувчиларига йўллаган байрам табригини ўқиб эшиттирди. Давлатимиз раҳбарининг табригини нафақат мустақил ҳаёт остонасида турган ёшлар…

Photo unavailableShow in Telegram
Саида Мирзиёева биринчи устозининг хонадонига ташриф буюрди Бугун, 25 май куни барча ўрта таълим мактабларида сўнгги қўнғироқ садолари янгради. Энди ёшларимиз ўзларининг беғубор орзулари томон ҳаракат бошлашади. Мактаб битирувчиларига Саида Мирзиёева ҳам ўз самимий тилакларини билдириб ўтди. Шунингдек, уларнинг устоз ва мураббийларига ҳам ташаккур айтди. Бундан ташқари, Саида Мирзиёева Жиззахдаги ўзининг биринчи ўқитувчиси ҳолидан хабар олди ва ўзи ўқиган мактабга борди. @Militsiya_Uzb👈🏽
Hammasini ko'rsatish...
01:09
Video unavailableShow in Telegram
Maktab bitiruvchilariga Prezident tabrigi yetkazildi. Bugun, 25-may kuni viloyatimizdagi mavjud 548 ta umumtaʼlim maktablarida ham “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazildi. Buxoro viloyati xokimining o‘rinbosari Mirali Xamrayev Buxoro shahridagi o‘zi tahsil olgan 17-umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan ana shunday tadbirda qatnashdi. ✅Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇 Telegram | Facebook |
Hammasini ko'rsatish...
00:11
Video unavailableShow in Telegram
Хайр энди мактабим... Жаранглади, янграб сўнги қўнғироқ, Чироқ ёқса қалбим ёришмас бироқ, Наҳот энди сендан кетамиз йироқ, Унутмайман, хайр энди мактабим. Сенда қанча ўтган, беғубор дамлар, Кечагина, қўйган эдик қадамлар, Қалбим эзар, соғинч ҳисси аламлар, Унутмайман, хайр энди мактабим. Синфдошлар билан бирга улғайдик, Дийдорингга ҳали бизлар тўймадик, Шўхлигимиз, гоҳо афсус қўймадик, Унутмайман, хайр энди мактабим. Киролмайман, энди эшигинг ёпиқ, Аташарлар, "меҳмон" бизларни "собиқ". Қадрлайман ,сенга қоламан содиқ, Унутмайман,хайр энди мактабим. ✍Марҳабо Каримова Эсонмурод қизи
Hammasini ko'rsatish...
04:04
Video unavailableShow in Telegram
Ахborot 24 | «Ilm – saodat kaliti!» shiori ostidagi «So’nggi qo’ng’iroq» tadbirlari #25may #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Hammasini ko'rsatish...